cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sayidboyev

Bu kanalda siyosatshunoslik asoslangan dunyodagi kanflikt markazlari hududiy nizolar, separatistik harakatlar, va qurolli guruhlar haqida maqolalar yozib boramiz. Ma’lumot ko'chirilganda manba ko'rsating. Takliflar uchun @Sayidboyev_D_O

Show more
Advertising posts
984
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Афғонистонни ўрганадиган баъзи ақлий-таҳлилий марказлар: 1. The Afghanistan Research and Evaluation Unit (AREU) Электрон саҳифаси: https://areu.org.af/ 2. Afghan Institute for Strategic Studies (AISS) Электрон саҳифаси: https://www.aissonline.org/en 3. Rand Corporation Электрон саҳифаси: https://www.rand.org/topics/afghanistan.html 4. Special Inspector General for Afghanistan Reconstruction (SIGAR) Электрон саҳифаси: https://www.sigar.mil/ 5. Stockholm International Peace Research Institute (SIPRI) Электрон саҳифаси: https://www.sipri.org/ 6. United States Institute of Peace Электрон саҳифаси: https://www.usip.org/regions/asia/afghanistan 7. Institute for the Study of War (ISW) Электрон саҳифаси: https://www.understandingwar.org/afghanistan 8. The Peace Research Institute Oslo (PRIO) Электрон саҳифаси: https://www.prio.org/research/locations/afghanistan 9. The Afghanistan Security Institute (AIS) Электрон саҳифаси: https://www.afgsecurity.org/ 10. Центр изучения современного Афганистана (ЦИСА) Электрон саҳифаси: https://afghanistan.ru/o-proekte 11. Pak Institute for Peace Studies Pvt Ltd. (PIPS) Электрон саҳифаси: https://www.pakpips.com/ 12. The Center for Afghanistan Studies Электрон саҳифаси: https://www.unomaha.edu/international-studies-and-programs/center-for-afghanistan-studies/index.php 13.The Afghan Studies Center (ASC) Электрон саҳифаси: https://www.afghanstudiescenter.org/ 14. The American Institute for Afghanistan Studies (AIAS) Электрон саҳифаси: https://afghan-institute.org/ 15. Institute for Afghan Studies Электрон саҳифаси: https://www.institute-for-afghan-studies.org/ 16. Centre for Afghanistan Studies (CAS) Электрон саҳифаси: https://jgu.edu.in/jsia/centre-for-afghanistan-studies/ 17. Центр изучения стран Ближнего и Среднего Востока Электрон саҳифаси: https://www.ivran.ru/oibsv 18. Институт международно-политических исследований при Фонде Т. Усубалиева Электрон саҳифаси: https://prudentsolutions-analitika.org/category/%d0%b0%d1%84%d0%b3%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd/ Manba suhrob_buranov @Sayidboyev_O_D
Show all...
