cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Otabek Bekmirzayev

In shaa allah we never know, i could be a sheikh one day and giving a lecture 🐋 @bekhmirzayev

Show more
Advertising posts
304
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-4230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Aytganimdek, bugun 20-sentabr va kanalda anonim savol-javob qilamiz. Anonim tahminan 21:00(9)larda boshlanadi. Anonim uchun havolani o'sha vaqtda ulashaman. Bu gal ham faol bo'lasizlar degan umiddaman. Aytgancha, anonimdan kegin yangi post tashlayman, ishoning, kanalda qolish tugul postni ulashishgayam arziydi! Mayli boshidan kichik lavha ulashaman:
Vakansiya e’lon qilamiz… Bizga 1 dona xodim kerak, oylik maosh yaxshi beriladi faqat HR suhbatida 100 lab raqiblaringiz bo’ladi. Nega aynan sizni qabul qilishimiz kerakligiga tayinli javob berishingiz kerak! Dunyo aholisining katta qismi qirib tashlanmoqchi ekan,
Kanaldan chiqib ketish yo'q 😁
Show all...
4
Jamoaga qo‘shiling! Oshxonaga oshpaz oldik, juda kam gap, kollektivga qo‘shilmadi. Amakim: "Ishdan bo‘shataman, ertaga muammoli vaziyatda sheriklari bilan chiqishib tezda muammoni hal qilishi kerak, lekin bularda unday qobiliyat ko‘rmayapman" dedilar. Ishga kirish suhbatida o‘zining barcha yaxshi tomonlarini ochib berdi, ishga kirdi. Kollektiv bilan yaxshi chiqishib ketdi, hazil+chin qilgan holda "bu yerda chiroyli qizlar kam ekan, boshqa filialga o‘tib ishlayman" dedi bir bo‘ydoq aka. Akaning gaplari ishiga ta’sir qilmadi. Inson yangi ish joyiga o‘tar ekan, birinchi o‘rinda o‘z vazifalarini bajarishi hamda jamoa bilan muloqotni juda go‘zal qilishi kerak. Sizning birinchi ish kunida qilgan katta bir xatoyingiz ishdan bo‘shatib yubora oladi. Hamkasblar bilan til topishib olgandan so‘ng qilgan xatoyingiz ko‘z yumiladi, eng kamida birgalikda to‘g‘rilanadi! Umuman olganda jamoaga kirishib ketish ishingizning foydalilik foiziga ta’sir o‘tkazadi! Hamkasblar bilan yaxshi chiqishib olib ko‘plab xatolarni qilishlikka targ‘ib emas! Fikr-mulohazalar uchun | Anonim @bekhmirzayev_blog
Show all...
❤‍🔥 12
Katta muammolar kichiklaridan paydo bo'ladi. Biroz ko'p yeyotgandek tuyuladi o'zingizga, ahamiyat qilmaysiz. 1 yildan keyin vazningiz 100 da ortgan bo'ladi. Tarmoqlarga vaqtimizni ko'proq sarflashni boshlaymiz, biroz muddatdan so'ng kunimizning asosiy qismini tarmoqlar egallaganini sezmay qolamiz. Uyqu yoqib kuniga 1-2 daqiqa ko'proq uxlaymiz. Bomdodga tura olmay qolgan kunlarimiz paydo bo'lganini sezmay qolamiz. Sezilmas darajada suvni ko'p ishlatib qo'yamiz, vaqti kelib suv tanqisligi bo'lganini bilmay qolamiz. Subyektiv jamosi o'zining yangi videosini Orol dengizi hamda kelgusida kutilayotgan suv tanqisligiga yangi qarashlar bilan kirishibdi va biz uchun dars bo'ladigan video yaratishibdi. Barcha inson suvning qiymatini sezishi kerak, suvni isrof qilmaslik to'g'risida o'ylash kerak. Videoni sizlar ham ko'ringlar, do'stlaringga ulashinglar. 🎬Video: https://youtu.be/rBmJZhbquyA?si=SYiaESHzbQ2id-C2 Fikr-mulohazalar uchun | Anonim @bekhmirzayev_blog
Show all...
