Jamshid Babajanov
Тошкент вилояти ҳокимининг туризм, маданият, маданий мерос, оммавий коммуникациялар ва кинематография масалалари бўйича ўринбосари facebook - https://www.facebook.com/jamshid.babajanov Instagram - https://www.instagram.com/p/CbuRvMEAQJL/?utm_medium
Show more367
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
- Subscribers
- Post coverage
- ER - engagement ratio
Data loading in progress...
Subscriber growth rate
Data loading in progress...
Repost from Зойир Мирзаев
03:23
Video unavailableShow in Telegram
#Натижа
Мурожаат жойига бориб ўрганилди
Бўка тумани "Янгибоғ" маҳалласида истиқомат қилувчи Исроил Боиров ижтимоий тармоқ орқали мурожаат йўллаган. Унинг мурожаатини шахсан жойига бориб ўргандик.
Фуқаро маҳаллада ПҚ-408-сонли қарор бўйича ишлар якунига етказилмаганини билдирган эди. Ҳолат жойига бориб ўрганилганда, ҳақиқатданам ушбу мурожаат асосли экани маълум бўлди.
Маҳалла аҳли, тегишли мутасаддилар иштирокида вазият таҳлил қилинди. Энг биринчи навбатда, бугундан бошлаб кўчадаги 145 та хонадонда яшовчи 400 дан ортиқ аҳоли тоза ичимлик суви билан таъминланиши белгиланди.
Маҳаллага сув иншооти ўрнатилиб, қувурлар тортилган, бироқ, айрим техник ишлар якунига етказилмай қолгани маълум бўлди. Бу ҳолатга биз ниҳоятда муросасиз бўламиз ва шу муносабат билан, Бўка тумани мутасаддиларига тегишли тартибда огоҳлантиришлар берилди.
Hokim bo`kada halq bilan uchrashuv.mp423.47 MB
👍 3❤ 1
Repost from Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi
#ЎртаЧирчиқ
Президентимизнинг видеоселектор йиғилишида вилоят, туман ҳокимларига берган топшириқлар ижросини таъминлаш мақсадида бугун Оққўрғон тумани Маданият бўлимида вилоят ҳокимининг ўринбосари Ж.Бобожонов, вилоят Маданият бошқармаси бошлиғи А.Шомуродов, туман ҳокими ўринбосари Ж.Джаникуловлар ҳамда бўлим ва 25-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактаби ходимлари иштирокида йиғилиш бўлиб ўтди.
Ушбу йиғилишда маданият бўлими қошида ташкил этилган "Тўрғай", "Наврўзи ажам" фольклор-этнографик халқ жамоалари ҳамда "Қувонч" ва "Ёдгор" болалар рақс дастаси жамоаларининг келгусидаги олиб бориладиган ишлари режаси, бажарилиш лозим бўлган вазифалар бўйича топшириқлар берилиб, керакли қарорлар қабул қилинди.
Telegram | Instagram
Facebook | Youtube
👍 4
#UNWTOGA25 #Samarkand2023
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida ko‘plab uchrashuvlar, kelishuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, Toshkent viloyatining turizm sohasini yanada rivojlantirish, butun dunyo mamlakatlaridan sayyohlarni viloyatimizga jalb qilishni yo‘lga qo‘yish maqsadida xorijlik investorlar, soha vakillari bilan hamkorlik rishtalari bog‘landi, bitimlar imzolandi.
Katta doiradagi tadbirning uchinchi kunida ham bir qator masalalar yuzasidan yirik loyihalar ustida ish olib borilishi kutilmoqda.
➡️@Dj_Babajanov
👍 1
#UNWTO
#Sessiya
Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Azim Samarqand ushbu yirik tadbirga mezbonlik qilmoqda. Mazkur global yig‘inga esa dunyo mamlakatlaridan mehmonlar tashrif buyurishmoqda.
130 dan ortiq davlat vakillari qatnashishi kutilayotgan mazkur tadbirga Shveysariya moliyaviy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyatining reklama faoliyati direksiyasi rahbari Erik Yakob ham yetib keldi.
Ma’lumot uchun: 16–20-oktyabr kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida o‘tkaziladigan sessiyaning avvalgisi 2021-yilda Ispaniyada boʻlib, UNWTO Bosh assambleyasida Oʻzbekiston nomzodi Portugaliya va Misr mamlakatlari bilan raqobatda gʻolib boʻlgan.
➡️@Dj_Babajanov
👍 1
#Tatariston
#Qozon
#forum
"Oʻzbekiston – Rossiya hududlararo hamkorlik boʻyicha III forumi" da mamlakatimizning boshqa hududlari qatori Toshkent viloyati ham ishtirok etmoqda.
Tatariston respublikasining poytaxti Qozon shahrida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda viloyat hokimi Zoir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashib, forum doirasidagi “Turistik marshrutlar: Rossiya va O‘zbekistonni kashf qilish” panel sessiyada “Toshkent viloyatining turizm salohiyati va viloyatning imkoniyatlari” mavzusida maruzalar qilinmoqda.
➡️@Dj_Babajanov
👍 1
#marafon
#sport
#yugurish
Keng jamoatchilik va yoshlar orasida sportni rivojlashtirish, aholi salomatligini mustahkamlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek ularning e’tiborini Orol dengizi atrofidagi ekologik muammoga va Orolbo‘yi mintaqasini qayta tiklashga qaratilgan tadbirlardan biri Toshkent viloyati Olmaliq shahrida o‘tkazildi.
6 ming nafarga yaqin marafonda qatnashuvchilar orasida nuroniylar, korxona-tashkilot xodimlari, keng jamoatchilik yoshlar qatorida marraga intilib, jami 3 kilometrdan ortiq masofada yugurishdi.
Tadbir so‘nggida nominatsiya g‘oliblari va sovrindorlar viloyat hokimligi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
➡️@Dj_Babajanov
👍 1
#festival
Bugun Qo‘qon shahrida Ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan hunarmandlar,mehmonlardan tashkil etilayotgan festival, ishtirokchilarning tantanali yurishi bilan start oldi.
Qizg‘in tus olgan festivalda yurtimizning boshqa hududlari qatorida Toshkent viloyatining stendi ham qad rosladi.
3 kun davom etadigan mazkur tadbirda viloyatimizning madaniyat, faklor, milliy va estrada qo‘shiqchilik san’ati vakillari o‘z chiqishlari bilan ishtrok etishmoqda.
Shuningdek, 40 ga yaqin hunarmand va shogirtlar 3 mingdan oshiq mahsulotlari bilan qatnashmoqdalar.
Tadbirni 200 nafarga yaqin xorijiy, respublika va mahalliy OAV vakillari yoritib bormoqda.
➡️@Dj_Babajanov
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan
Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.