cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
37 821
Subscribers
+524 hours
-967 days
-43330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:14
Video unavailableShow in Telegram
#diplom #muhojirlar #ВНЖ #Rossiya 📢 Muhojirlarga "ВНЖ" uchun soxta diplom berganlar ushlandi Huquq-tartibot idoralari xodimlari Primoryeda noqonuniy migratsiya kanalini to‘xtatdi - kollej xodimlari 70 nafar muhojirga yashash uchun ruxsatnoma olish uchun soxta diplom bergan. Uch nafar xodim, jumladan Primorsk o‘lkasidagi Mintaqaviy texnika kolleji direktori va uning qo‘l ostidagi ikki xodim noqonuniy migratsiyani tashkil etish va o‘quv jarayonini tashkil qilishda mansab vakolatlarini suiiste'mol holatlari bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda. Ular 2021-yil sentabr oyidan, 2023-yil noyabrigacha 70 nafar xorijlik fuqarolarni kollejlarga o‘qishga qabul qilish va o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi guvohnomani noqonuniy ravishda olib bergan. Web-sayt | Instagram | YouTube | @migrantuz | VK
Show all...
ск.MOV4.87 MB
😁 5👍 4
#migrant #Rossiya 🟥 Drujinachilarning migrantlarni tergashga nima haqqi bor? - “Xohlagan odam “drujinachiman” deb, guruh tuzib olib, qoshu ko‘zi qora odamlarga yopishaveradigan zamon kelayaptimi? Rossiyada qonunsizlik, anarxiya boshlanayaptimi?“ O‘zbekistonlik Iqboljon Rossiyada “Drujinachilar”ning noqonuniy migrantlarga qarshi reydlardagi harakatlarini kuzatarkan, o‘zini qiynagan mulohaza va savollarini “Migrantxabar”ga yo‘lladi. “Drujinachilar”ning harakatlari qonuniymi? Nega ularga aynan migrantlar bilan shug‘ullanish huquqi berildi? “Drujinachilar”ga duch kelgan muhojirlar nima qilishi kerak? Migrant.uz” bu mavzuga oydinlik kiritadi. To'liq video Migrant.uz Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=V4YnfmHIonQ Web-sayt | Instagram | YouTube | @migrantuz | VK
Show all...

👍 29🤯 10😁 7 2
Photo unavailableShow in Telegram
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 19.09.2024 Toshkent 20:00 Moskva 18:00 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Мир Привилегий - 96,35 (+1,31) rubl (Promokod - migrantuz) • Kwikpay - 96,36 (+1,52) rubl • AkaPay - 96,37 (+1,25) rubl • Золотая Kорона - 97,08 (+1,58) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Solidarnost - 135,30 (-1,00) so'm • Unired Mobile - 133,50 (-3,50) so'm 👉🏻 Onlayn • Kwikpay - 133,40 (-0,50) so'm • Sberbank - 130,50 (0) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 139,00 (-2,10) so'm 👉🏻 Onlayn #valyuta #soʻm #rubl #dollar Web-sayt | Instagram | YouTube | @migrantuz | VK
Show all...
😢 23👍 16😁 7👎 1 1
01:34
Video unavailableShow in Telegram
Samarqandlik shifokor Maqsud Aralov gepatitning eng og‘ir darajasi bilan kasallanib, jigar serroziga chalingan. U 1982-yil tug‘ilgan va yaqindagina bemorligidan xabar topgan. Oxirgi tashxis natijalariga ko‘ra, Hindistonga borib, jigar ko‘chirish amaliyoti bajarish zarurligi aytilgan. Oila qiyin vaziyatda. Operatsiya uchun 30 000$ miqdorida mablag‘ kerak ekan. Hozirda uch bolaning otasi boʻlgan Maqsud aka 12 000$ yiqqan, qolganiga saxovatli kishilar yordami zarur. Saxovatli yurtdoshlarimizga murojaat qilamiz, oila qiyin vaziyatdan chiqib ketishi  uchun oz bo‘lsa ham yordamingizni ayamang. “Ehsonning mukofoti faqat ehsondir”. UzCard💳 6262 5700 1066 9986 Aralov M. Visacard💳 4187 8000 0105 2497 Aralov M. Tel.shaxsiy: +998990760232
Show all...
