cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TTA | Yoshlar Ittifoqi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkilotining rasmiy telegram sahifasi

Show more
Advertising posts
748
Subscribers
+2324 hours
+577 days
+7830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Week_Gadayev Ustozimga Bag‘ishlab Professor Abdug’affor Gadayevich Gadayevning 75 Yillik Yubileyi! 😏Toshkent tibbiyot akademiyasining professori, ustozimiz Abdug’affor Gadayevich Gadayevning 75 yillik yubileyini katta shodiyona bilan nishonlamoqdamiz. U kishining hayoti va faoliyati O‘zbekiston tibbiyot sohasi uchun o‘chmas iz qoldirdi. Ustoz sifatida ko‘plab talabalarga yo‘l ko‘rsatgan, bilim berib, o‘zining dono maslahatlari bilan hayotimizni boyitgan ulug‘ inson sifatida Abdug’affor Gadayevichning qadrini bilamiz.
Abdug’affor Gadayevichning tibbiyot sohasidagi ilmiy yutuqlari nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham tan olingan. Ustozimiz ko‘plab ilmiy maqolalar, risolalar yozgan, tibbiyot fanining turli jabhalarida tadqiqot olib borgan va yangi avlod shifokorlarini tarbiyalashda beqiyos xizmat ko‘rsatgan. Har bir ma'ruza, har bir maslahat uning chuqur bilimlar va boy tajribalarga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Abdug’affor Gadayevichning talabalariga bo‘lgan mehri va ularga ko‘rsatgan e'tibori alohida e'tirofga loyiq. Ustoz nafaqat tibbiyot bilimlarini o‘rgatadi, balki bizni haqiqiy inson sifatida shakllanishimizda ham yordam beradi. O‘quv jarayonida u kishining qat'iyatliligi, adolatparvarligi va mehribonligi biz, shogirdlar uchun haqiqiy namunadir.
Ustozimizning 75 yillik tavallud sanasi — bu nafaqat shaxsiy, balki ilmiy jamiyat uchun ham katta ahamiyatga ega voqea. U kishining uzoq yillik mehnati, fidokorona xizmatlari va yetuk shogirdlar tarbiyalashdagi muvaffaqiyatlari biz uchun katta faxrdir. Ustozimizning bizga o‘rgatgan bilimlari va hayotiy darslari har doim qalbimizda saqlanadi va kelajakda o‘z kasbimizda ularga munosib bo‘lishga intilamiz. ~~~~~~ Hurmatli Abdug’affor Gadayevich, sizni ushbu ulug‘ sana bilan chin dildan tabriklaymiz! 75 yillik yubileyingiz muborak bo‘lsin! Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘lik va yanada ko‘plab yutuqlar tilaymiz. Sizning bilimlaringiz va o‘gitlaringiz bizni har doim olg‘a undaydi. Hurmat va ehtirom ila: 😏TTA Yoshlar ittifoqi BT koordinatori 2-son davolash fakulteti talabasi A.A.Sirojiddinov.
Bizni kuzatishda davom eting!
😏 TMA.Uz | 🕊Telegram 📱 Facebook | 📱 Instagram
Show all...
IMG_5823.MP431.62 MB
🔥 2👍 1👎 1 1👏 1
00:52
Video unavailableShow in Telegram
📣📣📣📣📣 😏🌎🙋‍♂️ 📝 Bir maqola evaziga uch sovrin 🌎 Wikichilar qanisiz 🌎 Endi siz birgina maqola yozib: ⏺ Noyabr oyida Yoshlar oromgohida boʻladigan 7 kunlik WIkiCampga yoʻllanmaMedkomiksNajot taʻlimdan istalgan kursni mutlaqo bepul oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritishingiz mumkin🌟 ✏️Bu mkoniyatlarga ega boʻlish uchun avvalambor quyidagi soʻrovnomani toʻldiring: ➡️SOʻROVNOMA⬅️ ✏️ Marfon qoidalari bilan tanishib chiqing ✏️ Ana endi maqola yozishni boshlashingiz mumkin ✅ TTA WIki Klubi
🇺🇿 Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram | 🌐 Instagram
Show all...
6.06 MB
👍 2
01:13
Video unavailableShow in Telegram
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🎙😁😊😊😁😉😊😊😊 😏Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar Ittifoqi jamoasi tomonidan tashkil etilgan Munozara klubining ilk seminar darsi bo’lib o’tdi. ☄️☄️☄️Tashrif buyurishgan mehmonlar: 🇺🇿Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti —😄Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti; ✔️✔️✔️Munozara klubining ilk seminarida qatnashgan talabalar liderlik va notiqlik qobilyatini shakllantirishni hamda tibbiyot nuqtai nazarida Munozara qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
🇺🇿🎙Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz
🌐Telegram |🌐Instagram
Show all...
