cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TARIX MILLIY SERTIFIKAT

Oʻtgan kuningiz tarix REKLAMA UCHUN MUROJAAT @ADHAMJON_ASQAROV

Show more
Advertising posts
977
Subscribers
+524 hours
+27 days
-3630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Eslab_qoling 8-sinf jahon tarixi darsligidagi nomi keltirilgan sulolalar (1-qism) 🇬🇧 Angliya (Buyuk Britaniya) dagi sulolalar: ⬇️ 1⃣ "Tyudorlar" - 1485-1509-yillar hukmronlik qilgan. Genrix VII Tyudor, Genrix VIII Tyudor, Yelizaveta I shu sulola vakillari hisoblanadi; 2⃣ "Styuartlar" - 1603-1649-yillarda boshqargan va 1660-yilda bu sulola qayta taxtga kelgan. Bu sulola vakillari Yakov I, Karl I , Karl II, Yakov II. 3⃣ "Oranyelar" - 1688-1714-yillarda hukmronlik qilgan. Bu sulola vakillaridan biri Willem van Oranye. 4⃣ "Gannoverliklar" - bu sulola hokimiyatda 1714-yildan to XIX asr boshlarigacha turgan. Dastlabki hukmdori Georg I hisoblanadi. ###################### 🇫🇷 Fransiyada hukmronlik qilgan sulolalar: ⬇️ 1⃣ "Burbonlar" - bu sulola hokimiyatda 1792-yilgacha, 1814-1815-yillar va 1815-1830-yillarda turgan. Sulola vakillari Lyudovik XVI, Lyudovik XVIII va Karl X.
Show all...
#Eslab_qoling 8-sinf jahon tarixi darsligida nomi keltirilgan sulolalar (3-qism) 🇮🇳 Hindistonda hukmronlik qilgan sulolalar ⬇️ 1⃣ "Lo'diylar" - 1451-1526-yillarda Dehli sultonligi boshqargan. Oxirgi vakili Ibrohim Lo'diy. 2⃣ "Boburiylar" - 1526-1858-yillarda boshqargan. Sulola vakillari Bobur, Humoyun, Akbarshoh, Jahongir, Shohjahon, Avrangzeb Olamgir, Bahodirshoh II; 3⃣ "Sur" - bu qabila vakillari 1540-1555-yillarda Hindistonda hukmronlik qilgan. Dastlabki vakili Sherxon; ###################### 🇯🇵 Yaponiyada hukmronlik qilgan sulola ⬇️ 1⃣ "Tokugava" - bu sulola 3-syogunlik sulolasi bo'lib, 1603-1867-yillarda Yaponiyani boshqargan. Dastlabki vakili Tokugava Ieyasu, 8-vakili Yosimune. ###################### 🇰🇷 Koreyada hukmronlik qilgan sulola ⬇️ 1⃣ "Li" - bu sulola yangi davrda Koreyani boshqargan. Hukmdorlari Qirol Yongjo, Qirol Kojon ( Li Sze Xvan)
Show all...
#Eslab_qoling 8-sinf jahon tarixi darsligida nomi keltirilgan sulolalar (2-qism) 🇷🇺 Rossiyada hukmronlik qilgan sulolalar: ⬇️ 1⃣ "Ryuriklar" - bu sulola 1598-yilgacha jami 700 yil hokimiyatda bo'lgan. Sulola vakillari Ivan IV Grozniy, Fyodor Ivanovich. 2⃣ "Romanovlar" - bu sulola 1613-1917-yillar davlatni boshqargan. Sulola vakillari Mixail Fyodorovich Romanov, Pyotr I, Aleksandr I, Nikolay I. ###################### 🇩🇪 Germaniyada hukmronlik qilgan sulolalar: ⬇️ 1⃣ "Gabsburglar" - 1437-1806-yillarda Muqaddas Rim imperiyasini boshqargan. Jumladan uning tarkibidagi Avstriyani (hukmdori Frans II) ham boshqargan; 2⃣ "Gogensollernlar" - Brandenburg nomi ostida bo'lgan hududni, keyin 1701-yildan Prussiyani boshqara boshlagan. Bu sulola vakillari Fridrix I, Fridrix II. ###################### 🇨🇳 Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar: ⬇️ 1⃣ "Min" - bu sulola hokimiyatda 1368-1644-yillarda turgan. 2⃣ "Chin" - manjurlarning chin (sin) sulolasi Xitoyni 1644-1911-yillarda boshqargan. Dastlabki vakili Shunchji.
Show all...
