cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

YOZUVCHILAR UYUSHMASI QASHQADARYO VILOYATI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

Мазкур канал Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Қашқадарё вилояти бўлими расмий канали Адабий гуруҳимиз: https://t.me/qashqadaryo_adabiymuhiti

Show more
Advertising posts
535
Subscribers
-324 hours
-47 days
-230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

​​#Карвон_қўнғироғи КЎРИШ ВА ҚАРАШ ХХ асрда кино дунёни забт эта бошлаганида Ғарб файласуфларидан бири “Кино бизни кўришга ўргатди, лекин қарашдан жудо қилди”, деган эди (ҳолбуки, ўша пайтдаги фильмлар ҳозиргидан кўра анча тузук бўлган). Дарҳақиқат, кўриш ва қараш бошқа-бошқа тушунча. Бир кунда минг-минглаб нарсаларни кўрамиз, лекин шундан бор-йўғи уч-тўрттасига қараймиз. Қарашда дунёқараш, фикр, ички муносабат, ҳатто туйғу иштирок этади, кўришда эса ундай эмас. Дунёнинг машҳур кинокомпаниялари Габриэль Гарсиа Маркесга “Юз йил ёлғизликда” романи асосида бадиий фильм ишланиши учун рухсат маъносидаги биттагина “хўп” сўзи учун миллионлаб доллар ваъда қилишганда адиб, эҳтимол, айни кўриш ва қараш орасидаги тафовутни ҳисобга олиб, “Йўқ!” дегандир. Қуёшнинг чиқиши ва ботишини, далаларни оппоқ қор қоплаганини, осмонда порлаган юлдузларни одам кўрса-ю, ҳеч нарсани ҳис қилмаса, бу навбатдаги кўрликнинг бир тури эмасми? Аввалги замонда одамларни қарашга эмас, кўришга мослаштирадиган восита битта кино бўлган бўлса, бугун уларнинг ҳисоби йўқ. Ахборот очкўзлиги даврида қараш бутунлай инқироз гирдобига кирди. Бугун қалбий сезги емирилиб боряпти. ✍️Эшқобил ШУКУР "Эркинлик бошқа, бошбошдоқлик бошқа; фикр бошқа, маҳмаданагарчилик бошқа" номли суҳбатдан. https://t.me/qashqadaryo_adabiyoti 🔹🔹🔹
Show all...
Taniqli hajvchi adib, publitsist, dramaturg va tarjimon Habib Siddiqning “Adabiyot” nashriyotida chop etigan “Saylanma” va “Nimkosa” kitoblari taqdimotidan fotolar. Muallif – Ahmad To'ra.
Show all...
Taniqli hajvchi adib, publitsist, dramaturg va tarjimon Habib Siddiqning “Adabiyot” nashriyotida chop etigan “Saylanma” va “Nimkosa” kitoblari taqdimotidan fotolar. Muallif – Ahmad To'ra.
Show all...
02:50
Video unavailableShow in Telegram
Madaniyat va maʼrifat telekanali Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Abdulla Oripovning "Buyuk soddalik va "Ummon bo'yidagi o'ylar" kitob taqdimoti bo'lib o'tdi
Show all...
13 (online-video-cutter.com).mp437.44 MB
Ikki kitob taqdimoti O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida taniqli hajvchi adib, publitsist, dramaturg va tarjimon Habib Siddiqning “Adabiyot” nashriyotida chop etigan “Saylanma” va “Nimkosa” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ijod ahli ishtirokidagi tadbirni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo ochib berdi. Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O‘rozboy Abdurahmonov, “Mushtum” jurnali bosh muharriri Nosirjon Toshmatov, uyushmaning Andijon viloyati bo‘limi boshlig‘i Xurshida Qo‘chqorova, uyushmasi aʼzolari – Yangiboy Qo‘chqorov, Abdunabi Boyqo‘ziyev, Orifhoji Meliyev, Zuhriddin Isomiddinov, Zamira Ro‘ziyeva so‘zga chiqdi. – Adibning “Saylanma” kitobidan turli yillarda yozilgan qissalari, hikoya, hajviya va hangomalari, ko‘ngildagi gaplari, suhbatlari, publitsistik maqola va tarjimalaridan namunalar o‘rin olgan, – dedi Muhammad Ali. – Undagi asarlar mazmunan rang-barangligi, hayotiyligi, shirali tili, hazil-mutoyibaga yo‘g‘rilgani, kutilmagan yechimlari, tagdor iboralaru ilmoqli gaplarga boyligi, salmoqdor ijtimoiy yuki va falsafiy xulosalari bilan o‘quvchi eʼtiborini tortadi. “Yozuvchining “Nimkosa” to‘plamiga jamlangan, hazil-mutoyibaga yo‘g‘rilgan, ko‘ngildagi gaplar, ko‘ndalang