cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Iqtisodiyot_《total essence》

✅ Specialists; ✅ Teachers; ✅ Students; ✅ ... Kanal maqsadi o‘zining ilmi, salohiyati, tirishqoqligi, mashaqqati va sabri orqali ma'lum bir muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun faoliyat olib boradi! Bogʻlanish uchun: @Economics_ITE_bot

Show more
Advertising posts
3 829
Subscribers
-824 hours
-477 days
+7230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Bunday talantlarni bir muammosi bor. Ularni hamma ham tushunavermaydi. Mariusz Kedzierski qo'lsiz tug'ilgan. Bu uning kreativ g'oyalarini qalam bilan tasvirlashga va bolalikdagi orzusiga erishishiga to'sqinlik qila olmagan. Hozir Mariusz dunyoga mashhur rassom va u chizgan rasmlar London, Vienna, Nyu York shaharlarining yirik ko'rgazmalarida namoyish etiladi. 'Man Without Barriers', 'Best Global Artist' kabi xalqaro mukofotlar sohibi. ✔️ @Economics_ITE
Show all...
🔥 23👍 10🏆 5👏 2 1
Kapalak (butterfly effect). Xaos nazariyasida Butterfly effect deb ataluvchi tushuncha bor. Butterfly effect yoki Kapalak ta’siri shuni anglatadiki, kapalakning qanot qoqishi havoda kichik o’zagarishni yuzaga keltirib, bir necha kundan so’ng boshqa bir joyda tornado kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Qisqacha qilib ta’rif berganda, bu atama, kichik bir narsa yoki hodisaning o’zgarishi boshqa ulkan o’zgarishlarga sabab bo’lishini anglatadi.  Biznesda gaplashsak, kapalak ta’siriga erishgan kompaniyalarga ko’plab ijobiy misollar mavjud. Ya’ni, ko’rinishidan kichik va oddiy o’zgarish kiritib natijada ulkan muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar bir qancha (Apple, Amazon, Starbucks, va h.k.). Agar byurokratik kichik cheklovlar bu kompaniyalar faoliyatini boshlashga to’sqinlik qilganida, yoki kichik o’zgarishlar bilan bu kompaniyalar o’z faoliyatini boshlamaganida, hozirgi kunda biz bilgan ko’plab yirik kompaniyalar mavjud bo’lmagan bo’lardi. Tasavvur qiling, Jeff Bezosda onlayn savdoni tubdan o’zgartirib yuboradigan ajoyib g’oya va ko’nikma bor lekin u yashaydigan chekka bir shtatning Gubernatori aholiga bir kunda 4 soat elektr beradi xolos, va aksiga olib, u yerda internet ham yaxshi ishlamaydi. Natijada, Jeff Bezosning g’oyasi orzu bo’lib qolaveradi. Kichik bir shtatdagi amaldorning kichik byurokratik qarori katta oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Kichik o’zgarish yoki hodisa kelajakda ulkan o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin. ✔️ @Economics_ITE
Show all...
👍 21🔥 2👏 2🏆 1
Ozodlik - bu ideal, yuksak g‘oya va orzu bo‘lib, u kurash, jonfidolik va bardoshni talab qiladi. Har qanday millat va xalq uchun eng muqaddas ne'mat bu, shubhasiz, mustaqillikdir. Bu ne'mat bor yurtda odamlar albatta erkin va farovon yashab o'z yurti rivoji uchun hissa qo'shadilar! Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin! ✔️ @Economics_ITE
Show all...
🕊 18 4👍 3🔥 3
Murakkab foizning kuchi Agar $0.01 har kuni 2 barobar ko'paysa 30 kunda $5,368,709.12 ga aylanadi! Bu kichik misoldan pulni jamg'arish, uzoq vaqtga investitsiya qilish va murakkab foizni vaqt o'tishi bilan qanday kuchli ishlashini yaqqol ko'rish mumkin. Ko'pchilikning ko'ziga yillik % daromadlar kichik bo'lib ko'rinadi. Lekin kichik summa bilan ham boshlab muntazam investitsiya qilib borilsa, murakkab foizning kuchi va vaqt o'tishi bilan, "tomchilar" (kichik depozitlar) katta "ko'l" (katta daromad) hosil qiladi aslida. ✔️ @Economics_ITE
Show all...
