cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Mohida's blog📚

Kitoblar, shaxsiy qarashlar, fikrlar, tarjimalar va hislar. (Manba bilan oling.)

Show more
Advertising posts
302
Subscribers
+424 hours
+157 days
+7230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

​​#men_õqigan_kitob 📚Uzun kechalar © Oʻtkir Hoshimov 🖇Sahifa: 156 "Goho sutdek oydin kechalari hovli oʻrtasidagi supadami, chorpoyadami yotganingizda birdan uygʻonib ketasiz. Uzoq-uzoqlarda poyezd shovqini eshitiladi. Keyin elas-elas uzoqlashib borayotgan gʻildiraklar tovushi qulogʻingizga chalinadi. Shunda siz yuragingiz ko'ksingizga sig'may pitirlab ketganini his qilasiz. Allanechuk olis, ertak kabi goʻzal bir olam koʻz o'ngingizga keladi. Oʻsha yoqlarga ketib qolgingiz kelaveradi."                ©Uzun kechalar Men oʻzbek adabiyotidan juda koʻp asarlar oʻqiganman. Jahon adabiyotidan ham koʻp asarlar mutolaa qilganman. Lekin eng eng zoʻr kitoblarni oʻqiganimda ham Oʻtkir Hoshimov asarlarini o'qiganimdek maza qilmayman. Kitobga ilk mehr qoʻygan kezlarimda "Dunyoning ishlari" bilan "tanishganman", keyinchalik shu qadar qadrdon, sevimli boʻlib qolganidan 15-20 marttacha oʻqiganman. Yozuvchi asarlarining har birida, xatto eng oddiy hikoyasida ham oʻzbekona muhit ifori anqib turadi. Ushbu asarda esa uning turli yillarda yozilgan eng sara hikoyalari jamlangan. Oʻtkir Hoshimov asarlarining koʻpida bosh mavzu - onalarga qaratiladi. Ko'pida onajonlar madh etiladi. Kitobdagi hikoyalar ham kishini uzun-uzun o'ylarga to'ldiradi, qalbining tubida yashiringan tuygʻularini qoʻzgʻatadi, yuragini hapqirtirib, ba'zan koʻzini yoshga toʻldiradi. "Uzun kechalar" - Marat ismli ijodkorning Hilolaga oshiq boʻlib qolishi va bu bilan bogʻliq mojarolar tasvirlangan oddiygina hikoya. Lekin e'tibor qaratilsa, unda bir insonning, bir qalbning hislari, sevgi, muhabbatdan ham yuqori turadigan tuygʻular, ijodkor kishining oʻzgachaligi ochib berilgan. Yozuvchi sevgi, muhabbatni tarannum etgan hikoyalarining barida soʻnggi xulosa, soʻnggi o'yni kitobxonga qoʻyib beradi. Kitobga kiritilgan "Hotam xasisning xazinasi" hikoyasi o'qiguvchini olis oʻtmish, bolalik tomon yetaklaydi. Oʻsha davrdagi urush fojialari, "qoraxat" olaverib tiq etsa qoʻrqib turadigan xalq, oʻsha xalqning samimiyligi, pok, sof qalbi oʻquvchiga his ettiriladi. Asardagi "Dehqonning bir kuni" hikoyasini oʻqib, juda boshqacha muhitga tushib qoldim. Keyin qarasam hikoyaning davomi "Dehqonning bir tuni" ham bor ekan. Eng qizigʻi bu ikki hikoya orasida 20 yil bor. Yozuvchi oradan shuncha fursat o'tganiga qaramay oʻsha hikoyadagi kishilar; Muyassar va Alini qo'msaganini tasdiqlaydi. "Dehqonning bir kuni" da shirin orzularga toʻlib, endigina yangi hayotga qadam qoʻygan juftlik Muyassar va Alining taqdiri hikoya qilinsa, "Dehqonning bir tuni" da ular  yoshlari