cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi

Navoiy viloyati soliq xizmati organlarining rasmiy kanali. 📍Manzil: Navoiy shahri, A.Navoiy koʻchasi, 27-b uy. Murojaat uchun telefonlar: 📞 1062, 📞 (79) 222-00-70, 📞 (79) 220-60-75 Veb-sayt: soliq.uz, Facebook: @nvsoliqnews

Show more
Advertising posts
2 888
Subscribers
+524 hours
+57 days
-1130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-sentabr avgust oyi uchun: - QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 273-modda 1 va 2-qismlar); - agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 345-modda 5-qism); - norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 355-modda 1-qism); - yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4-qismlar); - suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 448-modda 3-qism); III chorak uchun: - AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 417-modda 6-qism); - AOS toʻlovchilar tomonidan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 432-modda 1-qism); - suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YATTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 448-modda 3-qism). _____________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️20 сентября 2024 года - последний день за август: - представления отчетности и уплаты НДС (ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса); - представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в августе были начислены дивиденды и проценты (ч.5 ст.345 Налогового кодекса); - представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов (ч.1 ст.355 Налогового кодекса); - представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами (ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса); - уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога (ч.3 ст.448 Налогового кодекса); за III квартал: - уплаты авансовых платежей по налогу на имущество плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога (ч.6 ст.417 Налогового кодекса); - уплаты авансовых платежей по земельному налогу с юридических лиц плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога (ч.1 ст.432 Налогового кодекса); - уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами, не являющимися плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога (ч.3 ст.448 Налогового кодекса). Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
#QQS ❗️20-sentabr - avgust oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni 👉QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma _______________ #НДС ❗️20 сентября - последний день представления отчетности по НДС за август 👉Инструкция по заполнению отчетности по НДС Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf8.87 KB
01:00
Video unavailableShow in Telegram
🔸 Navoiy viloyati soliq boshqarmasida soliq xizmati organlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida soliq xodimlarining ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Youtube
Show all...
SB tadbir tayyor oxirgisi.mp463.77 MB
#ommaviy_sayyor_qabul QIZILTEPA TUMANI AHOLISI MUAMMOLARI O‘RGANILDI Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari Qiziltepa tumani aholisi muammolarini o‘rganish maqsadida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, IV sektor rahbari S.Nazarov ishtirok etib, tegishliligi bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini o‘rgandi. Ochiq muloqotlar davomida bandlikni ta'minlash, kredit ajratish, soliq tizimiga oid hamda salomatligini tiklash yuzasidan aholini qiynab kelayotgan qator masalalar yechimiga alohida e’tibor qaratdi. Aksariyat masalalar qabulning o‘zida ijobiy hal etilib, muddat va o‘rganish talab etadigan murojaatlar alohida nazoratga olindi. Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Youtube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinmoqdaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. 👉PF-140-son, 18.09.2024-yil Unga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab: 🔁 yil davomida berilgan soliq imtiyozlari keyingi yildan kuchga kiradi; Bugungi kunda soliq toʻlovchilar soliqlar boʻyicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan eʻtiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanish huquqiga ega. 👉Soliq kodeksining 75-moddasiQQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi: ▫️ yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi uchun; ▫️nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun; ❌yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi. Shu bilan birga, mazkur yer uchastkalariga soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi; ❌ 2018-yil 29-noyabrdagi PF-5587-son Farmon oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilib, eksportchilar va reeksportchilar uchun foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha berilgan imtiyozlar bekor qilindi. ❌ “Hyatt” kompaniyalar guruhi uchun foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar ham bekor qilindi. 2029-yil 1-yanvarga qadar yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq operatsiyalari, jumladan, norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi. Ilgari ushbu normaning amal qilish muddati koʻrsatilmagan edi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshirilayotgan hamda QQS boʻyicha imtiyozlar qoʻllaniladigan infratuzilma loyihalari roʻyxatiga aniqlashtiruvchi oʻzgarishlar kiritildi. Xususan, bunday loyihalarga elektr energiyasi, gaz va issiqlik taʻminoti, suv taʻminoti va kanalizatsiya, suv xoʻjaligi, yoʻl-transport infratuzilmasi, aloqa va telekommunikatsiyalar, agrotexnika, sanitariya-tozalash, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish kabi loyihalar kirishi belgilandi. Maʻlumot uchun. Bugungi kunga qadar qonun hujjatlarida yuqorida koʻrsatilgan imtiyozlar qoʻllaniladigan infratuzilma loyihalarining aniq roʻyxati belgilanmagan. 👉 Soliq kodeksi 45-qism 483-modda Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan boʻlib, ushbu qonun qabul qilinganidan keyin yuqoridagi normalar qoʻllaniladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#новое_в_законодательстве Отменяются некоторые налоговые льготы Принят Указ Президента «О внесении изменений и дополнения, а также признании утратившими силу некоторых актов Президента РУз, предусматривающих предоставление налоговых и таможенных льгот». 