IMG_0849.MOV73.83 MB
👍 38😢 14😁 6🙏 5💔 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
#uvedomleniye #hujjat #migrant #Rossiya 📢 Piterda "uvedomleniye" topshirish 3200 rubl bo‘lgani aytilmoqda Migrant.uz tahririyatiga Sankt-Peterburg ishlayotgan muhojirlar murojaat qilishdi. O‘zbekistonlik migrantlarning aytishicha, Krasnoye Selo qishlog‘idagi Migratsiya markazida mehnat faoliyati to‘g‘risidagi bildirishnoma (uvedomleniye) topshirishda, ulardan ushbu xizmat uchun 3200 rubl to‘lov qilish talab qilinmoqda. — Avvaliga 1800 rubl to‘lashni so‘rashdi, keyin 1400 rubl. 1800 rublni naqd pulda to‘lash kerak bo‘ldi, hech qanday kartadan to‘lovni qabul qilishmayapti, chek ham berilmadi. Noqonuniy va tartibda ko‘rsatilmagan ravishda pul undirishayotgani ko‘rinib turibdi. 1400 rublni esa karta orqali to‘lay oldim, uni to‘laganim haqida chek ham berishdi. Mehnat shartnomam bor bo‘lib turib, "uvedomleniye" topshirish uchun 3200 rubl to‘lashimga to‘g‘ri keldi, deb shikoyat qiladi o‘zbekistonlik Akbar ismli murojaatchi. Avvalroq Migrant.uz tahririyatiga Nijniy Novgoroddan migrantlar murojaat qilib, mahalliy pasport-viza xizmatida "uvedomleniye"ni topshirish uchun 1600 rubl to‘lash kerakligini xabar berishgan edi. Moskvadagi Saxarovo qishlog‘ida joylashgan Migratsiya markazida esa "uvedomleni" topshirish narxi 500 rubl. Migrantlar bunday talablardan hayratda ekanliklarini, avval "uvedomleniye" topshirish yoki bepul yoki kamroq to‘lov evaziga amalga oshirilganini ta’kidlashmoqda. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, "uvedomleniye" topshirish bepul jarayon. 2024-yil 7-yanvaridan boshlab patent asosida ishlayotgan migrantlar mehnat faoliyati to‘g‘risida bildirishnoma (uvedomleniye) topshirishi kerak. Ichki ishlar vazirligining buyrug‘ida "uvedomleniye" topshirish uchun to‘lov undirish ko‘zda tutilmagan va xizmat bepul hisoblanadi. Shikoyatlarga qaramay, mintaqalardagi Migratsiya markazlari va Pasport-viza xizmatlari ichki qoidalar va ma’muriy tartiblarga asoslanib to‘lov talab qilishni davom ettirmoqda. Hozirda mehnat faoliyati to‘g‘risidagi "uvedomleniye"ni bepul topshirishning ikki usuli mavjud: 1. Ish joyi bo‘yicha IIVning Migratsiya bo‘limiga murojaat qilish. 2. "Gosuslugi" veb-saytida tasdiqlangan akkaunt ochib, u orqali topshirish. Har ikki holatda ham "uvedomleniye"ni bepul topshirish mumkin. Mutaxassislar hujjatlarni rasmiylashtirishda kutilmagan xarajatlarga duch kelmaslik uchun oldindan xizmat narxlarini aniqlab olishni tavsiya qiladi. Piterdagi "Krasnoye Selo" migratsiya markazi Migrant.uzning vaziyatni aniqlash uchun telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi. Batafsil Web-sayt | Instagram | YouTube | @migrantuz | VK
Show all...
👍 39😁 14👎 7😱 5 3👏 1😨 1
Photo unavailableShow in Telegram
#лайфхак Moskva oblastida olingan patentlarning kuygan yoki kuymaginini https://oplatipatent.ru/ sayti orqali tekshirish mumkin Web-sayt | Instagram | YouTube | @migrantuz | VK
Show all...
👍 43😁 7👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️«Мир Привилегий» ilovasi orqali do’stlaringiz va oila a’zolaringizga pul o'tkazmalarini yuboring 🇺🇿O'zbekistonga pul o’tkazmalari💲 va UZS 🇰🇬Qirg'izistonga pul o’tkazmalari 💲va rublda 🇹🇯Tojikistonga pul o’tkazmalari Somoniyda ❗️Bizning xizmatimiz barcha yo'nalishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi va ishlaydi❗️ PUL O’TKAZMALARIGA CHEGIRMA UCHUN PROMOKOD: MIGRANTUZ Ilovani havola orqali yuklab olish mumkin Ushbu postni 🇺🇿 🇰🇬 🇹🇯 davlatlarga pul o’tkazmalarini yuboruvchi hammaga yuboring. #reklama
Show all...
👍 18😁 9👎 3🔥 3
#qullik #migratsiya #Oʻzbekiston #Checheniston 🟥 Migratsiya agentligi o‘zbeklarni Chechenistonga qullikka yuborayaptimi? Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Chechenistonga ishga yuborilgan o‘zbekistonliklar 3 oydan beri ish haqini ololmayotgani, ish beruvchi ularni qarzdor qilib qo‘yganini aytishdi. - Eski boqcha binosiga joylashtirishdi, sharoitlar rasvo. Ish beruvchilar migrantlarni kaltaklaydi. Pasportlarini olib qo‘yishgan, hujjat ham qilinmadi, - deyishmoqda “Migrant.uz” bilan bog‘langan o‘zbekistonlik muhojirlar. Og‘ir ahvolda qolgan muhojirlar yordam so‘rab, migratsiya agentligining Krasnodardagi vakolatxonasiga murojaat qilishgan.
