cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

Show more
Advertising posts
427
Subscribers
+324 hours
+47 days
+930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#tanlov_savollar 15-savol BIR QOP YONG‘OQDAY SHALDIR-SHULDUR iborasining ma’nosi qanday? ⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin. Javob yoʻllash Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ
Show all...
#Javoblar_tanlov 14-javob: ✅Ko‘rsatkich barmoq Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ
Show all...
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

Photo unavailableShow in Telegram
#bilib_oling MEZANA Masjid minorasining muazzin azon aytadigan yuqori qismi. Yaqin oradagi masjid mezanasidan muazzinning azon aytayotgan ovozi eshitildi. “Fan va turmush”. So‘fi azon aytadigan mezana buzilganida men kelinchak edim. Sh.Xolmirzayev, Saylanma. Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Show all...
Repost from Orif Tolib
Photo unavailableShow in Telegram
Fuqaro viloyat yoki shaharga tegishli emas Savol: Bir davlat tashkilotining telegram kanalida “Samarqand fuqarolari diqqatiga” yoki “Toshkent fuqarolari eʼtiboriga” kabi iboralarga koʻzim tushdi. Shu ifoda toʻgʻrimi? Javob: Fuqarolar biror mamlakatning muayyan yuridik huquqlarga ega boʻlgan doimiy aholisidir. Milliy ensiklopediya fuqarolik soʻziga “shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasi” deya izoh bergan. Demak, fuqaro faqat davlat darajasida boʻladi. Viloyat yoki shaharning fuqarosi boʻlmaydi. Fuqaroning huquq va majburiyatlari mamlakat miqyosida belgilanadi. Qaysidir viloyat yoki shahar fuqarolik joriy qila olmaydi. Yurtdoshlarimiz qaysi hududda tugʻilganidan qatʼi nazar, pasportida “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi” deb koʻrsatiladi. 🟢 Xulosa. Agar maʼlum bir hudud aholisini taʼkidlab koʻrsatish zarur boʻlsa, boshqa soʻzlardan foydalanish mumkin: Fargʻona viloyati vakillari ✅ Xorazm viloyati aholisi ✅ Toshkentliklar, samarqandliklar, qashqadaryoliklar ✅ @oriftolib
Show all...
👍 2
05:07
Video unavailableShow in Telegram
“SOVCHI” soʻzining maʼnosini bilasizmi? Taniqli shoir Eshqobil Shukur ushbu soʻzning kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi. 📺 “Bobo soʻz” Manba: @mm_telekanal Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Show all...
sovchi. bobosoz.mp426.42 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#bilib_oling Dunyo tomonlari imlosi Dunyo tomonlari deganda shimol, janub, sharq va gʻarb nazarda tutiladi. Chorak yoʻnalishlar ham dunyo tomonlari deyilishi mumkin: shimoli-sharq, janubi-gʻarb va shu kabilar. Ular bosh harfda yoziladimi yoki kichik harfda? Bu savolni juda koʻp berishadi va koʻpchilik bu masalada qiynaladi. 1. Bosh harfda Dunyo tomonlari geografik nomlar sifatida ishlatilganda bosh harf bilan yoziladi: Sharq xalqlari, Uzoq Sharq, Yaqin Sharq, Gʻarb mamlakatlari, Shimol va Janub urushi. 2. Kichik harfda Dunyo tomonlari makon yoʻnalishini ifodalash uchun ishlatilganda kichik harf bilan yoziladi: shimol tomon, sharqiy yoʻnalish, davlatning janubi-sharqiy qismi. Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#tanlov_savollar 14-savol ❓O‘zbek adabiy tili tarixida qaysi barmoq shahodat barmoq deb atalgan? ⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin. Javob yoʻllash Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ
Show all...
👍 1
#Javoblar_tanlov 13-javob: ✅Tutuq belgisi Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ
Show all...
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

Photo unavailableShow in Telegram
#maqola Payg‘ambar yoshi, qora oltin, kumush tola: o‘zbek tilidagi tasviriy ifodalarni bilasizmi? 👉batafsil Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Show all...
1
#Davlat_tilida_ish_yuritish Tashkilotning manzil ma’lumotlari "Tashkilotning manzil ma’lumotlari"dan faqat yozishmalarda foydalaniladi, ichki hujjatlarda umuman qo‘yilmaydi. Tashkilotning manzil ma’lumotlari korxonalar bilan pochta, telegraf, telefon aloqalari uchun, shuningdek, banklarda pul-hisob muomalalari (hujjatda hisobraqami ko‘rsatilgan bo‘ladi) o‘tkazish, moliyaviy va statistik kodlar uchun zarur bo‘ladi. Pochta va telegraf manzili O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining pochta qoidalari talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi, ya’ni pochta aloqa bo‘limi raqami, respublika, o‘lka, viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, uy va ofis raqami qo‘yiladi. Tezkor aloqalar uchun telefon, telefaks, teleks, veb-sayt, elektron pochtalardan foydalaniladi. Bank rekvizitlari, moliyaviy va statistik kodlari faqat pulhisob muomalalari masalalari bo‘yicha xatlarda, masalan, kafolat xatlarida qo‘yiladi. Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ
Show all...
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.