cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

palangizm

cont]

Show more
Advertising posts
253
Subscribers
+324 hours
+97 days
+1830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#toʻrtyuzsaksonbeshinchikun(118²) oversize Uning kiyimlari oʻziga katta, Menga ham… Dunyoga ham… Esimda… sochlari edi jingalak Dunyoni xush koʻrmas, quloqchin ichra. Menimcha dunyo ham sevmasa kerak. Endi yashash yaxshi menga, oʻlgandan, Yo Rab oʻzing kechir, u turgan bekat, Misoli jannatga oʻxshab qolgandi. Juda sarmast edik oʻrindiq ikkov. Lek yomgʻirsiz chiroy…aksiga olib Quyosh ham qalbimga tutar edi gʻov. Bir joyda parishon turdim, aslida Baxtim quvlashmachoq oʻynardi men-la, Buzilgan sevgining yoʻlakchasida. Bir vaqt soat urdi qattiq, asoni. Men uning yonida qamashtirdim koʻz, Oyni quchar edi bekatning tomi. Shirakayf avtolar, shirakayf metro Shirakayf xayolim kuylar piqillab, Tagʻin sinib ketdi shirakayf setor. Azaning ifori keldi – marosim, Soʻng avtobus keldi, yoʻlga qilib qasd. Va butun dunyoning tepkisin bosib. U oʻrnidan turdi, qaradim sekin... Qirqinchi avtobus. Boshqa yoʻnalish. Na arqon na jurʼat, topmadim lekin. Avtobus… Avtobus… Yana qulogʻiga bir juft gʻam ilgan, Nozik chiqayotib yiqilib tushdi, Keyin singib ketdi goʻzal zaminga. Men yerda yuribman oʻshandan beri. PyD
Show all...
❤‍🔥 2 2💔 2💘 2
Jiddiy masala bor qaranglar. Yaqinda Duel tanlovi boʻladi. 8ta sheʼrimni tanlab olishim kerak. Men rosa qiynalyapman. Siz palangist sifatida bu masalada yordam bersangiz ancha yaxshi boʻlardi. Shu fikr bildiradigan joyiga sheʼrni oʻzini yoki nomini yozib qoldiring imkoningiz boʻlsa. Rahmat)
Show all...
9
Bu manzaraga qarab faqat Shakaning Qargʻa trekini eshitmoq joiz.
Show all...
🗿 5🔥 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Goʻzallik.(poytaxtdagi birinchi rasmim)
Show all...
❤‍🔥 9 3
#toʻrtyuzsaksontoʻrtinchikun(117²) qiyos² Qarashing nurlanish, chidamas tanam, Seni husning isyon, sogʻinching sabr. Mening dardlarimni boʻlmaydi sanab, Seni soching siyrak armoning kabi. Seni zulfing gajak, meniki soqol, Seni tuygʻung farmon, meniki irim. Eʼtiqod minbarim soqovdan soqov, Seni qoshing egri mening taqdirim. Seni qiyosing yoʻq, mening farqim yoʻq, Seni nuqsoning yoʻq, mening anbarim. Eng butun qalbim ham yarmidan boʻliq, Seni vasling bir pul, meniki yarim. Men ijradaman muhabbat sari! Tugadi sen meni qovurgan yogʻing, Seni parvong bir xil mening kunlarim, Mening ongim chalish, sening oyogʻing. Seni baxting dunyo, mening gunohim. Yana koʻp narsalar menlikdan unut. Oʻzimniki yolgʻiz sersukut shovqin. Oʻzimniki yolgʻiz sershovqin sukut. Tan olmagan tanim balki seniki, Aytmagan soʻzlarim seniki emas, Hislab, hislanmagan… bari meniki, Yana… sen… qaydadir… meniki emas. Seni soching siyrak armoning kabi. PyD
Show all...
❤‍🔥 4 2🔥 2😢 1💔 1
#toʻrtyuzsaksonuchinchikun(116²)                  koʻzboʻyash Demak algʻov-dalgʻov barisi buning, Faqat sen bilmaysan xabarsizona. Goho kulganingda jiyishar burning Kichrayib ketadi katta peshonang. Ha azizam, shunday baxtli yashaysan, Jamiki baxtlardan boʻlib mosuvo. Yer tagida yurib yerga qulaysan, Urvogʻday uvolsan, gʻalati uvol. Qismatimiz uzra ayroliq bir chek, Ox, sarrofiy sevgi buncha gʻalamis? Bir-birimizsiz ham yasholmaymiz, lek Ikkimiz birlashsak oʻlib qolamiz. Ki yigit so’zidan, arslon izidan... Mavjudlik qaytmoqning isboti uchun. Kunpayakun bolsa hammasi birdan, Umuman boʻlmasak, boʻlmasa umum Kamtarlik, soddalik... aldoqchi gʻoya, Norasmiy yashamoq shunchalik rasmiy - Bizlar topishmagan qashshoq dunyoga Yashamoq ortiqcha hashamatmasmi? PyD
Show all...
❤‍🔥 10 3🔥 1🌚 1🦄 1
-risk nima Karl? -…
Show all...
💔 7 1🤣 1
#toʻrtyuzsaksonikkinchikun(115²) marmar har sahar men sendan siyparib ketaman, ayniqsa qishda chin soʻzim. seni menga yetkazdi Xudo, tortib olgan ham uning oʻzi. seni yelvizaklar qiladi tarosh, sinasan oynaga urilib, har safar. PyD
Show all...
❤‍🔥 3🔥 2🤣 2 1💘 1
Repost from N/a
Agar seni yozuvchi sevib qolsa, sen hech qachon o’lmaysan. ©️Al author
Show all...
❤‍🔥 16💔 4 2🤣 1
Yana yomgʻir yogʻdi juda besoʻroq.
Efirda Toshkent ob-havo prognozlari(edi).
Show all...
❤‍🔥 5🗿 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.