cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Islom Urolov

Research Analyst at IMF Links: https://linktr.ee/islomurolov Contact: @islomurolov_bot

Show more
Advertising posts
1 633
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-1030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
👍 19🔥 6 2
Photo unavailableShow in Telegram
Qahva madaniyati Amerikadagi tashkilotlarga ishga hujjat topshirishimdan hozirgacha meni eng qiziqtirgan jihat bu ishjoyi madaniyati edi(workplace culture). Hozir ishlayotgan joyimda ham bir qiziq madaniyat bor ekan, yangi qabul qilingan xodimni ko’pchilik, asosan, undan yuqorida turuvchi va to’g’ridan-to’g’ri vazifa beradigan menejerlari qahvaga taklif qilar ekan. Qahva ustida esa ishdan boshqa barcha masalada – oila, shaxsiy hayot, qiziqishlar, rejalar haqida gaplashiladi, asosan tanishiladi. Kelganimdan beri deyarli har kun kim bilandir qahvaxo’rlik qilaman. Menga ushbu madaniyatning qiziq va manfaatli tuyulgan jihati shundaki, bu yo’l orqali menejerlar qo’liga yangi kelgan xodimning inson sifatida qanday ekanligi, sharoiti, muammolari va rejalari qanday ekanligini bilib, kelgusida shunga asosan munosabat qila oladi. Bundan tashqari yangi inson ham o’zini uzoq vaqt begona his qilmay, tezda jamoa muhitiga moslashadi. @islom_urolov
Show all...
👍 63🔥 20😁 8 7👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun ertalab ishga kelsam email xabarlarni qarasam, Staff Newsletterda yangi ishga qabul qilinganlarni tabriklab, qisqacha biografiya yozishibdi. @islom_urolov
Show all...
🔥 74👍 28😎 9 6👌 2🕊 2
Photo unavailableShow in Telegram
Antoinette Sayeh men ishlaydigan Afrika departamentiga mas'ul rais o'rinbosari edi. Rasmda mendan yuqoridagi menejerlar zanjiri berilgan. @islom_urolov
Show all...
🔥 39👍 10🏆 7 3🥰 3
Bugun Xalqaro Valyuta Fondi raisi o’rinbosari Antoinette Sayeh nafaqaga chiqqani munosabati bilan xayrlashuv kechasi o’tkazildi. Antoinette xonim uzoq yillar mobaynida Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Fondida yuqori boshqaruv bog’inlarida faoliyat yuritgan. Vatani Liberiyada bir muddat Moliya vaziri lavozimida ham ishlagan. Qizig’i, Antoinette Sayeh ham men o’qigan Tafts universiteti bitiruvchisi ekan. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo’yicha doktorlik ishini Tafts universitetining Fletcher xalqaro munosabatlar fakultetida yoqlagan ekan. @islom_urolov
Show all...
21🤩 6👍 3 2🔥 2👏 1
00:54
Video unavailableShow in Telegram
video.mp46.79 MB
👍 24🔥 7 6
Dam olish kunida men bilan bir bo’limda ishlaydigan hamkasblarimning tizimdagi profili orqali ular qayerlarda o’qigani va ishlagani bilan tanishib chiqdim. Bo’limda 30 nafar iqtisodchi va bosh iqtisodchilar bor ekan. Shulardan 25 nafarida PhD darajasi bor. Hammasi PhDsini Amerika, Kanada yoki Yevropadagi Stanford, Johns Hopkins universiteti, Cambridge, LSE, PSE kabi eng nufuzli universitetlarda yoqlagan. Qolgan 5 tasi esa 20-25 yildan beri IMFda ishlaydi. Ya’ni iqtisodchi lavozimiga ishga kirish unchalik qiyin bo’lmagan davrlarda magistratura darajasi bilan kirib ishlab qolishgan. Bugungi kunda PhDsiz iqtisodchi lavozimiga qabul qilinish amalda deyarli iloji yo’q. @islom_urolov
Show all...
🔥 54👍 20 11😢 3🕊 2🗿 2👨‍💻 1
Photo unavailableShow in Telegram
O’tgan oy hayotimda juda katta yangiliklar bo’ldi. Ayniqsa so’ngi haftalarda. Huddi tushga o’xshaydi. 21-avgustda Toshkentdagi AQSh elchixonasidan diplomatik viza oldim. 22-avgustda Vashingtonga yetib keldim. 23-avgustda Alloh o’g’il farzand bilan siyladi va birinchi marta ota bo’ldim. 26-avgustda Xalqaro Valyuta Fondida birinchi ish kunimni boshladim. Bugun ishdan kelsam hamkasblarim tabriknoma yuborishgan ekan. PS. Tabriknoma yuborish madaniyati haliyam saqlanib qolgani hayron qoldirdi:). @islom_urolov
Show all...
🔥 97 40👍 24👏 13🎉 12❤‍🔥 3🤩 1🏆 1
IMFda ishlashning hozircha eng yoqqan joyi ixtiyoriy (flexible) ish jadvaliga ruxsat berilgani bo’ldi. Haftada uch kun 8 soatdan ishlashingiz kerak bo’lsa, buni o’zingiz xohlagancha tartiblaysiz. Xohlasangiz ertalab 6 da kelib ish boshlab 2 PMda uyga ketishiz mumkin, yoki 10 AMda kelib 6 PMgacha ishlashiz mumkin. Shu kuni (in-person) qatnashish kerak bo’lgan majlis bo’lmasa albatta. Ba’zan 7 soat ishlaganingizdan keyin biror judayam zarur shaxsiy ishingiz chiqib qolsa, bemalol ishni bitirib uyga qaytganizdan keyin tunda bir soatni ishlab qo’yish ham mumkin ekan. Agar ma’lum shaxsiy sababga ko’ra officega kuni bo’yi kelishning umuman iloji bo’lmasa online tizimga buni kiritib qo’yish orqali yillik berilgan 20 kunlik ixtiyoriy ta’tilning bir kunidan foydalanish mumkin. Ish soatlarini belgilash deyarli to’liq o’zingizga bog’liq. Ish soatlari qanday monitor qilib boriladi? Bu shunchaki ishonch tizimi orqali ishlaydi. Ya’ni xolis ishlaganingizga ishonishadi. Xullas, ish jarayoni faqat natijaga yo’nalgan, samaradorlikni tushiradigan qoidalarga emas. @islom_urolov
Show all...
91 31👍 26🔥 13🕊 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.