cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazining rasmiy kanali: Biz ayollarni himoya qilamiz Telefon: 1146

Show more
Advertising posts
1 078
Subscribers
No data24 hours
+107 days
-1130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Oilaviy nizo – psixologik va ijtimoiy keskinlashgan vaziyat bo‘lib, oiladagilar (er-xotinlar, ota-onalar va bolalar, er-xotinlarning ota-onalari o‘rtasida, kamdan-kam holda qarindoshlar) o‘rtasida yuzaga keladi. Oila tuzilmasi turli yoshdagi va jinsdagi kishilarni birlashtiradi va nizo chiqishi ehtimoli mavjud bo‘ladi. Oilaviy nizolarga mulkiy nizo yoki bolalar, ota-onalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash kiradi. Keskinlashayotgan ziddiyatga bir-birini tushunmaslik sabab bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda, umr yo‘ldoshlaridan har biri qanday o‘rinda bo‘lishi va bunga ruhan tayyorligi qandayligini tushunmaslik sabab bo‘ladi. ‼️Bolalar va ota-onalar o‘rtasidagi nizo bolalarning kattalar taʼsiridan qutulishga intilishi, shuningdek, o‘zini yolg‘iz his etish, oilada ortiqchaligini tushunib yetish bilan ham bog‘liq. Oilaviy nizo alohida eʼtibor va nazoratni hamda mutaxassislar – psixolog, yurist, vrachlar aralashuvini talab qiladi.
Show all...
Huquqingizni bilasizmi? ⚡️ Shilqimlik bezorilikmi? 🔹Xotin-qizlarga nisbatan shilqimlik qilingani uchun, “shilqim” falon sutkaga qamaldi degan xabarlarni eshitamiz. Xo‘p shilqimlik o‘zi nima? Qanday ko‘rinishlari bor? Shu haqda fikrlashamiz. Shilqimlik bu asosan “erkak”larga xos yengiltaklik va salbiy sifat bo‘lib, ayol (xotin-qiz)ni qo‘rqitishgina emas, balki uyatsiz hazillar qilish, anekdotlar aytish, turli ishoralar qilish, behayo qo‘l tekkizishlari, yaʼni ayolning shaʼniga, or-nomusiga teginadigan har qanday xati-harakatlarni qilish tushuniladi. Shilqimlik ishxonada ham, ko‘cha-kuyda, transport vositalarida va boshqa jamoat joylarida ham ko‘zga tashlanishi mumkin. “Shilqimlik” mayda bezorilik jumlasiga kirib, O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida uning tushunchasi berilgan, uning mazmuniga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xati-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik hisoblanadi. ❗️P.S. Shilqimlik jamoat tartibiga tajovuz qilgan huquqbuzarlik bo‘lib, 1 700 000 so‘mgacha jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
‼️Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar o‘rtaga kirib olishi bilan ish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Abu Rayhon Beruniy
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
‼️Hech qachon taslim bo‘lmang ! Hamma gap sizni yiqilishingda emas, balki yiqilgandan so‘ng oyoqqa tura olishingizda. 🔹Mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsangiz, bu sizni hech narsaga arzimasligingizni bildirmaydi. Agar siz mag‘lubiyatdan saboq olgan bo‘lsangiz, o‘tgan voqeani esdan chiqaring! 🔹Insonning eng katta xatosi erta taslim bo‘lishidir. Toki tirik ekansiz taslim bo‘lishga haqingiz yo‘q. Sabr va matonat bilan faqat olg‘a!
Show all...
