cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Bizning Montessori Uy 🏡

🏡Maqsadimiz O’zbekzabon Onalarga Ummatni tarbiya qilishda o’rganayotkanlarimizni bo’lishish 🏠 Montessori tizimidan ilhomlangan uyimizga xush kelibsiz! 🏠 Farzandingizni aqliy rivojlanishi uchun mashqlar 🏠 Nutqni rivojlantirish

Show more
Advertising posts
1 535
Subscribers
No data24 hours
-27 days
+8630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from YAQIN
#eslatma Aslida biz hech kimmiz.... Ba'zan oyog'ingiz yerdan uzilib qoladi, hammasiga o'zimni mehnatim bilan erishdim deb o'ylaysiz. Osmonlarga uchib chiqib ketayotganingizda bir sinov keladi, yerga qaytib tushasiz. Mana shunday bizni yerga qaytaradigan sinovlarga alhamdulillah deyish kerak. Biz kim bo'libmiz? Alloh bermasa, Alloh qo'llamasa, Alloh imkoniyatlarni oyog'imizni ostidan chiqarib qo'ymasa, Alloh gunohlarimizni kechirmasa, Alloh sa'y-harakatlarimizga barakotini yog'dirmasa, Alloh rizqimizni bermasa - rostan ham kimmiz? Zaif, nochor va barcha ehtiyojlarimiz uchun Allohga muhtoj bir qulmiz. O'zi yo'qdan bor qilgan edi, yana O'ziga qaytamiz. Yerdagi vaqtimiz sanoqli kunlardan iborat holos, go'yoki bu yerda bir umr yashab qoladigandek harakat qilishimiz hayratlanarli..... Iroda Ahmed https://t.me/YaqinOzbek
Show all...
YAQIN

Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz. Iroda Ahmed Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot Asosiy darslar: @Yaqindarsliklari_bot

