cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

25-maktab_Oltiariq

Oltiariq tumani MMTB 25-maktab Tadbirlar Yangiliklar E'lonlar Murojaat uchun : @Genius_7665

Show more
Advertising posts
236
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Xalq ta'lim Info iqtibosi
"O'qituvchilar maoshidan tejamoqchi bo'lgan mamlakatlar bir kun kelib baribir katta moliyaviy yo'qotishlarga uchraydilar."
Andreas Shlyaher, PISA tadqiqoti asoschisi Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/754 Telegram I Facebook I YouTube
Show all...
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, qadrli ota-onalar va aziz oʻquvchilar. Tongingiz xayrli, kuningiz fayzli va mazmunli oʻtsin. Boshlanayotgan hafta faqat omad va zafarlarga boy boʻlsin. Yakshanba 14-iyul kunidan 11-sinf bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Barcha bitiruvchilarga omad yor boʻlishini, ota-ona va ustozlar ishonchini oqlash nasib etishini tilaymiz.
Show all...
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? #abituriyent ✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/24239 Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz. 2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/19940 ❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa). Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Xushnudbek.uz

❓Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi? #abituriyent Shu kabi savollar ko‘p berilmoqda. Darhaqiqat, UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti. Aslida joriy yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi. ❓Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti? Menimcha, fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilingan bo‘lsa kerak. Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi. Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti. Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas. Balki bu yil shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, ammo kelasi yildan algoritmni o‘zgartirish kerak. ‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor. Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas. ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:

