cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TARIX INSTITUTINING RASMIY TELEGRAM KANALI

Bu telegram kanalda Fanlar akademiyasi Tarix institutining asosiy eʼlonlari va yangiliklari berib boriladi. Institut rasmiy veb-sayti fati.uz Manzil, Toshkent shahar, Mirobod tumani Shahrisabz koʻchasi 5-uy. Telefon raqamlar +99871 2336201

Show more
Advertising posts
710
Subscribers
-424 hours
+377 days
+4430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Boymirza_Hayit_kim_edi?    VATAN jurnalining navbatdagi sonida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovning "Boymirza Hayit kim edi" mavzusidagi maqolasi chop etildi. https://t.me/tarixchivijdoni
Show all...
👍 2🔥 1
➡️Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 19-iyuldagi "Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarini kengaytirish toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Yuqori Chirchiq tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limining Tarix instituti bilan hamkorlikda umumta'lim maktablari direktorlari, MMIBDO‘lari, tarix hamda tarbiya fanlari o‘qituvchilari uchun 20-sonli umumta'lim maktabida targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda Tarix instituti tayanch doktoranti Daler Mirzayev va institut kichik ilmiy xodimi Zavqibek Mahmudovlar ishtirokida "Jadidlar va Uchinchi Renessans" mavzusidagi ma'naviy - ma'rifiy o‘quv seminari tashkil etildi. ✅ Yigʻindan maqsad: buyuk jadid bobolarimizning boy ma'naviy merosini keng targ‘ib qilish orqali o‘qituvchi va o‘quvchilarning ma'naviy dunyosini boyitish, ularda vatanparvarlik ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. https://t.me/tarixchivijdoni
Show all...
👍 6 2🔥 2🎉 1
#Yosh_olimlar_Kengashi    Tarix Instituti Yosh olimlari Kengashining navbatdagi ilmiy yigʻini boʻlib oʻtdi. Unda Tarix instituti tayanch doktoranti Mavluda Rahmonova "Qirim tatar xalqining deportatsiya va reabilitatsiyasi tarixi" ilmiy maʼruzasi bilan qatnashdi.    Ma'ruza so‘ngida savol-javob bo‘lib o‘tdi. Mavluda Rahmonovaga ustozlar va yosh olimlar tomonidan mavzuni chuqur o‘rganish hamda tahlil qilish bo‘yicha taklif-mulohazalar berildi. https://t.me/tarixchivijdoni
Show all...
👍 5 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
 🇺🇿 🇨🇳 #Ilmiy_hamkorlik  Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Sharqiy-Xitoy pedagogika institutining Markaziy Osiyo markazi direktori o‘rinbosari Van Xaydunni qabul qildi. Uchrashuv davomida: ✓ Tarix instituti va xitoylik tarixchi olimlar o‘rtasida ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish; ✓ Ikki tomonlama manfaatli nashrlarni amalga oshirish; ✓ O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga oid xitoy tilidagi birlamchi manbalarni aniqlash, ularni oʻzbek tiliga tarjima qilib nashr qilish; ✓Institut yosh xitoyshunoslarining qadimgi xitoy tilini o‘rganishlari bo‘yicha hamkorlik qilish va boshqa masalalar muhokama qilindi. https://t.me/tarixchivijdoni
Show all...
👍 5 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovning rasmiy sayti yaratildi: https://qahramon-rajabov-kutubxonasi.com/ Mazkur sayt 5 ta: ✓ Maqolalar; ✓ Kitoblar; ✓ Yangiliklar; ✓ Muallif; ✓ Shogirdlar ruknlaridan iborat. Sayt orqali professor Qahramon Rajabovning hayoti, ilmiy faoliyati, oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixiga oid maqolalari, ilmiy nashrlari va olimning shogirdlari haqida batafsil maʼlumotlar olishingiz mumkin. https://t.me/tarixchivijdoni
Show all...
👍 15 3🔥 1👏 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
“O‘zbekiston tarixi” jurnalining yangi soni nashrdan chiqdi “O‘zbekiston tarixi” jurnalining 2024-yil 2-sonidan o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixining muhim jihatlarini ochib beruvchi maqolalar o‘rin olgan. Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/24795 https://t.me/tarixchivijdoni
Show all...
👍 7🔥 1
13:13
Video unavailableShow in Telegram
#Taqdimot_tafsilotlari Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovning  “Fan” nashriyotida chop etilgan “O‘zbekiston XX asrda” (ikki jilddan iborat), “Turkiston muxtoriyati tarixi" va “O‘zbekiston tarixi” kitoblarining taqdimoti tafsilotlari. https://t.me/tarixchivijdoni
Show all...
56.44 MB
👍 3 1
#Umummilliy_ilmiy_yigʻin Tarix instituti tashabbusi bilan 2024-yil 26-oktabrda elshunos olim, akademik Karim Shoniyozovning 100 yilligiga bag‘ishlangan “Elshunoslik tadqiqotlarining dolzarb muammolari” umummilliy ilmiy yig‘ini boʻlib oʻtadi. Batafsil maʼlumotlar axborot xatida keltirilgan! https://t.me/tarixchivijdoni
Show all...
Axborot xati.pdf5.52 KB
👍 5 1👏 1
#Eron_bilan_ilmiy_hamkorlik    Bugun Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Eronning Baqir al-ulum universiteti Tarix va siyosiy bilimlar fakulteti dekani, professor Muhsin Alviri Xandon boshchiligidagi eronlik tarixchi olimlarini qabul qildi.    Uchrashuv davomida: ✓ ikki muassasa o‘rtasida ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish; ✓ hamkorlikda ilmiy nashrlarni amalga oshirish; ✓ Eronda Turon – Turkiston tarixini o‘rganayotgan olimlar ro‘yxatini shakllantirish; ✓ O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga oid birlamchi manbalar — qo‘lyozmalar va hujjatlarni aniqlash hamda ularning nusxalarini Tarix instituti kutubxonasi uchun bosma yoki elektron shaklda tadqim etish; ✓ Tarix instituti olimlarining maqolalarini universitet jurnalida va universitet olimlarining O‘zbekiston tarixiga oid maqolalarini “O‘zbekiston tarixi” jurnalida chop etish; ✓ Tarix instituti olimlarining Eronga safarini uyushtirish va boshqa masalalar muhokama qilindi. https://t.me/tarixchivijdoni
Show all...
👍 8 1🔥 1
Repost from OYINA.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
Turkiyaga 100 million rubl yordam ajratgan Buxoro, xorijdagi talabalarni qo‘llamagan Xorazm – yuz yil oldingi Turkiston Bu haqda o‘sha vaqtda Germaniyada tahsil olayotgan Sattor Jabborning: “Xivalik Maryamxon moddiy tomondan yaxshi ta’min qilinmagani uchun yo‘llarida ko‘p chatoqliklar ko‘radir. Chindan hayot xotini bo‘lmoq va Turkistonda qolgan opa-singillarining istiqboli uchun hech kim ko‘rsatmas qahramonlik qilib kelgan qiymatlik qizimizga Xorazm Jumhuriyatining shunday sovuqqonlik bilan qarashiga Turkiston yoshligi taassuf aytmay tura olmaydir”, deb yozgan ma’lumotlari orqali bilib olish mumkin. Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3019 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram
Show all...
👍 7 1👏 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.