cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Hid Gallyutsinatsiyasi

Agape

Show more
Advertising posts
2 148
Subscribers
-524 hours
-227 days
+15130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

"Шахсий хона" тақдимотига албатта келинглар. Модомики, жаҳон адабиёти тарихида ўчмас из қолдирган адиба Виржиния Вулфнинг теша тегмаган фикрлари билан танишмоқни, фикр ҳурлиги ва руҳ озодлиги деган тансиқ неъматлардан баҳрамандликни истар экансиз, бу тадбир айнан СИЗ учун!
Show all...
8
Саъдий - машҳур файласуф. Саъдийни “машҳур файласуф” деганда,билингки, бу худди “машҳур файласуф Дж. Э. Мур” деган маънода эмас. Буерда худди “машҳур файласуф Исо”, “машҳур файласуф Будда” деган маънода.“Файласуф” сўзининг маъноси “дошишманд” бўлади ва бу sopia сўзидан –донишмандликни севувчи киши, маъносини билдиради. Саъдий шунингдек машҳуршоир. Ҳамма даврларда ҳам худди шундай бўлган, донишмандлик бўлган жойда,ўзидан ўзи шоирлик пайдо бўлган. Поэзия - бу донишмандлик маҳсули. Менасло, ҳар бир шоир донишманд бўлади демоқчи эмасман. Ҳар бир ҳақиқийдонишманднинг ҳаёти буткул поэзияга айланади. Агар сиз Исо пайғамбарними,Муҳаммад пайғамбар (Саллаллоҳу алайҳи вассалам)ними ёд этган бўлсангиз, сизгап нимада эканлигини биласиз. Исо шиоир эмас, гап шундаки унинг ҳаётинингҳар лаҳзаси поэзия. Ҳатто унинг ҳожда осилиб туриб оллоҳга қилганмурожаати: “ (Яратган) Ота, уларни кечир, улар нима қилаётганларинибилмайдилар” - бу поэзия. Фақат шоиргина шундай раҳидил bo'lishi mumkin. OSHO
Show all...
🔥 3😢 3
Шунинг учун ҳам миллионлаб одамлар севмасликни танлаганлар. Агар сиз эго фойдасига қарор қабул қилсангаз, унда севгисиз яшашингизга тўғри келади. Севги ва эго биргаликда яшай олмайди, буни иложи йўқ. Билим ва эго жуда ҳам мос келишади, севги ва эго эса ҳеч қачон. OSHO
Show all...
💔 9🔥 2
Metroda yuruvchi do'stlar, talabalar, piyodalar, umuman poytaxt yashovchilari uchun bir taklif: metroga qo'shimcha poyezdlar qo'yilishini talab qilib chellenj uyishtiraylik. Chilonzor, O"zbekiston yo"li (Beruniy bekatlari) qanaqa tirbandlik ekanini ko'ryapsiz. Soat 11 va soat 15 da chiqdim bugun shu yo'nalishlarga. Odatda bu piktaym emas. Ammo shunda ham 2 marta poyezdlarni o'tkazib yuborishga to'g'ri keldi. Tiqilinch. Sig'maysiz. Navbatda qolib ketasiz. Endi piktaymdagi tiqilinchni o'ylang! Poyezdlar o'rtacha 4,5 minutda kelyapti. Toshkentdek yirik shahar uchun bu juda sekin. Har daqiqada bitta poyezd kelsa, tirbandlik muammosi o"z-o'zidan hal bo"ladi. Biz har olgan mahsulotimizdan soliq to'layotganimizmi bilib oldik. Demak, oddiy transport vositasi yaxshilanishini so'rashga haqlimiz. Chellenj boshlaylik - davlat qo"shimcha poyezdlar xarid qilsin. Bir daqiqada bitta poyezd keladigan bo'lsin.
Show all...
9👍 4🔥 3🕊 1
Noma'lum yozuvchi yangi hikoya yozibdi. Mana bu yerda tahlili boshlangan. O'qinglarchi, ifodada Qahhor darajasiga yetolganmi yo hali ishlashi kerakmi? Yo Qahhorona yo'lni inkor etib yangi ifoda topganmi? O'zbek nasrida ifoda ustida ishlanmay qoyilgan bir paytda bu hikoyani pishiq desa bo'ladimi yo hali xommi? Fikrlarni o'sha guruhda izohida qoldiringlar.
Show all...
Rassom Tuz