savollar, yon daftardagi qaydlar o‘quvchini teran mushohada qilishga, atrofga ochiq ko‘z bilan qarashga, hayotning qadriga yetishga undaydi”, – deya taʼkidladi uyushma aʼzosi Orifhoji Meliyev. Taqdimotda ishtirok etgan adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, adibning yangi kitoblarini tahlil qilish jarayonida uning milliy adabiyotimiz, ayniqsa hajviyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasi, ijodining o‘ziga xos va betakror jihatlari, insoniy fazilatlari haqida fikr yuritdi. “Saylanma” va “Nimkosa” xalqimiz maʼnaviyatini rivojlantirishga xizmat qiladi, deya eʼtirof etildi. Tadbir so‘nggida yozuvchi Habib Siddiq faol ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Show all...
02:50
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | Abdulla Oripovning «Buyuk soddalik» va «Ummon bo'yidagi o'ylar» kitoblari taqdimoti #19sep #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Show all...
Abdulla.mp466.99 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#ЯНГИ_КИТОБ 🔰🔰🔰 Ўзбекнинг зўр ижодкори Чори Авазнинг фикрлари, ёндашувлари, муносабату куйинчаклиги акс этган ушбу китоб унинг шахс сифатидаги камолоти нечоғли бўлганини намоён этади. Битикларда шоирона ташбеҳлар, моҳирона такаллумлар учрайдики, улар муаллиф тафаккур дунёсини очиб беради. Зеро, ижодкорни нафақат ёзган шеърлари, балки мақола, тақризлари, ҳатто таржималари ҳам бор бўйи билан кўрсата олган. Гап нимани ва қандай ёзишда. Бу борада "танқидни танқид" ҳам зукко ўқувчилар эътиборини ўзига жалб этади. Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Қашқадарё вилояти бўлими https://t.me/qashqadaryo_adabiyoti 🔹🔹🔹
Show all...
#shoir_qalbi Shunchaki... U menga “Gʻururing bormi”, deb aytdi. Rostdan ham gʻururim bormi, meni? Oshiqlarda gʻurur boʻlarmikan? Uchratsam soʻrardim Majnundan, “Sahrolarda nega tentirab yuribsiz, Ogʻa, gʻururingiz bormi, sizni?” deb. Shayx Sanʼondan soʻrardim. “Nega bu ostonalarda tuproqqa belanib yotibsiz, shayxim? Turing, Gʻururingiz qani, sizni? deb...” Zulayxodan soʻrardim Nega  Yusufni taʼqib etasiz, malikam Gʻururingiz qani sizni, deb?.. “Gʻurur”, “Ishq” bir-biriga mos kelarmi bu soʻzlar? Oshiqlarning kuygan qalbidan boshqa yana nimasi bor? Qalbki ishgʻol etilgan. Sarhadlari buzilgan... Lashkarlari tor-mor boʻlgan, Mustamlaka qalb... Oʻzidan tongan, faqat Unga tobe boʻlgan qalb. Maʼshuqlar qanday baxtli, Sevilish qanday saodat. Kim sevilgan boʻlsa Tangrining nazari tushgan boʻladi, deyishadi. Oshiq kim unda? Ehtimol kim koʻproq ishqdan aziyat cheksa, Kim koʻproq suysa, oʻsha oshiq sanalar. Demak, koʻproq suygan, koʻproq azob chekishga mahkum. Bu yoʻldan allaqachon ketmoqchi edim, Ammo ishon qoshindan hech qayerga ketolganim yoʻq. Necha bora qasamlar ichdim. Oʻzing ayt qanotlari kuygan parvona Shamning poyidan boshqa Qayerga ham borardi. Toki hamon oshiqman, Hamon ojizu notavonman. Mudom oyoqlaring ostida xorman... Gʻururim bormi, mening  gʻururim.. Muhammadsiddiq RAHMATOV @yoshlikjurnali yoshlikjurnali.uz
Show all...

“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O‘rozboy Abdurahmonov 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbir efirga uzatildi. Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
Show all...
BEDORLIK O'ROZBOY OG'A 1 QISM.mp3112.63 MB
Photo unavailableShow in Telegram
*** Боғларни ихтиёр этмоқда юрак — Хазонрез тартибин бузмай, бесадо, Шовшаган япроққа қўнсайди титраб — Шабнамдай, ё томчи ёшдай бенаво. Боғларга қайтгиси келмоқда юрак… Тақдир — темир дунё синиб кетсайди — Юрак пинҳон ёшдай оқиб жонсарак, Кузнинг елкасига сингиб кетсайди. ✍Усмон АЗИМ https://t.me/qashqadaryo_adabiyoti 🔹🔹🔹
Show all...
👍 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.