Huquqingizni bilasizmi? ❓Qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish mumkinmi 🔹 Oila qurish benihoya nozik va hayotiy masala. Bejiz, Sohibqoron Amir Temur kelin tanlashni davlat ishiga teng qo‘ymagan. Baʼzi insonlar qarindosh-urug‘chilikni yana-da mustahkamlay, doim bordi-keldi bo‘lsin deb o‘zaro quda-anda bo‘lishayapti. Ammo, tibbiyot olami olimlari yaqin qarindoshlar bilan oila qurishning salbiy oqibatlari ko‘pligini, turli irsiy kasalliklarning kuchayib ketishini va yaqin qarindoshlar nikohi tufayli saksonga yaqin kasalliklar kelib chiqishi mumkinligidan ogohlantirishida. Eng asosiysi qon yangilanmas ekan, yaqin qarindoshlarning nikohi yetti avloddan keyin ham o‘z salbiy taʼsirini ko‘rsatishi mumkinligi ilmiy tasdiqlangan. ‼️ Qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzilishining mumkin emasligi masalasi milliy qonunchiligimizda ham o‘z ifodasini topgan. Jumladan, Oila kodeksining 16-moddasiga ko‘ra, “Nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oladiganlar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi” deb belgilangan. ‼️ Agar bunday nikoh tuzilgan taqdirda ham, ushbu nikoh sud tomonidan haqiqiy emas deb topiladi.
Show all...
Huquqingizni bilasizmi? ‼️Huquqni muhofaza qilish organlarga murojaat qilish tartibi 🔷 O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi (11.09.2017 yildagi O‘RQ-445-sonli) qonunida, murojaatlarning tushunchalari berilgan. Unda, 🔹 Ariza - huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat, 🔹Taklif - davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat, 🔹 Shikoyat - buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat. Murojaatlar, ularning shakli va turidan qatʼi nazar, bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi hamda bir xil tartibda ko‘rib chiqilib, yozma javoblari berilishi shart. ☝️Jismoniy shaxsning murojaatida: • Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. • Davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak. • Murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari ko‘rsatilishi mumkin (mavjud bo‘lsa). Murojaatlar Davlat tilida va shaxs tomonidan maʼqul ko‘rilgan boshqa tillarda ham berilishi mumkin. Berilgan ariza (shikoyat) jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Agar murojaat vakillar orqali berilgan taqdirda, ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (ishonchnoma,vakolatnoma) ilova qilinadi. ☝️Yozma murojaat yo‘llash manzillari: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – Toshkent Sh, M.Ulug‘bek tumani, Ya.G‘ulomov 66. 100000; 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi - Toshkent Sh., Yakkasaroy t., Yu.Rajabiy, 1, 100029; 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – Toshkent Sh.,Yunusobod t., Sayilgoh k. 5, 100047. ‼️Og‘zaki murojaat quyidagi ishonch telefonlari orqali amalga oshiriladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi - 0371 232-10-07, 10-07. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi - 0371 231-43-04, 102. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi - 0 371, 207-0443, 10-08.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Huquqingizni bilasizmi? Kimlar ishsiz hisoblanadi? ‼️ Ishsiz - bu ishlashga qodir, hech qanday ish va daromadga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ishga kirishishga tayyor bo‘lgan va o‘ziga mos ish topish uchun bandlik xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan shaxs. ‼️ Ishsizlar — o‘n olti yoshdan to pensiya bilan taʼminlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi: ➖ haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ➖ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan, ➖kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganlar mustasno) tushuniladi. ☝️Yuqoridagilar ishga kirish uchun mehnat organlariga murojaat qilib, ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa ishsiz hisoblanadi. ☝️Shaxs mahalliy mehnat organining buyrug‘i bilan ishsiz deb rasmiylashtiriladi va ishsizlik nafaqasi tayinlanadi.
Show all...
00:57
Video unavailableShow in Telegram
🧠Psixolog qabulida ruknini ⚜️Bugun mehmonimiz psixologiya fanlari nomzodi, dotsent amaliy psixolog, «Germes» psixologik markazining rahbari Mustafayeva Shirinoy Farxadovna ✍️Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati
Show all...
IMG_9753.MP445.34 MB
👍 1
00:26
Video unavailableShow in Telegram
🌿Agar kimdir sizga dardini to‘ksa, uni yaxshilab tinglang. Chunki u hammani ichidan sizni tanlagan. ‼️Unga beparvo bo‘lmang.
Show all...
243721000_388600289426825_8932003077165073190_n.mp45.50 MB
👍 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.