BALIQ YILI   Jaloyirning unumdor qora tuproqlari ustida tinimsiz yomg‘ir yog‘gan yilni davlat rahbari “Yoshlar yili” deb e’lon qilishiga qaramay, Jaloyir ahli – o‘zining to‘rtta yoki beshta ajdodidan u yog‘ini bilmaydigan, dev, jin, pari, ajdar kabi ertak qahramonlarinigina va bundan tashqari o‘z qo‘rquvinigina yodda saqlagan yovqur va zulmkor, shiddatli va mard qilichbozlar, sarkardalar va kashshoflarning so‘ngi avlod ahllari bu yilni keyindan faqat baliq yili sifatida eslab qoldi. Jaloyirlarni – urush farzandlarini onajonlarining o‘zi yeb bitirgandi: birinchi va ikkinchi jahon urushlari uning eski andozadagi erkaklarini yo‘q qilgan, bugun ularning allaqachon loyi chiqib qolgan paxsa uylari, go‘sala va mayda molga to‘la qo‘tonlari, yuzini xushnudlik va qo‘tir bosgan bolalari tarixning avvalgi to‘s-to‘palonlari, ur-surlari va afsonalaridan allaqachon uzilgan bir bo‘lma ekani, undanam yomoni bu qism o‘zining asosiga tamoman yot shakllangani hamda undan boshqa umid qilmagan ma’qulligini ularning o‘zi bilmasdi.…

Xonimlarga savol: pilesos olmoqchiman, qaysi marka yaxshi, avval Samsungning eng kichigidan olib kuyib qolgandim. Hozir Philipes bor ekan, 1,5-2 mln atrofida. Shu marka yaxshimi yo buyam kichikmi, tortolmaydimi? O'zimizning avalon, artellarga nima deysizlar? (Qolganlardan uzr, 1 soatda o'chiraman postni)
Show all...
👍 7😁 5
Repost from BOOK.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
🔥 TAQDIMOT 🔥
Sizni fikrlarimning butun boshli labirinti bo’ylab olib o’taman.
Virjinya Vulf «Shaxsiy xona» asari taqdimoti. 😊Barchangizni kutib qolamiz! 21-sentyabr 15:00 da Manzil: Chilonzor 8, Qatortol koʻchasi 60 📚@bookuzbekistan
Show all...
👍 6😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
Endi mening o'z shaxsiy kutubxonamda eng kerakli asar "Shaxsiy xona" bor. Asarni o'qib bo'lib, o'z fikrlarimni sizlarga ulashaman. Bizga shunday asar kerak edi, ayniqsa ayollarimiz uchun. @farangizkhan_murodova
Show all...
🔥 6👍 2
Repost from N/a
Avval tarixchilarni, keyin shoirlarni oʻqisangiz - xuddi burgut qanotli qurt, oshxonada goʻsht maydalayotgan nurli va goʻzal farishtani koʻrgandek gʻalati his tuyasiz. Xayolot mahsuli boʻlgan badiiy adabiyot ilmiy haqiqatga asoslanmay yuzaga kelmaydi. Adabiyot oʻrgimchak toʻriga oʻxshaydi, uning tolalari yengil, ammo toʻrtta tarafi ham hayotga bogʻlangan. Tursunoy https://t.me/mendagi_mendaliklar
Show all...
Mendagi mendaliklar

