cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Rangin tuyg'ular

Bu shaxsiy blog, Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti (o‘zbek tili yo‘nalishi) talabasi Azizbek Abdumannonovga tegishli! Kanal badiiy adabiyot ixlosmandlariga mo‘ljallangan. Kanal linkisiz kanaldan ma'lumotlarni ulashmang!!!

Show more
Advertising posts
116
Subscribers
No data24 hours
+37 days
+630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Onamga Sen daladan chiqmading, ona, Kuzak chiqdi, bellaring chiqdi. Dalalardan yuz burgan shahar Gazetida she’rlarim chiqdi. Sen daladan chiqmading, ona, Xonatlasning xillari chiqdi. Kissam quruq, qilib masxara Kalishingning tillari chiqdi. Sen daladan chiqmading, ona, Xuftonlarda etak yamading. Dil bir taraf, dunyo bir taraf, Xudbin chiqdi Nurmuhammading. Sen daladan chiqmading, ona, Omonatim, o‘lmasim mening. O‘sha moviy qirlarga qarab Jonim chiqsa bo‘lmasmi mening?! Sen daladan chiqmading, ona. ©Nurmuhammad AZIZ @oshiq_qalb_ovozi
Show all...
5🐳 1
Photo unavailableShow in Telegram
*** Yana qora daftar, qora qalamda O‘zni oqlamoqdan kelmadim beri. O‘zimni oqladim, faqat o‘zimni - Varoqning qolmadi biror oq yeri. Qalamning uchini chiqardim o‘yib, Lekin hech chiqmadi mendan yaxshi so‘z. Qancha takrorlamay haqliligimni Ichimda bittasi aytar qarshi so‘z. Vijdonim so‘z qotdi, o‘zni yo‘qotdim, Demak, chin ekan-da yomon ekanim. Ammo ne qilayin rostdek tuyular Onamning "Yaxshisan,oʻgʻlim"degani. © Azizbek @oshiq_qalb_ovozi
Show all...
7🔥 3🐳 1
Photo unavailableShow in Telegram
…Har yashil xilqatga qismat shudir, bas, Necha kuz ko’rsa ham, kechmas haq kuydan. Daraxt yaproqlari sarg’aygan emas, Haqiqatni aytib, tillari kuygan… ©Mirzo Kenjabek @oshiq_qalb_ovozi
Show all...
🐳 4🔥 1
*** Charsillab yonmoqda jon-u jahonim, Na osmon sig‘dirar. Na sig‘dim yerga. Dunyo Sen aytganday keng bo‘lsa, jonim, Har tomon urilib yuribman nega?! ©Xosiyat Rustamova @oshiq_qalb_ovozi
Show all...
🔥 5❤‍🔥 1🐳 1
Photo unavailableShow in Telegram
#balki Agar daraxt barglarini tutib qolganida, ular to‘kilmagan bo‘lardi. @oshiq_qalb_ovozi
Show all...
🔥 5❤‍🔥 2🐳 2💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
"Yuragingiz haliyam bormi'' Bo‘m-bo‘sh shahar: Tashvishlarni ortgan tanalar, Bu tosh yo‘llar zeriktirar hatto bahorni. Bor og‘riqlar yuragimga kelib qamalar, Siz so‘raysiz: yuragingiz haliyam bormi? Men skripka chalayotgan sodda boladay Bu dunyoning raftorini bilamagan holda Tosh dunyoga yuragimni ochdim daladay. Uni payhon qilib o‘tdi daydi shamollar. Zaharlandim: o‘pkam ikki bo‘lingan osmon, Titilmoqda hislarimning ozon tuynugi. Keyin men ham zahar socha ketdim har tomon, Ko‘nglin pora-pora qildim men ham kimnidir. Oydan ayru tunlar meni o‘yga toldirar Nurdan bino bo‘lmish tongning baxtiyorligi. Qaqshab ketgan qovurg‘amni hayron qoldirar Ko‘ksim ichra yuragimning hali borligi. © Suhrob Ziyo @oshiq_qalb_ovozi
Show all...
4🔥 1🐳 1
0057 (1).mp33.95 MB
4❤‍🔥 1🐳 1
Photo unavailableShow in Telegram
"Yuborilmagan xatlar" turkumidan Sen kelguncha yuragimni yutib turaman, Ko‘zim yumib ko‘z yoshimni tutib turaman. Aldab-suldab chalg‘itaman o‘zimni o‘zim, Sen kelguncha yashamayman kutib turaman. ©Iqbol Mirzo @oshiq_qalb_ovozi
Show all...
6❤‍🔥 1🔥 1🐳 1
#facebookdan Bu dunyoga kimlar kelib kimlar ketmadi, Barcha ishlar chala qoldi umr yetmadi... @oshiq_qalb_ovozi
Show all...
🔥 6💯 3😢 1🐳 1
Men sening haqimda o‘ylashim uchun, Faqat ich-ichimda bordir sharoit.. @oshiq_qalb_ovozi
Show all...
6🔥 1🐳 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.