anchaga borib qolgan, uylantiradigan farzandlariyu, chiqaradigan qizlarining tashvishini oʻylagan keksa juftlik obrazida namoyon boʻlishadi. Ularning qizi Halimaning paxta terimiga chiqib, majburiy va qattiq mehnatdan vafot etgani oʻsha davr jiddiy muammolarini aks ettiradi. Va bu hikoyaning menga eng koʻp ta'sir qilgan qismi ham shu. Bu kabi hikoya, asarlarni oʻqiganimda ana oʻsha davrda, oʻsha vaziyatni boshidan oʻtkazganlar, qiyinchilik bilan kun oʻtkazgan xalqimning oʻtmishi, dardi hozir ham yuragimni tirnaydi. Kitobda yana bir judda ta'sirli hikoya - "Oʻzbeklar". 5-sinfligimda oʻqib, uncha anglamagan hikoyamni bugun qayta oʻqib koʻzlarim yoshga toʻldi. Butun mahalla, butun qishloqqa oʻzining samimiyligi, mehri bilan tanilgan, sevilgan Otinoyining beparvo va loqayd oʻgʻli Iskandar, uning soʻnggi pushaymoni tasvirlangan ushbu hikoya har bitta oʻqiguvchiga beixtiyor oʻz onasini, oʻz volidasini xotirlatadi. Men oʻylab qoldim. Bir zum oʻz onamni oʻylab qoldim. Agar Xudo koʻrsatmasin, shu ondayoq onamning vafot etgani haqida oʻylab qoldim. Tasavvur qildim. Tanam muzlab qoldi. Xatto oʻylashga ham qoʻrqdim. Hikoyadagi satrlarni oʻqirkanman, koʻzim jiqqa yoshga toʻldi. Yoʻq, bu hikoyani oʻqish kerakmas. His qilish kerak! Kitobda bundan tashqari "Yanga", "Tarnov", "Tasodif", "Jintepa" kabi hikoyalar ham judayam his qilarli qilib yozilgan. Zamonaviy aytganda har bitta hikoyada oʻzbek "atmosfera" si bor. Xullas, kitob oʻqishni endi boshlagan kitobxonlarga ham, boshqalarga ham qayta va qayta oʻqishni qattiq #tavsiya qilaman.
Show all...

3
#men_õqigan_kitob 📚Uzun kechalar © Oʻtkir Hoshimov 🖇Sahifa: 156 "Goho sutdek oydin kechalari hovli oʻrtasidagi supadami, chorpoyadami yotganingizda birdan uygʻonib ketasiz. Uzoq-uzoqlarda poyezd shovqini eshitiladi. Keyin elas-elas uzoqlashib borayotgan gʻildiraklar tovushi qulogʻingizga chalinadi. Shunda siz yuragingiz ko'ksingizga sig'may pitirlab ketganini his qilasiz. Allanechuk olis, ertak kabi goʻzal bir olam koʻz o'ngingizga keladi. Oʻsha yoqlarga ketib qolgingiz kelaveradi." ©Uzun kechalar Men oʻzbek adabiyotidan juda koʻp asarlar oʻqiganman. Jahon adabiyotidan ham koʻp asarlar mutolaa qilganman. Lekin eng eng zoʻr kitoblarni oʻqiganimda ham Oʻtkir Hoshimov asarlarini o'qiganimdek maza qilmayman. Kitobga ilk mehr qoʻygan kezlarimda "Dunyoning ishlari" bilan "tanishganman", keyinchalik shu qadar qadrdon, sevimli boʻlib qolganidan 15-20 marttacha oʻqiganman. Yozuvchi asarlarining har birida, xatto eng oddiy hikoyasida ham oʻzbekona muhit ifori anqib turadi. Ushbu asarda esa uning turli yillarda yozilgan eng sara hikoyalari jamlangan. Oʻtkir Hoshimov asarlarining koʻpida bosh mavzu - onalarga qaratiladi. Ko'pida onajonlar madh etiladi. Kitobdagi hikoyalar ham kishini uzun-uzun o'ylarga to'ldiradi, qalbining tubida yashiringan