cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
1 196
Subscribers
-124 hours
-47 days
-1730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#markirovkalash Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2024-yil 1-sentabrdan boshlab ⚪️ tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani o‘qish qurilmalaridan foydalanmagan holda sotish holatlari soliq organlari bazasi ma’lumotlari asosida aniqlanganda, ushbu tadbirkorlik subyektlari shaxsiy kabineti orqali holat yuzasidan ogohlantiriladi hamda quyidagi choralarni ko‘rish amaliyoti joriy etiladi: ◽️2 marta ogohlantirishdan so‘ng qonun buzilishi 1 oy ichida qayta takrorlangan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat yuzasidan soliq tekshiruvi tayinlanadi; ◽️qonun buzilishi soliq tekshiruvi yakunlangandan 1 oydan keyin qayta takrorlanganda tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilmasdan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda soliq tekshiruvi tayinlanadi. 👉 Telegram
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-sentabr avgust oyi uchun: - QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 273-modda 1 va 2-qismlar); - agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 345-modda 5-qism); - norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 355-modda 1-qism); - yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4-qismlar); - suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 448-modda 3-qism); III chorak uchun: - AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 417-modda 6-qism); - AOS toʻlovchilar tomonidan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 432-modda 1-qism); - suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YATTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 448-modda 3-qism). _____________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️20 сентября 2024 года - последний день за август: - представления отчетности и уплаты НДС (ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса); - представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в августе были начислены дивиденды и проценты (ч.5 ст.345 Налогового кодекса); - представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов (ч.1 ст.355 Налогового кодекса); - представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами (ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса); - уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога (ч.3 ст.448 Налогового кодекса); за III квартал: - уплаты авансовых платежей по налогу на имущество плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога (ч.6 ст.417 Налогового кодекса); - уплаты авансовых платежей по земельному налогу с юридических лиц плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога (ч.1 ст.432 Налогового кодекса); - уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами, не являющимися плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога (ч.3 ст.448 Налогового кодекса). Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
02:46
Video unavailableShow in Telegram
🔵 "SURXONDARYO" TV Termiz tumanida obod manzillarga aylanayotgan mahallalar safi kengaymoqda. 👉Telegram facebook youtube instagram
Show all...
Surxondaryo TV(20240919_200458).mp4555.mp431.88 MB
👍 6🔥 1👏 1
#mahallabay Denov tumanidagi 98 ta mahallaga 33 nafar soliq inspektori biriktirilgan bo‘lib, avgust oyi yakuniga ko‘ra tumanning “Lo‘pon”, “Istiqlol yulduzi”, “Chashmasor” hamda “O‘zbekiston” mahallalari soliq inspektori Mansurbek Qodirov viloyatda eng yuqori natijani  qayd etdi va Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. 👉Batafsil 👉Telegram
Show all...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinmoqdaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. 👉PF-140-son, 18.09.2024-yil Unga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab: 🔁 yil davomida berilgan soliq imtiyozlari keyingi yildan kuchga kiradi; Bugungi kunda soliq toʻlovchilar soliqlar boʻyicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan eʻtiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanish huquqiga ega. 👉Soliq kodeksining 75-moddasiQQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi: ▫️ yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi uchun; ▫️nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun; ❌yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi. Shu bilan birga, mazkur yer uchastkalariga soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi; ❌ 2018-yil 29-noyabrdagi PF-5587-son Farmon oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilib, eksportchilar va reeksportchilar uchun foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha berilgan imtiyozlar bekor qilindi. ❌ “Hyatt” kompaniyalar guruhi uchun foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar ham bekor qilindi. 2029-yil 1-yanvarga qadar yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq operatsiyalari, jumladan, norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi. Ilgari ushbu normaning amal qilish muddati koʻrsatilmagan edi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshirilayotgan hamda QQS boʻyicha imtiyozlar qoʻllaniladigan infratuzilma loyihalari roʻyxatiga aniqlashtiruvchi oʻzgarishlar kiritildi. Xususan, bunday loyihalarga elektr energiyasi, gaz va issiqlik taʻminoti, suv taʻminoti va kanalizatsiya, suv xoʻjaligi, yoʻl-transport infratuzilmasi, aloqa va telekommunikatsiyalar, agrotexnika, sanitariya-tozalash, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish kabi loyihalar kirishi belgilandi. Maʻlumot uchun. Bugungi kunga qadar qonun hujjatlarida yuqorida koʻrsatilgan imtiyozlar qoʻllaniladigan infratuzilma loyihalarining aniq roʻyxati belgilanmagan. 👉 Soliq kodeksi 45-qism 483-modda Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan boʻlib, ushbu qonun qabul qilinganidan keyin yuqoridagi normalar qoʻllaniladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#QQS ❗️20-sentabr - avgust oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni 👉QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma _______________ #НДС ❗️20 сентября - последний день представления отчетности по НДС за август 👉Инструкция по заполнению отчетности по НДС Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
01:59
Video unavailableShow in Telegram
🔵 "MY5" TV Termiz tumanida obod manzillarga aylanayotgan mahallalar safi kengaymoqda. 👉Telegram facebook youtube instagram
Show all...
