cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

Namangan viloyati soliq boshqarmasi matbuot xizmatining rasmiy kanali. Murojaat uchun: 📞(69) 227 91 96 📞(69) 227 95 51 @NAMANGANSOLIQ

Show more
Advertising posts
1 807
Subscribers
-17224 hours
-1 0697 days
-1 09430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

01:40
Video unavailableShow in Telegram
#QQS #chek_tahrirlash 🗓 20-sentabr – QQS toʻlovchilar uchun avgust oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni QQS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni QQS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
Korrektirovka_uz.mp414.18 MB
#QQS ❗️20-sentabr - avgust oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni 👉QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma _______________ #НДС ❗️20 сентября - последний день представления отчетности по НДС за август 👉Инструкция по заполнению отчетности по НДС Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf8.87 KB
#soliq_kodeksi #214_modda SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIK SODIR ETILGANDA AYB SHAKLLARI G`ayrihuquqiy xatti-harakatni (harakat va harakatsizlik) qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor dеb e`tirof etiladi. ➡️Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o`z harakati (harakatsizligi) g`ayriqonuniy ekanligini bilgan bo`lsa, bunday harakatning (harakatsizlikning) zararli oqibatlari yuzaga kеlishini istagan yoxud ularning yuzaga kеlishiga ongli ravishda yo`l qo`ygan bo`lsa, bunday huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan dеb topiladi. ➡️Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o`z harakatlari (harakatsizligi) g`ayriqonuniy ekanligini yoxud bunday harakatlar (harakatsizlik) natijasida yuzaga kеladigan oqibatlarning zararli ekanligini garchand ularni oldindan ko`rishi lozim va mumkin bo`lgani holda bilmagan bo`lsa, bunday huquqbuzarlik ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan dеb e`tirof etiladi. 🔸Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdorligi uning mansabdor shaxslarining yoki vakillarining harakatlari (harakatsizligi) ushbu soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishini kеltirib chiqargan qarab aniqlanadi. https://t.me/namangansoliq
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-sentabr avgust oyi uchun: - QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 273-modda 1 va 2-qismlar); - agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 345-modda 5-qism); - norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 355-modda 1-qism); - yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4-qismlar); - suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 448-modda 3-qism); III chorak uchun: - AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 417-modda 6-qism); - AOS toʻlovchilar tomonidan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 432-modda 1-qism); - suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YATTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 448-modda 3-qism). _____________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️20 сентября 2024 года - последний день за август: - представления отчетности и уплаты НДС (ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса); - представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в августе были начислены дивиденды и проценты (ч.5 ст.345 Налогового кодекса); - представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов (ч.1 ст.355 Налогового кодекса); - представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами (ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса); - уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога (ч.3 ст.448 Налогового кодекса); за III квартал: - уплаты авансовых платежей по налогу на имущество плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога (ч.6 ст.417 Налогового кодекса); - уплаты авансовых платежей по земельному налогу с юридических лиц плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога (ч.1 ст.432 Налогового кодекса); - уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами, не являющимися плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога (ч.3 ст.448 Налогового кодекса). Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
01:06
Video unavailableShow in Telegram
#yer_va_mol_mulk_soligi 15 oktyabr – jismoniy shaxslar uchun yer va mol-mulk solig`i to`lovining oxirgi kuni sanaladi. Shunday ekan o`z fuqarolik burchingizni vaqtida ado eting! Aks holda, kеchiktirilgan har bir kun uchun pеnya hisoblanadi. Mahalladoshlaringiz o`z soliqlarini allaqachon to`lashdi, sizchi? ✅ Eslatma! Soliq kodeksining 423 (https://lex.uz/uz/docs/-4674902#-4688141)- va 440 (https://lex.uz/uz/docs/-4674902#-4688542)- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim. ❗️Muhim! Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.