#Eslab_qoling 8-sinf jahon tarixi darsligida nomi keltirilgan sulolalar (4-qism) 🇮🇶 Eronda hukmronlik qilgan sulolalar ⬇️ 1⃣ "Safaviylar" - bu sulola hokimiyatda 1502-1736-yillarda turgan. Hukmdorlari Ismoil Safaviy I, Taxmasp I, Abbos I, Sulton Husayn, Taxmasp II; 2⃣ "Zendlar" - bu sulola 1758-1796-yillarda Eronni boshqargan; 3⃣ "Qojarlar" - bu sulola 1796-1925-yillarda Eronni boshqargan. Dastlabki vakili Og'o Muhammad. ###################### 🇦🇫 Afg'onistonda hukmronlik qilgan sulolalar ⬇️ 1⃣ "Durroniylar" - bu sulola Afg'onistonni 1747-1826-yillarda boshqargan. Hukmdorlari Ahmadshoh, Shuju; 2⃣ "Barakzaylar" - bu sulola 1826-yilda hokimiyatni egallagan. Dastlabki vakili Do'st Muhammadxon. ###################### 🇹🇷 Turkiyada hukmronlik qilgan sulola ⬇️ 1⃣ "Usmonlilar" - bu sulola hokimiyatda 1299-1922-yillarda bo'lgan. Yangi davrda hukmronlik qilgan sultonlardan biri Sulton Salim I.
Show all...
➡️ Tashkilotlar (2-qism) ➡️ 9-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 📔1️⃣⚪️ 1886-yilda Turkiston o’lkasida uchastka mirovoy sudlari tuzilgan; 📔2️⃣⚪️ 1886-yilda Buxoroda Rossiya siyosiy agentligi tuzilgan; 📔3️⃣⚪️ 1893-yilda Buxoroda birinchi jadid maktabi ochilgan; 📔4️⃣⚪️ 1895-yilda Arxeologiya havaskorlari to’garigi tashkil etilgan; 📔5️⃣⚪️ 1896-yilda Toshkentda birinchi gimnaziya ochilgan; 📔6️⃣⚪️ 1898-yilda Turkiston o’lkasida viloyat sudlari o’rnida okrug sudlari tuzilgan; 📔7️⃣⚪️ 1898-yil Toshkent sud palatasi tuzilgan; 📔8️⃣⚪️ 1898-yilda Qoʻqon shahrida Salohiddin domla jadid maktabini ochgan; 📔9️⃣⚪️ 1899-yil Andijonda Shamsiddin domla jadid maktabini ochgan; 📔1️⃣0️⃣⚪️ 1899-yil Toshkentda Mannon qori jadid maktabini ochgan; 📔1️⃣1️⃣⚪️ 1909-yilda “A-Meta” sindikati tuzilgan; 📔1️⃣2️⃣⚪️ 1910-yilda Buxoro shahrida “Tarbiyai atfol” (“Bolalar tarbiyasi”) jamiyati tashkil etilgan; 📔1️⃣3️⃣⚪️ 1914-yil Toshkentda “Turon” truppasi tashkil etilgan; 📔1️⃣4️⃣⚪️ 1916-yil Qo’qon shahrida Hamza rahbarligida havaskorlar teatri tashkil etilgan; 📔1️⃣5️⃣⚪️ 1917-yilda “Sho’roi Islomiya”, “Ittifoq” tashkilotlari tuzilgan; 📔1️⃣6️⃣⚪️ 1917-yil Toshkentda “Musulmonlar markaziy sho’rosi” tuzilgan; 📔1️⃣7️⃣⚪️ 1920-yil Toshkentda “Inqilobchi yosh buxoroliklarning Turkistondagi markaziy byurisi” tuzilgan.
Show all...
👍 2
➡️ Tashkilotlar (1-qism) ➡️ 9-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 1️⃣ 1866-yilda Toshkentda mahkama joriy qilingan; 2️⃣ 1871-yilda O’rta Osiyo olimlar jamiyati tuzilgan; 3️⃣ 1867-yilda Turkiston harbiy okrugi tuzilgan; 4️⃣ 1867-yil Toshkentda meteoroligiya stansiyasi tashkil etilgan; 5️⃣ 1870-yil Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil etilgan; 6️⃣ 1876-yil Toshkentda Turkiston muzeyi tashkil etilgan; 7️⃣ 1877-yilda Toshkentda Duma tashkil etilgan; 8️⃣ 1884-yilda Qrimdagi Boqchasaroyda birinchi jadid maktabiga asos solingan; 9️⃣ 1884-yilda Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi ochilgan; 🔟 1886-yilda Turkiston general-gubernatorligi Kengashi tuzilgan.
Show all...
