cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Antikor matbuot kotibi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi Sherzod Saparovning rasmiy sahifasi

Show more
Advertising posts
402
Subscribers
+924 hours
+307 days
+7130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘tkazib kelinayotgan o‘rganishlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Ma’lumki, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasida davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida”gi 103-son Qaroriga asosan, davlat banklari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga, xizmat yuzasidan pul belgilariga va pul (bank) hujjatlariga bevosita aloqasi bo‘lgan mansabdor shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga asosan Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri shakllantirish va yuritish maxsus vakolatli davlat organiga yuklatilgan. Agentlik OAV, jurnalistlar va blogerlarni jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi faolliklarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlarni xolis va haqqoniy yoritib borishda ular bilan hamkorlikka doim tayyor va ochiq ekanligini bildiradi. @SherzodSaparov
Show all...
00:49
Video unavailableShow in Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solish bo‘yicha yagona amaliyotni shakllantiruvchi vakolatli organ sanaladi. Agentlik mazkur sohada qanday vakolatlarga ega? Bu haqda mazkur video orqali tanishing! @SherzodSaparov
Show all...
IMG_2381.MP43.92 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Adliya vazirligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq eng muhim masalalarni qamrab olgan uslubiy ishlanmalar tayyorlanib, davlat organi va tashkilotlariga elektron shaklda yetkazildi. Jumladan: 🔖Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qo‘llanma 🔹manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning umumiy qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartib-qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha elektron yordamchi sanaladi. 🔖Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar 🔹manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda ularni bartaraf etish choralariga oid 49 ta muammoli savol va vaziyatlar (kazuslar)ni o‘z ichiga oladi. 🔖Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar va bunday vaziyatlarda ko‘riladigan choralar bo‘yicha illyustrativ tarqatma materiallar
Mazkur materiallar davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga masʼul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar (korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yoki kadrlar bo‘linmalari), shuningdek, Odob-ahloq komissiyalari faoliyatida uslubiy yordam bo‘lib xizmat qiladi.
@SherzodSaparov
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Qonunchilik talablariga zid tarzda o‘tkazilgan 403 mln so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ohangaron shahar kasb-hunar maktabi buyurtmachiligida joriy yilning avgust oyida isitish tizimini taʼmirlash uchun zaruriy mahsulotlar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 403 mln so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Jumladan, xarid komissiyasining bayonnomasi bilan tanlovda ishtirok etgan 5 nafar ishtirokchidan “Global Trade Stroy Servic ”MCHJ tanlov g‘olibi, “Ozod Zavqli Baraka” MCHJ esa zaxiradagi g‘olib deb topilgan. O‘rganishlarda ushbu xaridda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 32-moddasi (Baholash mezonlariga va tartib-taomillariga taalluqli qoidalar), 61-moddasi (Tanlashni o‘tkazish) talablariga zid tarzda baholash jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi maʼlum bo‘ldi. Qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan yuborilgan Agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomasi bekor qilinishi taʼminlanib, davlat xaridi qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olindi. O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan  hujjatlar esa qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. @SherzodSaparov
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi yalpi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruzasi ko‘rib chiqilmoqda. Kun tartibidagi masala yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov axborot bermoqda. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda. @SherzodSaparov
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Shu kunlarda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri A.Voitov va boshqalarga oid jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda
sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasining (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi a-bandi, v-bandi, 205-modda (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi a-bandi, 206-modda (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi a-bandi, 209-modda (mansab soxtakorligi) 2-qismi a-bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoniga muvofiq, davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid ishlar bo'yicha sud majlislari telekanallar, shuningdek, internet tarmog'i orqali jonli efirga uzatilishi lozimligi belgilangan. Shunga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur sud majlisi yuqoridagi Farmon talablari asosida jamoatchilik uchun ochiq tarzda o'tkazilishi maqsadga muvofiq ekanligini ma’lum qiladi. @SherzodSaparov
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan avtotransport vositasi xarid qilinayotganligi to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan Ta’kidlash joizki, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari xarajatlarini tejash hamda budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish maqsadida, Agentlik balansidagi iqtisodiy samaradorligi past 2 ta avtotransport vositalari e-auksion.uz (1,2) platformasi orqali sotuvga qo‘yilgan va bu haqida rasmiy veb-saytda e’lon joylashtirilgan. Shuning hisobidan bir dona yoqilg‘i-tejamkor BYD SONG PLUS DM-i CHAMPION avtomobili xarid qilinishi rejalashtirilgan. Avtotransport vositalari sotuvidan tushgan mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda 50 foizi budjet daromadiga, 50 foizi Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Xarid qilinayotgan yangi xizmat avtomashinasi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari doirasida amalga oshirilmoqda. Agentlik OAV, jurnalistlar va blogerlarni jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi faolliklarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlarni xolis va haqqoniy yoritib borishda ular bilan hamkorlikka doim tayyor va ochiq ekanligini bildiradi. @SherzodSaparov
Show all...
00:15
Video unavailableShow in Telegram
Aziz yurtdoshlar O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami bilan barchangizni tabriklayman! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 @SherzodSaparov
Show all...
IMG_2318.MP42.85 MB
02:56
Video unavailableShow in Telegram
11 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi Batafsil Fakt 24 lavhasida. @SherzodSaparov
Show all...
9.mp415.42 MB
Agentlik direktori boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Malayziya davlatida ishchi tashrif bilan bo’lib turibdi Dastlabki kunda delegatsiyamiz vakillari Malayziya Parlamenti Senatining Davlat boshqaruvi, halollik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus qo‘mitasi, “Malayziya Transparency International” tashkiloti, “Korrupsiya va nepotizmga qarshi kurashish markazi”(C4) rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. @SherzodSaparov
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.