cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

URGANCH TUMANI OILA VA XOTIN-QIZLAR BO‘LIMI

Advertising posts
236
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-1030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from XORAZMIYLAR
Photo unavailableShow in Telegram
#Hayot_darsi Bolakay 20 rupiydan niqob sotyapti. Bir mijozga yuzlanib: — «Amaki, niqob oling», dedi. Mijoz esa uni masxaralab dedi: — «Niqob olishga pulim yo‘q». — «Bepul olavering», dedi bolakay. — «Onangni jahli chiqmaydimi?» — «Onam, «Hozir yomon kasallik tarqalgan, puli bo‘lmagan odamlarga niqobni tekinga ber», deganlar», dedi bolakay. U — ona. U — axloq madrasasi. U — yaxshilik qilish inqirozga yuz tutgan zamonda yaxshilik ulashish fursatini boy bermaslikni o‘rgatadigan buyuk madrasa. Onalar jamiyatning yarmidir. Qolgan yarmi esa ulardan tug‘ilganlar... 🔈Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👀 🕸| 📝Telegram | 📝Facebook | 🎞Youtube| 💻Instagram|
Show all...
👍 1
#payshanba_profilaktika_kuni Oq oltin mahallasida  joylashgan 39-sonli maktabdagi yuqori sinf oʻquvchi-qizlar bilan profilaktik uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv tuman IIB HQMB inspektori T.Qadambayeva va mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan tashkil etildi. Oʻquvchi-qizlarga bugungi kundagi xotin-qizlarga boʻlgan eʼtibor hamda imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi
Show all...

🔥 2👍 1
#payshanba_profilaktika_kuni Munis Xorazmiy mahallasida joylashgan 11-sonli maktabdagi yuqori sinf oʻquvchi-qizlar bilan profilaktik uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv tuman IIB HQMB inspektori T.Qadambayeva va mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan tashkil etildi.
Oʻquvchi-qizlarga bugungi kundagi xotin-qizlarga boʻlgan eʼtibor hamda imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi
.
Show all...
🔥 3
Repost from Subsidiya Markazi
❗️Субсидияга аризалар қабул қилиш бошланади 📑 Иқтисодиёт ва молия вазирлиги келаси ҳафтадан бошлаб ипотека кредитлари учун субсидияларга аризаларни қабул қилиш бошланишини эълон қилди. 🔷 2024 йил учун субсидия аризаларининг иккинчи босқичи 23 сентябрь, соат 9:00 дан бошланади. 🔷 Эндиликда ариза берувчининг хоҳишига кўра, унинг даромадлари ҳисоб-китобига яқин қариндошларининг ҳам даромадларини киритиши мумкин бўлади. 🔷 Субсидияга аризаларни қандай топшириш мумкин? 🔷 Субсидия олиш учун my.gov.uz порталига кириб, “Ипотека кредитига Давлат субсидиясини олишга ариза бериш” хизмати орқали ариза қолдириш керак. 🔷 Ариза берувчи ва/ёки унинг турмуш ўртоғининг ўртача даромади қуйидагича бўлиши керак: 🔷 Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларда — МҲТEКМнинг 2,7 бараваридан (2 млн 835 минг сўм) 8 бараваригача (8 млн 400 минг сўм); 🔷 Тошкент шаҳрида — МҲТEКМнинг 2,7 бараваридан (2 млн 835 минг сўм) 9,2 бараваригача (9 млн 660 минг сўмгача) бўлиши зарур. 🔷 Субсидия қуйидаги тартибда тўланади: 🔷 Ипотека кредити бўйича дастлабки бадалнинг бир қисмини қоплаш учун — ажратиладиган кредитнинг 15 фоизи миқдорида; 🔷 Фоиз тўловларининг бир қисмини қоплаш учун — кредит муддатининг биринчи 5 йили давомида 12 фоиздан ошган қисмига. 🔷 Бирламчи уй-жой бозоридаги квартираларни сотиб олиш учун ажратилган ипотека кредитлари бўйича дастлабки бадалнинг бир қисмини қоплаш учун субсидиялар — 2024 йилги дастурдан бошлаб қатъий белгиланган 30 млн сўм миқдорида тўланади. Фуқароларга бериладиган имтиёзлар, бахиллик қилмай, улашинглар:👇 https://t.me/+egvs79e9xF8wMmMy https://t.me/+egvs79e9xF8wMmMy
Show all...