👉№УП-140 от 18.09.2024 Согласно ему, с 1 января 2025 года: 🔁 налоговые льготы, предоставляемые в течение года, вводятся в действие со следующего года; На сегодняшний день налогоплательщики вправе использовать льготы по налогам с момента возникновения соответствующих правовых оснований в течение всего периода их действия. 👉ст.75 НКотменяются льготы по НДС: ▫️за оборот от оказания услуг по перевозке пассажиров по единым тарифам, ▫️за товары и услуги, реализуемые юрлицами, единственными участниками которых являются общественные объединения лиц с инвалидностью; ❌отменяются льготы по земельному налогу с юрлиц за земли, на которых произведены новые посадки садов, виноградников и тутовников. При этом по данным земельным участкам налоговая ставка будет снижена на 50%; ❌отменяются льготы по налогу на прибыль и налогу с оборота для экспортеров и реэкспортеров, предоставленные по № УП-5587 от 29.11.2018 г., который утратил силу. ❌Также отменяется льгота по налогу на прибыль компаний группы «Хаятт». До 1 января 2029 года операции юридических и физических лиц, связанные с оборотом крипто-активов, в том числе осуществляемые нерезидентами, не являются объектами налогообложения, а доходы, полученные по данным операциям, не включаются в налогооблагаемую базу по налогам и другим обязательным платежам. Ранее данная норма не предусматривала срок действия. Также вносятся изменения, уточняющие перечень инфраструктурных проектов, реализуемых полностью или частично за счет государственного внешнего долга, привлеченного и привлекаемого из международных финансовых институтов и зарубежных правительственных финансовых организаций и на которые распространяются льготы по НДС. В частности, к таким проектам будут относиться проекты по электро-, газо- и теплоснабжению, водоснабжению и канализации, водному хозяйству, дорожно-транспортной инфраструктуре, связи и телекоммуникациям, агрологистике, санитарной очистке, управлению твердыми бытовыми отходами. Для информации. На сегодняшний день законодательством не предусмотрен конкретный перечень инфраструктурных проектов, на которых распространяется вышеуказанная льгота. 👉ч.45 ст.483 НК Предусматривается разработка проекта Закона о внесении изменений и дополнений в Налоговый кодекс, после принятия которого будет применяться вышеперечисленные нормы. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
🔘 Kasbga sadoqat, mas’uliyat – muvaffaqiyat garovi! Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Youtube
Show all...
🔘 Kasbga sadoqat, mas’uliyat – muvaffaqiyat garovi! Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Youtube
Show all...
🔘 Kasbga sadoqat, mas’uliyat – muvaffaqiyat garovi! 🔰 Demokratik jamiyatda xalqning davlatga ishonchi eng muhim jihatdir. Rivojlanish, yangilanish va ulkan o‘zgarishlar albatta qonun ustuvor, ochiq va oshkora jamiyatda yuz beradi. Biroq, mustahkam ustun – davlat va xalq o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga, eng achinarlisi, taraqqiyotga ulkan to‘siq bo‘luvchi bir illat borki, bu korrupsiya tushunchasidir. 🔸 Navoiy viloyati soliq boshqarmasida soliq xizmati organlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida soliq xodimlarining ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. 🔸 Viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi bo‘lish sharafli va mas’uliyatli kasb ekanligini ta’kidlab, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan oila-a’zolariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 🔸 Mulqotlarda noqonuniy yo‘llar bilan daromad orttirish payida bo‘lgan “tadbirkor”larni qonuniy faoliyat yuritish yo‘liga boshlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik kabi asosiy jihatlarga e’tibor qaratildi. 🔸 Farzandlari va yaqinlarini bu xavfli illat tuzog‘iga tushishdan asrash uchun jamoada ham oilada ham korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishning muhim ahamiyati tushuntirildi. 🔸 Shuningdek, viloyat soliq xizmati organlarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh soliq xodimlarining ota-onalariga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirilib, esdalik sovg’alari berildi. Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda “Inbazar” savdo doʻkonlari tarmogʻidagi xodimlar soni toʻgʻrisida tarqalgan maʼlumotlar yuzasidan Soliq qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qiladi. Bugungi kunda Toshkent shahrida “Inbazar” savdo brendi ostida 3 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda: ▫️"IN MAG" MChJ; ▫️"GO TREND" MChJ; ▫️"KDS SALES" MChJ. Taqdim etilgan soliq hisobotlariga koʻra, ushbu tadbirkorlik subyektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan taʻminlangan. Soliq organlari qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlaridan kelib chiqqan holda, soliq toʻlovchilar tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Soliq organlari tomonidan 2024-yilning oʻtgan davrida “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” tizimi orqali xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida , mazkur tadbirkorlik subyektlarida 17 marotaba sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha jarimalar qoʻllanilgan. Shtatida 1 nafar xodim koʻrsatilgan “INBAZAR” MChJ tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida. ___________ #официальная_информация В связи с информацией, распространившейся в социальных сетях, о количестве сотрудников в сети магазинов Inbazar, Налоговый комитет сообщает следующее. В настоящее время в Ташкенте под торговой маркой Inbazar осуществляют деятельность 3 организации: ▫️ООО “IN MAG”; ▫️ООО “GO TREND”; ▫️ООО “KDS SALES”. По данным представленной налоговой отчетности в этих организациях официально трудоустроено 44 человека. Исходя из установленных законодательством обязанностей, налоговые органы осуществляют контроль за соблюдением налогоплательщиками налогового законодательства, правильностью исчисления, полнотой и своевременностью уплаты налогов. Так, на основании поступивших через систему "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq жалоб покупателей, приобретающих товары в этих магазинах, в течение 2024 года в отношении этих организаций проведено 17 выездных налоговых проверок и применены штрафы. В данный момент ООО "INBAZAR", в которой трудоустроен 1 сотрудник, не осуществляет предпринимательскую деятельность и находится в стадии добровольной ликвидации. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.