cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking ยซAccept allยป, you agree to the use of cookies.

avatar

Shinavandatopia

Eng yaxshi yozilgan fentezi tushlar tilida yozilgan. - R. R. Martin Murojaat va takliflar uchun: @shinavanda_asoschilari @QalandarovAbror Donat qilmoqchi bo'lganlar uchun: @shinavandatopiadonaters

Show more
Advertising posts
1 470
Subscribers
-124 hours
-347 days
-130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Bugun dunyo bo'ylab juda ko'plab muxlislarga ega "Muz va Olov qoสปshigสปi" olami muallifi, fantasy janriga eng sezilarli hissa qo'shgan yozuvchilardan biri, tirik afsona Jorj Martin 76 yoshga kirdi. Uni tabriklaymiz va 6 va 7 kitoblarni yozishga yetadigan umr tilaymiz) Sizning Muz va Olov qoสปshigสปi olamidagi eng sevimli qahramoningiz kim ?
Show all...
๐Ÿ”ฅ 22๐Ÿ‘ 5
"Ser Alisser qayerda ? Qo'riqchilar qani ?" Rhaegar bularni bir zumga hayolidan o'tqazdi, va ortiqcha o'ylab o'tirmay qilichi bilan sobiq murdaga tashlandi. Raqib ertalab o'lik bo'lib yotganiga qaramay ancha tez edi, Rhaegar esa biroz yoshi o'tib qolgandi. Shunday bo'lsa ham u murdaning qoq yuragiga zarba bera oldi. Murda yerga quladi, Rhaegar qo'rquv bilan unga qaradi va tashqariga otildi. Eshikdan uncha uzoq bo'lmagan yerda Alisser o'lib yotardi. Uning ko'zlari ochiq, tilini tishlab olganda qo'rqinchi tarzda yotardi. Rhaegar boshqalarni uyg'otish kerakligini tushundi, shu payt orqadan yana qadam tovushlari eshitila boshlandi. Murda hech narsa bo'lmaganday unga qarab kelayotgan edi. Kutilmaganda Ghostwingning o'ta qo'rqinchi na'rasi yangradi. U qo'riqchilar tomonga yashin tezligida uchib keldi va samodan turib murdaga olov purkadi, Rhaegar ajdarni ovozini eshitishi bilanoq orqaga sakrashga ulgurgandi. Murda chinqirgancha kuyib ketdi. Nihoyat, qo'riqchilar tashqariga chiqishdi, hammaning ko'zi olov shul'asiga va yerda yotgan Rhaegarga tushdi. Rhaegar shok ta'sirida edi, u Jeorning savollarini tushunmayotganday edi, unga suv ichirishgandan keyin faqat 1 gapni ayta oldi "Murda menga hujum qildi". Hammadan kech yetib kelgan Aemongina bu gapni ma'nosini tushundi va qolganlarni tarqatib, Rhaegarni o'z xonasiga olib ketdi. - Qirolim, menimcha vaziyat og'irligini tushundingiz. - Balki ajdarim bilan Devorning narigi tarafiga o'tib o'rmonlarni va yovvoyilarni yoqib tashlashim kerakdir. - Yo'q qirolim, to'g'ri yovvoyilar xavfli lekin ularni sababsiz o'ldira olmaymiz Rhaegar javob bermadi, nahotki u otasi kabi yo'l tutsa, yaxshisi sabr qiladi, dushmanga ajdar olovi ta'sir qiladi, demak Vaedarni tezroq bo'ysundirish kerak, qiziq u kimni qabul qilarkin ? Rhaegar o'z o'ylovlari ta'sirida qovurilib turganda, Poytaxtda vaziyat ancha taranglashgan edi. Otasi ketganidan keyin Rhaenys ancha erkin bo'lib qolgan, qasr ichida pinhona uchrashuvlar soni ko'paygandi. Rhaenysning qora sochlari, qorachadan kelgan, erta to'lishgan qomati oshiqlarni aqldan ozdirardi. Ularning ba'zilari hatto javobsiz sevgi tufayli o'z joniga qasd qilgan, Bravooslik boy savdogar esa Rhaenys qo'li uchun Aegonga qarshi jang e'lon qilishgacha borgandi. Tabiiyki "jang" uzoqqa cho'zilmadi, Aegonning raqibi boshiga yo'llagan yaxshigina kuchli zarbasi Bravooslik arzandani sevgisini unutishi uchun yetarli bo'lgandi. Daenerys va Elianing gaplari ta'sir qilmagandan keyin Aegon qat'iy jazo yo'lini tanladi, Rhaenys uy qamog'iga tashlandi, unga qo'yilgan qo'riqchilarga "Agar malika eshikdan chiqsa, kallasi ketishi" haqida xabar qilindi. Septa rohibasi esa har kuni 4 soat davomida Rhaenysga tarbiya berishi tayinlandi. To'ng'ich Aegon ukasiga havas qilishni boshladi. Margaery ukasiga mehribon, qolgan lordlarga esa hatto qiyo ham boqmaydi. Balki jazolar Rhaenysni yaxshi tomonga o'zgartirar ? Aegonni bundan ham ko'proq Vaedarni bo'ysundirish hayoli tashvishga solardi. Afsonaviy qirmizi jonzot uni qabul qilmasa nima bo'ladi ? U shunoq ham Valeriya qilichidan quruq qoldi, endi ajdarni ham boy bersa valiahd sifatidagi ta'siri kamayib ketadi, unda ukasiga dushmanlik qilish niyati yo'q, u o'zining haqli voris ekanligini biladi, ammo boshqa lordlar bunga ko'narmikan ? Uning hayolini eshik taqillashi buzdi. - Uzr Aegon, seni bezovta qildim, muhim gapim bor - Qanaqa gap Daenerys, bu tushlar bilan bog'liqmi ? - Bilaman, tushlarga jiddiy qaramagansan, ammo bu muhim, akamning va sulolaning taqdiri xavf ostida, ulkan qo'shin biz tomonga bostirib kelmoqda. Sendan iltimos qilaman, ertagayoq Vaedarni jilovlashing kerak, vaqtimiz oz qoldi.