Siz ko'rib turgan video va suratlar AQSh ba Yevropa Universitetlari talabalari Isroilning G'azo qilayotgan qatlimomiga qarshi namoyishlar politsiya va kuch ishlatar tuzumlar orqali tinch nomoishlarni bostirilishiga urinishlar. Biz hozir hozir voqealar xronikasi va taraflarning bayonotlarini ko'rib chiqamiz va AQSH va Yevropa demokratiyasi sionizm oldida tiz cho'kyaptimi yo'qmi shaxsiy xulosalarimizni chiqaramiz. Voqealar Nyu-Yorkdagi Kalumbiya Universitetida namoishga chiqgan talabalar hibsga olinishi bilan avj oldi va boshqa universitetlarga ham yoyildi. Namoishlar qaysi Universitetlarda bo'lmoqda: ▪️Yel universiteti ▪️Texas universiteti ▪️Kolumbiya universiteti ▪️Massachusets texnologiya instituti ▪️Minnesota universiteti ▪️Kaliforniya universiteti, Berkeley Pitsburg universiteti ▪️Nyu-Yorkdagi Rochester universiteti ▪️ Tufts universiteti ▪️Michigan universiteti ▪️Merilend universiteti ▪️Janubiy Kaliforniya universiteti ▪️Ogayo shtati universiteti ▪️Massachusets shtatidagi Emerson kolleji ▪️Pensilvaniyadagi Swarthmore kolleji ▪️Kaliforniya Politexnika Universiteti, Gumboldt AQSh rasmiylari bu voqealarga qanday bayonot berdi AQSh prezidenti: Universitetlarda bo'layotgan antisemist harakatlardan chuqur qayg'udamiz va talabalardan namoyishlarini to'xtatib o'z o'qishlarga qaytishini so'raymiz. Biz yahudiylarga qarshi har qanday millatchilik harakatlarini qoralaymiz. Vakillar palatasi spikeri Jonson namoyishchilar oldida chiqish qildi: Bo'layotgan namoyishlar antisemitizm va yahudiylarga qarshi harakatdir. 7-oktyabr kuni Falastin kuchlari isroillik chaqaloqlarni “pechda” “pishirgan” Xo'sh keling ko'rib chiqamiz bu namoyishlar genotsid va qatliomga qarshi namoishlarmi yoki antisemitizm? Bu antisemitizm emas ekaniga birinchi isbod bu namoyishlarda faol qatnashayotgan va Isroil jinoyatlarini qoralayotgan yahudiy talabalari, o'zi yahudiy bo'lgan odamni antisemit deyish kulgili. Bu qanchalik kulguli bo'lmasin lekin namoyishlar vaqtidan bir qancha yahudiy talabalari antisemitizmda ayblarning qamoqqa olindi. Bu namoyishlar antisemitizmga aloqa yo'qligining yana bir isboti namoyishlarda yahudiy millatiga qarshi hech qanday chaqiriqlar yo'q faqat Isroil va uning millatchi bo'lgan elitasiga qarshi choralar ko'rish va qurol yetkazib berishni taqiqlashdan iborat. Kolumbiya universiteti talabalari uchun shartlar: 1. Isroilning aparteididan, genotsiddan va Falastinni bosib olishidan foyda ko'ruvchi korporatsiyalarning barcha mablag'larini, shu jumladan xayr-ehsonlarni rad eting. 2. Kolumbiya moliyaviy sarmoyalarining to'liq shaffofligi. 3. Falastinni qo'llab-quvvatlagani uchun jazolangan yoki ishdan bo'shatilgan barcha talabalar va o'qituvchilar uchun amnistiya. Nima uchun univesitetlarda namoshlar qoralanyapti? Buning asosiy sababi universitetlarning asosiy donrlari bu Yahudiy milliarderlar ular universitetlarga katta grant maglag'lar ajratadilar. AQShda va Yevropada tinch namoyishlar nega kuch bilan bostirishga urinishlar bo'lmoqda? Buni bir so'z bilan tariflamoqchi bo'lsak Yahudiy lo'bbisi. AQShda Yahudiy lo'bbisi shu darajada kuchliki bu qonun chiqarishda va boshqa narsalarga doim o'z ta'sirini ko'rsatib kelgan. Hattoki so'nggi kunlarda yahudiy lo'bbisi AQSh demokratiyasi dan kuchli ekani ko'rinmoqda. AQShda so'z erkinligi juda kuchli har qanday odam fikrini erkin bildirishi mumkin va xoxlagan paytida namoyish va petitsiyalar o'tkazishi mumkin hatto AQSh prezidentlariga qarshi bu esa AQSh kanistitutsiyasi bilan himoyalangan. Xulosa qilib aytganda siz AQShda yoki Yevropada xoxlagan paytingiz namoyish uyushtirishingiz mumkin agar bu namoyish Isroilga qarshi bo'lmasa. Bu voqealar AQSh va Yevropaning ikki standartli siyosati dunyoda odamlarda Demokratiyaga nisbatan ishonchni sindirmoqda bu esa yomon va odamlarda aftakatiyalarga bo'lgan simpatiyani kuchayishiga olib kelishi mumkin, G'arb davlatlari Isroilga nisbatan siyosati ko'rib chiqmasa bu ularning dunyo hamjamiyati orasida reputasiyasini tushirishga olib kelishi mumkin.