14 2👍 1
Dilafruz jon kanalida ko’rib qoldim. Ishxonalarda ovqatlantirish uchun tanaffuslar berilar ekan qonun bo’yicha🤱🏻🍼 Men Sofiyaga sut sog’ganimni ko’rib, ko’pchilik bizda sharoit yo’q degandi. Qonunda bor ekan😅 ish beruvchingizdan so’rab ko’ring 407-modda. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar Ikki yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri o‘ttiz minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda beriladi. Ikki yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq nafar farzandi bo‘lgan taqdirda, tanaffusning davomiyligi kamida bir soat qilib belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanadi. Ikki yoshga to‘lmagan bola otasining yoki onasining (vasiysining) xohishiga ko‘ra bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusga qo‘shib berilishi yoxud ish kunining (smenaning) tegishincha qisqartirilgan holda boshiga yoki oxiriga ko‘chirilishi, shu jumladan jamlangan holda ko‘chirilishi mumkin. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar faqat ota-onadan biri bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lmagan va bunday tanaffuslardan foydalanmayotgan taqdirda beriladi. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslarning aniq davomiyligi va ularni berish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan belgilanadi. Shu yerda batafsil: https://old.lex.uz/docs/-6257288 Shu yerda ko’rib qoldim: https://t.me/c/1813021607/9151 @bizningmontessoriuy
Show all...
9👍 3 2
Onalar uchun judayam qiziq bo'ladigan blogni tavsiya qilmoqchiman⬇️ Marvarid oilasi bilan Californiada yashaydi 🌴 Onalar uchun loyihalar qiladi. Kanalida BLW, montessori, bolani 2 tilli qilib ulg'aytirish, ona suti, bola rivojlanishi uchun o'yinlar va boshqa foydali postlarni topasiz😍 Har kuni onalar uchun kitoblar va foydali manbalar bo'lishadi. Albatta qo'shilvoling! https://t.me/+t3_m6yxApjkyMzhi Ha aytgancha, blogida bugun konkurs ketyapti. O'z magazinidan bir nechta sovg'a ajratgan obunachilari uchun. Yutvolish uchun shunchaki kanaliga kirib konkurs posti tagida "+" qoldiring Rasmdagi sovg'alar qo'yilgan😍 https://t.me/+t3_m6yxApjkyMzhi
Show all...
13🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
Chicagoga kelib judayam ko’p yaxshi insonlar bilan, hamfikrlar, havas bilan qarash arzigulik opalar-u, ko’pgina dugonalar bilan tanishganman😊 Atrfoingizda o’zingizga o’xshab fikrlaydigan, sizni tushunadigan, gapingiz bir joydan chiqadigan Onalar bo’lishi sizni yanayam Ona bo’lib rivojlanishingizgq yordam beradi deb o’ylaman. Bugun bo’lishmoqchi bo’lgan kanalim 3 farzandning Onasi, bolalari bilan ko’p foydali ishlar qiladigan bir dugonamniki. Hozirda ular uyda ta’lim boshlashgan. Yopiq gruppalarida bo’lishganlari i ko’rib ko’p narsaga ilhomlanaman. Endi kanal ham ochibdilar. Qo’shilib oling, menga o’xshab ilhomlanib turasiz in shaa Alloh🥰❤️ https://t.me/UzbekHomeschooling May Allah make your homeschooling journey easy sister🥰❤️
Show all...
17❤‍🔥 2👍 1
00:30
Video unavailableShow in Telegram
Sofiya bilan aynan shu kitoblar orqali ko’p shug’illanganmiz va Alloh izni bilan nutqiga ancha foyda bo’lgan. Kitoblarni esa shunaqa inglizcha reelsda ko’rib qolgandik😄❤️ balki sizga ham foydali bo’lar deb ulashdim. “My first learn-to-talk” book rosa zo’r. Og’izni katta qilib, yaxshilab qimirlatib, bolani ko’zlariga qarab ifodali o’qib bersangiz, vaqt o’tib tovushlarni qaytarishni boshlaydi in shaa Alloh. Bu tovushlar odatda so’z sifatida hisoblanadi va birinchi so’zlarni aytishga yaxshi poydevor bo’ladi. “Wishy-washy”, Sofiyani tilida “Wash-wash book”😂❤️. M, b, p, t kabi talafuzi oson so’zlar yordamida yozilgan, ingliz tilida tilini chiqarayotkan bo’lsangiz ayni muddao. Bola bilan birga katta bo’ladi. Sofiya hozir ranglarini, nomlarini va ovozlarini aytadi “First 100 words” sotib olishingiz mumkin bo’lgan eng yaxshi kitoblardan biri. Logoped tomonidan yozilmagan, lekin rostan ham zo’r kitob. O’zbek, ingliz, rus tilida bemalol o’qib bersangiz bo’ladi. Tovushlarni o’rgatish uchun deylik “bu qo’y - baaa” deyish uchun ham judayam foydali. Ko’pgina so’zlar va tovushlar o’rgatish mumkin. Umumiy olganda, har qanday kitob yaxshi. Umuman kitob o’qimagandan, kitob o’qigan avfzal. Kitob o’qigan bolaning so’z boyligi bilan o’qimagan orasida albatta farq bo’ladi. Farzandlaringizga albatta kitob olib bering📚 Kitoblarni @booklanduzbekistan va @kidsplayuz do’konlaridan topishingiz mumkin @bizningmontessoriuy
