cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Munisa's Blog❤️

Farzandini rivojlantirish istagida boʻlgan barcha onajonlar uchun izlanuvchan onaning kichik sahifasi . Birgalikda rivojlanamiz . Vaqtingizga rozi boʻlsangiz qoling gulim❤️ Kanal Linki:https://t.me/simply_Munisa Murojaat uchun:@Discuss_withme_bot

Show more
Advertising posts
608
Subscribers
-524 hours
-247 days
-19030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Umumiy toʻqishni 0 Dan oʻrganish,hozirgi trendagi lyulka ,pled ,korzinkalar uchun umumiy 1 oylik kurs tashkil qilsam oʻqigan boʻlarmidingiz?Anonymous voting
  • Ha ,albatta
  • Narxi qimmat boʻsayam oʻqirdim
  • Arzonroq boʻsa yaxshidi
0 votes
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
#jarayon Asalgina lyulkam deyarli tayyor boʻldi,endi qoʻshimcha korzinkalariga oʻtyapman. Oʻzimga rosa yoqib ketyapti 😍😍. Kanalda kamnomoligimning asosiy sababi shu, toʻqish darsliklarni va zakazlarni yakunlab olsam kanalda aktivlikka qaytamiz.
Show all...
👍 4🥰 2
Photo unavailable
Assalomu alaykum hammaga! Yaxshi dam oldilarmi ? Kechagi kun juda band boʻlib ketib ,sizlarga yozish hayoldanam koʻtarilibdi😁
Show all...
🥰 3 1
Photo unavailable
Esilarda boʻlsa,qizim bilan birgalikda "Montessori bolajon kun tartibi"21 kunlik marafonida qatnashyotgan edik . Shu marafon ham oʻz nihoyasiga yetib eng faol onajonlar taqdirlanishdi , shular qatori bizgayam sertifikatlar nasib qildi😊
Show all...
🎉 5🔥 2 1👏 1
00:13
Video unavailable
Assalomu alaykum asal qizchalar ! Yomgʻirli kundan hayrli tong! Vanihoyat men kutgan kuz keldi,erta tongdan yomgʻir,mayin shabboda qarshisida nonushta qilish biram yoqimli.
Show all...
2.27 MB
🐳 3
Biz ham aynan shu usuldan foydalandik ,boshida rosa qoʻrqib turgandik ,anchagacha yupatolme qiynalsak kerak deb ,lekin uzogʻi 10 minutga bormadi ,keyin oʻzi oynaga qarab tomosha qilishni boshladi. Hozir to'xtame koʻrsatib ketyapti 😂,har yarim soatda aylantirib turibman.
Show all...
🥰 2
«To‘pponcha» uslubi Hozirgi vaqtda «To‘pponcha» usuli bilan quloqni teshish urf bo‘lgan. «To‘pponcha» bilan teshishning foydali tomoni shundaki, teshish jarayoni tez, yengil va og‘riqsiz bo‘ladi. Bolada qo‘rquv hissi paydo bo‘lishga ulgurmaydi. «To‘pponcha» ichidagi zirakcha maxsus tibbiy gipoallergen metalldan yasalgan bo‘lib, u kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha allergik ta’sirlarni kamaytiradi. Parvarish qilish Quloq teshilganidan so‘ng, eng asosiy vazifa yara va yiring paydo bo‘lishi oldini olishdir. Quloq teshilgandan so‘ng to‘rt hafta davomida (teshik butunlay bitguncha) maxsus ziraklarni qizaloq quloqlaridan yechmaslik kerak. Ikki-uch kun davomida boshni yuvish mumkin emas. Zirak taqilgandan soʻng har yarim soatda biroz bo‘shatib, qimirlatib qo‘yish kerak.Shunda qotib qolishini oldini olgan boʻladi.
Show all...
🥰 2
#foydali_maslahatlar Toʻgʻri koʻpchilik kichik yoshda teshilsa bola Hich narsani tushunmasdan kamroq injiqlik qiladi deb oʻylashadi ,aytish joizki ,quloqning yumshoq qismida biologik faol nuqtalar joylashgan bo‘lib, ular tanamizning ma’lum a’zolariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shuning uchun ham - Bola qulog‘ini 1,5 yoshdan keyin teshgan ma’qul deb koʻp pediatrlar oʻz fikrini bildirishgan . Bu yoshda bola hali qo‘rquvni his etmaydi va og‘riqni tez esdan chiqaradi. Katta yoshli buvilarimiz «Qaldirg‘och kelguniga qadar quloqni teshtirish kerak», deydi. Bu gapda ham jon bor. Negaki, qishda sovuq harorat tufayli quloq yiringlab ketishi mumkin. Yozda esa chang va issiq harorat tufayli teshilgan joyning bitishi cho‘zilib ketadi. Aynan shuning uchun ham erta bahor va kech kuz pallasi quloq teshtirish uchun eng qulay fursat hisoblanadi.
Show all...
🎉 2
Photo unavailable
#foydali_maslahatlar Qiz bolaga yanada xusn berib turuvchi buyumlardan biri bu ziraklardir . Farzandiga qachon qaysi payt taqishni har bir ota-ona oʻz ixtiyoridan kelib chiqib belgilaydi . Lekin farzandimizga nimadir qilishdan oldin har birimiz izlanib aniq qarorga kelishimiz kerak .Har bir bola individual shaxsdir ,kimnidir gapiga kirib yo erta yo kechiktirish ham har kimning oʻziga havola . Aslini olganda koʻp mutaxassislarning fikricha Qiz bola olti oylik bo‘lgunga qadar qulog‘ini teshish tavsiya etilmaydi. Chunki bu davrda bola tanasi hali mustahkam bo‘lmaydi, teshilgan joyga turli infeksiyalar tushishi ehtimoli yuqori . Bir yoshli bolaga ham zirak taqmagan ma’qul. Chunki bola bexos tushib qolgan mayda buyumni og‘ziga solib yutib yuborishi yoki quloq ichiga kiritib yuborishi mumkin. Bu esa, jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi aniq.
Show all...
🥰 2🎉 1
Photo unavailable
#qizim Biz bugun katta qiz boʻlib quloqlarimizga zirak taqib chiqdik . Zirak taqish boʻyicha judayam koʻp maʼlumotlar oʻqidim.Ba'zi pediatr shifokorlar 6 oylikdan tavsiya berishsa , ba'zilari 3 yoshdan keyin degan maslahatlarni berishdi . Sizning bu borada fikringiz qanday ? Men ham keyinroq oʻz fikrlarimni boʻlishaman.
Show all...
5
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.