cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yunusobod tumani Oila va xotin-qizlar bo'limi

Yunusobod tumani oila va xotin qizlar bo'limining telegram kanali/Официальный телеграм-канал отдела семьи и женщин Юнусабадского района

Show more
Advertising posts
381
Subscribers
+624 hours
+207 days
+1130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

👰‍♀️🤵‍♂️OILA QURISH ARAFASIDAGI YOSHLARGA O’QUV TARG’IBOT DARSLARI O’TILDI… 📍Yunusobod tumani tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi va 1-FHDYO boʻlimi tomonidan  "Yoshlarni hayotga tayyorlash"  o‘quv mashg‘ulotlari  o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Muxsimova,  1-FHDYO boʻlimi rahbari G.Mo'minova, imom-hatib S.Norqulov,  tuman  otinoysi M. Tulabaeva , huquqshunos M.Xamidova, iqtisod bo'yicha N.Muslimova, psixolog va shifokorlar  taklif etildi. 💍Mashg‘ulotlarda nikohni qayd etish uchun ariza bergan shaxslar va  yosh oilalarni nikohlanuvchi shaxslarning oilaviy-huquqiy munosabatlari muhokama qilindi Shuningdek, reproduktiv salomatlik , oilaviy ajralishlarning oldini olish, ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularida ko‘nikmalar berildi. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari yangi oila qurish ostonasida turgan yoshlar va yosh oilalar  hayotida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar o‘rtaga tashlandi. O’quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyat bilan tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 30 nafardan ziyod  yoshlarga maxsus sertifikatlar berildi. Kanalga ulanish👇🏻👇🏻👇🏻
Show all...
🌷🌷🌷HAM XONADON KO‘RKI, HAM DAROMAD MANBAI 🌷Oddiy uy sharoitida gul biznesi bilan shug‘ullanish tomorqachilar orasida ancha ommalashgan. 📍Yunusobod tumani, «G’ayratiy» MFY, G’ayratiy ko’chasi 1-uy Zamonbekovlar oilasi o’z hovlisida lola gul yetishtirishi bilan shug’ullanadi. Uchta aka-ukalar oilasi gul yetishtirish bilan band, ayollari esa gul savat yashadi. Qushnilaridan 20 nafarini ish bilan ta’minladhgan. 3 nafar shogirtlari Oliy o’quv yurtiga o’qishga qirgan. 🌹Gulchilik faoliyatidan qilingan foyda chakki emas, naq 20 milliondan ortiq. Qarang-a, bir parcha yerdan kelgan foydaning o‘zi yil bo‘yi ro‘zg‘or butligini binoyidek ta’minlamoqda. Qilingan mehnat, sa’y-harakatlar evaziga qo‘lga kiritilgan sarmoya oila farovonligini ta’minlabgina qolmasdan, boshqa orzu-havaslarini amalga oshirishga ham turtki bo‘lmoqda. ✏️Yoshlarda ham ishbilarmonlik ko‘nikmasi shakllanayapti, suyagi foydali ishda qotayapti. Bugun mahallada bu oiladan o‘rnak oladigan kishilar ham talaygina. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/yunusobodxotinqizlar
Show all...
YANA BIR OILA YARASHTIRILDI 📍Yunusobod tumani 14-mavze, 36a-uy, 36-xonadonda ota-onasi uyida vaqtincha yashovchi Qobiljonova Sh. 102-xizmatiga qung‘iroq qilib, turmush o‘rtog‘i Islamov Begzod J. agressiv xolatda kelib, farzandlari va o‘ziga zo‘rlik ishlatib, mashinasiga majburlab o‘tkazib, otasini sog‘ligi yomonlashishiga sababchi bo‘lib, uyida janjal qilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan. ✅Xolat yuzasidan muhokama o‘tkazildi va er-xotin YARASHTIRILDI. Yetkazilgan ruxiy zo‘ravonlik va tazyiq bo‘yicha murojaat asosida ayolga Ximoya orderi rasmiylashtirilib, oila nazoratga olindi. Kanalga ulanish👇🏻👇🏻👇🏻
Show all...
AYOLLARNI BANDLIGI TA’MINLANMOQDA 🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2022 yil 21 sentyabrdagi PQ-376-sonli qaroriga muvofiq, mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini tashkil etilishi belgilangan. Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida, Oila va xotin-qizlar bo’limi hamkorligida Yunusobod tumanining “G’ayratiy” mahallasida hududida tashkil etilgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida fuqaro Usmanova B.ning ochgan “BIR ZUMDA” nomli yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarilib ikkita ayolni ish bilan band qilgan. ◻️Ayollarga berilayotgan imkoniyatlardan, Davlat rahbarimizga minnatdorchilik bildirishti. Kanalga ulanish👇👇👇
Show all...
00:06
Video unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum🌞🌞🌞 🌈Yana bir munavvar tong muborak bo’lsin Kanalga ulanish👇🏻👇🏻👇🏻
Show all...
IMG_6307.MP41.83 MB
🇺🇿INSON QADRI E’ZOZLAGAN YURT ✏️Yunusobod tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi. Tumanda ehtiyojmandlarga yordam berish, bemorlar holidan xabar olish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatolmay, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj, ko‘ngli o‘ksik, harakati cheklangan nogironligi bo‘lgan shaxslarni hurmatini joyiga qo‘yish, qadrlash, mehr-muruvvat ko‘rsatib kelinadi. 📌Bugungi kunda inson va uning qadri, eng ulug' pag'onalarga qo'yilayotgan bir paytda Yunusobod tumani 2-sektor hududida joylashgan "Oqtepa" MFY “mahalla yettiligi”, tuman hokimi o’rinbosari D.Muxsimova, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Sh.Abdusatrarova, falsafa fanlari doktori, spiker J.Shermuhammedova, 49-OP hamkorlikda maxsus tor doira mutahasis shifokorlar bilan birgalikda nogironligi bor bemorlar holidan habar olinib, oziq-ovqat to'plami va bepul dori darmonlar tarqatildi. 🏅Shuningdek, mahallada yashovchi Ulug' Vatan Urushi qatnashchisi To'lagan ota holidan ham habar olindi. To’lagan ota keyingi yil 100-yoshga to’ladilar, Davlat rahbarimizga, tuman hokimiga duolar qilib, shukronalar aytib o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/yunusobodxotinqizlar
Show all...
👍 1
MAHALLARDAGI NOTINCH OILALAR NAZORATDA 📍Yunusobod tumanida "Xonadonbay" maxsus profilaktik tadbirlarni amalga oshirish davom etmoqda. IIB mas’ul xodimlari tomonidan uyma-uy yurilib, ijtimoiy nosog‘lom, nizoli, notinch oilalar, jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan ayollar bilan uchrashib, ularning muammolari o‘rganilib, tizimli ishlar tashkillashtirilgan. 📝4-sektor hududida joylashgan mahallalarda 5-IIB XPB XQMB katta inspektori, kapitan Saparova E. va mahalladagi xotin-qizlar faollari nizoli oilalar bilan turmush doirasidagi muammolar bo’yicha savol javoblar qilinib, muammosi o'rganildi, yarashtiruv choralari ko’rildi, qonunchilikda uzgarishlar bo’yicha ularga tushuntirilib, jinoyat xamda xuquqbuzarlik sodir etmasligi bo’yicha profilaktik suhbat o’tkazildi, agar bundan keyin ham oilaviy mojorolar yana takrorlansa, O‘zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan, javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida tomonlarga tushuntirildi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/yunusobodxotinqizlar
Show all...
👍 1
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.