cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Jaloliddinkhuja | Blog

Turli kitob, maqola va yangiliklarga bo’lgan munosabatim; siyosiy qarashlarim va qiziqishlarimdan iborat shaxsiy blog. Bog’lanish uchun: @Jaloliddinkhuja_blogi_bot

Show more
Advertising posts
240
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
+3330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

... Avvalo, meni qo'llab-quvvatlagan barchaga chuqur minnatdorchiligimni izhor etaman. Kanalni o'chirib yuborishga kelsak, ha, haqiqatdan ham o'chiraman. Sababi oddiy, kitob o'qishni boshlaganimdan beri adabiyot va matematika turganda, matematikani tanlay olmadim. Buning natijasida, overthinker bo'ldim, doimgidek chuqur kettim. Shu sababli qisqa(balki bi necha yildir) muddatga blog yurgizmoqchi emasman. Tanlashim kerak edi, matematikaga e'tibor bermay qo'yishim natijasida viloyat chempioni, O'zMU 2314-maxsus guruh talabasi sifatida ilmiy darajamga ancha putur yetkazdim. Bu gaplarni aytishimdan maqsad, baribir yaqin vaqtlarda o'chib ketadi, shuningdek, mani taniydiganlar maqtanchoqligimni shundoq ham bilishadi, yangilar bo'lsa, yangiligicha qoladigan bo'ldi, afsus. Bu blog uchun instagramdan voz kechgan edim... Obunachilarga kelsak, sizlarga omad tilayman, kitob o'qishdan, rivojlanishdan charchamang. Blogni o'chirmagan taqdirimda ham juda faoliyatsiz bo'lar edim, ora-orada yozgan postlarimdan ko'ra saviyaliroq maqolalarni ko'radigan siz azizlar uchun qadrsizlanib qolishi muqarrar edi.
Show all...
👍 11
Tamaddum! Bugun 22:00da blogimni o’chirib yuboraman
Show all...
👎 10👍 1
Tillaniso. "Sunbula" Ushbu kitob "Sunbula", "Germina sindromi", "Ko'rpa" qissalari hamda "Yozuvchi", "Yigit", "Afsungar" yaratiqlaridan iborat bo'lib, ularning joylashuvidan kelib chiqib aytishim mumkinki, yaxlit bir shoh asar o'qigandek bo'ldim. Menga kitobni eng yoqqan tarafidan biri- yozuvchi tomonidan to’g’ridan-to’g’ri qandaydir ezgu g’oyani targ’ib qilyapman, degan da’voga duch kelmadim, garchi juda ko’p narsa o’rgangan bo’lsam ham. Bunday o'xshatish qanchalik to'g'ri bo'ladi bilmadim-u, asarni o'qish jarayonida "Слово пацана" serialini ko'rgandagi taassurotlarim yodimga tushdi, - boshladim, jirkandim, ammo oxirigacha davom etdim. Buni qarangki, ushbu jarayonni yozuvchi quyidagicha izohlaydi: "...chunki odamlar o'zlariga begona bo'lgan ko'ngilni aynitar darajadagi og'riqdan cho'chir, qo'rqar va nafratlanar, ammo tomosha ishtiyoqidan voz kecholmas, u esa la'natlangani vajidan iztirobga yana mukkasidan ketgan bo'lardi" shuningek, men haqimda ham fikr bildiribdilar deb qabul qildim, o'zimcha:) "Agar inson hayotida faylasuflar aytgani kabi ikkita narsagina mutlaqo shaxsiy deb qaralsa, ular o'lim va nimanidir tushunish ekanini inobatga olsak, tushunish va anglash endi yigit uchun chikora, u bundan ulkan narsani - mayxo'rlar sharobga doimiy xumor bo'lgani kabi o'zini bosolmaydigan tarzda tiyiqsiz istay boshlaydi" Kimga qanaqa tuyiladi bilmadim-u, hozirgacha ko'p marta kitob o'qishni tashlashga harakat qildim, ammo urinishlar samarasizligicha qolmoqda, albatta, bu o'zimning foydamga va ziyonimga... Lekin shu kitobni qachondir yana qayta o’qish niyatim bor. Opaning bloglarini anchadan beri kuzataman, kitoblari bilan endi tanishyapman va bu men uchun yangi bosqich.
Show all...
👍 7💋 4❤‍🔥 3 1 1🔥 1😁 1🌚 1
🤔 reaksiyasini bosganlar uchun izoh: Umumiy fizika amaliyot darsida ustoz fizikaning mohiyatini o’rgatmoqchi bo’ldilar, ko’p narsa o’rgandik ham. Ammo bu ko’p narsalar ichida yana-da ko’proq nolish ham bor edi va shu menga yoqmadi
Show all...
😁 4 3❤‍🔥 1🔥 1
#new_words Fikrlash madaniyati
Show all...
10❤‍🔥 3👏 2
Umumiy fizika amaliyda falsafa o’tyapmizmi?!
Show all...
😁 10🤔 2💔 2
…boshida Tillanisoning yozganlariga qanchalik isyon bilan munosabatda bo’lmayin, baribir uning og’riq va iztiroblari ohanrabosidan qutulolmadim, talpinaverdim…
Show all...
👍 10🔥 3🌚 2🆒 2 1👏 1💋 1
Photo unavailableShow in Telegram
Uilyam Shekspirning "Makbet", "Yuliy Sezar", "Janjalkashning tiyilishi", "Venetsiyalik savdogar", "Qirol Lir" va "Bo'ron" asarlari nasriy bayonidan iborat ushbu kitobni yakunlar ekanman, shuni aytishim mumkinki, nazmiy tarjimadagidek estetik zavq tuymadim, afsuski. Lekin shunday bo'lishini bilardim ham, chunki nazmiy asarlarni o'qir ekanmiz, u to'g'ridan-to'g'ri ko'nglimizning tub-tubiga asar hissiyotini olib kiradi. Balki, shungadur nazmiy asarlarga taqriz qila olmayman, voqelik oddiydek bo'lib qolishini xohlamaganim uchun. Shu oddiylik bu kitobda aniq ko'rindi, ammo bu yakdil fikr emas. Asar voqeligidan xabardor bo'lishni xohlaganlar uchun yoki birovga kitobni tanishtirish oson bo'lishi uchun nasriy bayonni o'qish ancha qulay ekan. Lekin asarning aslini o'qimaslik menga nonning rasmini ko'rgandek taassurot qoldirdi, tasavvur qilishingiz mumkin-u, ta'midan bahramand bo’lolmaysiz.
Show all...
❤‍🔥 6🔥 5👏 3 2💯 2💋 2👍 1🆒 1
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Yangi xaridlar Shekspir va https://t.me/TillanisoEN opa ijodlari namunalaridan
Show all...
🔥 14💋 4👏 3😍 3 2🕊 2 1🐳 1💯 1🆒 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.