23.42 MB
👍 6🔥 1👏 1
#raqamlashtirish "ICTWEEK UZBEKISTAN 2024": soliq ma'muriyatchiligida smart-xizmatlar “ICTWEEK UZBEKISTAN 2024” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Raqamli hukumat: istiqbolli rejalar va toʻsiqlar” forumi boʻlib oʻtdi. Oʼzbekistonda raqamli hukumatni rivojlantirishdagi dolzarb muammolarni aniqlash, mavjud imkoniyatlar va istiqbolli rejalarni belgilab olish, fuqarolarning davlat xizmatlaridan yanada tezkor, qulay va xavfsiz foydalanishini taʼminlashga erishish masalalari forumda muhokama qilingan asosiy mavzular boʻldi. Mazkur tadbirda Soliq qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari Jahongir Abdiyev ishtirok etib, soliq organlari tomonidan koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar, aholi va soliq organlari oʻrtasidagi munosabatlarni bajarishda mobil ilovalar va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish borasida yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, sohani raqamlashtirish borasida amaliyotga joriy qilinayotgan dasturiy mahsullar faoliyati bilan bogʻliq savollarga javoblar berdi. Tadbirda davlat tashkilotlarining rahbar xodimlari va raqamlashtirishga masʼul vakillari hamda fuqarolik jamiyati faollari ishtirok etib, raqamli hukumat sohasidagi eng dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. __________ #цифровизация "ICTWEEK UZBEKISTAN 2024": смарт-сервисы в налоговом администрировании В рамках недели информационно-коммуникационных технологий "ICTWEEK UZBEKISTAN 2024" состоялся форум "Цифровое правительство: перспективные планы и вызовы". Основными темами обсуждения стали выявление актуальных проблем в развитии цифрового правительства в Узбекистане, определение существующих возможностей и перспективных планов, достижение более быстрого, удобного и безопасного доступа граждан к государственным услугам. В данном мероприятии принял участие заместитель председателя Налогового комитета Жахонгир Абдиев, который подробно рассказал об электронных услугах налоговых органов и о создаваемых удобствах в использовании мобильных приложений и технологий искусственного интеллекта при взаимодействии населения с налоговой службой. Также он ответил на вопросы, связанные с работой программных продуктов, внедряемых в практику в рамках цифровизации отрасли. В мероприятии участвовали руководящие сотрудники государственных организаций и специалисты по цифровизации, а также активисты гражданского общества, которые обменялись мнениями по наиболее актуальным вопросам в сфере цифрового правительства. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda to'lov topshiriqnomalarini yuborishda muammolar yuzaga kelayotganligi  haqida xabarlar tarqaldi. Shu munosabat bilan quyidagilar ma'lum qilinadi. Joriy yilning sentabr oyida ayrim tijorat banklari yangi axborot tizimidan foydalanishga o'tgan va bu haqda Soliq qo'mitasini xabardor qilmagan. Bank dasturchilari yangi tizimga o'zgartirishlar kiritayotgani sababli, ba'zi to'lov topshiriqnomalari bajarilmagan. Masalan, shu oy boshidan Tenge bank 2 439 ta topshiriqnomadan 413 tasini va Kapitalbank 4 287 ta topshiriqnomadan 740 tasini bajarmasdan qaytargan. Soliq qo‘mitasi huzuridagi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tomonidan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmayotgan har ikkala bank kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va buning uchun Soliq kodeksida belgilangan javobgarlik choralari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi. ___________ #официальная_информация В соцсетях появились сообщения о проблемах при отправке платежных поручений. В связи с этим сообщаем следующее. С сентября этого года некоторые коммерческие банки перешли на новые информационные системы и не уведомили об этом Налоговый комитет. Из-за того, что разработчиками вносятся изменения в используемые банками системы, некоторые платежные поручения возвращаются без исполнения. К примеру, с начала этого месяца 413 из 2 439 поручений в Tenge bank и 740 из 4 287 поручений в Kapitalbank вернули без исполнения. Межрегиональная налоговая инспекция по крупным налогоплательщикам при Налоговом комитете направила банкам, не исполняющим свои обязательства в установленный срок, официальные предупреждения о незамедлительном устранении имеющихся недостатков и мерах ответственности, предусмотренных Налоговым кодексом. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
👍 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.