tuygʻularini qoʻzgʻatadi, yuragini hapqirtirib, ba'zan koʻzini yoshga toʻldiradi. "Uzun kechalar" - Marat ismli ijodkorning Hilolaga oshiq boʻlib qolishi va bu bilan bogʻliq mojarolar tasvirlangan oddiygina hikoya. Lekin e'tibor qaratilsa, unda bir insonning, bir qalbning hislari, sevgi, muhabbatdan ham yuqori turadigan tuygʻular, ijodkor kishining oʻzgachaligi ochib berilgan. Yozuvchi sevgi, muhabbatni tarannum etgan hikoyalarining barida soʻnggi xulosa, soʻnggi o'yni kitobxonga qoʻyib beradi. Kitobga kiritilgan "Hotam xasisning xazinasi" hikoyasi o'qiguvchini olis oʻtmish, bolalik tomon yetaklaydi. Oʻsha davrdagi urush fojialari, "qoraxat" olaverib tiq etsa qoʻrqib turadigan xalq, oʻsha xalqning samimiyligi, pok, sof qalbi oʻquvchiga his ettiriladi. Asardagi "Dehqonning bir kuni" hikoyasini oʻqib, juda boshqacha muhitga tushib qoldim. Keyin qarasam hikoyaning davomi "Dehqonning bir tuni" ham bor ekan. Eng qizigʻi bu ikki hikoya orasida 20 yil bor. Yozuvchi oradan shuncha fursat o'tganiga qaramay oʻsha hikoyadagi kishilar; Muyassar va Alini qo'msaganini tasdiqlaydi. "Dehqonning bir kuni" da shirin orzularga toʻlib, endigina yangi hayotga qadam qoʻygan juftlik Muyassar va Alining taqdiri hikoya qilinsa, "Dehqonning bir tuni" da ular yoshlari anchaga borib qolgan, uylantiradigan farzandlariyu, chiqaradigan qizlarining tashvishini oʻylagan keksa juftlik obrazida namoyon boʻlishadi. Ularning qizi Halimaning paxta terimiga chiqib, majburiy va qattiq mehnatdan vafot etgani oʻsha davr jiddiy muammolarini aks ettiradi. Va bu hikoyaning menga eng koʻp ta'sir qilgan qismi ham shu. Bu kabi hikoya, asarlarni oʻqiganimda ana oʻsha davrda, oʻsha vaziyatni boshidan oʻtkazganlar, qiyinchilik bilan kun oʻtkazgan xalqimning oʻtmishi, dardi hozir ham yuragimni tirnaydi. Kitobda yana bir judda ta'sirli hikoya - "Oʻzbeklar". 5-sinfligimda oʻqib, uncha anglamagan hikoyamni bugun qayta oʻqib koʻzlarim yoshga toʻldi. Butun mahalla, butun qishloqqa oʻzining samimiyligi, mehri bilan tanilgan, sevilgan Otinoyining beparvo va loqayd oʻgʻli Iskandar, uning soʻnggi pushaymoni tasvirlangan ushbu hikoya har bitta oʻqiguvchiga beixtiyor oʻz onasini, oʻz volidasini xotirlatadi. Men oʻylab qoldim. Bir zum oʻz onamni oʻylab qoldim. Agar Xudo koʻrsatmasin, shu ondayoq onamning vafot etgani haqida oʻylab qoldim. Tasavvur qildim. Tanam muzlab qoldi. Xatto oʻylashga ham qoʻrqdim. Hikoyadagi satrlarni oʻqirkanman, koʻzim jiqqa yoshga toʻldi. Yoʻq, bu hikoyani oʻqish kerakmas. His qilish kerak! Kitobda bundan tashqari "Yanga", "Tarnov", "Tasodif", "Jintepa" kabi hikoyalar ham judayam his qilarli qilib yozilgan. Zamonaviy aytganda har bitta hikoyada oʻzbek "atmosfera" si bor. Xullas, kitob oʻqishni endi boshlagan kitobxonlarga ham, boshqalarga ham qayta va qayta oʻqishni qattiq #tavsiya qilaman.
