cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xalq Deputatlari Uzun tuman Kengashi

Show more
Advertising posts
198
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailable
Аслини олганда, фарзандининг ўзига ўхшашидан хурсанд бўлиш бу ота-онанинг хатосидир. Ота-она боласи ўзига ўхшаса, бундан хотиржам бўлади. Чунки боланинг нима қилиб, нима қилмаслигини. билишади... Бола хатти-ҳаракатларда ота-онасига тақлид қилаётган бўлса, ишлар гўё жойида кетаётгандек, бола аксарият ҳолларда таҳликадан, хатодан ҳимоялана оладигандек туюлади. Ҳолбуки, бу хатодир. Фарзанднинг ота-онасига ўхшашга ҳаракат қилиши ота-онасига ёкса ҳам, боланинг ҳиссий ривожланиши жиҳатидан олиб қаралганда мақбул эмас. Ҳар бир бола ўзига хос бир олам. Бола ота-онасига ўхшаш учун ҳаракат қилса, ўзига ўхшашдан узоқлашиб боради... Бир болага қанчалик ўзига ўхшашга имкон берилса, бола руҳан шу даражада соғлом бўлиб ўсиб-улғаяди. Ота-оналар болаларини ўзларига ўхшатишга ҳаракат қилиш ўрнига, уларга ўхшашга интилган болаларига "ўзингга ўхша" деб тавсия беришлари керак.
Show all...
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT ✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. ✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga); 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%); ✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). ✔️Kimlarga beriladi: ✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga ✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga ✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ✔️Quyidagilarga berilmaydi: ❌ super-kontrakt uchun; ❌ sirtqi; ❌ kechki; ❌ masofaviy; ❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy ✅ oliy; ✅ o‘rta maxsus; ✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari ✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. ❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi. ✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas). ✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. ✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. ✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi. ✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. ✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin: 1) https://talim-krediti.mf.uz sayti; 2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).
Show all...
Ta'lim krediti Axborot tizimi

Тo‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan har bir talabaga bilim olish uchun qulay sharoitlar yaratish, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini yanada rag‘batlantirish va yoshlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

Photo unavailable
Uzun tumani Xursand mahalla fuqarolar yig'inida sayyor uchrashuv bo'lib o'tdi U.Aliqulov o‘zining deputatlik faoliyati to‘g‘risida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning "Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV-sonli qarori hamda xotin~qizlarlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2024-yil 6-aprel kunidagi 10-sonli bayonnomasi mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib o‘tdi. Uchrashuv davomida hududda mavjud muammolarga hamda fuqarolar tomonidan berilgan taklif va muammolar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib olindi. Fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborildi.
Show all...
Photo unavailable
#Кун_ҳикмати Одамларга диққат билан разм солсангиз, ҳеч кимни мақтамайдиган, ҳаммани ёмонлаб, ҳеч кимдан кўнгли тўлмайдиган одамларнинг ўзи айни ҳеч ким ёқтирмайдиган одамлар эканини билиб оласиз. ✍️ Жан дэ Лабруер Расмий саҳифаларимиз 👇 Telegram / Facebook  / Twitter / instagram  / You tube
Show all...
👍 1
#Кун_иқтибоси Тарбияли кишилар инсон шахсини ҳурмат қиладилар, шунинг учун ҳам улар марҳаматли, оқкўнгил, хушмуомалали ва кўнгилчандирлар. ✍️ А.П.Чехов
Show all...
Photo unavailable
⭐️ Saylov byulletenlarining shakli tasdiqlandi 1️⃣ Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylov byulleteni 2️⃣ Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov byulleteni 3️⃣ Viloyat Kengashi deputatlari saylovi bo‘yicha saylov byulleteni 4️⃣ Tuman, shahar Kengashi deputatlari saylovi bo‘yicha saylov byulleteni
Show all...
Photo unavailable
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Bugun AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganligi alohida ta’kidlandi. Kelgusida ham savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, davlatlarimiz ishbilarmonlari, ayniqsa, tadbirkor ayollar o‘rtasida doimiy aloqalarni yo‘lga qo’yish masalalarini muhokama qilindi. Muloqotimiz davomida mamlakatimizda barqaror investitsiya muhitini yanada yaxshilash, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi]\.
Show all...
❗️Bir kishiga bir nechta saylov byulleteni berganlar javobgarlikka tortiladi Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-953-son, 04.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi. ➖ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, saylov komissiyasining yoki referendum o‘tkazuvchi komissiyaning a’zosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi. ➖ Shuningdek, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritildi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Show all...
Photo unavailable
“Bilimlar kuni” muborak! Maktabga ilk qadamlar, qo’ng’iroq ovozi, yangi do’stlar, ota-onadek aziz bo’lgan yangi ustozlar — bularning barchasi bir umr muhrlanib qoladigan yoqimli xotiralar. Maktab hayotidan zavq olib, har bir kuningizni mazmunli va samarali o‘tkazing! Yangi bilimlarni egallashga doim chanqoq bo’ling. Kelajakda yuksak marralarga erishishingizni tilayman! Sizlar bilan ota-onangiz doim faxrlanib yursin.
Show all...
👍 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.