cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Faxriddin G'oyibov

Yoshlar ishlari agentligi Sariosiyo tumani bo`limi boshlig'ining shaxsiy telegram sahifasi

Show more
Advertising posts
1 166
Subscribers
-124 hours
-27 days
+1730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Vazirlar Mahkamasining 16-sentyabrdagi qarori bilan ta’lim krediti ajratish to‘g‘risidagi Nizomga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Aslida bu o‘zgartirishlar yangilik emas. Bularning barchasi Prezidentning 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli farmonida belgilangan edi. Jumladan: ➖endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi; ➖HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi; ➖endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ➖ birinchi kurslar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi.
Show all...
Ta'lim krediti nizomi - VMQ-579.pdf1.15 MB
00:40
Video unavailableShow in Telegram
Kitob o‘qing, elektromobil yuting! 📚 Kitobxonlar shoshiling. Atigi 12 kun qoldi. “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi tez orada start oladi. Ro‘yxatdan o‘tish 1-oktabr kuni yakunlanadi. 📎Tanlov Nizomi bilan tanishing! 📝 Shoshiling @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting! ➡️ Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi havoladan olishingiz mumkin.
Show all...
kitobxon.mp43.46 MB
Kitob o‘qing, elektromobil yuting! 📚 Kitobxonlar shoshiling. Atigi 12 kun qoldi. “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi tez orada start oladi. Ro‘yxatdan o‘tish 1-oktabr kuni yakunlanadi. 📎Tanlov Nizomi bilan tanishing! 📝 Shoshiling @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting! ➡️ Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi havoladan olishingiz mumkin.
Show all...
kitobxon.mp43.46 MB
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Xalqaro imtihon xarajatlaringizni biz orqali oling! Hukumat qarori bilan Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan. 📚 Agar siz ham xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball (daraja) olib, xarajatlarni qoplash uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari orqali (my.gov.uz) yuborilgan arizangiz qabul qilinib tasdiqlangan bo‘lsa, uydan chiqmagan holda imtihon xarajatingizni «xazna» mobil ilovasi bilan masofadan qoplash imkoniyatiga egasiz! «xazna» mobil ilovasini yuklab oling va xalqaro imtihon bo'limi orqali imtihon xarajatlarini yanada oson va qulay tarzda qaytarib oling. Murojaat uchun: +998712102002 📲 Play market orqali yuklab olish 🏬 APP Store orqali yuklab olish @yoshlar_munozara @sar_new
Show all...
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT ✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. ✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga); 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%); ✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). ✔️Kimlarga beriladi: ✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga ✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga ✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ✔️Quyidagilarga berilmaydi: ❌ super-kontrakt uchun; ❌ sirtqi; ❌ kechki; ❌ masofaviy; ❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy ✅ oliy; ✅ o‘rta maxsus; ✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari ✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. ❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi. ✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas). ✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi. ✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. ✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. ✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi. ✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. ✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin: 1) https://talim-krediti.mf.uz sayti; 2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677). Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin. @sar_new @yoshlar_munozara
Show all...
Ta'lim krediti Axborot tizimi

Тo‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan har bir talabaga bilim olish uchun qulay sharoitlar yaratish, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini yanada rag‘batlantirish va yoshlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli maktab o'quvchilari, musobaqalarda ishtirok etishga tayyormisiz? 23-28 sentabr kunlari "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida #sport_musobaqalari_haftaligi bo'lib o'tadi. Mazkur taqdimotda sport turlari va o'tish sanalari bilan tanishishingiz mumkin.
Show all...
1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Olimpiadaning 6-turi boshlanmoqda 🇺🇿Yurtdoshlarimizni jonli efirda qo'llab-quvvatlang. ➡️Jonli efir 18:15da boshlaymiz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
📣 Aziz Sariosiyoliklar va tumanimiz mehmonlari! 🇺🇿 Sizlarni ertaga, 15-sentabr kuni soat 19-00 "Bog'ishamol" mahallasi hududida joylashgan Shargʻun Sport maktabi o‘yingohida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan 33 ta loyiha tanlov doirasida tashkil etilgan “Mahalla karvoni” targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida o‘tkaziladigan konsert dasturiga taklif etamiz. 🏷 Konsert dasturida Sizlar kutgan va xalqimiz sevgan san’atkor Anvar Sobirov ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar hamda boshqa koʻngilochar dasturlar boʻlib oʻtadi. 📌Manzil: Sariosiyo tuman, Shargʻun sport maktabi oʻyingohi. 📆 Boshlanish vaqti: 15-sentabr kuni soat 19:00 da. 🎼 Barchangizni ushbu konsert dasturiga taklif qilamiz. Keling, tomosha qiling va maroqli dam oling
Show all...
👍 6
Shavkat Mirziyoyev har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratilishini e’lon qildi. Bunda: ➖ oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi; ➖ oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi. Moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarning har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi. Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi. Kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
Show all...
👍 5
Айни пайтда фақат Ўзсаноатқурилишбанк томонидан имтиёзли таълим кредит ажратилмоқда! ▪️Кредит шартлари қуйидагича: ◦ Миқдори — Шартнома асосида; ◦ Муддати — ўқиш даври+7.5 йил; ◦ Фоиз ставкаси — 13.5%(хотин-қизлар учун 0%); ☎️ Мурожаат учун: 1180 ☝️Эслатма: 2024/2025 ўқув йилидан бошлаб фақат кундузги таълимда таҳсил олаётган талабалар учун имтиёзли таълим кредитлари ажратилади. https://t.me/FaxriddinGoyibov_official @sar_new @yoshlar_munozara
Show all...
Faxriddin G'oyibov

Yoshlar ishlari agentligi Sariosiyo tumani bo`limi boshlig'ining shaxsiy telegram sahifasi

👍 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.