cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Aktual_uz TV

Tezkor video, xabar, muammolar yuzasidan 👉 @murojaatga yozing Reklama va PR uchun 👉 @Pr_reklama_uchun

Show more
Advertising posts
55 827
Subscribers
-31324 hours
+5 0727 days
-3 63230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

01:11
Video unavailableShow in Telegram
Endi faqat davlat tomonidan maxsus sertifikatga ega boʻlganlar psixologik xizmatini koʻrsata oladi Bu haqida senat maʼqullagan qonunda batafsil aytildi. Norasmiy psixologlar esa jazolanadi. Eng tezkor xabarlar👇👇👇 https://t.me/aktual_uztv
Show all...
8.01 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Jalaquduq tumani obod bo'lib ketdimi shuncha mablag' sarflanib? Jalaquduq tumani hokimi tomonidan imzolangan hujjatga ko'ra, tumanman obodonlashtirish boshqarmasiga tuman hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xarajatlari uchun 300,0 (uch yuz) million so‘m mablag' ajratilgan. Jalaquduqliklar tumaningiz obod va ko'rkam bo'lib ketdimi? Eng tezkor xabarlar👇👇👇 https://t.me/aktual_uztv
Show all...
👎 2 1 1🤣 1
Photo unavailableShow in Telegram
Sirdaryo viloyatida universitetning bitiruvchi bosqich talabalari bankomatdan 177 million soʻmni oʻgʻirlayotgan vaqtda qoʻlga olindi Mirzaobod tumanida ikki nafar talaba yigit oʻzaro til biriktirib, tungi vaqtda bankomatdagi pullarni oʻgʻirlashni reja qilgan. Ular kameraga tushib qolmaslik uchun yuzlarini futbolka bilan berkitib, qoʻllariga qoʻlqop kiyib olgan. Talabalar tegishli asboblar bilan qurollangan holda bankomatni buzib, ichidagi 177 million soʻm pullarni oʻgʻirlayotgan vaqtda tuman ichki ishlar xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. Holat yuzasidan sud ishi Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzaobod tumani sudida koʻrib chiqildi. Sud hukmiga koʻra, 2 nafar talaba yigit Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻrilik) 2-qismi bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Eng tezkor xabarlar 👇👇👇 https://t.me/aktual_uztv
Show all...
👍 2
Elon Musk ko'zi ojizlarning ko'rish qobilyatini tiklashi haqida xabar berdi Neuralink kompaniyasi yangi Blindsight texnologiyaasini ishlab chiqdi. Ilon Mask ushbu qurilma orqali ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan yoki hech qachon ko‘rmagan odamlarga yordam berishni va'da qilmoqda. Qurilma quyidagi holatlarda ishlashi mumkin: — Ikkala ko‘zini ham yo‘qotgan insonlarga — Ko‘rish asablarini shikastlaganlarga — Tug‘ilganidan ko‘r bo‘lgan odamlarga. Birinchi bosqichda bu texnologiya ko‘rish qobiliyatini yetarli darajada tiklay olmasligi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan inson ko‘zidan ham yaxshiroq natijalar berishi aytilmoqda. Eng tezkor xabarlar👇👇👇 https://t.me/aktual_uztv
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Holat yuzasidan Toshkent IIBB ma'lumot berdi Qayd etilishicha, YTH natijasida 7 yoshli qizaloq vafot etgan. Eng tezkor xabarlar 👇👇 👇 https://t.me/aktual_uztv
Show all...
🍌 1
01:46
Video unavailableShow in Telegram
Toshkentda BYD yoʻlning belgilanmagan qismini kesib oʻtayotgan qizni urib yubordi Sergeli yo‘li shoxko‘chasida avtobus belgilanmagan joyda yo‘lovchilarni tushirib qoldirgan. O‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan BYD Song Plus avtomobili avtobus oldidan yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan o‘quvchi qizni urib yuborgan. BYD’ning tezligi esa shaharda ruxsat etilganidan yuqori ekanligi (taxminan, soatiga 75-80 km) ko‘ringan. Qizning ahvoli hozircha ma’lum emas. Hozirda masʼullar ushbu holat yuzasidan izoh berganicha yoʻq. Eng tezkor xabarlar👇👇👇 https://t.me/aktual_uztv
Show all...
11.04 MB
00:29
Video unavailableShow in Telegram
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanidagi maktablardan birida dars jarayoniga bostirib kirib, bola olib chiqib ketilgani tasvirlangan video tarqaldi 5-sentyabr kuni Ellikqal’a tumanidagi 28-maktabning 1-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola X.Yo.ning onasi S.Sh. dars jarayonini buzgan holda sinfga kirib borib, o‘qituvchi uni to‘xtatishga urinishiga qaramasdan, kuch ishlatib majburan o‘g‘lini sinfdan olib ketgan. Ushbu vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar o‘rtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan bo‘lib, mazkur masala yuzasidan hujjatlar sud tartibida hal qilinishi uchun taqdim etilgan. 20-sentyabr kuni mazkur ish sudda ko‘rib chiqiladi. Eng tezkor xabarlar👇👇👇 https://t.me/aktual_uztv
Show all...
2.28 MB
👍 1😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi? Kofe sizni atigi 15 daqiqa tetiklashtirishi mumkin Eng tezkor xabarlar 👇👇👇 https://t.me/aktual_uztv
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat #bilishingiz_kerak Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik boʻyicha modda kiritiladi Shuningdek, daraxtlarni kesish va qasddan quritish, daryo oʻzanlaridan noqonuniy qum-shagʻal qazib olish, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash kabilar uchun jarimalarni oshirish va qatʼiylashtirish choralari koʻriladi. Eng tezkor xabarlar👇👇👇 https://t.me/aktual_uztv
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#MatchDay 🏆 FIFA Futzal Jahon chempionati 🇨🇷 Kosta-Rika 🆚 O‘zbekiston 🇺🇿 🗓 20-sentyabr | 20:00 🏟 “Humo Arena” Eng tezkor xabarlar 👇👇👇 https://t.me/aktual_uztv
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.