Show all...
2
Sayyidul ayyom muborak!
Show all...
17❤‍🔥 4💘 1
Oʻtgan yil bir tanishim "sizga qattiq kulish yarashmaskan" degandi, oʻshandan keyin yanayam koʻproq kulyapman. Yana qachondir kiygan ko'ylagimni yarashmabdi deyishdi. Oʻsha koʻylagimni yanayam yaxshi koʻrib qoldim. Kechagina yana aytishdiki, tishlarimni koʻrsatmay kulsam yaxshi ekan. Endiyam xohlaganimcha kulaman dedim. Menga shunisi yoqadi. Menga shunisi ma'qul. Menga shunisi qulay. Oʻzimga yoqadi. Nima muammo? Toʻgʻrimi)
Show all...
🔥 14 4❤‍🔥 2💯 2💘 1
Telegram tarmogʻida oʻzingiz sevib kuzatadigan kanal/kanallaringizni yozishingiz uchun 'post'.
Show all...
❤‍🔥 6 1💘 1
Photo unavailableShow in Telegram
#lirika Hijron kuzi Sovuqdan junjikdi janub qushlari, Turnalar samoda soldi arg‘imchoq. Suvga oqib ketdi shoir tushlari, Sen mendan, men sendan ketganda yiroq. Daraxtlar to‘kildi xazonrezgidan, Barglarni tunlari sovurdi shamol. Men biyron qovrildim ajib sezgidan, O‘yladim yashashdan ne edi a’mol?! Kuz xazon bog‘larda yoqdi alanga, Chopib o‘tib ketdi umr haytovur. Sen-chun hijron bilan kechguvchi jangda, Kurash qilsam kerak o‘lgunga dovur. Yulduzlar fazoda yoqar mash’ala, Bulutlar yopadi tun ridosini; Yuragim endi boy berilgan qal’a, Tinglamas hech qalbning iltijosini. Tinglamaganidek yaproqni daraxt, Rahm qilmagandek og‘ochga yomg‘ir. Dunyoga kuz chog‘i boqaman karaxt, Shamollar o‘tadi ko‘nglimdan g‘ir-g‘ir. Berazm boqaman berahm va tek, Asta sovib borar yurak nidosi; Uzoq-uzoqlardan eshitilgandek, Uchib ketayotgan qushlar sadosi.. © Sherzod Komil Xalil
Show all...
