cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yurist Muxiddinovna

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi, boʻlajak yurist Mohina Muxiddinovnaning telegram kanaliga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Solicitor_0515bot

Show more
Advertising posts
305
Subscribers
+124 hours
-17 days
-930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Surati qani deganlar uchun😁
Show all...
"Avtobuslar nega boshqa yoʻnalishdan harakat qilmoqda" deb menga oʻxshab xavotirga tushmang.🤦‍♀ Bu vaqtinchalik muommo ekan
Show all...
Toshkentda 10 dan ortiq avtobus yo'nalishi vaqtincha o'zgaradi Toshkent shahrida 18-sentyabrdan 5-oktyabrgacha 10 dan ortiq avtobus yo'nalishi vaqtincha oʻzgaradi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Bunga Bobur ko'chasining Shota Rustaveli va Nukus ko'chalari orasidagi qismida 110 kv li yerosti elektr kabellarini oʻtkazish ishlari lib borilishi sabab bo'ladi. Shu munosabat bilan 2, 11, 12, 40, 45, 47, 67, 77, 80, 94, 106, 140-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati suratda ko'rsatilgan chizma asosida tashkil etiladi.
Show all...
Repost from Xushnudbek.uz
Vazirlar Mahkamasining 16-sentyabrdagi qarori bilan ta’lim krediti ajratish to‘g‘risidagi Nizomga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Aslida bu o‘zgartirishlar yangilik emas. Bularning barchasi Prezidentning 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli farmonida belgilangan edi. Jumladan: ➖endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi; ➖HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi; ➖endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ➖ birinchi kurslar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Ta'lim krediti nizomi - VMQ-579.pdf1.15 MB
🤔 1
Shu joyida yana kimdir kanalni tark etishi kerak edi har doimgidek 😂😁
Show all...
😁 2
Bugun ayrim insonlar haqida yozmoqchiman. Bilasizlarmi jamoat joyida telefonini ovozini balandlatib asosan instagram, Youtube, yana bir nimalardan video koʻrib ketayotganlar hammaning koʻziga yomon koʻrinadi. Ular xalq tilida madaniyatsiz insonlar deyiladi. Jamoat joylarida ayniqsa metro va avtobusda ularga koʻp duch kelaman. Goʻyoki bu yerda faqat undan boshqa hech kim yoʻq. Airpodslardan foydalansa ham boʻladiku. Kimlardir ishdan, oʻqishdan charchab kelayotgandir. Albatta ularga bu umuman yoqmaydi. Boshqa tomondan olib qarasak toʻgʻri, har xil videolarni koʻrib kelayotgan inson ham charchoqlarini chiqarib, dam olayotganidir shu bahona. Lekin oʻz huquqimdan foydalanyapman deb boshqalarnikiga ziyon yetkazib amalga oshira olmaydi. Hattoki Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21- moddasi 2-qismida inson oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart deb belgilangan. Ya'ni inson oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishi mumkin, lekin boshqa shaxsning huquq va erkinliklari boshlangan joyida uniki tugaydi. Xalqimiz orasida mashhur boʻlgan "Odobni odobsizdan oʻrgan" degan maqoli ham bejiz aytilmagan.
Show all...
👍 3💯 2🔥 1
Kuningiz yaxshi oʻtdimi???
Show all...
👍 3🔥 1
Xayrli kech doʻstlar!
Show all...
🥰 1
Yomg'ir kommunistdir, chunki hammaga teng yog'adi. Shamol esa kapitalistdir, kuchsiz bo'lganni yiqitadi. ©️Ernesto Che Gevara
Show all...
🔥 5👍 1👏 1
Savol @Solicitor_0515bot orqali Assalomu alaykum, yana bezovta qilyabman, ijtimoiy javobgarlik bilan yuridik javobgarlikni tushuntirib berolasizmi? Javob Ijtimoiy javobgarlik — bu shaxs, tashkilot yoki davlatning jamiyat oldidagi burch va majburiyatlari, ularning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishidir. Bu tushuncha ayniqsa kompaniyalar va davlat organlari uchun muhimdir. Masalan, korxona ijtimoiy javobgarlikka amal qilib, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan mahsulotlar ishlab chiqarishi kerak. Yuridik javobgarlik — bu shaxs yoki tashkilotning qonunlarni buzganligi uchun davlat organlari oldida javob berish majburiyati. Bu javobgarlik qonunchilik me'yorlarini buzgan holatlarda yuzaga keladi va davlat tomonidan belgilangan choralar orqali amalga oshiriladi. Yuridik javobgarlikning asosiy maqsadi qonunbuzarliklarning oldini olish, huquqiy tartibni saqlash va adolatni ta'minlashdir.
Show all...
👍 2🔥 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.