“Hal qilamiz deyishadi, ammo kelib ham ko‘rishmaydi”, deydi muhojirlar.
Tafsilotlar “Migrant.uz” lavhasida. To'liq video Migrant.uz Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=Zh5f6q0m8Xs Web-sayt | Instagram | YouTube | @migrantuz | VK
Show all...

🤬 47👍 40😁 6😢 6 2
01:14
Video unavailableShow in Telegram
#migratsiya #siyosat #taklif #Rossiya 📢 Vyacheslav Volodin Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytirishni taklif qildi Rossiya "Госдума"sining kuzgi sessiyasi migratsiya sohasi haqida gap-so‘z bilan boshlandi. Xususan, "Госдума" spikeri Vyacheslav Volodin migratsiya sohasidagi qator muammolarni qonunchilik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlab, "migrantlar Rossiyaga madaniyatimiz va qonunlarimizni bilib, ularga hurmat bilan kelishlari kerak" deb deputatlarga murojaat qildi. Spiker migratsiya sohasida 8 ta tashabbus ko‘rib chiqilganini va ular mintaqalarga o‘rganish uchun yuborilganini qayd etdi. Spikerning aytishicha, avgust oyida migratsiya siyosatini kuchaytirishga qaratilgan 28 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqilgan. Ular orasida malakasi past bo‘lgan mutaxassislarga oilalari, qarindoshlari va tanishlarini Rossiyaga olib kelishni taqiqlash, ayrim sohalarda muhojirlarning ishlashini cheklash takliflari bor. ❗️ Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning 1- yanvaridan boshlab Moskva oblastida migrantlarga ko‘cha ovqatlari va savdo sohasida ishlash taqiqlanishi ma’lum bo‘ldi. Batafsil Web-sayt | Instagram | YouTube | @migrantuz | VK
Show all...
ввв мигранты.mp429.45 MB
👎 43👍 18😁 13🤬 10🌭 4🥱 2🤨 1🎃 1
#fojia #halokat #qotillik #Wildberries #Rossiya ⚡️ Wildberries ofisida otishma: ikki kishi halok bo‘ldi Wildberries hammuassisi Vladislav Bakalchuk va uning qo‘riqchilari “Романов Двор” biznes markazidagi ofisiga "noqonuniy ravishda kirishga” harakat qilishdi, deb xabar bergan kompaniya matbuot xizmati. 18-sentabr, chorshanba kuni tushdan keyin “Романов Двор” biznes markazidagi Wildberries ofisi yonida otishma ovozi eshitildi. Bozor vakillarining ta'kidlashicha, asoschi Tatyana Bakalchukning eri kompaniya binosiga noqonuniy ravishda kirishga uringan.
"Bugun Vladislav Bakalchuk tomonidan Wildberries kompaniyasi ofisiga xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda kirishga urinish sodir bo'ldi, huquq-tartibot idoralari zarur choralarni ko'rdi, vaziyat barqaror", - deya tushuntirdi Wildberries.
O'z navbatida, Bakalchuk unga hujum qilishga uringanliklarini va u hamkasblari bilan omborlar qurilishini to'xtatish bo'yicha muzokaralar olib borish uchun ofisga kelganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otishma vaqtida uning xodimlaridan biri yaralangan.
"Men hamkasblarim bilan kompaniya ofisiga keldim, lekin kiraverishda allaqachon menga noma'lum odamlar va xavfsizlik xizmati qurolli hujum qilishdi", dedi u.
Otishma vaqtida biznes markazi yaqinida joylashgan Moskva davlat universiteti jurnalistika fakulteti binosidan o‘nlab talabalar evakuatsiya qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan videolarga qaramay, universitet vakillari evakuatsiyani inkor etishdi. Internetda esa “Wildberries” ofisi joylashgan biznes markazida tartibsizliklar va otishma sodir bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi. Otishma natijasida uch kishi yaralangani xabar berilgan edi. Oxirgi ma’lumotlarga ko ‘ra, ikki kishi: 28 yoshli Islom-Bek Elmurziev va 41 yoshli Adam Almazovlar olingan jarohatlar tufayli vafot etgan. Vaziyat ko‘p o‘tmay barqarorlashgan. Hodisa joyiga 20 dan ortiq politsiya va tez yordam mashinalari yetib kelgan. Politsiya yetib kelganidan so‘ng Vladislav Bakalchuk advokat va qo‘riqchilari hamrohligida “Wildberries” ofisini tark etgan va politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Batafsil Web-sayt | Instagram | YouTube | @migrantuz | VK
Show all...
480p - 2024-09-18T125411.252.mp44.34 KB
2024-09-18 12.50.54.mp41.86 MB
00.mp45.18 MB
SQ.mp42.43 MB
👍 37😁 7😭 7 3🤔 2👌 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.