cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ABITURIYENT News

🔎 𝗔𝗕𝗜𝗧𝗨𝗥𝗜𝗬𝗘𝗡𝗧 𝗡𝗲𝘄𝘀 – Ta'lim yangiliklari! Abituriyentlarga oid eng so'nggi yangiliklarni shu yerda kuzatib borishingiz mumkin! 👨‍💻 Reklama uchun: t.me/Click_Edu/6 🤝 Tijoriy hamkorlik: @talim_reklamalari

Show more
Advertising posts
68 454
Subscribers
-92424 hours
-5 0007 days
-33 11230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

⚡️Rasman: Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko'ra, ➖ 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi "3" dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi; "3" va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi. ➖ Joriy o‘quv yili uchun ta’lim kreditini olmoqchi bo‘lgan talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi avvalgi o‘quv yili yakuni bo‘yicha "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimidan olinadi. ➖ Talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi ko‘rsatkichi va tegishli ma’lumotlari "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi, to‘lov-kontrakt to‘g‘risidagi ma’lumotlari esa "Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish" (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi. ➖ Kredit oluvchi ta’lim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga "Yagona interaktiv davlat xizmatlari" (my.gov.uz) portali, "Ta’lim krediti" (ta'lim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri murojaat qiladi. ➖ Kredit oluvchi tomonidan ta’lim kreditini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi arizani shakllantiradi. Manba ✔️ Abituriyent News
Show all...
👍 8 1
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari 🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan. ✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining: 🔸 Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti; 🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti; 🔸 viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. ✅ 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi. 👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. 📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi. ✔️ Abituriyent News
Show all...
19👍 13👎 5
00:38
Video unavailableShow in Telegram
🟡 Nega hali ham hujjat topshirmadingiz? 🎓 Ta'lim sifati chet elnikidan qolishmaydigan Navoiy Innovatsiyalar Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda. 📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43
Hoziroq ariza topshiring va muvaffaqiyatli talaba bo'ling
🌐 Onlayn ariza topshirish Manzil: Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy Mo‘ljal: Navoiy Avtoshox bekat 📍Lokatsiya Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt
Show all...
IMG_0080.MOV12.78 MB
👍 4
Ayni paytda talabalar😂
Show all...
1.49 KB
🤣 142🐳 6👍 5👏 5🗿 5😢 4 3😁 3 2👻 1🙊 1
​​Baxtli hayot uchun maslahatlar!
1. O‘zing uchun pulni ayama. 2. Yoqyaptimi – ayt. 3. Bugungi kun bilan yasha: kecha o‘tdi, erta – bo‘ladimi, yo‘qmi. 4. Tushunmadingmi – so‘ra. 5. Uchrashmoqchimisan – taklif qil. 6. Nimadir xohlaysanmi – iltimos qil. 7. Bahslashmaslikka intil. 8. Tushunishlarini istaysanmi – tushuntir. 9. Aybing bormi – buni darhol ayt va oqlagani bahona izlama. 10. Unutma: har kimning o‘z haqiqati bor va u ko‘p ham sening haqiqatingga mos kelavermaydi. 11. Ahmoqlar bilan muloqotdan chetlan. 12. Hayotda eng muhimi – mehr, qolganlari – arzimas ishlar. 13. Insonning muammolari faqat uning ongidadir. 14. Atrof-olam yovuz ham, mehribon ham emas, bormisan, yo‘qmisan – unga baribir. 15. Har bir voqeadan zavq olishga harakat qil. 16. Doimo yodda tut: hayot bir marta berilgan. 17. Ezma bo‘lma. 18. Televizor ko‘rma, yo‘qsa uloqchaga aylanib qolasan. 19. Unutma, hech kimning oldida tiling qisiq emas. 20. Unutma, hech kim sening oldingda tili qisiq emas. 21. Siyosat bilan shug‘ullanma, u odamlarni yovuzlashtiradi. 22. Doimo faqat o‘z kuchingga ishon. 23. Va’dalarga emas, hissiyotlaringga tayan. 24. Ayollarga bolalarga bo‘lganidek sabr va xayrixohlik bilan muomalada bo‘l. 25. Ayollarni aya – ularga yashash qiyinroq. 26. Kayfiyating yomon bo‘lsa, esga ol: o‘lganingda shu ham bo‘lmaydi. 27. Tushun: buguning sen uchun hayotingdagi eng yaxshi kun!
