cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Advokat Tanbayev

📨 instagram.com/nurman_legal 📨 konsalting xizmati: @anonim_alien ☎️ +998 90 983-01-21 ⚖️ Ushbu blogda qonundagi yangiliklar hamda Advokat Bekzod Tanbayevning huquqiy mulohazalari yoritib boriladi 📝

Show more
Advertising posts
302
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

O‘rindoshlarga "bolnichnыy" to‘lanadimi? Vazirlar Mahkamasining 18.10.2012 yildagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 18 bandiga asosan O‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir. Sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015 yil 20 martdagi 25-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnomaning 19-bandiga asosan O‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimga o‘rindoshlik bo‘yicha ishlaydigan ish joyiga taqdim qilishi uchun asosiy ish joyiga taqdim qilinadigan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasining davolash-profilaktika muassasasi bo‘lim mudiri tomonidan tasdiqlangan nusxasi beriladi. Kanalga ulanish: @nurman_legal
Show all...
00:35
Video unavailableShow in Telegram
#Dubay 18+ Angrenlik yosh tadbirkor… @nurman_legal
Show all...
IMG_1016.MP412.03 MB
👎 2👍 1❤‍🔥 1🔥 1👏 1
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT ✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. ✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga); 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%); ✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). ✔️Kimlarga beriladi: ✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga ✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga ✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ✔️Quyidagilarga berilmaydi: ❌ super-kontrakt uchun; ❌ sirtqi; ❌ kechki; ❌ masofaviy; ❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy ✅ oliy; ✅ o‘rta maxsus; ✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari ✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. ❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi. ✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas). ✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi. ✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. ✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. ✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi. ✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. ✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin: 1) https://talim-krediti.mf.uz sayti; 2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677). Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin. Kanalga ulanish: @nurman_legal
Show all...
Ta'lim krediti Axborot tizimi

Тo‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan har bir talabaga bilim olish uchun qulay sharoitlar yaratish, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini yanada rag‘batlantirish va yoshlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

#uchrashuv Kech bo’lishiga qaramay ertangi sudlarimizdan oldin, himoyamiz ostidagi shaxslar bilan uchrashgani xibsxonaga keldik. @nurman_legal
Show all...
👍 11❤‍🔥 1🔥 1
#Meros Meros ochilgunga qadar uch yil mobaynida meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan merosxoʻrlar meros tarkibidan uy-joy, kvartira yoki boshqa turar joyni, shuningdek uy-joy ashyolari va roʻzgʻor buyumlarini olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar (FK 1153-moddasi). @nurman_legal
Show all...
#Poraxo’r Pora beruvchilarni porada tovlamachilik yoki pora berganlik toʻgʻrisida oʻttiz sutka mobaynida ixtiyoriy ariza berish asoslariga koʻra jinoiy javobgarlikdan ozod etish bu shaxslarning harakatlarida jinoyat tarkibi yoʻqligini bildirmaydi (JKning 211, 212-moddalariga izoh). Shu sababli ular jabrlanuvchi deb topilmaydi va pora tariqasida berilgan boyliklarni qaytarib olishni talab qilishga haqli emaslar. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentyabrdagi “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 9-son qarorining 16-bandi. Kanalga ulanish: @nurman_legal
Show all...
👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#YOU TUBE Bizni endilikda YOU TUBE ijtimoiy tarmog’ida ham kuzatib borishingiz mumkin !!! https://youtube.com/shorts/E-txyo4qt-k?si=v0_ireSTEhOHpJX_ @nurman_legal
Show all...
👍 1🔥 1
#ajrim Muhlat bermasdan arjrim qilsa bo’ladi(mi) ? Oila qonunchiligining asosiy manbalaridan biri - Oila kodeksida nikohdan ajratishning 2 ta tartibi nazarda tutilgan bo'lib, quyida nikohdan sud tartibida ajratishning muhlat masalasiga doir muhim jihatlarini ochib beramiz: Birinchidan, sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. Bu norma bizga sudning muhlat tayinlashi shart emasligini ko'rsatmoqda. Javobni aniqlashtirish uchun Plenum qaroridan foydalanamiz. Tegishli plenum qaroriga ko'ra, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda sud oilani saqlab qolish yuzasidan choralar ko‘rishi lozim. Shu maqsadda, sud majlisida oilani saqlab qolish mumkinligini tasdiqlovchi holatlar (bolalar borligi, nikohning davomiyligi, oiladagi munosabatlarning xususiyatlari, vaqtinchalik kelishmovchilik va boshqalar) aniqlanganda, sud har ikkala tarafning yoki ulardan birining iltimosiga binoan yoxud o‘z tashabbusi bilan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish ko‘rilishini keyinga qoldirishga va er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. Demak, yuqorida sanalgan va boshqa shu kabi holatlar bo'lmasa, suddan 6 oylik muhlatni qo'llamaslikni so'rash mumkin. Biroq shuni e'tiborga olish zarurki, agar sud muhlat qo'llashni ma'qul deb topsa, siz yarashish uchun beriladigan muhlatni uch oydan kam etib so'ray olmaysiz, chunki hatto er-xotinning o‘zaro roziligi asosidagi, o‘rtada voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari yo‘qligini tasdiqlagan holdagi nikohdan ajralish FHDY organida ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgach qayd etiladi. Aynan shu normaning talabidan kelib chiqib, sud yarashish uchun beriladigan muhlat uch oydan kam bo‘lishini samarasiz deb hisoblaydi. Yana shuni bilish kerakki, er-xotinga yarashish uchun muhlat berilishi munosabati bilan ishning ko‘rilishini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi sud ajrimi taraflarning tushuntirishlari tinglangandan so‘ng, zarur hollarda esa, boshqa dalillar tekshirilganidan so‘ng alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladi va ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi sababli uning ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin emas. Asos👇 1. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 40-moddasi; 2. "Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori 15-bandi; 3. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 400-moddasi. @nurman_legal
Show all...
👍 2🔥 1
00:37
Video unavailableShow in Telegram
#newreel Kimlar kam ta’minlangan oila deb e’tirof etiladi ? Natija qanday ! Sizning oilangizning rasmiy daromadi kishi boshiga bo’linganda 745 000 so’mdan oshdimi ? @nurman_legal
Show all...
IMG_0975.MOV13.32 MB
👍 3 2🔥 1
#majburlash Quyosh panellarini o’rnatish majburiy emas lekin o’rnatmasangiz svet va gazdan uzamiz o’zingiz tanlang ixtiyor o’zizda😉😉😝 Tadbirkorlar ustidan kulishda davom etamiz olg’a New Uzb Videoni ko’rish: https://youtu.be/tSLsteGBtDM @nurman_legal
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.