cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
8 994
Subscribers
-524 hours
+1017 days
+51530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Viloyat rahbari B.Zaripov tuman hokimi Alisher Fayzilloyev hamrohligida Vardonze yodgorligiga bordi. Tarixda Vardonze,  Varzonze, Vardona, Vardanzi nomlari bilan yuritiluvchi tarixiy yodgorlik tumanning Bog‘iafzal hududida joylashgan bo‘lib, uning tarixi olimlar tomonidan 2500 yildan ziyod, deya eʼtirof etiladi. "Qo‘rg‘oni Vardonze" nomi bilan mashhur qo‘rg‘onning uzunligi 110 metr, kengligi 60—70 m, balandligi 45—50 metr. Tarixiy asarlarda qayd etilishicha, bu yer Vardonxudotlarning maxsus qarorgohi bo‘lgan. “Vardonze qo‘rg‘oni” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy-madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan davlat muhofazasiga olingan. Qadimiy qoʻrgʻon xarobalarini koʻzdan kechirish mobaynida viloyat hokimi nuroniylar bilan joy tarixiga doir fikr-mulohazalarni tingladi. Bu qadimiy maskanni obod qilish, mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb etish maqsadida ushbu manzilda infratuzilma obyektlarini yaxshilash, sayyohlar uchun qulay sharoit yaratish borasida qilinajak vazifalarga ham toʻxtaldi. Shundan soʻng masʼullar shu hududda joylashgan "Burqi sarmast" nomi bilan yuritiluvchi avliyo mangu qo‘nim topgan qabristonda uning maqbarasini ziyorat qildilar. Qur'on tilovat qilinib, o‘tganlar nomi yod etildi. Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
Show all...
👍 2
👍 1
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
✨ Ko‘chma savdo ob’yektlarini o'rnatish uchun yer maydonlarini 3 yilga ijaraga oling! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.08.2021 yildagi 485-son qaroriga muvofiq E-auksion.uz da 2100 ga yaqin Ko‘chma savdo ob’yekti uchun joylar savdoda! 🔘 Buxoro shahrida ➖ 2 ta 🔘 Kogon shahrida ➖ 388 tа 🔘 Buxoro tumanida ➖ 182 tа 🔘 Kogon tumanida ➖ 60 tа 🔘 Vobkent tumanida ➖ 93 та 🔘 Romitan tumanida ➖ 320 tа 🔘 Gʻijduvon tumanida ➖ 387 tа 🔘 Jondor tumanida ➖ 83 tа 🔘 Qorovulbozor tumanida ➖ 104 tа 🔘 Qorako‘l tumanida ➖ 193 tа 🔘 Olot tumanida ➖ 90 tа 🔘 Peshku tumanida ➖ 87 tа 🔘 Shofirkon tumanida ➖ 111 tа Eslatma! Savdolarda jismoniy shaxslar ishtirok eta olmaydilar. Har qanday yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirok etishlari mumkin. ➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma ( ko'rish ) Ma'lumot uchun +998992072604 +998992073604 ____ Bizning ijtimoiy tarmoqlar ✅ Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook
Show all...
👍 1
#ҳоким_ҳудудларда #Шофиркон_тумани Жорий йилги мавсумда Шофиркон туманидаги 363 та фермер хўжалиги 8900 гектар майдонда серҳосил “Бухоро-6”, “Бухоро-10”, шунингдек, Хитойнинг "Чжунтай" пахта навларини экиб етиштирди. Миришкор деҳқонлар 35 минг тоннадан ортиқ хирмон яратишни кўзлашган. Хозирги вақтда 127 отряд таркибида 10 минг нафарга яқин теримчи меҳнат қилмоқда. Айни дамда 107 та фермер хўжалигида терим юқори суръатда давом этмоқда. Вилоят раҳбарининг назорат тартибидаги ўрганишлари Шофиркон туманида давом этди. "Бобоато" худудидаги "Ориф Ҳомид" фермер хўжалигида Ботир Зарипов тумандаги маҳалла раислари, хотин-қизлар фаоллари, фермер хўжалиги раҳбарлари иштирокида ўтказилган учрашувда отряд сифатида шакллантирилган теримчилар учун фермер хўжаликлари ва кластер корхоналари раҳбарлари томонидан терим мавсумининг охирига қадар иш ташкил қилиш, теримчиларга шарт-шароитлар яратиш ва етиштирилган ҳосилни ёғин-сочинли кунларга қолдирмасдан йиғиб-териб олиш, илғорларни рағбатлантириш, қолаверса, болалар меҳнати ва мажбурий меҳнатнинг олдини олиш бўйича муҳим вазифалар белгиланди.
— Деҳқоннинг баракали касби туфайли халқимиз дастурхони тўкин бўлади. Меҳнаткаш бободеҳқонларимиз, серғайрат фермерларимиз ва қишлоқларимиздаги кўнггилли меҳнаткашлар пахта хом-ашёсини нес-нобуд қилмасдан йиғиб териб олишда жонбозлик қилсалар кўзлаган маррага албатта эришилади, - деди Ботир Зарипов.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 4🥰 1
Viloyat rahbari B.Zaripov bugun Shofirkonda boʻlib, tumanda olib borilayotgan paxta yigʻim-terimi jarayonlarini oʻrgandi. Joriy yilgi mavsumda Shofirkon tumanida 363 fеrmеr xo'jaliklari tasarrufidagi 8 ming 900 gеktar maydonda "Buxoro 6", "Buxoro 10" hamda 500 gektarga Xitoyning "Chjuntay" paxta navlari ekib parvarishlandi.  Tumanimiz "oq oltin" bunyodkorlari shartnoma boʻyicha ushbu mavsumda 35 ming 150  tonna paxta xom ashyosi yetkazib berish majburiyatini olishgan. Hosilni nes-nobud qilmasdan xirmonga saranjomlashda xoʻjaliklarga koʻmaklashish maqsadida 127 ta otryad shakllantirilgan. Ayni kunlarda 107 ta fermer xoʻjaliklari paxta maydonlarida 9 ming 327 nafar tеrimchilar yigʻim-terim jarayonida ishtirok etishyapti. Botir Zaripov tumanda boʻlish mobaynida Boboato hududidagi "Orif Homid" va "Husniddin Shamsiddin" fermer xoʻjaliklari paxta maydonida boʻldi. Mahalla "yettiligi", xoʻjaliklar hamda otryad rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda viloyat rahbari  hosilni yog'in-sochinli kunlarga qoldirmaslik, buning uchun yig'im-tеrim ishlarini jadallashtirish kеrakligini alohida ta'kidladi. Shuningdek, tеrim sur'atini oshirish, tеrimchilar uchun dalada issiq ovqat, toza ichimlik suvi tashkil etish, tibbiy xizmat, madaniyat va maishiy xizmatlarni yo'lga qo'yish, ularning salomatligidan muntazam xabardor bo'lib, tеrim pullarini o'z vaqtida to'lab borish, alohida rag'batlantirishlar joriy qilish, qolavеrsa, bolalar mеhnati va majburiy mеhnatning oldini olish kabi masalalarga doir oʻzining topshiriq va takliflarini aytib oʻtdi. Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
Show all...
👍 10 1
👍 3 1
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.