🔥 2💘 1
Menga yoqmaydigan narsalardan yana biri - ustoz oʻzini oʻquvchidan har jihatdan ustun tutishi. Bu haq gap. Biroq, oʻquvchisi bilan doʻstlashishga urinib, xuddi doʻstday, hamrohday ta'lim beradigan oʻqituvchi boʻlish, kekkaygan, oʻzini judalar yuqori oladigan, vaqti yetganda haqoratlashdan ham tap tortmaydigan oʻqituvchi boʻlishdan ming chandon afzalroq emasmi? Ustozlar - ulugʻ kishilar. Yaxshi oʻqituvchilarning poyiga poyondoz boʻlsang arziydi. Biroq boshqa narsalar haqida oʻylash kishini qiynaydi. Eh. Men, mana shuncha narsaga qaramay, dilimni tub-tubidan aytaman: maktabda oʻqish, ta'lim olish har bir bola uchun juda muhim deyman. Ha judayam muhim! Oʻsha beparvolik bilan oʻtiladigan darslar ham, onda-sonda quloqqa kirib qoladigan mavzular ham - bari muhim. Bekorga shuncha darslik ishlab chiqilmagan, bekorga harakat qilinmagan. Biroq kam. Ha, juda kam. Bu borada juda sustmiz. Falon-falon davlatlar ilmda rivojlangan boʻlsa, ularni ta'lim tizimini oʻzimizga olib kirish bilan rivojlanib qolmaymiz menimcha. Biz oʻzimizga xos boʻlgan, oʻz sharoitimizdan kelib chiqqan holda oʻzimiz uchun yangi ta'lim tizimini yaratishimiz - kashf etishimiz kerak. Ustoz, oʻqituvchilarimizning ta'limiga, axloqiga yaxshiroq e'tibor qaratishimiz kerak. Farzand tarbiyalayotgan ota-onalar bu tarbiya ustida qattiqroq ishlashlari kerak. Bular haqida qachon jiddiy bir islohotlar boʻladi bilmaymanu, faqat yozishni istadim. Maktab baribir boshqacha. Shirin his-tuygʻular, xotiralar, doʻstlar, oʻyin-kulgular hammasi oʻzgacha. Boʻlgani yaxshi. Lekin asosiy maqsadni unutib qoʻymaslik kerak. Bunday olib qaralganda bu ham bir ne'mat. Yoʻqolganda emas, hozir qadrini bilish, his qilish kerak. #mikrofon_Mohidada edi. Soʻnggiga qadar oʻqiganlarga tashakkurlarim.
Show all...
🔥 6💯 3❤‍🔥 1💘 1
Kuz kelib, sentyabr oyi boshlangandan beri har kuni oʻqish, darsga boryapman, koʻp narsalarni, koʻp kishilarni, koʻp voqealarni guvohi boʻlyapman. Avval u qadar e'tibor bermasdim, lekin hozir har bir voqeaga, har bir kishiga e'tibor qaratyapman. Avvallari maktab deyilganda nima tushunilgan bilmadimu, (har holda ilm tarqaladigan maskan sifatida tushunishgan) hozir maktab deyilsa ilk bor aqlimga og'zidan odi kirib, shodi chiqadigan, betgachopar, ho'kizday bo'lsayam haliyam oʻzini boladay tutadigan yigitlaru, sevgani bilan boʻlgan suhbatlarini oqizmay-tomizmay dugonasiga aytib beradigan qizlar, kiyinishda, pardoz-andozda bir biri bilan raqobatlashadigan tannozlar keladi. Men ular haqida koʻp gapirmoqchi emasman. Yurtimizdagi ta'lim tizimlaridan juda yaxshi xabardormiz, ortiqcha sharhga hojat yoʻq. Hali qarasa falon davlat ta'lim tizimini, hali qarasa yana bir boshqa tizimni joriy etib, hali hamon biror natijaga erisha olmaganlarning holati ham bizga ma'lum. Men ular haqida ham uncha gapirmoqchi emasman. Men ustozlarimiz haqida gapirmoqchiman. Oʻsha, bizga ziyo, ilm, ma'rifat ulashadigan, qalbi quyosh, mehri daryo ustozlar haqida. Men siyqasi chiqqan gaplarimni takrorlashdan hijolat boʻlmayman. Bir bolaga, farzandga, kishiga atrof-muhit, atrofdagi kishilar, ularning