cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot veb-sayt: https://buxedu.uz Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb Murojaat uchun: @BVMMTB_Press

Show more
Advertising posts
3 486
Subscribers
-124 hours
-307 days
-14030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi tegishli buyrugʻi asosida 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 10-sinfdan ikkinchi xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon, xitoy) oʻqitiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati hamda ikkinchi xorijiy til oʻquv dasturlari tasdiqlandi. ➖ Shuningdek, mazkur buyruq bilan tegishli taʼlim muassasalariga ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish boʻyicha zarur vazifalar belgilandi. 👉 Ikkita xorijiy til oʻqitiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
⚡️Rasman: Huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida "Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi" tanlovi o‘tkaziladi Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Davlat va huquq asoslari” fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovini (keyingi o‘rinlarda – tanlov) o‘tkazish tartibini belgilandi. Unga ko‘ra: — Tanlovda asosiy ish joyi maktabda bo‘lgan o‘qituvchilar ishtirok etadi. — Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi. Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari quyidagicha pul mukofoti bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin — 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m; 2-o‘rin — 20 000 000 (yigirma million) so‘m; 3-o‘rin — 10 000 000 (o‘n million) so‘m. Tanlovda faol hamda munosib ishtirok etgan o‘qituvchilar “Eng yaxshi taqdimot”, “Eng yaxshi notiq” kabi nominatsiyalar bo‘yicha alohida taqdirlanadi. ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇 Telegram | Facebook |
Show all...
Eng yaxshi huquq o'qituvchisi. 26-qq. 2024. 15.08.pdf1.40 MB
❇️PARIJ OLIMPIADASI GʻOLIBI ABDUMALIK XALAKOV O‘ZI TAHSIL OLGAN MAKTABDA BO‘LDI 🔹Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII Yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etib, boks bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritgan sportchi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Abdumalik Xalakov Buxoro shahridagi 17-umumta’lim maktabida tahsil olgan. 🔹1-oktyabr- O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan Abdumalik Xalakov o‘zi tahsil olgan maktabda bo‘lib, Ustozlari va maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi. 🔹Uchrashuv jarayonida u erishgan barcha yutuqlarida maktabdagi Ustozlarining alohida xizmatlari borligini e’tirof etib, ularga minnatdorchilik bildirdi. 🔹Shundan so‘ng birinchi o‘qituvchisi Manzura Turobova dars berayotgan sinfda bo‘ldi. Samimiy muloqot chog‘ida o‘quvchilik yillarini xotirladi, o‘quvchi-yoshlarga shogirdlar hamisha Ustozlar oldida qarzdor ekanliklarini va bu qarzni jamiyatda munosib o‘rin egallash orqali oqlash kerakligini eslatdi. Telegram | Facebook |
Show all...
IMG_5555.MOV13.34 MB
🥰 4👍 2
00:47
Video unavailableShow in Telegram
Mol-mulk va yer solig‘ini 15-oktyabrgacha to‘lang! Unutmang! Ravon yo‘llar, yangi bog‘cha, maktab, oliygohlar, sport maydonchalari, turar joylar hamda barcha ijtimoiy yordamlar bu siz to‘lagan soliqlardir. 📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin. Тelegram | Facebook | Instagram
Show all...
Синий_и_Белый_Погода_Новости_Видео_в_Facebook.mp424.39 MB
Photo unavailableShow in Telegram
❇️YEVROPA QIZLAR OLIMPIADASI GʻOLIBASI BO'LGAN BUXOROLIK O'QUVCHI AMITY UNIVERSITETI TA’LIM GRANTI BILAN TAQDIRLANDI 🔹Kogon tumanidagi 12-umumta’lim maktabi bitiruvchisi Zarnigor Raximova Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tgan informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida (EGOI) muvaffaqqiyatli ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. 🔹Nufuzli Xalqaro IT olimpiadasida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan Zarnigor Amity universiteti ta’lim granti bilan taqdirlandi. ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇 Telegram | Facebook |
Show all...
👍 7
#эътироф ❇️GʻIJDUVONLIK AVIOMODELCHILARDAN NAVBATDAGI XALQARO GʻALABA! 🔹Gʻijduvon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Aviamodel" to‘garagi a’zolari navbatdagi g‘alabalarni qo‘lga kiritishdi. 🔹Qozog‘istonning Baykanur shahrida raketamodel sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan "Baykonur kubogi-2024" ochiq xalqaro musobaqasi hamda “Korkit-Ata kubogi-2024" jahon kubogida to‘garak a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishdi. To‘garak a’zosi Feruz Bahodirov "Baykanur kubogi" ochiq xalqaro musobaqasida S-9-A yo‘nalishida 1-, "Korkit-Ata kubogi”da S-4-A yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladi. Sardo Ro‘ziyev esa "Korkit-Ata kubogi”da S-4-A yo‘nalishida 2 -o‘rinni, S-6-A yo‘nalishida 3 -o‘rinni qo‘lga kiritdi. 🔹Gʻalaba muborak! ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇 Telegram | Facebook |
Show all...
👍 3
#bugun #jarayon 🔹Buxoro viloyatida aniq fanlar yunalishida "Kasbiy rivojlantirish kuni" va "Kasbiy rivojlantirish soati" tadbirlarining birinchi bosqichi treninglari bo‘lib o‘tmoqda. 🔹Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida o‘tayotgan mazkur seminarlarga aniq fanlar yo‘nalishida 4 nafar master-trenerlar va 21 nafar mentor o‘qituvchilar jalb etilgan. 🔹Seminar-trening mobaynida olingan bilimlar mentor-o‘qituvchilar tomonidan kaskad usulida umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga yetkazilishi belgilangan. ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇 Telegram | Facebook |
Show all...
👍 1
#jarayon ❇️KOGON TUMANIDAGI 4-MAKTABDA “MA’NAVIYAT SEKTORI”NI TASHKIL ETISH BO‘YICHA VILOYAT SEMINARI BO‘LIB O‘TDI 🔹Seminarda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining Kogon tuman bo‘limi vakillari maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari, boshliq o‘rinbosarlari va maktab direktorlari ishtirok etdilar. 🔹Tadbir jarayonida maktabda tashkil etilgan “Ma’naviyat sektori” boshlang‘ich-tayanch tuzilmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar bevosita amaliy jarayonlar orqali sektor faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 🔹“Yangi kuch, yangi harakat” harakatlar dasturi asosidagi ushbu tuzilma o‘quvchi-yoshlarda yoshiga mos tayanch ma’naviy-axloqiy fazilatlar — Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlikni shakllantirishni maqsad qilgan.
Show all...
👏 4 2👍 1🔥 1
🔥 2 1
👍 3🔥 1
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.