Show all...
โคโ€๐Ÿ”ฅ 5๐Ÿ‘ 1
"Ajdaho farzandlari" 15 qism Soon...
Show all...
โคโ€๐Ÿ”ฅ 6๐Ÿ”ฅ 4๐Ÿ‘ 1
Serial muxlislariga yaxshi ma'lumki, Sansa serial yakunida Shimol qirolichasiga aylandi. Ammo kitobda bizni navbatdagi Taxt uchun kurash mashmashasi kutib turibdi. Robb o'zidan voris qoldirmadi, Brandon 3 ko'zli qarg'aga aylandi, demak u Winterfell lordi bo'la olmaydi. Arya esa Yuzsiz qotilga aylandi. Demak, kitobda ham hammasi Sansa yagona nomzod ekanligiga qarab ketmoqda, shundaymi ? Yo'q, chunki kitobda Rickon hali ham tirik, hatto Davos u bilan ko'rishish uchun harakat qilmoqda. U qaytishi mumkin. Sansa va Baelish Winterfellni boy berishni xohlamasligi aniq, Shimol lordlari esa Rickonni qo'llash ehtimoli yuqori. Siz kitobda "Winterfell uchun kurash" sodir bo'lishini kutyabsizmi, sizning nomzodingiz qaysi Stark ? Sansa yoki Rickon ?
Show all...
๐Ÿ‘ 17๐Ÿค” 2๐Ÿ˜ 1
Vitoning deyarli barcha do'stlari kelajakda dushmanga aylangani sizga ham erish tuyulgandir) Hyman ham shular orasida bor. U Vito bilan o'ta yaqin bo'lgan, shu darajada yaqinki, Hymanga "Roth" laqabini aynan Vito taqdim etgan. Ular birgalikda Kubada biznes boshlashganida, Maykl hali tug'ilmagan ham bo'lgan. Ajoyib do'stlar to'g'rimi)) Ammo Vito o'limidan keyin ko'pchilik kabi Hyman ham Corleonelarga nisbatan munosabatini o'zgartirdi, to'g'ri u boshqalarga o'xshab ochiq oydin dushmanlik qilmadi, hatto Mayklga o'z biznesidan ko'p ulushni meros qoldirmoqchi bo'lgandi, ammo yuragida Corleonelarni yo'q qilish rejasi pishib borardi. Hyman Corleonelarga zarba berishda katta ehtimol bilan eng kuchlisi. U Solozzo kabi yugurdakni, Barzini kabi Caporegimeni emas, naqd Donning akasini o'z tarafiga og'dira oldi. Oila ichidagi xiyonat o'ta og'ir albatta. Agar o'shanda Kay e'tiborsizlik qilganida, Maykl 2 qism boshidayoq o'lib ketardi. Maykl aynan Hyman tufayli hatto o'z yaqinlariga ham ishonmaslikni boshlab yuboradi. "Eng xavfli dushman doim eng qudratlilar orasidan chiqadi". Roth esa o'ta qudratli edi, shu darajadaki u Kuba prezidenti Batista hukumati tomonidan qo'riqlanadi va qo'llanadi. Uning Kubadagi ta'siri o'ta kuchli. Nyu Yorkdagi vaziyatlarni ham u boshqaradi. Aka uka Rozettilar shunchaki Hymanning ishchilari edi xolos. Hyman o'ldirish uchun ham o'ta qiyin nishon edi. Axir uni armiya vakillarini o'zi qo'riqlab borardi. Tom Heygen uni o'ldirishni Amerika prezidentini o'ldirishga qiyoslagan. Maykl uni o'ldirish uchun 2 eng yaxshi odamlarini qurbon qilgan. Hyman uchun maxsus olib kelingan qotil uni o'ldirish uchun o'zi qurbon bo'ldi. Oqibatda Hyman qarshi hujumga o'tadi, Corleonelar jinoiy olami fosh bo'ladi, Maykl hatto qamalishi ham muqarrar bo'lib qolgandi, qanday qutulib qolgani esa 2 qismni ko'rganlar uchun ma'lum. Xo'sh, Maykl uni yenga oldimi ? Albatta, faqat juda ko'p qurbonliklar orqali. Oilasi vayron bo'ldi, jinoyatchi tamg'asi bosildi, Fredoning xiyonati juda uzoq muddatli chandiq qoldirdi. Eng sodiq insonlardan bo'lgan Rokko Rothni yo'q qilish uchun qurbon bo'ldi. Shubhasiz eng qudratli va xavfli raqib. Siz umumiy reyting bo'yicha qaysi o'rinni o'zgartirgan bo'lardingiz ?
