cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

G'uzor tumani olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

G‘uzor tumani OvaMSTBDIMI matbuot xizmatinining rasmiy kanallari. Telegram.https://t.me/Guzorsportmaktab https://www.facebook.com/groups/391050896542614/?ref=share

Show more
Advertising posts
223
Subscribers
+124 hours
+57 days
+330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Sport vazirligi
💼 Sohaga oid ustuvor vazifalar muhokama qilindi Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov Sport maktablari bilan ishlash hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Dastlab, hozirgi kundagi sport maktablari faoliyati, trenerlar ish samaradorligi va natijadorligini shuningdek sport maktablarida shug‘ullanuvchilar qamrovini kengaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. Taqdimot yakunida Sport vaziri A. Ikramov tomonidan sport maktablarida ish samaradorligini oshirish uchun zaruriy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, 2024-2025-o‘quv yilida sport maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan topshiriq berildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
03:44
Video unavailableShow in Telegram
#Ижтимоий_ролик ⚡️Халқпарвар Ушбу ижтимоий ролик бир нафас тўхтаб, мулоҳаза қилишимиз учун... Бугун давлат хизмати учун миллионлар ичидан биз танландик! Кимдир учун "давлат хизмати" шунчаки тушунча! Лекин турли соҳаларда садоқат билан ишлаётган кадрлар бу соҳанинг залворини, шарафли йўл эканлигини яхши англашади. Бугун шундай юзлаб, минглаб давлат хизматчилари сабаб, турмушимиз фаровон! Баъзан, гўёки ҳаммаси аввал ҳам бўлган ёки бўлиши шарт деб ўйлаймиз. Аслида буларнинг тагида минглаб давлат хизматчиларининг кўринмасдек туюлган меҳнати мужассам бўлади. Ҳурматли давлат хизматчиси, ушбу видеоролик сизни янги мақсадлар, янада ривожланиш, халқимиз билан ҳамфикр бўлиб, шижоат билан ишлашга ундашига ишонамиз! ◽️Full формат. Расмий саҳифаларимиз Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
Show all...
ХАЛҚПАРВАР.mp449.80 MB
Repost from GENERALISSIMUS
03:44
Video unavailableShow in Telegram
Халқпарвар Халқимга, ватанимга садоқат билан хизмат қиламан! Ушбу ижтимоий ролик бир нафас тўхтаб, мулоҳаза қилишимиз учун... Бугун давлат хизмати учун миллионлар ичидан биз танландик! Кимдир учун "давлат хизмати" шунчаки тушунча! Лекин турли соҳаларда садоқат билан ишлаётган кадрлар бу соҳанинг залворини, шарафли йўл эканлигини яхши англашади. Бугун шундай юзлаб, минглаб давлат хизматчилари сабаб, турмушимиз фаровон! Баъзан, гўёки ҳаммаси аввал ҳам бўлган ёки бўлиши шарт деб ўйлаймиз. Аслида буларнинг тагида минглаб давлат хизматчиларининг кўринмасдек туюлган меҳнати мужассам бўлади. Ҳурматли давлат хизматчиси, ушбу видеоролик сизни янги мақсадлар, янада ривожланиш, халқимиз билан ҳамфикр бўлиб, шижоат билан ишлашга ундашига ишонамиз! ◽️Full формат. @generalissimo_marshal
Show all...
ХАЛҚПАРВАР.mp449.80 MB
Repost from Sport vazirligi
#sport_maktablari ✅ Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sport vaziri Adham Ikramov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov, boks maktabi oʻquvchilari va ota-onalar, pedagog-murabbiylar ishtirok etdi. ✔️ Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich imtihonlari 27-28-29-avgust kunlari o‘tkazildi. Unda talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtishdi. Ikkinchi bosqich imtihonlari 30-avgust kuni oʻtkazildi. Unda talabgorlar psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlaridan oʻtdi. Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlaridan oʻtgan 96 nafar oʻquvchi qabul qilindi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Repost from Sport vazirligi
"ERP-Sport" yagona elektron boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qaroriga asosan sport sohasi faoliyatini raqamlashlashtirish yuzasidan 24 ta yo‘nalishdagi axborot tizimini ishlab chiqilgan. Bugun mazkur elektron platformani takomillashtirish hamda para sportchilarning sport klasslarini belgilab chiqish yuzasidan yig’ilish tashkil etildi. Shuningdek, ma’lumotlarni kiritilishida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Муротжон Азимов бугун Ғузор туманида бўлди Қашқадарё вилояти ҳокими Муротжон Азимов Ғузор тумани "Амир Темур" маҳалласидаги яқинда иш бошлаган "Бухоро Қоракўл" хусусий мактаб фаолияти билан танишди. Вилоят раҳбари хусусий мактабда яратилган шароитлар билан танишар экан, ўқувчи-ёшлар билан мулоқот қилди. Шу билан бирга вилоят ҳокими қўшни туманлардан келган ўқувчиларнинг ота-оналар билан ҳам суҳбатлашиб, фарзанди келажагига бефарқ бўлмаганлиги учун уларга миннатдорчилик билдирди. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Show all...
video_2024-09-16_18-23-49.mp41.73 MB
video_2024-09-16_18-24-27.mp43.90 MB
video_2024-09-16_18-26-05.mp414.57 MB
video_2024-09-16_18-26-45.mp43.97 MB
video_2024-09-16_18-27-31.mp411.71 MB
👍 1
Самарқанд шаҳридаги Конгресс марказида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Германия Федерал Канцлери Олаф Шольцнинг тор доирада ва делегациялар иштирокидаги музокаралари бўлиб ўтди. — В Конгресс-центре города Самарканда состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Федерального Канцлера Германии Олафа Шольца в узком формате и с участием делегаций. #Mirziyoyev #tashrif #Germaniya #muzokaralar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
Repost from Sport vazirligi
Olimpiya shaharchasining qurilishiga masʼul kompaniya mutasaddilari bilan muhokamalar olib borildi Prezident Shavkat Mirziyoyevning poytaxtimizda barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi barcha sohalardagi masʼullar bilan muhokama qilib chiqilmoqda. Bugun Xitoyning “China National Sports Group" kompaniyasi vakillari bilan ana shu mavzuda yigʻilish oʻtkazildi. Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov, "China National Sports Group" mas'ul xodimi Janob Sun va mutassaddilar ishtirok etishdi. Yigʻilish davomida barpo etilayotgan obyektlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish, shuningdek, ularni jihozlashda eng zamonaviy inventarlardan foydalanish, ish samaradorligini oshirish, keyinchalik Olimpiya shaharchasidan foydalanish masalasi kabi masalalar kun tartibidan joy oldi va ular masʼullar ishtirokida batafsil koʻrib chiqildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.