Yaqinlaringizga ulashib qo'ying! ✔️ Abituriyent News
Show all...
👍 56🔥 9 5😁 5💔 3😢 2🐳 1
🇨🇳 🇬🇧 Xitoy va Angliyada o'qish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi! Til kursi + Bakalavr / Magistratura O'qish shaharlari: 🇬🇧 Angliya: London, Birmingham 🇨🇳 Xitoy: Pekin, Tsingdao, Chengdu, Shijiazhuang va boshqalar O'qish dasturlari: 1 yil til kursi + 3-4 yil bakalavr yoki magistratura Grantlar: Xitoyda grantlarga murojaat qilish imkoniyati (IELTS 6.0 va yuqori, HSK 3-daraja va yuqori talab qilinadi) Qabul uchun talablar: O'rta maktab, kollej yoki bakalavr diplomiga ega bo'lgan barcha talabgorlar 📈 Bizning afzalliklarimiz: Universitetlar: Angliyaning TOP-300 universitetlari, Xitoyning birinchi darajali universitetlari bilan ishlash. Konsalting kompaniyamizning o'z xitoy tili maktabi bor, HSK imtihonini topshirishga yaqindan yordam beriladi. Grant olish imkoniyati bor! Karyera: Stajirovka va bitiruvdan so'ng ishga joylashish tavsiyalari, ish vizasini rasmiylashtirishda yordam Batafsil ma'lumot uchun: ☎️+998778006686 | Shengli
Show all...
👍 4 2🕊 1
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi 📋 Ma'lumki, joriy yil 22-avgustdan boshlab belgilangan sanalarda OTMlariga kirish hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari Apellatsiya komissiyasi a'zolari tomonidan ko‘rib chiqildi. Apellatsiya jarayoni 2024-yil 10-sentabr kuni to‘liq yakuniga yetdi. 👨🏻‍🎓 Apellatsiya komissiyasi tomonidan 4 055 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 831 nafari (20,5%) jarayonda ishtirok etdi, 3 224 nafari esa ishtirok etmadi. 🏢Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yilda ilk marta Nukus shahrida apellatsiya shikoyati bergan qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarning e'tirozlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sayyor Apellatsiya komissiyasi tashkil etildi. 📌 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra Apellatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi. ✔️ Abituriyent News
Show all...
🤝 4👍 2❤‍🔥 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔥 Yangi ta'lim markazining katta ochilishi shu shanba, 14 sentabrda! 🎉 Sizni dasturxondan, ajoyib sovg'alar va o'qish uchun vaucher yutib olish imkoniyati kutmoqda. 🚀 Sahnada — IT sohasida sizni ilhomlantiradigan top bloggerlar. 💬 O'qituvchilarimiz bilan suhbatlashing va kurslar haqida barcha ma'lumotlarni oling. 🗓 14 sentabr, 15:00 C-1 Sodiq Azimov 46 kochasi Ro'yxatdan o'tish uchun http://surl.li/ldybss
Show all...
4👍 1
Talaba qachon akademik taʼtil olishi mumkin?
➖ harbiy xizmatni oʻtash uchun; ➖ salomatligini tiklash uchun; ➖ homiladorlik va tugʻish uchun; ➖ bolalarni parvarish qilish uchun; ➖ oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.
〰️〰️〰️ SAVOL: Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati qay tartibda ko‘rib chiqiladi? JAVOB: Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi. Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi. Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi. ❌ Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. ❌ Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi. ❌ Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi. ✔️ Abituriyent News
Show all...
👍 5 3
00:22
Video unavailableShow in Telegram
🎓 Talaba bo'lishingiz uchun so'nggi imkoniyat! 🏛 Navoiy innovatsiyalar universitetida 2024-2025-o'quv yili uchun qabul davom etmoqda.
✍️ Hoziroq ariza topshiring va o'z litsenziyasiga ega bo'lgan universitet talabasiga aylaning.
🌐 Onlayn ariza topshirish 📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🟦 Web-sayt
Show all...
IMG_9880.MP47.27 MB
👍 2 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.