Show all...
โคโ€๐Ÿ”ฅ 6๐Ÿ‘ 5
1 o'rin - Hyman Roth Eng qudratli dushman Soon..
Show all...
โคโ€๐Ÿ”ฅ 4๐Ÿ‘ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Lere Abova bo'libdi. Nico Robin Odaning fikricha uni rus bo'lishini aytib o'tganidan so'ng, eng munosib tanlov va albatta ko'rinishi ham ajoyib ๐Ÿ™ƒ Ammo, gap shundaki, Leraning 3ta kinosi bor ekan, xolos. Shularning bittasi production'da, aslida kasbi model ekan ) ko'ramiz, aktyorlik mahorati yaxshi bo'lsin) Aytgancha, One Piece 2-mavsumni kutayotganlar bormi? ) @shinavandatopia
Show all...
๐Ÿ”ฅ 5โคโ€๐Ÿ”ฅ 1๐Ÿ‘ 1โค 1
Photo unavailableShow in Telegram
Va nihoyat shu kun keldi. Kalmar o'yini, 2-mavsum. 26-dekabrdan Netflixda! โšก Siz bu serialni 1-mavsumini ko'rganmisiz? @shinavandatopia
Show all...
โšก 15๐Ÿ”ฅ 6โคโ€๐Ÿ”ฅ 5๐Ÿ‘ 4๐Ÿค 1
Spoyler mavjud. Barzini qudratli oilada tug'ilmagan, u qudratli oilani o'z aqli bilan yaratgan. Xuddi Vito kabi. Barzini o'z jinoiy sarguzashtlarini Juzeppe Mariposaning mafia tizimida boshlagan. Va juda qisqa muddat ichida raqobata Corleonelarga nisbatan teng xonadonni tashkil qilgan. Barzini qonuniy bizneslar bo'yicha Corleone xonadonidan qudratliroq bo'lgan, ularga yetishmagan narsa sudya va siyosatchi do'stlar va qudratli qurolli kuchlar bo'lgan xolos. Barzini Vitoni qulatishga yolg'iz o'zi ojizlik qilishiga aqli yetgan, shu tufayli ham orqa fonda turib Solozzoni qo'llagan. Haa, aynan orqa fondan turib, chunki amalda Solozzoga "yordam berayotgan" oila Tattaglialar edi, Barzini ularni boshqarardi. Solozzo o'ldirilgandan so'ng, Barzini Santino va Corleonelarga qarshi urush boshlaydi. Urushda u yutqazayotganday edi, chunki Santino urush strategiyalari bo'yicha o'ta mohir va tajribali Don edi, vaziyat shu darajaga yetadiki, Sonny 5 oilaga dahldor har qanday insonni o'ldirar, hatto 5 Donni bir vaqtda o'ldirishday murakkab rejani tuzgandi. Barzini chekinishni boshlaydi, Santino ko'zida g'alaba aniq edi, ammo Barzinida boshqa reja bor edi. U Corleone xonadonining qudratli qo'llarini kesib tashlaydigan harakatni amalga oshirdi va Santinoni shafqatsizlarcha o'ldirtirdi. Bu shubhasiz Vito uchun tiklanmas zarba edi, u oxirigacha tuzalishga ulgurmay ishni boshladi, bu esa kelajakdagi sog'lig'iga ham ta'sir ko'rsatdi. Santino o'limidan keyin Corleonelar harbiy jihatdan ham zaiflashib, endilikda tinchlik izlaydigan tomonga o'tishdi. Ammo Barzini bu bilan cheklanib qolmadi, u Corleonelarning so'nggi umidi Mayklni o'ldirishni reja qildi. Faqatgina tasodif Mayklni o'limdan saqlab qoldi xolos. Barzini yetarlicha qudratli edi. Uning Las Vegasda tasiri ulkan, xohlasa Nyu Yorkdan turib Sitsiliyada yurgan odamni o'ldira olardi. Vito o'limidan so'ng esa, u amalda Nyu Yorkning eng qudratli Doniga aylandi. Ammo bir inson shunchaki bu ishlarga jim qarab turmagandi, u inson kimligini esa yaxshi bilasiz)
Show all...
โคโ€๐Ÿ”ฅ 10๐Ÿ‘ 7
2-o'rin. Emilio Barzini Soon...
Show all...
โคโ€๐Ÿ”ฅ 7๐Ÿ‘ 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.