cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

O'zbek geologiya qidiruv AJ | Rasmiy kanal

🌐 Sayt – www.uzgeo.uz 🔵 Facebook - www.facebook.com/uzgeouz 🟢 Instagram - www.instagram.com/uzbekgeologiyaqidiruv_aj 🟠 YouTube - www.youtube.com/@Uzgeouz 📨 Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limiga murojaat @ichkinazoratbot

Show more
Advertising posts
1 477
Subscribers
No data24 hours
+47 days
-5230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Muruntau dala ekspeditsiyasining 60 yilligi bo‘lib o‘tdi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Muruntau dala ekspeditsiyasining 60 yillik yubileyi munosabati bilan joriy yilning 17-sentabr kuni bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Sohada ko‘p yillardan buyon samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar geologiya qidiruv ishlarini rivojlanishiga qo‘shgan salmoqli hissasi va ekspeditsiya ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki uchun bir guruh xodimlarga tashakkurnoma va estalik sovg‘alari topshirildi. 🌐 uzgeo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
💠 “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” Qonun loyihasi Senatning yalpi majlisida ko‘rib chiqildi va ma’qullandi Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida “Yer qaʼri to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi. Muhokamalarda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari A.Kadirxodjayev, vazirlik mutasaddilari hamda tizimosti tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etishdi. Mazkur qonun bilan yer osti boyliklariga egalik qilish va ularni tasarruf etish, shuningdek yer qaʼridan foydalanish hamda uni muhofaza qilish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinmoqda. Qonunda qo‘llanadigan asosiy tushunchalar kengaytirilayotgan bo‘lib, unda foydali qazilmalarning tasnifi, yaʼni asosiy va noruda foydali qazilmalar, ularning tarkibi yana-da aniqlashtirilmoqda. Respublikamizda o‘tkazilayotgan maʼmuriy islohotlar doirasida yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi davlat organlari vakolatlari chegaralari aniqlashtirilib, Kon-geologiya vazirligi, Ekologiya vazirligi, Energetika vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi, “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlari aniq belgilab berilmoqda. Yalpi majlisda Qonun bilan kiritilayotgan yangi o‘zgarishlar, tushunchalar, talablar, mexanizmlar va normalar haqida senatorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Qonunning qabul qilinishi respublikada yer osti boyliklarini masʼuliyat bilan geologik jihatdan o‘rganish, ulardan foydalanish va muhofaza etishni zamonaviy standartlar asosida samarali va tizimli yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Qizg‘in muzokaralardan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi. #kongeologiya #mingeo #Oliy_Majlis_Senati #yalpi_majlis #Yer_qari_togrisidagi_qonun_loyihasi #muhokama Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Show all...
Odob-axloq komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi Joriy yilning 19-sentabr kuni Odob-axloq komissiyasining yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyat olib borayotgan xodimlarga “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 🌐 uzgeo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
04:30
Video unavailableShow in Telegram
❗️Aralash saylov tizimida deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi Siyosiy partiyalar proporsional tizim asosida saylanadigan 75 nafardan 100 nafaragacha nomzodlarni ilgari surib, Markaziy saylov komissiyasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi. 🌐 uzgeo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Hisoblash Rolik Retouch.mp449.11 MB
03:04
Video unavailableShow in Telegram
#Saylov2024 ✔️ Aralash saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari 🌐 uzgeo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
1. ARALASH SAYLOV TIZIMI (UZB).mp498.66 MB
01:46
Video unavailableShow in Telegram
#Mediasavodxonlik ⚠️ Siz istalgan xorijlik shaxsga uning tilida video murojaat yo‘llashingiz mumkin. Yoki faoliyatingizda ham buni qo‘llash imkoniyatiga egasiz. ❔ Qanday qilib, deya qiziqyapsizmi? Sunʼiy intellekt yordamida, albatta. ➡️ Mediasavodxonlik ruknidan siz uchun yana bir tavsiya. Videorolikni tomosha qiling va o‘zingiz guvoh bo‘ling! 🌐 uzgeo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
heygen_720.mp49.20 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati
Yangi odamlar bilan eski yo‘ldan yurguncha, eski odamlar bilan yangi yo‘ldan yurish afzalroq.
Xurshid Do‘stmuhammad 🌐 uzgeo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Geologiya sanoatidagi salohiyat va mavjud imkoniyatlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar institutida Novosibirsk delegatsiyasi uchun Surxondaryo viloyatining foydali qazilmalari, tog‘-kon va geologiya sanoatidagi salohiyati bilan tanishtirish maqsadida taqdimot o‘tkazildi. Unda vohamiz tadbirkorlari ham ishtirok etdi. Batafsil 🌐 uzgeo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Tajribali yuristlardan bepul huquqiy maslahat oling O‘zingizni qiynayotgan va qiziqtirgan har qanday huquqiy sohadagi savollarga malakali yuristlardan bepul maslahat oling. Savol berish uchun https://advice.uz/uz/offices saytidagi "Huquqiy yordam kerakmi?" panelidan (tugmasidan) foydalaning. 🌐 uzgeo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Geologiya sanoatidagi salohiyat va mavjud imkoniyatlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi 🌐 uzgeo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati

“O’zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati rasmiy veb sayti

Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.