Show all...
IMG_5479.MOV10.80 MB
15❤‍🔥 5 5👍 3🔥 1
“Chaqirilmagan mehmon!” Birovni dardini qalbdan his qilish uchun o’sha dardni o’zimiz yashab ko’rishimiz kerak, bo’lmasa hech qachon u odamni his qila olmaymiz deb o’ylab qolaman… Sofiya 10 kuncha oldin judayam injiqlashib qoldi. Tinmay qo’lini og’ziga solaverdi, tishlarini ushlayverdi. Tushundim, tishi chiqayotkan bo’lsa kerak… keyin negadur burni oqib yo’talishni boshladi. Virus yuqdimikin deb o’yladik. O’sha kecha tuni bilan yig’lab chiqdi, hech narsaga ko’nmadi. Hatto ko’krak taklif qilsam ham olmadi, og’ziga qo’lini solib yig’layverdi. O’ynagisi ham kelmadi (kechasi 2-3da uyg’onib o’ynayman degan odat chiqargandi, qaniydi o’ynayman desa devordim boshqa payt o’zimni uhlaganga solib turardim😅). Nafas olishga burni to’lib qiynalar, ba’zida yo’talar, keyin yana qo’lini og’ziga solardi. Ertalab biroz yaxshilanib qoldi. Ko’chada ishlarimiz bor edi, turmush o’rtog’im bilan bitirdik. Avtokreslosida uxlab qoldi. 30 daqiqalardan keyin yana uyg’onib ketdi (odatda kamida 1 soat uxlaydi). Tinmasdan yig’layverdi. Shifokorga olib borishga kelishdik. Shunaqa yig’lasa quloq infeksiyasi, o’pkasi va tomog’ini tekshirtirish kerak deb o’ylayman, chunki quloq infeksiyasida antibiotik yozadi (o’zi Amerikada uncha bunchaga yozmaydi antibiotik). Tekshirib bo’lgach hammasi joyidaligini, qulog’i va o’pkasi tozaligini aytdi. Tishi chiqayotkan bo’lishi mumkin deganimga, shunaqa ham ekan dedi. O’zimizni davo usulimizni aytdi. Xullas, kechqurun yana yig’lab chiqdi. Umuman ovutib bo’lmadi. Istma ham kirdi. Oxiri tylenol berdim (odatda ahvoli yomon bo’lmasa bermayman). Birozdan keyin ovundi, tinchlanib tiniqib uxladi. Shunaqa paytlar Onaga juda qiyin bo’ladi. Asablarim mingga chiqib ketmasligi uchun o’zimni zo’rga ovutdim… o’zimni bosa olishimga Alloh kuch bergani uchun Alhamdulillah Xullas, endi gapni qaymog’iga o’tsam, hayotimga kutilmagan, umuman chaqirilmagan mehmon - Aql tishi kelyapti🥲🥲 bitta sen yetishmay turganding hurmatli tish🥲 aqli ko’payib, zerikmay tursin degandirdaaa🫠 shu tish ishonasizmi shunaqa yomon og’riq berdi. Uxlay olmadim, hech narsa tayinli yeya olmadim, og’zimni tepadagisi tirnab, stomatit qilib yubordi. Ikkinchi kuni og’rig’iga chiday olmay gel sotib oldik. Shu sal yengilladi og’riqni. Shu kuni Sofiyani biroz bo’lsada tushundim… hech qachon tish bo’lmagan joylardan yorib chiqayotkan tishlar shunaqa og’riq berarkan… shunaqa odamni behuzur qilarkan. Yaxshiyam farzandimga jahl qilib zahar sochmaganim. O’zimda aql tishi chiqmaganda hech qachon undagi behuzurlikni va og’riqni his qila olmasdim… hech qachon… Hayotda ham shunday. Kimlarnidur sirtidan qarab baholaymiz, go’yoki ularga barchasi osondek tutamiz… aslidachi? Aslida hammasi unday emas afsuski. Hech kimni og’rig’ini, u qalbida nimani his qilayotkanini, ichida qanday urishlar bo’layotkani-yu, oilaviy ahvolini hech qachon bilmaymiz. Bu avvallo o’zimga yana bir bora eslatma. Sirtiga qarab hech kimni muhokama qilmaslikka yana bir bora eslatma❤️ “hammaga mehribon bo’ling, siz u ichida qanday tofonlar bo’layotkanini bilmaysiz” derdi bir serialda. Huddi shunday… mehribon bo’laylik… 23-avgust yozilgan post endi tugatildu🥲🫠 procrastination queen🤓 Aytkancha bugun aniqlab keldik, rostan aql tishi ekan. Seni umuman kutmayotkandim hurmatli tish. Bunaqa og’ritishing yetti uxlasam ham tushimga kirmasdi🥲 odamlar aql tishga vahima qiladi, shunaqa og’riqlimikin degandim🫠 ha, shunaqa og’rirkan🥲❤️‍🩹 @bizningmontessoriuy
Show all...
21😢 12 4👍 3
Tartib so’zini yozganlarga telegramdan jo’nata olmas ekanman. Bu yerdan yuklab olishingiz mumkin: https://drive.google.com/file/d/1oVyuZhYdCq23rsGdMKWQGGSh3ycC1Xh-/view?usp=drivesdk 🌸🌸🌸🌸