IMG_2177.MOV55.40 MB
👍 3 1🔥 1🎉 1
Repost from TTA Zakovat klubi
01:02
Video unavailableShow in Telegram
🫰 Siz kutgan kun keldi 💸 Umumiy qiymati qariyb 5 mlrd soʻm boʻlgan Intellektual Olimpiada saralashi boshlanmoqda 🏆 Saralash oʻyinlarida gʻolib boʻlish orqali siz TTA terma jamoasi tarkibida Intellektual Olimpiadada ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritasiz 🧩 Saralash oʻyinlari: Zakovat, Shaxmat va Shashka boʻyicha oʻtkaziladi ⬇️ Saralash oʻyinlarida ishtirok etish uchun quyidagi soʻrovnomani toʻldiring: Saralash soʻrovnomasi 🖌TTA yoshlar ittifoqi🖊TTA zakovat klubi
Show all...
7.93 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🎉 Hurmatli 1-kurs talabalari!🎉 😏Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti jamoasi sizni talabalikning ilk kuni bilan samimiy qutlaydi! 🎓 Bu yo‘l – o‘z kasbingizda yuksak marralarga erishish yo‘li. Bugun siz haqiqiy tibbiyot olamiga qadam qo‘ydingiz va bu safarda sizni bilim, o‘sish va muvaffaqiyatlar kutmoqda! Biz har doim siz bilan birgamiz va sizga yordam berishga tayyormiz! Birgalikda yuksalib, yangi cho‘qqilarni zabt etamiz! Tabriklaymiz! Ilm va kasb yo‘lida omad yor bo‘lsin! #TTA #YoshlarIttifoqi #1Kurs #Talabalik #BirgalikdaO’samiz
🇺🇿 Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram | 🌐 Instagram
Show all...
1
01:35
Video unavailableShow in Telegram
Toshkent tibbiyot akademiyasida birinchi kursga qabul qilingan 1700 dan ortiq talabalarga birinchi o'qish kuni boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!
😏 TMA.Uz | 🕊Telegram 📱 Facebook | 📱 Instagram
Show all...
16.0924.mp474.76 MB
Toshkent tibbiyot akademiyasida birinchi kursga qabul qilingan 1700 dan ortiq talabalarga birinchi o'qish kuni boshlandi. Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasining rahbariyati tomonidan yangi 2024/2025 oʻquv yili boshlanishi hamda birinchi kursga qabul qilingan yoshlarning o'qish kuni boshlanishi munosabati bilan ma'naviy- ma'rifiy bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori v.v.b Shuhrat Boymuradov, mas'ullar, talabalik baxtiga muyassar boʻlgan talabalar va ularning ota-onalari, ustozlari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi. Shundan so'ng Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori v.v.b Shuhrat Boymuradov talabalikka qabul qilingan yoshlarni, ularning ota- onalarini hamda professor o'qituvchilarni yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan muborakbod etdi. Ma'naviy- ma'rifiy tadbir davomida Akademiyada tahsil oluvchi ijodkor yoshlar tomonidan kuy-qo'shiqlar ijro etilib, tadbirga o'zgacha shukuh ulashildi.
Bizni kuzatishda davom eting!
😏 TMA.Uz | 🕊Telegram 📱 Facebook | 📱 Instagram
Show all...
1
⏺#PrezidentGranti 🖋 Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talabaga Prezident granti beriladi 🎓 Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo'lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko'rilsa, grant asosida o'qiydi. 🙋 Prezident granti stipendiyasi talabaga 1-kursdan oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini "a’lo" bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni "a’lo" bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi.
📊 Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil. Prezident stipendiyasi esa 2,1 mln so'm(2023-yilgi ma'lumotga ko'ra)
📌O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi. ➡️ Maksimal ball olib, o'qishga kirgan tanishlaringizga yuborib qo'ying!
🇺🇿
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram | 🌐 Instagram
Show all...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#prezident #yig‘ilish #kambagʻallikni_qisqartirish ⚡️Talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yigʻilishda maʼlum qilindi. Prezident har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratilishini e’lon qildi. Bunda: - oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi; - oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi. Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi. Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi. Kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🔈 😏Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar Ittifoqi jamoasi tomonidan tashkil etilgan Munozara klubining ilk seminar darsiga taklif etamiz. Seminarimiz davomida siz: —Munozara aynan qanday o'yin ekanligi; —O'yin qoidalari haqida to’liq tushunchalar; —Taqiqlar hamda imtiyozlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lasiz. 🕖🕖O’tkazilish vaqti: 18-sentabr 2024- yil 5- TTJ 1- etaj ✈️Murojat uchun: @Dadayeva_Dildora 🌐Telegram |🌐Instagram
Show all...
👍 4 1🎉 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.