cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Salomatlik daily

Salomatlik - qimmatli kapital, uni qadriga yeting! Kanalda: ▪️Sogʻlom hayot tarzi; ▪️Bola parvarishi; ▪️Kasalliklar, sabablar va davosi haqida asosli qimmatli maʼlumotlar beriladi. ✓ Maqsad: Tibbiy sovodxonlikni oshirishga hissa qo’shish.

Show more
Uzbekistan6 016The language is not specifiedMedicine1 571
Advertising posts
13 991
Subscribers
-8424 hours
-6497 days
-2 82930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

​​#bilish_shart Miokard infarkti belgilari va tez yordam kelishidan oldingi harakatlar (bu haqda har bir kishi bilib qo’ysa zarar qilmaydi) 🫀Miokard infarkti bir necha daqiqa davom etadigan yoki takroriy koʻkrak qafasida xurujsimon ogʻriq, yonish hissi bilan boshlanadi. Ogʻriq qoʻllarga, chap elkaga, jagʻga yoki orqaga tarqalishi mumkin. Shuningdek, koʻngil aynishi, bosh aylanishi, nafas qisishi kabi belgilar boʻladi. Qandli diabetga chalingan bemorlar infarkt xuruji vaqtida biroz muddat ogʻriqni sezmasligi mumkin, chunki diabet nerv tolalarining oʻtkazuvchanligini buzadi. Sabablari: • Haddan tashqari intensivlikdagi jismoniy faollik; • Chekish; • Spirtli ichimliklar va qahvani ortiqcha isteʼmol qilish; • Qon bosimining oshib ketishi; • Ob-havoning oʻzgarishi; • Stress. Birinchi yordam haqida oldingi postlarda yozgan edim: 👉 Birinchi yordam Bu maʼlumotlarni hamma bilishi shart, yaqinlaringizga ham ulashing🚀 🎯@Salomatlik_daily - Avval sogʻlik, keyin boshqalari
Show all...
Salomatlik daily

#ҳамма_билиши_шарт 🫀 Миокард инфарктида биринчи ёрдам... 📌 Ёнингиздаги кишида инфаркт хуружи бўлаётганининг белгилари: - Кўкракда кучли, «ханжар санчгандек» оғриқ, ёниш ҳисси; - Оғриқ чап қўл, пастки жағга ва кураклар орасига иррадиацияланади; - Совқотиш, совуқ тер босиши; - Хансираш; нафас қисиши; - Ярим соатдан ортиқ давом этган хуруж; 📌 Биринчи ёрдам: – Бемор бошини тик қилиб тезда ерга ётқизинг; – Зудлик билан «тез ёрдам 103» га қўнғироқ қилинг; – Бўйинбоғ ва қисиб турган кийимлари бўлса ечиб ташланг; –Бемор оёқларини иссиқ сувга тиқиб туринг; – Тез ёрдам келгунича, Аспирин таблеткаси топиб чайнатилса мақсадга мувофиқ бўлади. ❗️ Ҳар йили миокард инфарктида юрак хуружи ўз вақтида аниқланмаслиги ва биринчи ёрдам кўрсатилмаслиги оқибатида кўплаб кишилар оламдан ўтадилар. Ушбу маълумотларни ўрганиб қўйиш ҳар биримизга ҳам зарар қилмайди. 👉🏻 @OILAVIY_SHIFOKORINGIZ Аввал соғлик, кейин бошқалари!

👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
#mavzudan_tashqari Muhabbat bel og‘rig‘iga oʻxshaydi. Rentgenda ko‘rinmasada, lekin uning borligini his qilasan. (c) Jorj Berns #shifokorning_kundaligi dan 👉 @Salomatlik_daily - Barchasi salomatlik haqida.
Show all...
👍 9 4🔥 2👏 1😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
#savol_javob Homiladorlikda jigʻildon qaynashi.
❓ Homiladorman yetti oylik, jigʻildon qaynashi koʻp kuzatilyapti, bu jiddiy kasallikmasmi, xavotirlanyapman juda.
Jigʻildon qaynashi odatda 2- 3- trimestrada koʻpchilik homilador ayollarda kuzatiladi, bundan qoʻrqish kerak emas! 🔸 Sabablari: - Homiladorlik gormoni - progesteron bachadon mushaklarini boʻshatish bilan birga, ovqat-hazm trakti faoliyatini ham susaytiradi, shu sababdan ham jigʻildon qaynaydi. - Boshqa tomondan olsak, homila kattalashgan sari oshqozonni siqib qoʻya boshlaydi, bu ham jigʻildon qaynashiga sabab boʻlishi mumkin. ✅ Davolashda jigʻildon qaynagan vaqda oshqozon shirasi kislotaliligini kamaytirish uchun eng effektiv mahsulotlar: -Gazlangan, mineral suv -Ichimlik sodasi -Muzdek sut, qatiq -Sabzi sharbati kabilar tavsiya qilinadi. 🤰 Homilador yaqinlaringizga ham joʻnating! 👉 @Salomatlik_daily - Har kuni salomatlik haqida.
Show all...
👍 6 2 1💯 1
​​🪨Buyragingizda tosh bo’lsa nima bo’ladi?! Buyrakka tosh qayerdan keladi? Toshlarining 80% dan ortigʻi kalsiyli tuzlardan iborat. 🔻Sabablari: - suyuqlik etishmasligi; - oqsil almashivi buzulishi; - semizlik; - urogenital yoʻllarda siydik harakatining buzilishi. Bunga moyilik erkaklarda koʻproq kuzatiladi. 👉 Buyrakda tosh borligining ikkilamchi belgilari: siydikda qon, tez-tez siyish, siydik miqdorining keskin kamayishi, bel sohasida kuchli ogʻriqlar. Eng asosiy simptom bu - buyrak sanchigʻi (почечная колика). Bu ogʻriqni boshidan kechirganlat buni hech qachon unutmaydi. Bemor bir joyda o’tira olmaydi. Siydik chiqarish tizimi boʻylab yoki pastki orqa qismida oʻtkir ogʻriq xarakterida. ✅Buyrakda tosh yigʻilmasligi uchun nimalar qilish kerak: 1. Koʻproq (suv) iching. 2. Tuz va goʻsht mahsulotlarini meʼyorida isteʼmol qiling. 3. Tana vazningizga eʼtiborli boʻling. 4. 35 yoshdan  keyin, hech boʻlmasa 6 oyda bir buyraklarni ultratovush tekshiruvidan oʻtkazishga odatlaning. Yaqinlaringizga ham ulashing!🚀 👉 @Salomatlik_daily - Har kuni salomatlik haqida.
Show all...
👍 8 2👏 1
150 емас, 100 баллдан ўтганлар орасида 3кишини танлаймиз хоп биринчи мартага. Фаолроқ бўламиз ўртоқлар ⚡️😊
Show all...
Elon: @TibbiyBilimdon_bot da ertaga 22:00 da kichik yutuqli o’yin tashkillashtirayapmiz. Ballari 150balldan o’tgan tasodifiy 3kishiga 30ming so’mdan pul yutuqlari beriladi. Botga taklif havolangiz orqali yaqinlarni taklif qilib, balingizni 150dan oshirib turing, yutuqlardan biri sizniki bo’lar balkim.⚡️ Asosiy yutuqlar o’ynalguncha har hafta 1-2 marta shunaqa kichik yutuqli o’yinlar ham bo’lib turadi. Kunlik testlarni to’g’ri yechish uchun tibbiy kanallarimizni kuzatib borishingiz va ko’proq ballar to’plash uchun do’stlaringizni taklif havolangiz orqali botga taklif qilishingiz mumkin! Yutuqlar egalari @Jorayevjon kanalida e’lon qilinadi. Hammaga omad. 😊🔥
Show all...
👍 5🔥 2 1
Sizlar uchun yangilik🔥 @TibbiyBilimdon_Bot da kundalik testlar yechish orqali tibbiy savodxonligingizni oshiring va ballar to'plang. – Taklif havolangiz bilan do‘stlaringizni ham taklif qilish orqali ko‘proq ballar to‘plab «IPhone 15» va boshqa turli sovg'alar yutib oling. Marhamat, loyiha haqida batafsil, botning “Loyiha haqida” degan qismida.🤩👇 T.me/tibbiybilimdon_bot
Show all...
Tibbiy bilimdon | Rasmiy