Qalbdagi tuyumlar Kitob haqida o'ylar Iqtiboslar

😁 1
Repost from N/a
Hammamizga "Shaxsiy xona" kerak Ayollar haqida koʻplab asarlar yaratilgan: katta-kichik she'rlardan tortib yirik romanlargacha. Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona" esse-qissasi oʻzining nafaqat janr nuqtayi nazaridan ahamiyatli, balki inkor etib boʻlmas faktlarga asoslangan xulosalari bilan sizni oʻylashga majbur qiladi, achchiq haqiqati bilan ayollarning yuziga tarsaki tortadi, har bir ayolni uygʻonishga, ko'zini ochishga, dunyo ayvonida faqat bola tugʻishdan bundan-da balandroq ishlarni amalga oshirishga va shu orqali "ayol"likdan mustaqil va erkin SHAXS maqomiga koʻtarilishga chaqiradi. Buning uchun esa ayolga eng avval pul va shaxsiy xona boʻlishi kerak deydi Vulf: "Ayol ijodkor yozishi uchun hamma vaqt pul hamda yolgʻizlik kerak". Shu oʻrinda aytish joizki, nafaqat ayolning rivojlanishi, balki jamiyatda jinsidan qatʼiy nazar, har bir insonning oʻz ustida ishlashi, rivojlanishi uchun moddiy taʼminot juda muhim. Doim shunday boʻlgan, hozir ham bu qonuniyat oʻzgarmagan. Zero: "Toki qornimiz toʻq boʻlmaguncha, yaxshi fikrlay ham olmaymiz, miriqib uxlay ham olmaymiz yoki boshqa ishlarga ham qoʻlimiz bormaydi". Asar davomida Vulf oʻz fikrlarining ahamiyati va qiymati naqadar zarur ekanini tarixiy hodisalar bilan isbotlaydi. Oʻn oltinchi asrdan to yigirmanchi asarning boshlariga qadar yashab oʻtgan ayol ijodkorlarning shaxsiy hayoti hamda buning ijodiga qanchalik taʼsir etganini tahlil qiladi. Bu yoʻlda xayolan "Shekspirning singlisi" obrazini yaratadi. Vulfning fikricha, agar Shekspirning singlisi ham xuddi akasidek mantiq, grammatika, falsafa kabi bilimlarni o'rganish uchun imkoniyat mavjud boʻlganida u ham Shekspir darajasiga koʻtarila olgan boʻlar edi. Ammo Shekspir davrida hech bir ayol bunaqa darajaga chiqa olmas edi. Negaki tugʻilganidan kimgadir unashtirilgan, voyaga yetar-yetmas umrida koʻrmagan erkakka turmushga chiqish va butun umr farzand tugʻish, paypoq toʻqish, ovqat pishirishdan bir qadam ham ham oʻtmagan ayol uchun qoʻlga qalam olib, dunyoni zabt etishni oʻylash baliqning daraxtga tirmashib chiqishiga umid qilishdek gap. Erkaklar-chi? Tugʻilganidan "yuqori jins" vakili ekani miyasining tomir-tomirlarigacha singdirilgan va hayotlari davomida "quyi jins" vakillaridan huquq va imkoniyatlari behad koʻp boʻlgan erkaklar dunyoni qalam bilan olishdi, koʻplab ixtiro-yu kashfiyotlari bilan dunyo sivilizatsiyasini yangi bosqichga koʻtarishdi, jang qilib, dunyoni boshqarishdi va hokazo. Bularning barchasi iqtisodiy erkinlik va keng imkoniyatlarning mevasi deb hisoblaydi Vulf. Agarda ayollar ham xuddi erkaklar kabi muvaffaqiyat eshiklarini ochmoqchi boʻlsa, ularga hech kim bu eshik kalitini qoʻshqo'llab tutqazib qoʻymaydi: "Ularni himoyasiz qoldiring, barcha ishda erkaklar bilan tenglashtiring - ulardan askar, maros, mashinist, kemasoz yasang - bir kun kelib kimdir xuddi " Men samolyot koʻrdim" degandek, "Men bugun ayolni koʻrdim" deydigan dahshatli sur'atda oʻzgarib, yoʻqolib ketmaydi. Ayol oʻz ayollik qiyofasini yoʻqotsagina hamma narsa roʻy berishi mumkin". Umuman olganda, esse-qissaning boshidan oxirigacha ayollarning yuksalishi uchun eng muhim omil - pul, moliyaviy mustaqillik suv va havodek zarur ekani, ayniqsa ijodkor ayol uchun ikki karra zarurligi haqida bong uriladi. Zero "Ruhiy erkinlik moddiyatga bogʻliq. She'riyat esa ruhiy erkinlikka bogʻliqdir". Asarni yakunlar ekanman, har qanday davlat va jamiyatda nafaqat ayollarning ijodiy barkamolligi, balki butun bir millat san'at va madaniyatining taraqqiyoti eng birinchi iqtisodiy yetuklikka va rivojlanishga et va tirnoqdek bog'liq ekani va bu ikkov baravar yuksalishi, oʻsib borishini tarixdan to bugunga qadar oʻz tasdig'ini yoʻqotmagan haqiqat ekaniga amin boʻldim. Bundan tashqari, asarda Virjiniya Vulf adabiyot va sanʼat toʻgʻrida ham oʻz mulohazalarini bayon etadi. Quyida shulardan iqtiboslar: Sanʼatning yetukligi - har birimizga bera oladigan haqiqat hissida. Adabiyot oʻzgalar qarash-fikrlaridan ozor chekkan, qalbi vayronalar bilan toʻla.
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.