cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

2Reyting.mc.uz.sayti buyicha ISO 9001, 14001, 45001 sertifikatlari olish buyicha yordam

Ахил жамоа бор жойда муаммоларга ўрин йўқ . reyting.mc.uz бўйича барча саволларга жавоб +998-91-197-16-61 @Sevara_mc_uzreyting_qurilish https://t.me/reyting_mc_uz

Show more
Advertising posts
1 426
Subscribers
+224 hours
+57 days
+330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Asbob uskunalar importida debitor qarzdorlik boʻyicha oʻzgartirish qonunchilikka kiritildiTashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish kiritildi. Asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda 180 kunlik muddat oʻtgan boʻlib, ularni yetkazib berish boʻyicha shartnomada belgilangan muddatlar oʻtmagan boʻlsa, qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblanmaydi. 👉VMQ-551-son, 07.09.2024y. Endilikda asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda shartnomada belgilangan muddatlar oʻtkazib yuborilmagan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bank va eksport operatsiyalarini xech qanday cheklovlarsiz amalga oshiradilar. Avval bunday qarzdorliklar uchun moliyaviy jarimalar qoʻllanilmagan, lekin qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblangan va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qayd etilgan operatsiyalarini amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Каналга уланиш 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
Show all...
🥰 2👍 1👏 1
Шу ҳудудларга яқинлаша кўрманг, зарар 10 карра кўпайтириб ҳисобланади, бир умр тўлолмайсиз бу суммани—дарёларни асрайлик! Норуда материалларни қазиб олишга мораторий жорий этилган сув ҳавзалари ҳудудларининг чегараларини белгилаш тўғрисида Вазирлар Маҳкамасининг қарори, 12.09.2024 йилдаги 566-сон Каналга уланиш 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
Show all...
7102042.pdf1.03 MB
🥰 2👍 1🔥 1
❗️Модулли меҳмонхона қуриш ва жиҳозлаш учун субсидия ажратилади
Ҳукумат Қарори (572-сон, 13.09.2024 й) билан “Модулли меҳмонхонани қуриш ва жиҳозлаш учун субсидия ажратиш тартиби тўғрисида”ги низом тасдиқланди. ⚡️ Унга кўра, субсидия 2024 йил 1 октябрдан 2026 йил 1 ноябргача мувофиқлик сертификати берилган янги ташкил этилган ҳамда камида 10 та модулдан иборат бўлган модулли меҳмонхона учун унинг тоифасидан қатъи назар ажратилади. 🔍Субсидия модулли меҳмонхонада яратилган ҳар бир жой учун 1 млн сўмдан белгиланади. ✅ Тадбиркор субсидия учун ариза тақдим этиш вақтида қуйидаги талабга жавоб бериши лозим: ➖солиқ ва йиғимлар бўйича қарздорлиги бўлмаслиги; ➖қайта ташкил этиш ёки тугатиш жараёнида бўлмаслиги; ➖фаолияти қонунчилик ҳужжатларида белгиланган тартибда вақтинча тўхтатилган бўлмаслиги; ➖суд қарори асосида тўловга қобилиятсиз деб эълон қилинган бўлмаслиги; ➖модулли меҳмонхонага берилган мувофиқлик сертификати ҳамда ер участкасига бўлган ҳуқуқни тасдиқловчи ҳужжат мавжудлиги. Каналга уланиш 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
Show all...
7102971.pdf1.05 MB
👍 2
01:11
Video unavailableShow in Telegram
#Bu_muhim 📌 Qurilish-pudrat tashkilotlari diqqatiga! Onlayn reyting ko'rsatkichlarini shakllantirishda qonunbuzarlikka yo'l qo'yilmaydi! Kanalga ulanish 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
Show all...
IMG_0020.MP413.63 MB
👍 1🔥 1🥰 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🎉 “Tashabbusli budjet”da 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi “Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, yuqori ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 177 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Jumladan: ➡️ Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 56 ta loyiha; ➡️ loyiha qiymatining 20 foizigacha mablag‘ yetmagan navbatdagi 25 ta loyiha; ➡️ mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 96 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. 🏆 G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin. #tashabbusli_budjet #open_budget Каналга уланиш 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
Show all...
👍 2 1🔥 1
Soliq qoʻmitasi: iyul oyida quyosh panel oʻrnatib, undan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ortgan qismini davlatga sotgan 3 ming 759 nafar fuqaroga 1 mlrd 399 mln 564 ming soʻm toʻlab berildi Joriy yilning yanvar — iyul oylari davomida 4 ming 986 nafar jismoniy shaxs oʻz xonadonida oʻrnatilgan quyosh panellari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarib, isteʼmoldan ortgan 4 mln 815 ming 922 kVt⋅soatlik qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotgan. Har bir kVt⋅soat elektr energiyasi 1000 soʻmdan sotib olinadigan ushbu hajm jami 4 mlrd 815 mln 922 ming soʻmni tashkil qilgan va tegishli summa Davlat soliq qoʻmitasining “Soliq” mobil ilovasi orqali yuqoridagi fuqarolarning bank plastik kartalariga oʻtkazib berilgan. Birgina iyul oyida quyosh panel oʻrnatib, undan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining isteʼmoldan ortgan qismini davlatga sotgan 3 ming 759 ta xonadonga 1 mlrd 399 mln 564 ming soʻm toʻlab berilgan. Eslatib oʻtamiz, mazkur subsidiya mablagʻlari soliq organlari tomonidan har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar (iyul oyining subsidiyasi 25-avgustgacha) fuqarolarning bank plastik kartalariga oʻtkazib beriladi. Каналга уланиш 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
Show all...
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘tkazib kelinayotgan o‘rganishlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Ma’lumki, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasida davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida”gi 103-son Qaroriga asosan, davlat banklari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga, xizmat yuzasidan pul belgilariga va pul (bank) hujjatlariga bevosita aloqasi bo‘lgan mansabdor shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga asosan Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri shakllantirish va yuritish maxsus vakolatli davlat organiga yuklatilgan. Agentlik OAV, jurnalistlar va blogerlarni jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi faolliklarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlarni xolis va haqqoniy yoritib borishda ular bilan hamkorlikka doim tayyor va ochiq ekanligini bildiradi. Каналга уланиш 👇👇👇 🌐 https://t.me/reyting_mc_uz
Show all...
🔥 2👍 1👏 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.