fe'l-atvori, xulqi judayam ta'sir qiladi. Bolaga uyda ota-ona oʻrnak boʻlsa, ta'lim maskanida o'z-o'zidan ustozlar oʻrnak. Soʻnggi vaqtlarda shu oʻrnaklar (umuman, ota-ona, ustoz) qanday holatga kelib qolishdi? Yurtimizdagi koʻp chekka-chekka qishloqlarda, shaharlarda, umuman olib qaraganda yaxshi, oʻz sohasida mutaxassis boʻlgan oʻqituvchilar kamayib ketgan. Fikrimcha, ustoz, oʻqituvchi, murabbiy - nafaqat oʻz ilmini ulashishi, nafaqat oʻz sohasining yetuk bilimdoni boʻlishi, balki axloq taraflama ham dars bera oladigan darajada boʻlishi kerak. Oʻzi gapirib, oʻz soʻziga oʻzi amal qilmaydigan ustozlarning oʻquvchi nazdida qanchalik qadri qoladi? Xuddi shu holatni ota-ona bilan sodir boʻlganini ham oʻylasak boʻladi. Toʻgʻri, axloq shakllanishida ustozlardan ham avval eng avval ota-ona muhim ahamiyatga ega. Bu haqda juda koʻp yozganim uchun ochigʻi ortiq yozgim kelmay qoldi. Lekin men ham Abdulla Avloniy singari najot qidirmoqchiman. Topolmayapman. O'ylayverib oʻyimda oʻy qolmadi. Oʻz oʻquvchisini do'pposlab ijtimoiy tarmoqlarga videosi tarqalgan oʻqituvchilar, oʻz ustoziga qoʻl koʻtarib tarqalib ketgan oʻquvchilar.. Maktab? Maktabning qiymati nazdimizda qanchalik qoldi? Ta'limning qiymatichi? Xoʻsh, ilm-maʼrifat uchun jonini berib olishganlar, shu kunlar uchun kurashishganmidi? Bizlarni faqat diniy ilm olishga mahkum qilib qoʻyishdi. Boshqasidan qisildik. Ba'zilarimiz soʻnggi lahzasigacha bu uchun kurashdi. Bizlarni paxtaga mahkum qilib qoʻyishdi. Ming harakatlar bilan undan ham oʻtdik. E'tiborimizni ilmga qaratdik. Ammo endi bizga koʻp narsa yetarli boʻlib qoldi. Avval yoʻqlikdan qiynalgan boʻlsak, endi toʻqlikdan qiynaladigan boʻlib qoldik. Oʻzimizni ilmparvar qilib koʻrsatdik. Rivojlanish, yanada taraqqiy etish uchun harakat qildik. Aniqrogʻi, shunday koʻrindik. Ko'rinyapmiz. Biroq, nazdimizdan chetda qolgan bir qancha masalalar borki, bular orasida eng muhimi - maktab, ta'lim. Oʻzingiz oʻylab koʻring, 10-20 yildan keyin farzandingiz maktabga chiqadi. Ulgʻayadi, o'sadi. Uni hozirgi muhitning ichiga bemalol qoʻyib yubora olarmidingiz? Kelajakdagi muhit qanday boʻlishi haqida bir oʻylab koʻring-a. Bir qiziqib koʻring. 10 yoshga yetar-yetmay yomon soʻzlar, so'kinishlarni aytadigan bolakayni oldida turing, uyalib ketasiz. Yoki sevgani haqida toʻlqinlanib gapiradigan qizlarni hikoyasini eshiting. U ishqiy qissani tinglagan quloqlaringiz qizarib ketadi. Ana shunaqa maskan boʻlib qoldi maktab. Ertalabdan baralla bo'kirtirib madhiya kuylashadi. Lekin Vatan deganda yuragi bir martta boʻlsin hapqirgan oʻquvchini kamdan-kam uchratasan kishi. Darslarda soatlab tarbiya haqida soʻzlashadi. Lekin nimagadir oʻsha narsani amalini na oʻquvchida, na oʻqituvchida ko'rasan.
Show all...
2💯 2💘 1
Kechga uzungina bir nimalar yozaman. Tayyor turinglar 😄
Show all...
❤‍🔥 7🤗 2🔥 1🐳 1🍓 1
Insonlar seni nazorat qila olmay qolgan taqdirda sendan nafratlanadilar. Sendan biror manfaat ololmay qolgan vaqtda seni tark etadilar. Hammasi oddiy, shugina.
Show all...
7❤‍🔥 2🔥 2💯 2🐳 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.