Show all...
11 5❤‍🔥 3👍 3
00:37
Video unavailableShow in Telegram
Izohlarga "Tartib" so'zini yozing va videodagi "Kun tartibi" katochkalarining pdf variantini sizga bepulga jo’natamiz. Ularni printerdan chiqarib, videodagidek bolalar ko'ziga ko'rinadigan joyga ilib qo'yishingiz va kun tartibini yanada yaxshiroq tashkillashtirishingiz mumkin in shaa Alloh🌸 🏡Kattalar uchun kun tartibi qanchalar muhim bo'lsa, bolalar uchun ham huddi shunday muhim. Tahminan bir vaqtda va bir xil ketma-ketlikda takrorlanadigan ishlar bolalarga xavfsizlik va o'zini qulay his qilish tuyg'ularini beradi. Ovqalanish vaqti, qachon o'ynash vaqti, qachon Dadasi ishdan kelishi... umuman olganda bola bir ishdan keyin qaysinisi sodir bo'lishini tahminiy bilsa, bu kundalik ishlarni bajarishni yanada osonroq qiladi, bolada esa ma'suliyat va bir qancha hayot uchun muhim bo'lgan ko'nikmalarni rivojlantiradi. Bundan tashqari o'ziga bo'lgan ishonch oshadi💪🏻 👶Farzandingiz 1 yosh bo'ladimi yoki 10 yosh, to'gri tuzilgan kun tartibi ularga faqatgina foyda keltiradi va rivojlanishlariga yordam beradi. Kun tartibi deganada har daqiqasi aniq tiniq yozilgan kattalar jadvali shart emas, shunchaki har kuni bir xil ketma-ketlikda takrorlanadigan ishlar bo'lsa yetarli 😤Kun tartibidan foydalanish ko'pgina stressni oldini ham oladi. Farzandingiz biror ishni qilmayman deb turib olganda yoki ikkinchi ishga o'tishga qiynalganda, "devordagi jadvalimizga qaraylik-chi, hozir nima qilish vaqti ekan" yoki "bilaman o'ynaging kelyapti, lekin qara hozir ovqatlanish vaqti" deb aytishimiz mumkin. Bu holatni qiziqarli qilib tashkillashtirish ham mumkin. 😴Uyquga yotishni ham osonroq qilish uchun bir nechta ketma-ketlikdan iborat tartibdan foydalangan juda samarali! "Tungi rutina" bolani uyquga tayyorlab, uxlashini osonlashtiradi. Yetarli uyqu esa bola rivojlanishiga juda foydali 📚Biz Simone Davisning "Montessori Toddler" kitobidagi "Kun tartibi" jadvaladigan foydalanishga qaror qildik. Jadvalni printerdan chiqarib, Sofiyaga ko'rinadigan joyga osib qoydik. Zo'r tomoni rasmlarda umuman odam va hayvonlar yo'q, bu orqali bemalol ularni uyga osib qoyishingiz mumkin. Menga jadval juda yoqgani uchun uni O'zbek tiliga tarjima qildim va bu material ommaga bepul ulashilgani uchun, siz bilan ham bo'lishishga qaror qildim. Pdf fayldagi barcha mualliflik huquqi Simone Davis va Hiyoko Imaiga tegishli. @bizningmontessoriuy
Show all...
IMG_4874.MOV13.00 MB
❤‍🔥 12👍 4 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
Oshxonani vanihoyat generalnaya uborka qilib oldim🤓 Bugungi podcastlar: Ilm talab qilishda ayollarga xos masalalar: https://youtu.be/wG_c5Aq20L0?si=4sNWeyzsHLZVfnjx Onalik kuchi podcasti Mohinur bilan: https://youtu.be/-eOJao1ePlg?si=ibCvtmyAlQhQkEXu @bizningmontessoriuy
Show all...
❤‍🔥 11 6👍 1😍 1
Anchadan beri oshxonani generalniy tozalab, gazni yuvishni rejalashtirib yurgandim😄 Xullas, shu ishni yarmini bitirdim va judayam yaxshi, ayniqsa Onalarga manfaatli bo’ladigan maruzalar eshitdim. Sizga ham ilindim❤️ Naushnikni ulab olib, bir chekkadan ishlarni qilib eshitarsiz: Ahli ilmning ayoli qanday bo’lishi kerak: https://youtu.be/qx_u51dAWeg?si=tlwCrWx9u4BWDW1O Ustozlarning Ota-Onalari qanday insonlar bo’lishgan: https://youtu.be/mnTaXrwDJAo?si=Tbha_y79pU2uEeWs Orada shunaqa yaxshi maruza va podcastlar bo’lishib tursam nima deysiz? @bizningmontessoriuy
Show all...
Ahli ilmning ayoli qanday boʻlishi kerak? | Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Hasanxon va Husaynxon Yahyo Abdulmajid qorilarning shunchaki muxlislari tomonidan yuritiladigan havaskor sahifaga xush kelibsiz! 😊 «Hilol Nashr» nashriyotida bo'lib o'tgan suhbatdan nukta To'liq suhbat:

https://www.youtube.com/watch?v=epBzFB_EVl4&t=7458s

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: 👇 Telegram - http://t.me/hasanhusayn Instagram - http://instagram.com/muxlislarsahifasi Facebook - http://facebook.com/muxlislarsahifasi

❤‍🔥 19😍 2 2👍 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.