🟢 6-sinf tarix darsligidagi poytaxtlar 1️⃣ Memfis - Qadimgi Misr poytaxti. Menes tomonidan qurilgan shahar. Bu shaharning bosh xudosi Ptax bo'lgan. 2️⃣ Fiva - Qadimgi Misrning poytaxti. Bu shahar homiysi Amon bo'lgan. 3️⃣ Oshshur - Ossuriya davlatining dastlabki poytaxti. 4️⃣ Nineviya - Ossuriya davlatining ikkinchi poytaxti. Bu shaharda Oshshurbanapal davrida sopol taxtachalardan iborat kutubxona tashkil etilgan. 5️⃣ Xattusa - Xett davlatining poytaxti. "Dengiz xalqlari" tomonidan bosib olinib, butunlay vayron etilgan. 6️⃣ Tushpa - Urartu davlatining poytaxti. 7️⃣ Suza - Elam davlatining poytaxti. Bu shahar Ahamoniylar davlatida muhim savdo markazlaridan biri bo'lgan. 8️⃣ Persepol - qadimgi Fors davlatining qarorgohi. "Shoh yo'li" mana shu shahardan boshlangan. 9️⃣ Pataliputra - Mauriya davlatining poytaxti. 🔟 Shan - Shan davlatining bosh shahri hisoblanadi. 1️⃣1️⃣ Baqtra (Zariasp) - Baqtriya satrapligining poytaxti bo'lgan. 1️⃣2️⃣ Qang'dez (Bityan) - Qang' davlatining poytaxti. Saklar tomonidan mil.avv III asrda asos solingan. 1️⃣3️⃣ Ershi - Davan davlatining poytaxti. Xitoy qo'shini tomonidan bir marta bosib olingan. 1️⃣4️⃣ Peshavor - hozirgi Pokistonda joylashgan shahar. Kanishka davrida Kushon podsholigining poytaxti Baqtriya hududidan Peshavorga ko'chiriladi. 1️⃣5️⃣ Rim - Dastlab Rim imperiyasining, so'ng G'arbiy Rim imperiyasining poytaxti bo'lgan. 1️⃣6️⃣ Konstantinopol - Rim imperatori Konstantin davrida poytaxt deb e'lon qilingan. Keyinchalik Sharqiy Rim imperiyasining poytaxti bo'lgan.
Show all...
➡️ 8-sinf jahon tarixi darsligidagi nomi keltirilgan sulolalar (1-qism) 🇬🇧 Angliya (Buyuk Britaniya) dagi sulolalar: ➡️ "Tyudorlar" - 1485-1603-yillar hukmronlik qilgan. Genrix VII Tyudor, Genrix VIII Tyudor, Yelizaveta I shu sulola vakillari hisoblanadi; ➡️ "Styuartlar" - 1603-1649-yillarda boshqargan va 1660-yilda bu sulola qayta taxtga kelgan. Bu sulola vakillari Yakov I, Karl I , Karl II, Yakov II. ➡️ "Oranyelar" - 1688-1714-yillarda hukmronlik qilgan. Bu sulola vakillaridan biri Willem van Oranye. ➡️ "Gannoverliklar" - bu sulola hokimiyatda 1714-yildan to XIX asr boshlarigacha turgan. Dastlabki hukmdori Georg I hisoblanadi. 🇫🇷 Fransiyada hukmronlik qilgan sulolalar: ➡️ "Burbonlar" - bu sulola hokimiyatda 1792-yilgacha, 1814-1815-yillar va 1815-1830-yillarda turgan. Sulola vakillari Lyudovik XVI, Lyudovik XVIII va Karl X. 🇷🇺 Rossiyada hukmronlik qilgan sulolalar: ➡️ "Ryuriklar" - bu sulola 1598-yilgacha jami 700 yil hokimiyatda bo'lgan. Sulola vakillari Ivan IV Grozniy, Fyodor Ivanovich. ➡️ "Romanovlar" - bu sulola 1613-1917-yillar davlatni boshqargan. Sulola vakillari Mixail Fyodorovich Romanov, Pyotr I, Aleksandr I, Nikolay I. 🇩🇪 Germaniyada hukmronlik qilgan sulolalar: ➡️ "Gabsburglar" - 1437-1806-yillarda Muqaddas Rim imperiyasini boshqargan. Jumladan uning tarkibidagi Avstriyani (hukmdori Frans II) ham boshqargan; ➡️ "Gogensollernlar" - Brandenburg nomi ostida bo'lgan hududni, keyin 1701 -yildan Prussiyani boshqara boshlagan. Bu sulola vakillari Fridrix I, Fridrix II. 🇨🇳 Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar: ➡️ "Min" - bu sulola hokimiyatda 1368-1644-yillarda turgan. ➡️ "Chin" - manjurlarning chin (sin) sulolasi Xitoyni 1644-1911-yillarda boshqargan. Sulola vakillari: Abaxay, Shunchji.