Xalqimiz tibbiy savodxonligini oshirishga qaratilgan loyiha. Eng faollar uchun yutuqlar kafolatlanadi, ishonavering! 😊

​​Bosh miya qachon MRT qilinishi kerak? Bu borada asossiz holatlar ko’payayotgani va ba’zida bemorlarning o’zi ham bu tekshiruvdan o’tishi shartligini talab qilish holatlari kuzatilgani sabab bu mavzuga to’xtalib o’tsak. 1. To'xtamaydigan, kuchayib boruvchi doimiy bosh og'rig'i va bosh aylanishlarida, qon bosimi oshishi bilan bog’liq kuchli boshlangan bosh og’riqlarida; 2. Nevrologik simptomlar: ko‘rishning yomonlashishi, qo‘l-oyoqlarning uyushishi, muvozanat yo‘qolish, nutq buzilishlari kabi alomatlarda; 3. Bosh miya ochiq va yopiq travmalarida. 4. O‘sma yoki kistalar - miyada o‘sma (shish) yoki kista borligiga shubha qilinganda; 5. Epilepsiyada EEG tekshiruvi bilan birga, tashxisni asoslash va qo’shimcha tekshirish sifatida. 6. Miyada qon aylanishi buzilishlari - insult yoki tranzitor ishemik hujum kabi holatlarda; 7. Infeksiyalar - meningit yoki ensefalit kabilarga shubha bo’lganda; Shu holatlarda MRT qilish arziydi. Ammo qandaydir epizodik bosh og'riqlari, migren va shu kabi yengil belgilar va kasallik tarixida jiddiy shikoyatlari yo’q bemorlarda MRT hech narsani ko'rsatmaydi. Shunchaki klinika va patogeneziga qarab terapevtik muolajalar va jismoniy mashqlar buyurish maqsadga muvofiq bo’ladi. Dr. Aziz Joʻrayev 👉@Salomatlik_daily - Hammasi salomatlik haqida.
Show all...

👍 11 2
Photo unavailableShow in Telegram
#qiziqarli Juda sovuq kunlarda inson qoni muzlashi mumkinmi? 🧊 Qonning muzlash harorati maʼlum - taxminan 0,56-0,58°C Ammo, qon tanamizda tomirlar ichida. Tanamiz noldan past haroratlarda ham issiqligini saqlashga qodir (36,7°C). Hatto oʻlgach ham tana harorati shunday darajada boʻladiki, qon muzlamaydi. 👉 @Salomatlik_daily - Har kuni salomatlik haqida.
Show all...
👍 6 2
Photo unavailableShow in Telegram
Тез ёрдам ходимларининг навбатчилик вақтида ухлаши ҳақида биттаси ўзича рейд қилибди. (видеоси келди) Жаноб чала журналистлар, сиз ақлингиз етмайдиган ишларга аралашманг, вазирлик ва идоралар ўзини ишини яхши билади. Бир неча йиллар аввал эски шалақаси чиқиб кетган дамасларда, совуқ хоналарда ишланган вақтида вазирликка мурожат қилиб врачлар ва ҳамшираларга қулайлик сўраш керак бўлганда қаерда эдингиз?! ✅Чақирув бўлмаган вақтида диспечерлардан бошқа барча навбатчилар ўз кароватларида дам олишга ҳақли, каравотларни давлат шу учун берган. Давлат идорасига ўзича камера билан кириб яна ўзиям билмайдиган қонунлар ҳақида оғиз кўпиртиришга бунга ким рухсат берган ўзи ҳайронман.🤔 РШТЁМ нинг барча станциялари фаолияти ва ходимларини текшириш учун алоҳида комиссиялар бор ва ўз ишларини яхши бажараётганини барча ишчилар тасдиқласа керак. Бунақа чала блогерларга қолган эмас бу иш! Кўплаб просмотр ва хайп учун олинганга ўхшайди бу кишини тайёрлаган видеоси. Яна билмадим, ўзини виждонига ҳавола. 👉 @Tezyordam_103
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.