cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

zouᴉɹɥǝW

telba-teskari olamimga xush kelibsiz)

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
2 089
Subscribers
+524 hours
-57 days
+1730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#Tanishing #Tabriklaymiz “Istedodli talaba qizlar uchun ta’lim granti” ning yana bor sohibasi. Mahliyo o’zigagina mahliyo bo’lgan shoirlardan emas. Yozganlaridan ko’p o’qiyotgani, izlanayotgani seziladi. Dunyoni yoqib yuboradigan yong’ini bor uning yuragida. Umid qilamanki, bu o’t so’nmaydi. Umid qilamanki, u shunchaki shoir bo’lmaydi, katta shoir va shaxs bo’ladi. Telefonlashganimda, muhtoj bo’lishiga qaramay, o’zining manfaatidan kechib, “mendan sharoiti og’irlarga beravering grantni, roziman”, deganida ichimga shu umid uchquni tushdi. Sizni va she’rlaringizni topganimdan xursandman, Mahliyo. *** Men yiqildim ,tizzalarim qon, Bardoshimni simirdi toshlar Menga Vatan edi Os(i)mon, Lek zaminda sudralar loshim.   Har tong yulqib nuqradek nurni, Peshonamga aylarman safar Yuragimda gurlagan o‘tdan Qanday yonib ketmaysan shahar?   Yo‘lim — xatar,qadamda — ta’qiq Yonishlarim o‘tda — shohsuvor Bu erksevar yuragim haqqi — Tangrim, menga bir isyon yubor!   Uloqtirib mudroqlik yukin, Safar boshlay cheksizlik tomon. Menga qafas bo‘lmasin toki, Na-da zamin va na Os(i)mon!     *** Isitmadan yorishadi tong, Hilviraydi shamol ko‘lkasi. Qo‘shiq boshlar o, horg‘in dunyo, Bir diydorga zordek, muntazir.   Isiriqning achqim dudidan, Yuragimga suqiladi g‘ash, Nafarmon tong yulqir yopinchiq, Boshlanadi qalblarni savash.   Eshik ochib kelar izg‘irin, Qunushgancha mudraydi so‘roq. Va titroqlar boshlaydi irim, So‘ngaklarim aylashib qo‘noq.   Tomog‘imga alam cho‘g‘ bosib, So‘z aytmoqqa yo‘l bermas- sabil. Jolalarim barchasi-osiy, Jallodsifat ko‘zlaring kabi.   Lahzalarda xotiring latif, G‘arqi-ummon dardiga shayman. Tabib bo‘lsang jonimga in, yo Tokaygacha og‘rib yashayman?... ✍️Mahliyo Xurram Mahliyo Xurram–2004-yil, Samarqand viloyati, Kattaqo’rgon tumanida tug’ilgan. Alisher Navoiy nomida o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi. @mehrnoz_abbos
Show all...
43👍 22🔥 7
Photo unavailableShow in Telegram
#Tanishing “Iste’dodli qizlar uchun ta’lim granti”ning 1- sohibasi Nafisa bus-butun shoir ekan. She’rlarini o’qib, dengizdan marvarid topgandek xursand bo’ldim. Tuyg’ulari ismidek nafis. Muhimi, satrlarida zo’rakilik, soxtalik yo’q. Muhimi, SO’Zni ich-chidan his qolib yozyapti. Buxoriy pirlarning ruhi hamroh bo’lsin singlimga. Bizga esa yangi nom muborak! "Avvalim Oxirim,oxirim. Ko‘ksimga muhabbat o‘qlarin Bexato qadagan mohirim..." Xonzodabegim Jamalova   1   Quyginay Jomlardan to‘kilsin Toshgani ishqimiz yurakdan   Qo‘yginay Shomlarim o‘kinsin Qo‘shgani taqdirim keraksan   Qisirlab Sinadi ko‘zkosam Diydamni teshadi yoshlari   Hislarim Kezadi sarosar Siyratim eshila boshladi   Nifoq ko‘p Hazillar arzimas Yashamni maydalab hazmla   Taloto‘p Kulfatim arimas Bo‘g‘zimni yutaman qismlab   To bugun G‘aflatni yondirib Kirmasang yurakdan ichkari   Bus-butun Tanimni qoldirib Sensiz jondan bo‘lsin kechganim!     2   Mahkumman Qamalgan botinim Mahkamman Qimirlay botinib   Keng samo Tor ko‘ngil ko‘chasi Kelsam-u Sen qo‘ysang chiqazib   Ne holim Ichimda xavotir Niholim Qonimga g‘am botir   Qo‘ymading Qayg‘uga qo‘shniman Kuymanib O‘zimga o‘xshamay   Qoyilman Ayirding Ka‘bamdan Qolibman Yop-yolg‘iz kapamda ✍️Nafisa Abdurahmonova Buxoro viloyati Kogon tumanida tug’ilgan. O’zbekiston Milliy universiteti talabasi. @Mehrnoz_abbos
Show all...
61👍 21🔥 14❤‍🔥 8
G’olib bo’lmagan boshqa hamma qizlarga ham e’lonim bor… Hammangizni g’oyibona yaxshi ko’rdim. Rahmat, qizlar🩷 @mehrnoz_abbos
Show all...
43🔥 10👍 7❤‍🔥 5
Iste’dodli talaba qizlar uchun e’lon qilgan ta’lim granti sohibalari aniq bo’ldi. Birozdan so’ng ularning kimligi va ijod namunalari bilan tanishtiraman. @mehrnoz_abbos
Show all...
31❤‍🔥 7🔥 7👍 6👏 4
kechagi podkastni ko’rgan bo’lsangiz, oxirida yangi loyiha e’lon qildik. Do’stlaringiz bilan birga qo’shilinglar👇 https://t.me/DeeMeDM @mehrnoz_abbos
Show all...
D&M