👍 36🔥 2 1
Agar sizga quyidagi 2 variantdan birini tanlash taklif qilinsa, qaysi summani tanlagan bo'lardingiz?Anonymous voting
  • $1,000,000 ~ bir marta naqd beriladi
  • $0.01 ~ 30 kun davomida har kuni 2 barobar ko'paygan summa beriladi
0 votes
👍 24
1940-yillar... 65 yoshli, kichkina uyda nafaqa puliga zo’rg’a yashaydigan va eskisi chiqib ketgan mashina minib yuradigan bir keksa odam bor edi. Kunlarning birida, bu qariya o’zgarishga qaror qiladi va nima qilib odamlarga va o’ziga foydasi tegishi mumkinligi haqida o’ylaydi. Hayoliga do’st va yaqinlari sevib yeydigan, o’zi yaratgan qovurilgan tovuq retsepti keladi. Bu mazali taomni boshqalar ham yeb ko’rishini xohlaydi. Mamlakat bo’ylab sayohatga chiqadi va retseptni ko’plab restoranlarga sotishga harakat qiladi. Aniqroq aytganda, 1009ta restoranga o’z retseptini taklif qilib ko’radi va rad javobini oladi. Rad javoblar olishiga qaramay u o’z yo’lidan qaytmaydi, va nihoyat, 1010-restoran retseptni qabul qiladi va hamkorlik taklif qiladi. Gap kim haqida ketayotganini bilasizmi? Bu - Harland Sanders, dunyoga mashxur KFC restoranlar tarmog’ining asoschisi. KFC hozirda dunyodagi ikkinchi eng yirik (McDonald'sdan keyin) restoranlar tarmog'i hisoblanadi. ✔️ @Economics_ITE
Show all...
🔥 22👍 9😁 1😱 1
Gʻoyalarni amalga oshirish uchun sarflangan bir dollar bombalar ishlab chiqarish uchun ketgan 100 dollar qiymatiga teng. - Jozef Nay: Yumshoq kuch ✔️ @Economics_ITE
Show all...
🔥 20👍 5 3
Ochish oson boʻlgan, eskirmaydigan klassik bizneslar: 1. Doʻkon (kiyim-kechak, oyoq kiyimi, oziq-ovqat va boshqalar) 2. Kafe 3. Mashinalarga servis markazi (vulkanizatsiya, yuvib berish xizmati, remont) 4. Sartaroshxona Eʼtibor berib qaralsa mana shu toʻrtta klassik biznes dunyoning hamma mamlakatida bor va oʻn minglab insonlarning kichik biznesda band qiladi.
Show all...
👍 28💯 9🔥 4 2 1
G‘aroyib baliq ovi Charlz Dikkens bo‘sh vaqtlarida baliq ovi bilan shug‘ullanishni xush ko‘rardi. Uyi yaqinidan oqib o‘tadigan daryoga borib, oyoqlarini suvga solib o‘tirar, qarmoq tashlagancha, chuqur o‘yga cho‘mardi. Uning bu odatidan ajablangan qo‘shnisi bir kuni dedi: – Agar qarmog‘imga biror narsa ilinsin desangiz, daryoning sal yuqorirog‘iga chiqishingiz kerak. Baliq o‘sha yerda serob, gulmohi ham tutishingiz mumkin. – Bilaman, – deb javob berdi yozuvchi, – lekin u yerda baliq ovlashga chalg‘ib qolaman-da! ✔️ @Economics_ITE
Show all...
🔥 24👍 5 1🤝 1
Meni javobim: yoʻq Gap shundaki, isteʼmol tovarlarning importi anchadan beri rasmiy konvertatsiya yoʻli bilan moliyalashtirmas edi, uning narxi parallel (qora) bozor kursi boʻyicha shakllanardi. Bundan tashqari, import qiluvchi kompaniyalar turli komissiya toʻlovlari va birja kurslari va birja kurslari sababli valyutaga bozor kursidan koʻproq mablagʻ toʻlashga majbur edilar. Qayd etilishi kerakki, bunda hamma ham ushbu operatsiyalarni, ularning aniq tartib va tuzilmaga ega emasligi va shaffof emasligi sababli, amalga oshira olmasa edilar. Bunday savdo kompaniyalarning rahbarlari oʻz savdo operatsiyalarini amalga oshirish hamda tannarxni tushirishdan koʻra importni moliyalashtirish uchun valyuta manbalarini izlashga koʻproq resurs va vaqtlarini sarflashardi. Endilikda barcha tadbirkorlik subʼektlariga valyutani oʻz banklari orqali bozor shartlarida xarid qilish uchun teng imkoniyat yuzaga kelgandan soʻng, bozorda ishtirokchilar soni koʻpayadi, raqobat ham oshadi, ushbu operatsiyalar uchun samarali kurs ularni erkin xarid qilish osonlashishi, hamda shaffofligi oshishi hisobiga bir oz tushadi ham.
Show all...
👍 7
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.