22
Erkak....... Erkak uyida ilon yoki chayonni ko‘rsa, oilasiga zarar yetmasligi uchun, shu zahotiyoq ularni o‘ldirishga harakat qiladi. Erkak yerda o‘tkir tig‘li biror nima ko‘rsa, oilasiga zarar yetmasligi uchun, darrov undan xalos bo‘lishga harakat qiladi. Erkak uyda chivinning ovozini eshitsa, uning zararidan oilasini asrash uchun, butun uyni ulardan tozalashga harakat qiladi. Agar uy ta’mirga muhtoj bo‘lsa, oilasi o‘zini qulay his qilishi uchun, erkak tezda ustalarni chaqirib uyini ta’mirlaydi. Ammo, xuddi shu erkak, oila a’zolari namozlarini ado etmayotganini, ro‘za tutmayotganini, hijob o‘ramayotganini, behuda filmlar ko‘rayotganini, chekayotganini bilgan, ko‘rgan holda bundan butunlay xavotir olmaydi. Ogohlantirmaydi, eslatmaydi.Bil’aks, hijoblanishdan taqiqlashlarini ham kuzatyapmiz. Vaholanki, ular o‘zlarini "musulmon oila" deb da’vo qilishadi.Amallar niyatlarga bog‘liqliklarini bilishadi-yu.... U erkak oilasini kichik zararlardan asrab, yelkasiga yuklatilgan burch—katta zararlarga e’tibor bermaydi. Shu tariqa, u oilasini bu dunyoning sinovlaridan qutqarib, oxirat azobidan saqlamaydi. Hamma erkaklar shunday demoqchi emasman.Bu jumlalar jamiyatdagi shu xislatlarlarini o‘zida jamlaganlargagina tegishli..
Bir insonning fikrlari olindi
Fikr-mulohazalar uchun | Anonim @bekhmirzayev_blog
Show all...
20
Mustaqillik muborak bo'lsin! Bundan 33 yil oldin mustaqillikka erishggan edik, alohida davlat sifatida qayta shakillangan edik. Hozirgi kunga qadar mustaqilligimizni saqlab qolib, o'z tariximizni tiklab, ilm uchun imkoniyatlar yaratib, davlatimiz tanazzuldan uzoq bo'lib kelmoqda. Bir ustozim aytgan edilar: "yurt mahalladan boshlanadi, mahallangiz kichik yurtingiz, mahallalar birlashib tumanlarni, tumanlar viloyatlarni hamda viloyatlar bir millatni, yurtni, diyorni, mamlakatni, davlatni tashkil qiladi" Millatshunos Gandi aytganlaridek: "Dunyoda ko‘rishni istagan o‘zgarishni avvalo o‘zingizda qiling" Yurtingizni o'zgartirishni xohlasangiz bu ishni o'z mahallangizdan boshlang. Mahallasidagi eski chang yo'llar, eski binodagi maktab, kutubxonaning yo'qligi, ish bilan ta'minlanmagan qo'shni-birodarlar, sport uchun sharoit yo'qligi va boshqa bir qancha muammolar ko'zga ko'rinmaydi.... Qorin och, 20 mingga abet qilaman, yoxud hotinimga yog' olib boraman deya tepadagi muammolarni unutamiz, yo'ldagi bir insonga bizga berilgan imkoniyat-huquqlardan foydalanmaymiz, shunchaki uni pullaymiz. Mening prinsiplarimga ko'ra, o'z mahallasida muammolar turib, qo'lidan kela oladigan imkoniyatni boshqa mahallaga pullagan inson kattaroq moddiyat uchun vatanni sotishdan qaytishmaydi, bu sotqinlikning kichik ko'rinishidir! Mustaqilligimizga ko'z tegmasin. Mustaqilligimiz muborak bo'lsin. Fikr-mulohazalar uchun | Anonim @bekhmirzayev_blog
Show all...
18
Insha'Alloh ajri boshqacha!
"Menga do'stingni ayt, kimligingni aytaman" - Qaysidur faylasuf aytgan. "Shubxalantirgan yo'ldan yurmang, natija yaxshi bo'lmaydi" - Bir biznesmen "Qizlar seni muvaffaqiiyatdan to'sishadi" - Nomalum bir faylasuf.