Show all...
Ko'pchilikda bu voqealardan keyin Demokratiyaga nisbatan nafrat yoki ishonchsizlik paydo qilayotgan bo'lishi mumkin lekin shuni esdan chiqarmangki Demokratiya bu G'arb davlatlaring ikki standartli siyosati emas Demokratiya bu Isroilning qatliomiga qarshi namoshlar va mitinglar qilayotgan va buni baralla aytayotgan millionlab odamlaridir. @Sayidboyev_O_D
Show all...
2.04 MB
2.14 MB
13.12 MB
4.92 MB
5.31 MB
5.82 MB
2.92 MB
7.18 MB
5.18 MB
👍 1
Миллий ёки минтақавий ўзлик? Марказий Осиё минтақасини ўрганадиган ёки минтақа бўйича доимий равишда ўз фикрларини билдириб борадиган соҳа мутахассислари ва олимлари орасида бугунги кунда Марказий Осиё қандай ҳамкорлик йўлидан бормоғи лозим, деган баҳсли мунозаралар учраб туради. Табиийки, бу ерда кимдир минтақавий ҳамкорлик, кимдир минтақавий интеграция, яна кимдир Маслаҳат учрашуви форматини мақбул деб ҳисоблайди. Бироқ, сўнгги пайтларда экспертлар томонидан минтақавий ўзлик деган атама ҳам тез-тез ва кенг истифода этилмоқда. Бу атамани ишлатиш бугунги кун учун қанчалик ўринли ёки уни рўёбга чиқиши ҳақиқатга яқинми? Минтақавий ўзлик тушунчасини оддий изоҳлаганда у минтақани аввалгидек Туркистон деб номланган минтақавий ўзлигига қайтариш мақсадларини назарда тутади. Буни имкони борми? "Туркистон - умумий уйимиз". Ушбу ғоя мустақиллик йилларида Ўзбекистон ташаббуси билан ишлаб чиқилиб, ташқи сиёсатда илгари сурилган вақтда кутилган натижаларга олиб келмади. Чунки, Тожикистон томони буни миллий ўзлигига тўғри келмайди, деб ҳисоблади. Шимолдаги йирик ташқи кучлар омили ҳам бунга тўсқинлик қилди. Марказий Осиё ҳамкорлик ташкилоти (МОҲТ). Ушбу ташкилотнинг тўлақонли фаолият юритишида Туркманистоннинг нейтралитет мақомини рўкач қилиб олиши ва саммитларда иштирок этмаслиги, шунингдек, Нурсултон Назарбоевнинг 2005 йилда Россияга ташрифи чоғида ташкилотга Россияни қўшиш таклифи (шундан кейин Евроосиё иқтисодий ҳамжамиятига айланди) тўсқинлик қилди ва МОҲТнинг дарз кетишига сабаб бўлди. Маслаҳат учрашуви. 2017 йилдан Ўзбекистон ташаббуси асосида ишлаб чиқилган ушбу формат том маънода Марказий Осиё минтақасини яқинлаштирди, деб айтиш мумкин. 5 та давлатнинг ҳар бирида саммитлар ўтказилди. Аммо, ушбу форматнинг нуфузини кучайтириш, жумладан минтақавий мувофиқлаштирилган шартномалар имзоланиши ва унинг мақомини ташкилот даражасига кўтариш зарурияти мавжуд. Чунки, минтақа давлатларининг ташқи сиёсий масалалардаги позициялари кўпинча ҳар хил ва баъзан бир-бирига тескари ёхуд фақат миллий ўзликка (миллий манфаатлар) таяниб қолмоқда. Хуллас, минтақадаги миллий-минтақавий ўзлик ғояларининг бир-бири билан мувофиқ бўлиши ягона минтақавий тафаккур вужудга келишининг замини ҳисобланади. Бугунги таҳликали замонда Марказий Осиё бирлашиши лозим. Шу сабабдан: 1. Ўзбекистон ташқи сиёсатида "Марказий Осиё марказий осиёликлар учун" тамойилини қўллаб-қувватлаш; 2. Маслаҳат учрашуви форматини Марказий Осиё Иттифоқига айлантириш; 3. Ўзбекистонда минтақавий бирдамликни таъминлаш ғояларини ўз сиёсий дастурларида мужассам этган "Марказий Осиё" сиёсий партиясини таъсис этиш мақсадга мувофиқ. Жаҳон тажрибасида, жумладан Европада ташқи сиёсий ғояларни илгари сурадиган шундай партиялар фаолияти йўлга қўйилган. @suhrob_buranov @Sayidboyev_O_D
Show all...
🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bugungi rejalarimiz: Butun dunyoda ko'p nizolarning zamirida millatchilik yoki etnik diniy bo'linishlar yotadi. Misol uchun Yaqin Sharq Arablar, Kurdlar, Sunniylar, Shialarga bo'lingan va bu urushlar ning oxiri yo'qday ko'riladi. Yevropa ham o'rta asrlarda urushlar girdobida edi bunga ham ko'pincha etnik diniy nizolar sabab bo'lgan. Xullas bugun millatchilik nimalarga olib kelishi va kelib chiqqan katta urushlar va oqibatlari tahlil qilib joylaymiz. @Sayidboyev_O_D
Show all...
👏 3🔥 1
Shuni takidlash kerakki Markaziy Osiyo yuksalish iqtisod rivojlanishi va hech qaysi bir davlatning siyosiy ta'siriga tushib qolmasligi uchun Markaziy Osiyo integratsiyasi juda muhim biz birlashsak kuchmiz. @Sayidboyev_O_D
Show all...
Markaziy Osiyo turli etnik, madaniy va geosiyosiy murakkabliklari bilan ajralib turadigan mintaqadir. Ushbu mintaqada turli omillar tufayli bir nechta potentsial nizolar paydo bo'lishi mumkin: Suv resurslari Markaziy Osiyoda sug'orish va dehqonchilik uchun muhim bo'lgan Amudaryo va Sirdaryo kabi bir qancha yirik daryolar joylashgan. Suvdan foydalanish, to'g'on qurish va yuqori-quyi oqim munosabatlari bilan bog'liq nizolar Qozog'iston, O'zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston kabi ushbu resurslarni taqsimlovchi mamlakatlar o'rtasida ziddiyat va nizolarga olib kelishi mumkin. Etnik va diniy xilma-xillik Markaziy Osiyo etnik va diniy jihatdan xilma-xil bo'lib, aholisi qozoqlar, o'zbeklar, tojiklar, qirg'izlar, turkmanlar va boshqalar, shuningdek, sunniy va Shia musulmonlari, nasroniylar va boshqa diniy guruhlarga ega. Etnik ziddiyatlar, diskriminatsiya va diniy ekstremizm, xususan, Chegaradagi nizolar Markaziy Osiyo mamlakatlarida sovet davriga oid chegara nizolari hal etilmagan. Ko'pincha hudud yoki resurslarga kirish bilan bog'liq bo'lgan ushbu nizolar diplomatik kanallar orqali hal qilinmasa, nizolarga aylanishi mumkin. Masalan, Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasidagi chegara keskinlik manbai bo'lib, chegara kuchlari o'rtasida vaqti-vaqti bilan to'qnashuvlarga olib keldi. Tashqi ta'sir Markaziy Osiyo Rossiya, Xitoy va AQSh kabi yirik davlatlar o'rtasidagi strategik joylashuvi tufayli geosiyosiy ahamiyatga ega. Mintaqadagi ta'sir va resurslar, shu jumladan energiya zaxiralari, infratuzilma loyihalari va harbiy bazalar uchun raqobat mavjud keskinlikni kuchaytirishi va mintaqaviy va tashqi sub'ektlar o'rtasidagi ziddiyatlarga yordam berishi mumkin. Terrorizm va ekstremizm Markaziy Osiyo qashshoqlik, siyosiy repressiya va etnik shikoyatlar kabi omillar ta'sirida terroristik tashkilotlar va ekstremistik mafkuralar uchun zamin bo'lib kelgan. Radikal guruhlarning, shu jumladan O'zbekiston Islomiy harakati (O'IH) va Islomiy Davlat (IShID) ning mavjudligi xavfsizlikka tahdid soladi va ichki nizolar va beqarorlikka olib kelishi mumkin. Ekologik muammolar Markaziy Osiyo cho'llanish, suv tanqisligi va iqlim o'zgarishi kabi ekologik muammolarga duch kelmoqda, bu esa mavjud ijtimoiy-iqtisodiy keskinlikni kuchaytirishi va tabiiy resurslar, yerdan foydalanish va migratsiya shakllari bo'yicha ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. @Sayidboyev_O_D
Show all...
🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Isroilning davlat sifatida shakllanishi va Britaniya mandati qurolli qarshilik. Isroilning davlat sifatida shakllanishi: 1948 yilda Isroil davlatining tashkil etilishi Britaniyaning Falastin uchun mandati va ikkinchi Jahon urushi oqibatlari fonida sodir bo'ldi. urushdan so'ng Birlashgan Millatlar tashkiloti Falastin uchun bo'linish rejasini taklif qildi, Quddus xalqaro shahar sifatida alohida yahudiy va Arab davlatlarini yaratishni tavsiya qildi. Reja yahudiy rahbarlari tomonidan qabul qilingan, ammo Arab rahbarlari tomonidan rad etilgan. 1948-yil 14- May kuni , David Ben-Gurion, yahudiy agentligi rahbari, Isroil davlati tashkil e'lon qildi. Ushbu deklaratsiyadan so'ng yangi tashkil etilgan Isroil kuchlari va uning atrofidagi Arab davlatlari o'rtasida qurolli to'qnashuv bo'lib, 1948 yilga olib keldi Arab-Isroil urushi. Britaniya mandati davri (1920-1948), Falastinda yahudiy va Arab jamoalari o'rtasidagi ziddiyatlarning kuchayib borayotganiga vaqt edi, bu raqobatdosh milliy harakatlar va Evropada ta'qiblardan qochgan yahudiy muhojirlarining oqimi kuchaydi. Britaniya hukumati nazoratni saqlab qolish uchun kurashdi va ko'pincha ikkala tomonning qarshiliklariga duch keldi. Yahudiylarning qarshiligi Xaganah, Irgun va Lehi (Stern Gang) kabi Yahudiylarning harbiylashtirilgan tashkilotlari Britaniya kuchlari va infratuzilmasiga qarshi sabotaj, suiqasd va partizanlar urushi bilan shug'ullanishgan. Ularning maqsadi Britaniya hukmronligining tugashini tezlashtirish va Yahudiylarning vatanini barpo etish edi. Britaniya mandati qurolli qarshilikka harbiy kuch bilan javob berdi harbiy holat, hibsga olish va isyonlarni bostirish uchun qo'shinlarni joylashtirish. Biroq, bu choralar ko'pincha qattiq qarshiliklarga duch keldi va tartibsizliklarni butunlay bostira olmadi. Britaniya hukmronligi ostida Britaniya mandati Falastinda o'zining huquqiy tizimini joriy qildi, unga Britaniya uslubidagi sudlar va sud protseduralari kiritilgan. Qurolli qarshilikka aloqador bo'lganlar uchun hukm jinoyatning og'irligiga va sudlarning ixtiyoriga qarab turlicha bo'lgan. Qurolli hujumlar, portlashlar yoki suiqasdlarda qatnashganlikda ayblangan shaxslar qattiq jazolarga duch kelishdi, jumladan qamoq, deportatsiya yoki hatto qatl. Britaniya hukumati jazo choralari orqali tartibni saqlashga va keyingi zo'ravonlik harakatlarini oldini olishga intildi. @Sayidboyev_O_D
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.