cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali 🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3 Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/ Ishonch telefoni: 792201281

Show more
Advertising posts
4 248
Subscribers
-1024 hours
+1847 days
+27130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Xalqaro_hamkorlik #Media_savodxonlik Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida UNESCO tashkiloti vakillari bilan mediasavodxonlik yuzasidan uchrashuv bolib otdi. Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev, xalqaro konsultant, doktor Olunifesi Adekunle Suraj hamda ikki tomondan mas'ullar ishtirok etishdi. 📍 Tadbir davomida: ➖maktablarda media savodxonlik tizimini takomillashtirish, ➖ta'limda onlayn-xavfsizlikni ta’minlash, ➖umumta’lim fanlari darsliklariga media ta’limning singdirilishi kabi mavzularda so‘z bordi.
Ma'lumot o‘rnida: maktablarining tarbiya, informatika va AT, geografiya, fizika, matematika, tarix, davlat va huquq asoslari, ona tili fanlari tarkibiga axborotni olish va saralash, ishonchli manbalarni aniqlash, soxta va haqiqiy axborotni bir-biridan farqlash kabi tushunchalar singdirilgan holda o‘qitilib kelinmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
👍 2
#Kasbiy_rivojlantirish_kuni 📚Navoiy viloyatida aniq fanlar yo‘nalishida "Kasbiy rivojlantirish kuni" va "Kasbiy rivojlantirish soati" tadbirlarining birinchi bosqich treninglariga start berildi. 🔹Bunda, Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida aniq fanlarning 4 nafar master-trenerlari va 30 nafar mentor o‘qituvchilari uchun Xalqaro ta'lim tashkiloti mutaxassislari tomonidan seminar-trening jarayonlari boshlandi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
📣DIQQAT, E'LON! ⏱️“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi uchun maxsus botga hujjatlar qabul qilish bugun soat 18-00 da to‘xtatiladi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
09:09
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda "Assalom, yangi kun!" dasturi. Dastur mehmoni oliy toifali o‘qituvchi Sardor Norbo‘tayev Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
SUHBAT 04.mp457.17 MB
#Xalqaro_hamkorlik Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida ikkinchi xorijiy til amaliyoti joriy etilgan maktablar uchun xitoy tili darsliklarini qabul qilib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev, "Asia Trans Gas" O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi Bosh direktori Liu Zhinguang hamda ikki tomondan mas'ullar ishtirok etishdi. Tadbirda “Asia Trans Gas” homiyligi asosida xarid qilingan 550 nusxa xitoy tili darsliklari va 550 nusxa mashq daftari taqdim etildi. Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2024-yildagi PQ-53-sonli Qaroriga muvofiq, o‘quvchilarni ikkinchi xorijiy tilga o‘qitish amaliyoti joriy etilgan.
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab jami 354 ta maktabda 2-xorijiy tilga o‘qitish jarayonlari boshlandi. Mazkur maktablarning oltitasida xitoy tili 2-xorijiy til sifatida o‘qitiladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlar orqali "Navoiy shahridagi DMTTlaridan birida bolaga engil tan jarohatlari yetkazilgani" haqida videolavha tarqalgan edi. Ushbu holat Navoiy shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganilib, murojaatda jarohatlangan, deb bayon etilgan shahardagi 32-sonli DMTT tarbiyalanuvchsining ota-onasi bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida ota-ona mazkur video va murojaat ularga tegishli emasligini, bola hech qanday jarohat olmaganini ma’lum qilishdi. Bo‘lim mas’ullari guruhdagi boshqa tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan ham suhbatlashganda, ularning DMTT va guruh tarbiyachilariga  e’tirozlari yo‘qligi aniqlandi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
👍 2
00:59
Video unavailableShow in Telegram
📣 🔤🔤🔤🔤🔤🔤📣 “Aziz va jonkuyar ustoz” challege o‘tkazilmoqda! ▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Aziz va jonkuyar ustoz” challengeni e'lon qiladi! 📌CHALLENGE nizomi bilan batafsil quyidagi havola tanishing! 🗓Challenge 18-sentabrdan 28-sentabr kuniga qadar bo'lib o'tadi. Challengening asosiy maqsadi: ✔️o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ✔️ularning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat. 🎁Challenge g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlanadi. 🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar! Challengeda faol ishtirok eting! Barchangizga omad yor bo'lsin! Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing! © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Show all...
IMG_4741.MOV46.38 MB
#Navbahor_tumani #xalqaro_tinchlik_kuni 🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan_maktabda 21-sentabr - Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan "Tinchlik-eng katta boylik" mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi. ❇️Hayotimiz go‘zalligini biz tinchlik bilangina his eta olamiz. Shuning uchun ham tinchlikning qadriga yetish lozim. Tasviriy faoliyat bilan birga o‘quvchilar tinchlik haqidagi xalq maqollaridan, buyuk olimlarning hikmatli so'zlaridan aytib va she'rlardan ifodali ijro etishdi. Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
👍 3
00:48
Video unavailableShow in Telegram
#sport_haftaligi Maktablarda oʻquvchilar ishtirokida sport musobaqalari oʻtkazilmoqda ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida joriy yilning 23-28-sentabr kunlari mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida 6 ta sport turi boʻyicha musobaqalar tashkil etilmoqda. ➖ Oʻquvchilar oʻz yoshi va sinfiga mos keladigan sport turlarini tanlagan holda, maktabdagi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi shakllantiradigan talabnomalar asosida bahslarda ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun talabgorlar jismoniy tarbiya fanidan dars oʻtadigan ustoziga murojaat qilishlari lozim. 👉 Musobaqadagi sport turlari va oʻtkazilish kunlari haqida ushbu videoda batafsil tanishing. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
Maktab 1(iPhone).mp410.16 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati Haqiqiy o‘qituvchining butun fikri o‘quvchilarida, o‘zi sochgan urug‘larning o‘sishidadir. D.I.Mendeleev  Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati. ☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️☘️ #Кун_ҳикмати Ҳақиқий ўқитувчининг бутун фикри ўқувчиларида, ўзи сочган уруғларнинг ўсишидадир. Д.И.Менделеев  Навоий вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси матбуот хизмати.
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.