Atrofingizga 5 ta boyni toplaysiz, niyyatingiz 6 chisi bo'lish edi. Xavfli-shubxali biznesga qo'l urmaysiz, ustozingiz aytgan buni! Muvaffaqiyatingiz yo'lida qizlardan uzoq bo'lasiz, barcha muvaffaqiyatlilar aytgan. "Amallar niyatlarga bog'liq..." Qilayotgan amallaringizdagi niyyatlaringizni rosulimizning ko'rsatgan yo'l orqali qilsangiz, Insha'Alloh ajri boshqacha bo'ladi! Bizga boshqa dindagi faylasufning gaplari kerak emas, bizda hadislar bor, ulardan qadirliroq, ajrliroq "Kishi do'stining dinidadir...." "Seni shubxalantirgan narsani qo'yib...." "... ayollardan ko'ra zararliroq fitna qoldirmadim" Fikr-mulohazalar uchun | Anonim @bekhmirzayev_blog
Show all...
25
Bu yerda yaxshi hikoyalar yozilibdi. O'zim o'ib ta'sirlandim. Sizlarga ham ilindim birodarlar. https://t.me/khusenov_blog/1391 Imkon bo'lsa 3 raqamni e'tibor bilan o'qib ovozni shunga beringlar😁
Show all...
7
Omon qolganlar effekti! 2-jahon urushi davrida, Amerika samolyotlarining ma'lum bir qismi urushdan omon qaytmagan! Omon qaytgan samolyotlarning, markaz qismi jarohat olgan, old va dum qismida o'qlar izi bo'lmagan - jarohatsiz bo'lgan. Samolyotlarni yaxshiroq qilish uchun e'tiborni, jarohat olgan, ya'ni markaziy qismga qaratishga, ammo natija o'zgarmagan! Abrahm Wold: "Biz omon qolgan samolyotlarni o'rganyapmiz, halok bo'lganlarining jarohat joyi oldi va dum qismidir, shuning uchun bizga yetib kelmayapdi" Zamon shiddat bilan rivojlanyapdi, ilm-fan, sport, madaniyat va din o'zaro jang qilishmoqda. Jangda omon qolib qaytayotganlar esa sportchilar, ayniqsa bokschilarimizdir! Samolyotning oldi va dum qismi esa bu ilm-fandir. Mablag'larimizni asosiy qismini jangga yaraydigan tomonga sarflashdan to'xtashimiz kerak! Fikr-mulohazalar uchun | Anonim @bekhmirzayev_blog
Show all...
24
Kommunistlar majlisidan parcha! Biz Turkistonni qo'lga olishimiz kerak, bu ishda bizga xalaqit beradiganlar ko'p: jadidlar, ulamolar, qo'rboshilar... Jadidlar - Turkistonning unutilgan tarixi, ma'naviyati, Ulamolar - Turkiston e'tiqodi, Qo'rboshilar - Turkistonning mudrayotgan qudrati. Ularni yo'q qilmay Turkistondagi missiyamizni yakunlay olmaymiz. ————— Ular shunchaki o'zbeklardan qo'rqishmagan, ular, islomga amal qilib yashovchi, haq yo'lini bilgan, birlashib davlati uchun harakat qiladigan rijollardan qo'rqishgan! Nega biz qo'rqita olmaymiz? Bizda hali hamon shu qon oqmoda, bizda ulardan ko'p sharoit, ilm uchun qulayliklar bor, lekin bizda islom yo'q! Fikr-mulohazalar uchun | Anonim @bekhmirzayev_blog
Show all...
13
So'rovnoma! Test natijalari chiqdi. Kirganlarni tabriklayman! Kirmaganlarga esa kelgusi hayotida omad tilayman! Bir narsa meni qiziqtiryabdi, oldingi davrlar 180 ball olib ham kira olmaganlar bo'lar edi. Hozir jarayon qanday? Kim nechchi ball oldi? Qancha ball bilan qaysi oliy ta'lim dargohiga kirdingizlar? DTM testi haqida shaxsiy fikringiz, yaxshi bo'ldimi, savollar oson edimi (iltimos, mediadagi huquqshunoslarga aralashmaylik) Iloji boricha 120+ ball yig'ganlarni izoh qoldirishini so'rab qolar edim. Umuman olganda universitetga ishonib qolish kerak emas, o'z sohangizdagi mutaxasisga shogirt tushib o'rganishlikni tavsiya qilaman! Universitetga kira olmaganlarga ham huddi shu tavsiya! Ustoz-shogirt a'nanasini davom etirraylik, kam bo'lmaymiz! Izohga yozgisi kelmaganlar uchun anonim: https://t.me/anonaskbot?start=bekhmirzayev
Show all...
Анонимные сообщения 🔵

Бот для получения анонимных сообщений в Телеграме Тех. поддержка бота — @botomanager

10
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.