cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz, Shoirlar devona, tuzalmaydilar. Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz, Shoirlar odamday sevolmaydilar... 𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧 Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii

Show more
Advertising posts
6 922
Subscribers
+1624 hours
+267 days
+47830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

DO‘PPI __________ Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar, Bir shoir, bir nosirdan boshqa. Sochlar silliq, Silliq qadamlar, U og‘irlik qilyapti boshga... __________ Rost do‘ppilar, Yolg‘on do‘ppilar, Kinolarda qolg‘on do‘ppilar. Chust do‘ppilar, Anjon do‘ppilar, Munchoqdek Marg‘ilon do‘ppilar... __________ Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar, Bir shoir, bir nosirdan o‘zga, Men ham sizga berdim savollar, Shlyapamni bostirib ko‘zga. __________ Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar, Ko‘ngil esa ko‘rmoq tusaydi. Madaniyat gullagan damlar, Kallaga e’tibor susaydi. __________ Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar, Na uyda va na ko‘chada. Mirtemirlar, G‘afur G‘ulomlar Yechgan do‘ppi qoldi tokchada... __________ Bu qandayin ko‘rgulik savdo, Do‘ppi kiymay qo‘ydi xaloyiq. Boshga loyiq do‘ppi yo‘qdir yo — Bosh qolmadi do‘ppiga loyiq. __________ ✍ Muhammad Yusuf @Muhammad_Yusuf_ijodi
Show all...
50👍 40🔥 7
Photo unavailableShow in Telegram
OLIFTA QIZLARGA YOQMAGAN SHEʼRIM ____________________________________ Ko‘ngil shodligiga yo‘qdir nihoya,  Jonimni allalar tug‘ilgan yerim.  Salom, ota makon va bedapoya Olifta qizlarga yoqmagan she’rim! ____________________________________ Sen o‘sha — o‘shasan, dilkashu mo‘min Dunyoni o‘ylaysan shudgorni kecha.  Yuzingdan suv oqib tinmaydi bir kun, Ko‘zingdan arimas tashvish bir kecha. ____________________________________ Men esa yashadim olisda bebosh,  Tilla sirg‘alarning jarangi aro.  O‘sdi, o‘saverdi yurak — xarsangtosh,  Bolangga o‘xshamay turibman, qara.  ____________________________________ Kelaman bittalab terib loy yo‘ldan  Oltin yoshligimning suratlarini...  O‘rdaklar uchadi og‘rinib ko‘ldan,  Oftobga tutgali ho‘l patlarini.  ____________________________________ Ko‘ngil shodligiga yo‘qdir nihoya,  Endi qadring bildim tug‘ilgan yerim,  Salom, yaydoq dala va g‘o‘zapoya —  Olifta qizlarga yoqmagan she’rim!.. ✍ Muhammad Yusuf @Muhammad_Yusuf_Ijodi
Show all...
👍 49👏 15 6🔥 5❤‍🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Менинг кимлигимни Билмайди ҳеч ким. Мен бир ғалатиман, Мен алоҳида. Кийиклар қонини келади ичгим, Чаённи чайнагим келар гоҳида. Муҳаммад Юсуф
Show all...
👏 24👍 16 7🥰 4❤‍🔥 3👎 2🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#sherparcha Bu qandayin ko'rgulik savdo Do'ppi kiymay qo'ydi xaloyiq. Boshga loyiq do'ppi yo'qdir yo — Bosh qolmadi do'ppiga loyiq. Muhammad Yusuf @Muhammad_Yusuf_ijodi
Show all...
42👍 29🔥 12😍 5
Photo unavailableShow in Telegram
#sherparcha Ota, yuzlarimni suv bosib ketdi, Ko'zyosh payxon qildi ko'nglim gulzorin. Mening kitoblarim, Mening she'rlarim — Qadringiz bilmagan yillarim zori... Muhammad Yusuf @Muhammad_Yusuf_ijodi
Show all...
🔥 21👍 11 2🥰 2
Photo unavailableShow in Telegram
#sheʼrparcha (((Sen o'choq odida chaqqan gugurtni- -Uchida lovullab tursa yuragim... ©️Muhammad Yusuf @Muhammad_Yusuf_ijodi
Show all...
👍 32 6
01:31
Video unavailableShow in Telegram
Ehson mukofoti Jannatdur... Xoliqov Orzumurod 37 yoshda. Xastalik tashxisi Jigar serrozi kassalligi, 1-guruh nogironi. Ushbu insonni operatsiya qilish kerak.  Oilasining imkoniyati yetarli emas. Azizlar, operatsiya va dori-darmonlar uchun mablag‘ zarur. Saxiy insonlar, bu oila sizning yordaminigizga muxtoj. Manzil: Toshkent viloyati, Piskent tumani Fayzobod MFY 🇸🇱 8600 0423 6529 4163 Geldiyeva Pokiza 8600 0610 3969 8112 Holiqov Orzumurod Tel +99893 668 68 35  shu nomerga ulangan Qo'ldan kelgancha yordam qilaylik @MUHAMMAD_YUSUF_IJODI
Guruh va kanallarga tarqating, befarq bo'lmang
Show all...
IMG_0082.MOV17.50 MB
👍 9🔥 2 1👏 1
✍ Muhammad Yusuf 🎙 Abdukarim Mirzayev 📝Tanish Teraklar @Muhammad_Yusuf_Ijodi
Show all...
1.06 MB
11👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
👍 27❤‍🔥 8 2😍 2
🇺🇿 VATANNI SEVMOQ SAVOB 🇺🇿 Ota-onang ko'nglin ziyorat qilmoq, Haj-umra amali - tavof aslida. Yurak tomirlaring ekilgan tuproq, Vatanni sevish ham savob aslida !.. Imon chegarasin buzar, bo'l ogoh, Gunohlar, tahdidlar serob aslida. Odam ozorida Vatan begunoh, Vatanni sevish ham savob aslida !.. O'z yurtin tanlab tug'ilmas inson, Bevatan, beishqlar betob aslida. Payg'ambar Makkani suygan-ku, ishon, Vatanni sevish ham savob aslida !.. Qumdek qular qurgan imoratlaring, Haq yo'lidin o'zgasi sarob aslida. Alloh bergan taqdir, saodatlaring, Vatanni sevish ham savob aslida !.. "Ehsonning mukofoti ehson " - atalmish, Yaxshilikka yaxshilik javob aslida. Buzg'unchilik qilma, tanish, notanish, Vatanni sevish ham savob aslida !.. Dunyoda xalqini o'ylagan marddir, Halqumni o'ylagan xarob aslida. Har kimsa ekkanin o'rmog'i shartdir, Vatanni sevish ham savob aslida !.. Vatanlar boyligi uchun sevilmas, Bugun chin sadoqat noyob aslida. Oldingdagi oqqan daryo sezilmas, Vatanni sevish ham savob aslida !.. Cho'l-dashtda ko'z ochgan sahro qushiga, Yomg'irning tomchisi gulob aslida. Vatan ham omonat har bir kishiga, Vatanni sevish ham savob aslida !.. Vatanni sevmoqlik savob aslida !!! AZIZ XO'JA NUR Sirdaryo Sayhun "SADOQAT" kitob to'plamidan @Aziz_Xoja_Nur_99891_501_57_57
Show all...
👍 5 2🔥 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.