cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Urganch tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

Urganch tumani MMTBda ro`y berayotgan voqealar, yangiliklar, tadbirlar, loyihalar, seminar va uchrashuvlar hamda ta`lim sohasidagi asosiy hujjatlar haqida kanal Sizni qiziqtirgan, qiynayotgan savollar bo'lsa @urganchtxtbbot savol yo'llang!

Show more
Advertising posts
653
Subscribers
No data24 hours
-107 days
-1630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
SAYYOR QABUL!!!🔊 Joriy yilning 14-sentabr kuni soat 15:00 da Urganch tumani Maktabgacha va maktab ta'limi boshlig‘i O.Abduraximov tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Urganch tumanining "O'rtado'rman" mahallasida joylashgan 4-sonli Umumiy o'rta ta'lim maktabi binosida sayyor qabul o‘tkaziladi. Soha bo‘yicha murojaat qilish istagida bo‘lgan barcha fuqarolarni Sayyor qabulga taklif qilamiz. Manzil: Urganch tumani "O'rtado'rman" mahallasi, Qushchilar ko‘chasi, 15-uy Murojaat uchun telefon:  +99862  352 26 70
Show all...
⚡️Асосий олимпиаданинг биринчи (мактаб) босқичи 16-30-cентябр кунлари ўтказилади Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг 2024 йил 9-cентябрдаги 02-31-1335-сонли хати билан 2024-2025-ўқув йилида Асосий олимпиаданинг мактаб босқичини ўтказиш бўйича тавсиялар ҳамда муддатлари ҳудудларга юборилди. 17 та фан бўйича ташкил этиладиган олимпиадаларнинг биринчи (мактаб) босқичи жорий йилнинг 16-30-cентябр кунлари ташкил этилади. Олимпиада ўтказиладиган жой ва муддатлари бўйича барча ўқувчилар олимпиададан камида 3 кун олдин (эълонлар тахтаси, ижтимоий тармоқлар ва telegram гуруҳларга эълон жойлаштириш, фан ўқитувчилари томонидан машғулотлар вақтида, умумий сафланишда оғзаки эълон қилиш ва бошқалар) хабардор қилиниши лозим. Ҳар бир фан ва синф кесимида иштирокчилар орасидан баллар кетма-кетлигида 3 нафаргача ғолиб аниқланади ва асосий олимпиаданинг кейинги босқичида иштирок этиш учун тавсия этилади. Кейинги босқичда иштирок этиш учун тавсия этилган ўқувчилар ҳамда уларнинг ўқитувчилари ҳақидаги маълумотлар Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг olympiad.uzedu.uz ахборот тизимига жойлаштирилиши шарт. @urganchedu
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
ASOSIY TUSHUNCHALAR 🔗 Joriy yilning oktabr oyidan boshlanadigan "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlari davomida uchraydigan asosiy tushunchalar bilan bo'lishmoqchimiz.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida"gi 246-son buyrugʻi.
Kanalga obuna bo'lishni unutmang! ••┄┄┄❅┄┄┄••• 📱 Malaka oshirish|CPD_official
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Aziz yurtdoshlar! Joriy yilning 7 sentabr kuni 15:00 da Urganch tumani Maktabgacha va maktab ta'limi boshlig‘i O.Abduraximov tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Urganch tumanining “M.Xorazmiy mahallasida joylashgan 46-sonli Umumiy o'rta ta'lim maktabi binosida sayyor qabul o‘tkaziladi. Soha bo‘yicha murojaat qilish istagida bo‘lgan barcha fuqarolarni Sayyor qabulga taklif qilamiz. Manzil: Urganch tumani M.Xorazmiy mahallasi Sohibkor ko‘chasi Murojaat uchun telefon:  +99862  352 26 70
Show all...
👍 1
Aziz yurtdoshlar! Joriy yilning 7 sentabr kuni Urganch tumani Maktabgacha va maktab ta'limi boshlig‘i O.Abduraximov tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Urganch tumanining “K.Otaniyaozov” mahallasida joylashgan 46-sonli Umumiy o'rta ta'lim maktabi binosida sayyor qabul o‘tkaziladi.
Show all...
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli ustozlar, Qadrli o‘quvchilar! Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman. Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda. Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi. Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir. Aziz o‘quvchilar! Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Show all...
#taʼlimga_yoʼnaltirilgan_sarmoya_ kelajak_uchun_sarmoyadir ✅️ Bugun 2024-yil 30-avgust kuni Urganch tumanidagi 7-son umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasiga maktabimizning 5 nafar sobiq bitiruvchilari tomonidan xayrli an'ana sifatida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan sovg'a sifatida jami 75 million so'mlik 15 ta zamonaviy kompyuterlar jamlanmasi tuhfa qilindi. Urganch tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi matbuot xizmati @urganchedu
Show all...
13.88 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
SINGAPURNING XALQARO SERTIFIKATNI OLISH BO'YICHA MATNLI YOʻRIQNOMA 🇸🇬 Singapur ta'lim tashkiloti bilan hamkorlik doirasida tashkil etilgan trening SERTIFIKATINI olish uchun quyidagilarni bajaring: 🟢 http://onlinedu.uz platformasidagi profilingizga kiring; 🟢 Profilingizdagi menyudan Maqsadli kurslar bandini bosing va tegishli kursni tanlang; 🟢 Rasmdagi mundarija tugmasini bosing va trening materiallariga bir bor ko'z yugurtirib chiqing; 🟢 Har bir modul so'ngida berilgan testni ishlang va sertifikatni qo'lga kiriting.
👆Eslatma: Agar siz testdan o'tolmasangiz 40 minutdan so'ng testni topshirishingiz uchun qayta imkoniyat beriladi.
🔗 Barcha o'qituvchilari bilan xabarni ulashing. 👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang! ••┄┄┄❅┄┄┄••• 🪀 Malaka oshirish|CPD_official
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#xushxabar Tumanimizdagi 38-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 5-sinf o'quvchisi Baxtiyarov Abdulaziz Inomjon o'gli Xiva shahridagi Prezident maktabiga qabul qilindi. Ushbu natija bilan 38-sonli maktab pedagoglar jamoasini muborakbod qilib kelgusida yanada yuqori natijalar qayd etishlariga tilakdoshmiz. Urganch tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati @urganchedu
Show all...
👍 8👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
SINGAPUR BILAN HAMKORLIKDAGI TRENING SERTIFIKATINI QANDAY OLISH MUMKIN?Singapur ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda 26-30 avgust kunlari tashkil etiladigan 4-bosqich o‘quvlarida ishtirok etgan o'qituvchilarga "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasi (onlinedu.uz) orqali sertifikat berilishi ko'zda turilgan.
👆Buning uchun Siz, onlinedu.uz platformasidagi profilingizda joylashgan Maqsadli kurslar menyusi orqali trening materiallarini yana bir bor o'zlashtirishingiz kerak bo'ladi.
⏰ Bu bo'yicha kurslar 28-avgustdan faollashadi.
Trening mavzusi:
🔺 “O'quvchilarning tabiiy-ilmiy (matematik) savodxonligini rivojlantirishda zamonaviy yondashuv” (kimyo, biologiya, geografiya, fizika va matematika fani o'qituvchilari uchun);
🟣 Ma'lumot uchun: ushbu o‘quvlarning 4-bosqichida respublikamiz bo‘yicha jami 90 mingga yaqin o‘qituvchilarni qamrab olish va ularga Sertifikat berilishi nazarda tutilgan.
👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang! ••┄┄┄❅┄┄┄••• 🪀 Malaka oshirish|CPD_official
Show all...
👍 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.