Photo unavailableShow in Telegram
💫Kitobsevar_millat
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari barcha tashkilot xodimlari o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda. Bugungi manzillari Urganch tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo'limi faollari va "Agro" bankiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida markaz xodimi tomonidan yangi adabiyotlar haqida tavsiyalar berilib, kutubxona xizmati ko'rsatildi.
Show all...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati Аёллар тарихни ўзгартирдилар, аммо тарих аёл зотини ўзгартиролмади! © Бернард Шоу
Show all...
🔥 3🥰 3👏 1
#mutolaa_zavqi BOR, O‘QIB KEL, BOLAM... Uni qadamingga tashlama boylab, Qo‘yvor nabirangni, otajonim, Sharq... Abdulla Oripov. (Me’mor o‘g‘lim Asliddinga...) Davr zo‘r,  manglaying bir qarich-da, Tuguning qilgin-u sarishta, Istanbul, Berlin yo Parijda Bor, o‘qib kel, bolam, O‘qib kel! Ne kerak chaynalish,  o‘ylanish, Hozirdan qoziqqa boylanish, E, qochib ketmaydi uylanish, Bor, o‘qib kel, bolam, O‘qib kel! Kontrakt? Bir yo‘li topilar, Sal ko‘proq terlanar, chopilar, Yoriq bosh do‘ppi-la yopilar, Bor, o‘qib kel, bolam, O‘qib kel! Amallab turamiz, hovlida- Mol-hol bor,  tomorqa... mayli-da, Jo‘na-chi,  otangning davrida Bor, o‘qib kel, bolam, O‘qib kel! Dema hech: "ortimda tog‘im yo‘q", Shaxdim bor, dalam yo‘q, bog‘im yo‘q, Oyga chiqqanning ham shoxi yo‘q, Bor, o‘qib kel, bolam, O‘qib kel! Ilmi zo‘r milyonni yiqsin-da, O‘zbekdan yana zo‘r chiqsin-da, Bizga ham salgina yuqsin-da, Bor, o‘qib kel,  bolam, O‘qib kel! U yoqda bo‘lma hech muztar sen, Najotni ilmdan axtar sen, Bizdan obketganin qaytar sen, Bor, o‘qib kel, bolam, O‘qib kel! Dunyo ko‘r, Dunyo - to‘y, osh emas, Fikrsiz kalla bu - bosh emas, Fikri bor hech kimga bosh egmas, Bor, o‘qib kel, bolam, O‘qib kel! Bobolar o‘gitin yod qilib, Jadidlar ruhini shod qilib, Johil-u gumrohni mot qilib, Bor, o‘qib kel, bolam, O‘qib kel! Ko‘zing och, Uyg‘oq bo‘l, Sergak bo‘l, Kim bo‘lsang - Hammaga kerak bo‘l, Otangga, Vatanga tirgak bo‘l, Bor, o‘qib kel, bolam, O‘qib kel! Kun kelar  -  o‘chirib-chizarsan, Huv paxsa uylarni buzarsan, Dunyoga go‘zal tarh tuzarsan, Bor, o‘qib kel, bolam,  O‘qib kel! Dunyoni uqib kel, Uqib kel! ©️ Nuriddin Egamov
Show all...

👍 4
04:12
Video unavailableShow in Telegram
#Xon_atlas_festivali #Challenge Urganch tumani mahalla xotin-qizlar faollari "Xon atlas" fеstivalida
Show all...
24.09 MB
👍 5 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Xon_atlas_haftaligi 🌹"Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi" Urganch Axbrot-kutubxona markazida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Urganch tuman bo'linmasi rahbari R.Vapayeva, tuman "Oltin ko'l", "Arboblar" mahalla fuqarolar yig'ini faollari va "Oqila ayollar" harakati ayollari, o'quvchi-yoshlar ishtirokida "Xon atlas" haftaligi doirasida "Ilmli ayol-jamiyat ko'zgusi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda "Qizlarjon" klubi faollari hamda Amaliy ishlar va tikuvchilik to'garaklarining mohir qizlari o'zlarining amaliy qo'l ishlaridan ko'rgazmalari, milliy atlas matolari taqdimotlarini namoyish etishdi. Uchrashuv davomida "Oqila ayollar" harakati faol ayollari oila va oilaviy qadraiyatlar, oilada onaning o'rni haqida so’z yuritib, o'quvchi-yoshlarga o’zlarining tavsiyalarini berishdi. Suhbat davomida o'quvchilar oila deb atalmish mustahkam qo'rg'onni barpo qilishda ko'proq nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida tadbir mehmonlarining fikrlarini tinglab, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi
Show all...
👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
#bandlik Заргарлар маҳалласи  "Аёллар дафтари"нинг 1-тоифаси рўйхатига киритилган хотин-кизлар касб-ҳунарга ўқитилди ва уларга субсидия асосида тикув машинаси берилди.
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.