cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

AD | Akhtamov's blog

Muhimi samimiyat :) Hech narsaga asoslanmagan, nimadur òrganiladigan va hadyalar beriladigan kanal...😉 Ketgan vaqtingizga rozi bòling... Insha Alloh albatta foyda olasiz...😊 Murojaat uchun...: @Dilshod_Axtamov

Show more
Advertising posts
269
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-3630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Oʻqishni qanday boshlash boʻyicha birinchi kurslar uchun eng yaxshi qoʻllanma Birinchi kursni, ayniqsa, birinchi semestrni qanday oʻtkazish 4 yil davomidagi katta narsani hal qiladi. Bugun shu narsa haqida yozishga qaror qildim. Universitet haqida (koʻp gapirilgan) haqiqatlar: Universitet sen orzu qilgan joy emas. Talabalik ham sen tasavvur qilgan “oltin davr emas”. Universitet payti uchun oʻylab qoʻygan rejalaringni yarimini ham qila olsang katta gap. “Universitet oʻqishing uchun maksimal halaqit beradi”. Sening yutugʻing — sen bularni bilasan. Bularga tayyor boʻla olasan. Universitet esa senga kerak, aniqrogʻi u yerdagi 4 yil vaqtdan unumli foydalanishing kerak. Birinchi semestrni qanday oʻtkazish kerak. Abiturientlik payti “Talaba boʻlvolay qilib tashlayman” degan orzularingni (ingliz tili, IELTS, zalga chiqish, bir oy choʻzilib yotish..) bir muddat chetga surib tur. Birinchi ikki oy muddatni oʻqishga moslashib olish va ustozlarda ilk taassurotni yaxshi qoldirish uchun sarfla. Niyati faqat oʻqish bo'lganlar orasidan doʻst top, ular bilan birga vaqt oʻtkaz, xonadosh boʻl. Bu juda muhim! Iloji boricha, kutubxonadan yoki internetdan kerakli adabiyotlarni tezroq topib, olib qoʻy. Mayda vazifalarni ortga surib yurma, chunki imtihon payti katta vazifalar bilan yigʻilib seni dovdiratib tashlaydi. Keyingi ikki oyda keyingi semestrdan boshlab qilmoqchi boʻlgan ishlaringni rejalashtir va ularga zamin yaratib bor. Oʻzingga mos kurslar, zallar, sport maydoni va hokazolarni koʻrib chiq. Birinchi semestrni imkon boricha balandroq bahoga yop. Ammo baho olish eng qiyin boʻladigan semestr shu boʻlishiga ham tayyor tur. Keyinchalik chetda oʻqish niyating boʻlsa, “Bahoning ahamiyati yoʻq” degan choʻpchak va bahonalarni yigʻishtir. Guruhdoshlaring bilan raqobat emas, hamkorlik qil. Barcha narsani qilishga oʻzing ulgurmaysan. Imkon borida kimgadir qildir yoki eng yaqin doʻstlaring bilan kelishgan holda vazifalarni taqsimla. Qoʻshimcha tavsiyalar: Ishlama! Bilaman, katta boʻlib qolgansan. Bilaman, uydan pul olishga uyalasan. Bilaman, ular shundoq ham kontraktingni toʻlayapti. Lekin talabalik sohangda mutaxassis boʻlish uchun oxirgi davr. Vaqtni shunga sarfla. Undan keyin xohlamasang ham ishlaysan. Uydagilardan pul olayotganda uyalsang, ularga va'da ber. Ertaga shu pullarini ortigʻi bilan qaytarishga, zoʻr mutaxassis boʻlishga va'da ber. Keyin esa vadangni bajar! Abiturientlik paytingdagi rejimingni oʻchirib qoʻyma! Oylab vaqtingni shunchaki divanda kino koʻrish bilan yoki kechasi bilan PUBG oʻynash bilan oʻtkazib yuborma. Uydagilardan pulni buning uchun olmayapsan. Har bir haftangni, kuningni oldindan rejalashtirishga odatlan! Unutma, aslida hammasiga ulgurish mumkin. Eng kamida sen oʻylaganingdan koʻra ancha koʻprogʻiga. Postni hech boʻlmaganda bitta talaba boʻlgan doʻstingga yoki uka/singlingga ulashib qoʻy. “Senlab” yozganimga xafa boʻlmaysizlar. Oʻzimning ukam boʻlganda, u bilan kamida shunaqa gaplashardim.
Show all...
👍 3🔥 2 1💯 1
Bularni biladiganlar bormi?🤔
Show all...
👍 3🤯 2🤨 2❤‍🔥 1 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
Bularni biladiganlar bormi?🤔
Show all...
00:22
Video unavailableShow in Telegram
SubhanAlloh. Alloh qanchalar buyuk zot-a? Hech òylab kòrganmisiz. Nima uchun, ha aynan siz🫵 uchun bu gòzal bir hayotni yaratdi. Hech bir tafakkur qilib kòrganmisiz. Yokida bir marta bòlsa ham sizga bergan ne'matlari(bu hayotda inson qilib yartgani, 5 hil his tuyg'uni sezishingiz) uchun shukur qilganmisiz. Bir hulosa qilib kòring!!!
Show all...
8.67 MB
5❤‍🔥 1👍 1🔥 1
Assalomu aleykum barchaga 🤚🤚 Zerikib qolmadizlarmi òzi🧐 Anchadan beri kòrinmay qòygandik. Nasib bòlsa bugundan postlar qòyib borishni boshlaymiz.
Show all...
3👍 2🔥 2❤‍🔥 1🫡 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.