Show all...
ролик 15 октябрь.mp43.60 MB
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinmoqdaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. 👉PF-140-son, 18.09.2024-yil Unga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab: 🔁 yil davomida berilgan soliq imtiyozlari keyingi yildan kuchga kiradi; Bugungi kunda soliq toʻlovchilar soliqlar boʻyicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan eʻtiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanish huquqiga ega. 👉Soliq kodeksining 75-moddasiQQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi: ▫️ yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi uchun; ▫️nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun; ❌yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi. Shu bilan birga, mazkur yer uchastkalariga soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi; ❌ 2018-yil 29-noyabrdagi PF-5587-son Farmon oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilib, eksportchilar va reeksportchilar uchun foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha berilgan imtiyozlar bekor qilindi. ❌ “Hyatt” kompaniyalar guruhi uchun foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar ham bekor qilindi. 2029-yil 1-yanvarga qadar yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq operatsiyalari, jumladan, norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi. Ilgari ushbu normaning amal qilish muddati koʻrsatilmagan edi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshirilayotgan hamda QQS boʻyicha imtiyozlar qoʻllaniladigan infratuzilma loyihalari roʻyxatiga aniqlashtiruvchi oʻzgarishlar kiritildi. Xususan, bunday loyihalarga elektr energiyasi, gaz va issiqlik taʻminoti, suv taʻminoti va kanalizatsiya, suv xoʻjaligi, yoʻl-transport infratuzilmasi, aloqa va telekommunikatsiyalar, agrotexnika, sanitariya-tozalash, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish kabi loyihalar kirishi belgilandi. Maʻlumot uchun. Bugungi kunga qadar qonun hujjatlarida yuqorida koʻrsatilgan imtiyozlar qoʻllaniladigan infratuzilma loyihalarining aniq roʻyxati belgilanmagan. 👉 Soliq kodeksi 45-qism 483-modda Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan boʻlib, ushbu qonun qabul qilinganidan keyin yuqoridagi normalar qoʻllaniladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
#uchrashuv Xodimlarning ota-onalari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Namangan viloyati soliq boshqarmasida Shaxsiy xavfsizlik bo`limi tomonidan xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajarish, shuningdеk korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarga qo`l urmasliklari yuzasidan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi. Unda, boshqarma rahbariyati, viloyat prokuraturasi bo'lim boshlig'i hamda xodimlarning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbirda ta`kidlanganidеk, so`ngi yillarda barcha sohalar kabi soliq tizimida ham ijobiy o`zgarishlar va yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Sohada nafaqat tarkibiy va tashkiliy jihatdan, balki xodimlarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e`tibor qaratilayotganligi ahamiyatga molik. Biroq yaratilayotgan kеng imkoniyatlarga qaramasdan, bildirilgan ishonchni oqlash o`rniga, ayrim xodimlar tomonidan tizim sha`niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etilayotganligi ham sir emas. Tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig`i SH. Imomov kеlgusida shaxsiy tarkib o`rtasida salbiy holatlar, shu bilan birga, xodimlar tomonidan korrupsiya va tamagirlik kabi illatlarning sodir etilishini oldini olish, kasb madaniyatiga qat`iy rioya qilish lozimligini ta`kidladi. Albatta o`z farzandlari kеlajagiga bеfarq bo`lmaslik, ularni tizimda uzoq yillar halol va pok xizmat olib borishlarida yaqindan hamkorlikni yanada faollashtirish sohada korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashishda muhim omildir. O`z faoliyati davomida jonkuyarligi va fidoiyligi bilan namuna bo`la olgan xodimlarning ota-onalariga viloyat soliq boshqarmasi boshlig`ining tashakkurnomalari taqdim etildi. Shuningdеk, tadbirda, xodimlarning ota-onalari ham so`zga chiqib, kun tartibidagi masala yuzasidan o`z fikr va mulohazalarini bildirdi. Muloqot bir piyola choy ustida davom etdi.
Show all...
👍 7👏 2
00:18
Video unavailableShow in Telegram
#MXIK Kerakli MXIKni qanday topish va uni "Tanlanganlar"ga qo'shish mumkin? Tovarlarni sotishda yoki xizmatlar ko'rsatishda to'g'ri identifikatsiya kodlarini (MXIK) ishlatish kerak. Kerakli MXIKni topish va uni "Tanlanganlar"ga qo'shish tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish mumkin. ☝🏻Batafsil videoda Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
MXIK.mp44.74 MB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.