cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish" "Своевременно предупредить, спасти и помочь" https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston Ishonch telefoni: 1101 e-pochta: [email protected] Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy

Show more
Advertising posts
15 209
Subscribers
-1124 hours
-397 days
-5230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:10
Video unavailableShow in Telegram
Hurmatli fuqarolar❗️ Kuz-qish mavsumi oldidan xonadoningizdagi gaz, elektr va boshqa muqobil energiya resurslarida ishlovchi isitish moslamalari va ularning dudburonlari sozligiga e’tibor bering hamda texnik ko'rikdan o'tkazishni unutmang! Boshqa yangiliklar Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Show all...
VAZIRLIK.mp413.59 MB
Farg‘ona va Namangan viloyatlari FVB xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda paxta qabul qilish maskanlarida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari tafsiloti. Boshqa yangiliklar Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Show all...
фарғона.mp48.77 MB
наманган.mp411.95 MB
Ko'zi ojizlar kutubxonasida seminar tashkil qilindi Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan Ko'zi ojizlar kutubxonasida boshqarma Hayot faoliyati xavfsizligi o'quv markazi xodimlari tomonidan "Favqulodda vaziyatlarda xususan zilzilada toʻgʻri harakatlanish qoidalari" mavzusida oʻquv seminar oʻtkazildi. Oʻquv seminari davomida kutubxona ishchi xizmatchilari hamda foydalanuvchilariga zilzilada toʻgʻri harakatlanish boʻyicha tushunchalar berilib, koʻnikma hosil qilindi. Jarayonda Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan tayyorlangan elektron qoʻllanmalar, brayl yozuvidagi kitoblar va eslatmalar tarqatildi. Boshqa yangiliklar Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Yonuvchi suyuqliklar idish (sig‘im)larda saqlanadigan yopiq omborxonalarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha ESLATMA ☝️Yonuvchi suyuqliklar idish (sig‘im)larda saqlanadigan yopiq omborxonalarni loyihalash va qurish jarayonida eng asosiy yong‘inga qarshi qaratilgan talablardan biri, bu omborxona binosi bilan unga qo‘shni bo‘lgan bino yoki inshootlarning orasidagi masofani saqlashdir. Boshqa yangiliklar Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Show all...
Favqulodda vaziyatlar vaziri birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i polkovnik S.T. Zuparov ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Bugun, 19-Sentabr kuni Samarqand shahrida joylashgan FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazida tashkil etilgan tadbirda Samarqand viloyati FVB hamda Markaz boshliqlari, FVV Akademiyasi vakillari, faxriylar, Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi vakillari, tizimda xizmat olib borayotgan yosh harbiy xizmatchilar va xizmatchilar hamda otaliqqa olingan yoshlar, jamiyatda yuqori natijalarga erishgan bir guruh yoshlar, xususan, sportchilar ishtirok etdi. 📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/22169 Boshqa yangiliklar Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Show all...
Xalqaro hamkorlik doirasidagi tadbirlar Joriy yilning 18-19 sentabr kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida “13-oktabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni”ga bag'ishlangan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida maktab xavfsizligini taʼminlash boʻyicha umumtaʼlim dasturini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlari borasida seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar UNICEF, YUNESKO, BMT ofatlar xavfini kamaytirish boshqarmasi, Yaponiya hukumati, Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va qayta tiklash global fondi (GFDRR), Jahon banki hamkorligidagi Olmaota shahrida joylashgan Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish markazi bilan birgalikda tashkil etildi. 📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/22158 Boshqa yangiliklar Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Show all...
FVV Akademiyasida “Men ham harbiy bo‘laman” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi Kecha, 18-sentabr kuni FVV Akademiyasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Men ham harbiy bo‘laman” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/22146 Boshqa yangiliklar Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Show all...
Pop tumani yoshlari “Favqulodda vaziyatlar volontyori” safida Kecha, 18-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida, Namangan viloyati FVB boshlig‘i tomonidan Pop tumanida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda, aholiga birlamchi yordam ko‘rsata oladigan “Volontyorlik guruhlar”ni shakllantirilish borasida seminar tashkil etildi. 📌Batafsil:https://gov.uz/oz/fvv/news/view/22110 Boshqa yangiliklar Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Show all...
"A'lochi xodim" ko'rik-tanlovi Kuni kecha, "LUOK" MCHJ obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi harbiy xizmtchilari o'rtasida "A'lochi xodim" ko'rik-tanlovining 2-bosqichi bo'lib o'tdi. Unda yong'in-qutqaruv qism va smena boshliqlari, qutqaruvchilar ishtirok etib, jismoniy tayyorgarlik, gaz va tutundan himoya qilish asbob-anjomlaridan foydalanish, saf me'yori hamda test sinovlari orqali o‘zaro baxs olib bordi. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar Markaz boshlig'ining “Faxriy yorlig‘i” va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Boshqa yangiliklar Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Show all...
Toshkent va Andijon viloyatlarida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatining Angren shahri va Andijon viloyatining Andijon shahrida FVB rahbariyatlari, Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmalari vakillari ishtirokida tizimda xizmat olib borayotgan yosh harbiy xizmatchilar, FVB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar va talabalar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida rahbarlar oʻzlarining kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashib, yoshlarning sohaga oid qiziqtirgan savollari yuzasidan atroflicha ma'lumotlar berdilar. Albatta, bu kabi tadbirlar yoshlarni qo'llab-quvvatlash, kasbga qiziqtirish, kelajak hayotlarida o‘z yo‘llarini topishlariga ko‘maklashishdan iborat. Uchrashuv so‘ngida faol yoshlarga boshqarma boshliqlarining “Faxriy yorlig‘i” va esdalik sovg‘alari topshirildi. Boshqa yangiliklar Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Show all...
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.