https://t.me/xushnudbek/24148

👉 @xushnudbek 👈

Tavsiyanoma
Show all...
tavsiyanoma.pdf5.44 KB
⚡️Talabalikka yo‘l milliy sertifikat bilan!!! ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayoni “avval test, keyin tanlov” tamoyiliga asosan tashkil etiladi. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 25-iyunda yakunlandi. 🖥 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar orasida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani Sheyxon qishlog‘idan Cho‘liyeva Munavvara G‘ayrat qizi ham bor. Munavvara uchun “avval test” tamoyili amal qilmaydi. U faqat tanlovda ishtirok etadi. Buning boisi shundaki, Munavvara agentlik tomonidan o‘tkazib kelinayotgan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etib, oltita fan – biologiya, kimyo, o‘zbek tili va adabiyot, tarix, matematika hamda ingliz tilidan sertifikatni qo‘lga kiritgan. 🇺🇿Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 646-son qaroriga muvofiq umumta’lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentga esa tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. 💯 Munavvara maktabni joriy yil tamomlagan. U mutaxassislik fani sifatida biologiya va kimyo fanlarini tanlagan hamda mazkur fanlardan maksimal ball beradigan darajali sertifikatga ega. Shuning bilan birga, Munavvarada majburiy fanlardan ham milliy sertifikat mavjud bo‘lib, bu Munavvaraning muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan (189 ball) maksimal ballga ega bo‘lganligini bildiradi. ‼️ Shuningdek, Munavvara ingliz tilini puxta o‘zlashtirgan. Test sinovlarida ingliz tilidan imtihon topshirmasa-da, zamon talabidan kelib chiqqan holda ingliz tilidan B2 darajali milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan! ⭐️ Agentlik jamoasi Munavvara Cho‘liyevani eng yuqori natija bilan qutlaydi! Uning ota-onasiga, ta’lim bergan ustozlariga minnatdorlik bildiradi! 🏆 Omad senga, Munavvara!!! ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Фарғона вилояти Олтиариқ тумани Ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш (туман ёки шаҳар қиёфасини ўзгартириш) билан боғлиқ тадбирлар Мустақиллик МФЙ худудидаги Охунбуво қабристонининг эскирган қисмини ўзлаштирилиб яшил маконга айлантириш https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/33/ad265c2a-ef61-40a7-9edf-fd6cc206bea4 https://bit.ly/ochiq_budjet
Show all...
❗️ASSALOMU ALAYKUM HURMATLI QISHLOG‘IMIZNING SAXOVATLI INSONLARI! KO‘P YILLAR TA'LIM SOHASIDA, YA'NI OLTIARIQ TUMANI 11-,43-UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA  FAOLIYAT YURITIB, QISHLOG‘IMIZ FARZANDLARIGA BILIM ULASHGAN, ONA TILI VA ADABIYOT FANI O‘QITUVCHISI XAMDAMOVA (MAMATISAYEVA) GULZORAXON USTOZNING SOG‘LIG‘IDAGI O‘ZGARISHLAR SABABI DAVOLANISHGA MUXTOJ. USHBU DAVOLANISH HINDISTON DAVLATIDA JIGAR KO‘CHIRISH MUOLAJASI ORQALI AMALGA OSHIRILISHI KO‘ZDA TUTILGAN. OLLOHNING KARAMI HAMDA  SIZ SAXOVATPESHA INSONLARNING KO‘MAGI BILAN USTOZ SOG‘LIKLARINI QAYTA TIKLASHGA VA FARZANDLARINGIZGA BILIM BERISHDA DAVOM ETADI DEGAN UMIDDAMIZ! Karta raqami: 8600482901974193 Karta banki: UNVERSALBANK Klik ulangan nomer: +998908460974 KARTA BEMORIMIZ NOMIDA CHIQADI XAMDAMOVA GULZORAXON
Show all...
Ассалому алайкум қадри баланд қадирдоним мен учун азиз инсоним қурбон хайит айёмингиз муборак бўлсин илохим оила аъзоларингиз бахтига соғ саломат бўлинг келаси йилга хам бир биримизни табриклаш оила азоларимиз билан бирга насиб этсин шу кунларга етказганига оллохга бехисоб хамду санолар бўлсин ўтганларимизни оллох рахматига олсин омин омин омин!!! Хурмат билан Ойбекжон...
Show all...
#Таъзия 2024йил 5-июнь Ҳамдардлик билдирамиз Эскиараб қишлоғи СТАХАНОВ махалласида истикомат қилувчи фуқаролар Абдужалилов Хотамжонни ўғли ва қўшниси Толибжонни ўғли АЗАМЖОНЛАР вафот этди. Жаноза намози 5-ИЮН (бугун) Эшонмахалла масжидида 20:00ДА укилади... Иннаа лиллааҳи ва иннаа илайҳи рожиъуун.   🌐Каналимизга обуна бўлинг 👉https://t.me/OLTIARIQ_24TK
Show all...
2.47 MB
Очиқ сув ҳавзаларида чўмилиш ҳаётингиз учун хавфлидир Ҳар бир фаслнинг ўзига яраша жозибаси бўлгани сингари, ёзнинг иссиқ тафти ҳам инсонларни соя-салқинлик сари чорлайди. Бунда замонавий совутгич ўрнатилган хонада дам олишга, муздек салқин ичимлик ичишга ёки бўлмаса ҳузурбахш сувда маза қилиб чўмилишга нима етсин. Бироқ, чўмилишнинг ҳузурбахшлилиги билан бир қаторда, ҳар йили дунё бўйлаб 300 минг нафарга яқин инсонлар мана шу ҳузур истагида белгиланмаган жойларда чўмилишлари оқибатида ҳаётдан бевақт кўз юмаётганлиги кишини қайғуга толдиради. Ёшлар ўртасида юзага келаётган сувдаги ҳалокатларнинг аксарияти уларнинг назоратсиз қолдирилиши ва ўзбошимчаликлари оқибатида содир бўлмоқда. Статистик маълумотларга кўра кейинги 5 йил давомида сувда чўкиб ҳалок бўлган ёшларнинг 95 фоизи ота-оналар томонидан назоратсиз қолдирилганлиги ҳамда ўзбошимчалик билан белгиланмаган ва тақиқланган жойларда чўмилиши оқибатида содир бўлган. Қайд этилган ҳолатларнинг деярли 99 фоизи белгиланмаган ва чўмилиш рухсат этилмаган жойларда қайд этилган. Бу каби жойларга, Катта Фарғона канали ва бошқа оқувчи очиқ сув ҳавзалари киради. Мазкур сув объектлари қишлоқ хўжалигида мелиорация тадбирлари учун сув етказиб бериш мақсадида барпо этилган. Бу жойлар чўмилишга мўлжалланмаган. Чунки сув оқими жуда тез, баъзи жойларда кескин, чуқурлик тик ва ботиқ, сув ости нотекис ва номаълум, кўриш даражаси жуда паст, қирғоқлари беқарор, энг асосийси ёрдам беришга шай турадиган қутқарувчилар ёки қутқарув асбоб-анжомлари билан жиҳозланмаган.Шу сабабли, бу каби очиқ сув ҳавзалари вояга етмаганлар ва сизнинг ҳаётингиз учун хавфлидир. Азиз юртдошлар, сув ҳавзаларида вояга етмаганларнинг чўкиб ҳалок бўлишлари билан боғлиқ бахтсиз ҳодисаларнинг олдини олиш мақсадида қуйидаги оддий қоидаларга амал қилинг: -фарзандингизни ҳеч қачон белгиланмаган жойларда (дарё, сой, кўл, сув омбори, канал ва ариқ) чўмилишига йўл қўйманг; -ёзги таътил даврида болаларни белгиланмаган жойларга чўмилишга боришларига йўл қўйманг; -ёш болаларни назоратсиз қолдирманг; -фарзандингизни фақатгина чўмилиш рухсат этилган махсус сув ҳавзаларида чўмилишига руҳсат беринг. Хавфсизлик қоидаларига риоя қилиш фақат Сизнинг ва фарзандларингиз саломатлиги кафолати эканлигини унутманг!
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.