Bu yerda Dee ham Me ham yo’q, DO’STLIK bor, chaqaloq tuyg’ular bor, ismini o’zingiz qo’yvolasiz)

14🔥 8👍 6
01:44
Video unavailableShow in Telegram
Aslida Dee va Me ning suhbatlari qanday kechadi? Bu galgi “Aslida” da shunga javob olsangiz kerak. Hech qanday tayyorgarliksiz olingan 1-poskastimiz bu. Hayotda qanday gaplashdak, tab-tabiiy, shundayligicha kameraga muhrladik, montaj ham qilmadik. “Bo’lsak, oxirigacha fosh bo’laylik”:) Ko’p sharhlamayman. Endi izoh sizdan… https://youtu.be/iiAMstp0v_c?si=y5atzWkHPNZqUG6b @mehrnoz_abbos
Show all...
IMG_6573.MP48.97 MB
👍 31 19❤‍🔥 5🔥 4🤩 3😁 2
“Aslida” ning yap-yangi soni tayyor. Chiqsinmi? Ko’rasizlarni? @mehrnoz_abbos
Show all...
🔥 29❤‍🔥 13👍 5🐳 4😭 2💔 1
01:42
Video unavailableShow in Telegram
Bugun turkiylarning chin shoiri – SHAVKAT RAHMON tug’ilgan kun! Shavkat Rahmonni ham shoir ham odam bo’lishni uddalagan noyob shaxs sifatida bilaman, tirik va rost so’zlari abadiyatga dahldor ekanligiga ishonaman. Ruhlari shod, oxiratlari obod bo’lsin, ilohim🤲 mehrnoz_abbos
Show all...
IMG_6524.MP48.82 MB
43🔥 17👍 13🥰 7
Repost from MehrNoz
01:41
Video unavailableShow in Telegram
Bugun turkiylarning chin shoiri – SHAVKAT RAHMON tug’ilgan kun! Ruhlari shod, oxiratlari obod bo’lsin🤲 Shoirning tirik va rost so’zlari abadiyatga dahldor ekanligiga ishonaman men. abbosova_mehrinoz
Show all...
IMG_9269.MP419.97 MB
1
Repost from N/a
СПЕКТАКЛЬ ОЛҚИШ УЧУН ҚЎЙИЛМАЙДИ… Баҳодир Йўлдошев билан суҳбат ...Муҳаббат бу жуда оғир туйғу. Бунинг масъулиятини елкага олиш ниҳоятда қийин. Инсонга Оллоҳдан рассомлик, ёзувчилик, қўшиқчилик истеъдоди берилганидек, севиш истеъдоди ҳам берилади. Сева билиш ҳам қобилият. Шунинг учун бу туйғу ҳаммага ҳам берилавермайди. Инсониятни давом эттириш учун табиатан эркак ва аёлга қандайдир туйғу берилган, лекин бу муҳаббат эмас. Ҳақиқий муҳаббатлар насл қолдиришни эмас, комилликни ўйлайди. Жульетта билан Ромео икки соат ичида қариб кетадилар. Муҳаббат одамни улғайтириб, камолга етказади, аммо ниҳоятда тез қаритади. Чунки дунёда бошқа қиладиган иш қолмайди. Ҳамма маъно-ю сир-асрорларнинг тагига етиб бўлишади. Бир-бирини кучли севган инсонлар бу заминда биргаликда бахтли ҳаёт кечиришлари қийин... Батафсил: https://telegra.ph/SPEKTAKL-OL%D2%9AISH-UCHUN-%D2%9A%D0%8EJILMAJDI-08-20 @Iqbol_Qoshshayeva
Show all...
СПЕКТАКЛЬ ОЛҚИШ УЧУН ҚЎЙИЛМАЙДИ…

Баҳодир Йўлдошев билан суҳбат Бир вақтлар ўзбек театр санъатининг дарғаларидан бири Тошхўжа Хўжаев ўзининг ворисига “Дунёда касблар кўп. Уларнинг кўпи инсонга шон-шуҳрат, бойлик, обрў келтиради. Лекин режиссёрлик касби бошқача. Бу тинимсиз машаққатли меҳнат ва ҳар бир спектаклда ўзингни кашф қилишдир…” деб бежиз айтмаганини йиллар исботлади. Баҳодир Йўлдошев!.. Бу ном таниш бўлган ҳар бир кишининг шууридан бир-биридан зиддиятли ўй-фикрлар ўтиши табиий. Инкор қилиб бўлмайдиган ҳақиқат шундаки, ўзбек театрининг…

🔥 10👍 6 4
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.