Show all...
➡️ Musiqa san'ati ➡️ Leonardo da Vinchi - 1452-1519-yillarda yashagan italiyalik rassom bir vaqtning o'zida rassom, shoir, me'mor, haykaltarosh, musiqachi va ixtirochi bo'lgan; ➡️ Iogann Sebastyan Bax - 1685-1750-yillarda yashagan nemis kompozitori hayot davrida mashhur bo'lmagan. Uning asarlari odamlarga o'ta jiddiy tuyulgan. Baxning o'g'illari otasining ijodini umidsiz, eskirib qolgan deb hisoblashgan va meros bo'lib qolgan qo'lyozmalarning katta qismini yo'qotib yuborishgan. Uning "Matto bayon etgan buyuk musibat" asari bor; ➡️ Volfgang Amadey Motsart - bu kompozitor 1756-1791-yillarda yashagan. Avstriyaning Zalsburg shaharchasida tug'ilgan. Hayotining so'nggi o'n yilini Venada o'tkazgan. Zamondoshlari uni o'z davrining haqiqiy mo'jizasi deyishgan. Motsartni "Figaroning uylanishi" operasi juda mashhur qilgan. So'nggi asari esa "Rekviyem"; ➡️ Lyudvig van Betxoven - 1770-1827-yillarda yashagan. O'zini Motsartning vorisi deb bilgan. 22 yoshidan boshlab Venada yashagan. "Fantaziya yo'lida sonata" ("Oydin"), "Qahramonnoma simfoniyasi" asarlari bor; ➡️ Mixail Ivanovich Glinka - bu kompozitor ijodi XIX asrning birinchi yarmida rus musiqa madaniyatining eng cho'qqisi bo'lib, u rus mumtoz musiqasiga asos solgan. Uning eng mashhur asari "Ruslan va Lyudmila" operasi hisoblanadi; ➡️ Pyotr Ilich Chaykovskiy - XIX asr rus madaniyatining yirik namoyondasi, musiqa san'atining dahosi hisoblanadi. Uning "Yevgeniy Onegin", "Uxlayotgan go'zal", "Shelkunchik" operalari bor. ➡️ Yangi davrda Koreyada bizdagi baxshichilik san'atiga o'xshash qo'shiqchilik keng tarqalgan; ➡️ Yaponiyada XVII asrning oxirida keng tarqalgan kabuki teatrida drama, raqs va musiqa elementlari mujassamlashgan; ➡️ AQSHda 1850-yillardan boshlab bir nechta tasviriy san'at va musiqa maktablari ochilgan. Ularda Yevropa mamlakatlaridan kelgan rassom va kompozitorlar asosiy rol o'ynagan.
Show all...
#Eslab_qoling Mavzu: Tasviriy san'at (8-sinf jahon tarixi) 1⃣ Leonardo da Vinchi - italiyalik rassom. 1452-1519-yillarda yashagan. "Jokonda" rasmining muallifi. 2⃣ Rafael Santi - italiyalik rassom. 1483-1520-yillarda yashagan. "Sikstin madonnasi" rasmining muallifi. 3⃣ Rembrandt - 1606-1669-yillarda yashagan. "Adashgan o'g'ilning qaytishi" rasmining muallifi. 4⃣ Fransua Bushe - 1703-1770-yillarda yashagan. "Qirolning birinchi tasvirchisi" nomini olgan. 5⃣ Antuan Vatto - 1684-1781-yillarda yashagan. "Qiyin taklif", "Beparvo" rasmlari bor. 6⃣ Benjamin Uest, Jon Kopli - XVIII asrda ijod qilgan aqshlik rassomlar. Portret va peyzaj janrida ijod qilishgan. 7⃣ Chon Son, Li Myonuk, Kim Xondo - peyzaj janrida ijod qilgan koreys rassomlari. 8⃣ Silvestr Feodosiyevich Shedrin, Karl Pavlovich Bryullov, Ilya Yefimovich Repin - XIX asrda ijod qilgan rossiyalik rassomlar. 9⃣ Isfahon - bu shahar Eronda miniatura san'atining markazi bo'lgan. Bunga Hirotdagi Behzod maktabi katta ta'sir ko'rsatgan. 1⃣0⃣ Tasviriy san'at akademiyasi -Xitoyda minlar davrida bu muassasa qayta tiklangan. Badiiy asarlarga tasviriy bezak berish san'ati rivojlangan, peyzaj san'ati gullab-yashnagan. 1⃣1⃣ Tasviriy san'at maktablari - 1850-yillardan boshlab AQSHda bir nechta tasviriy san'at va musiqa maktablari ochilgan.
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.