cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
464
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-16930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Show all...
YASIN STUDIO

Qur’on oshiqlariga…

1
Ovoz bervoriyla iltimos
Show all...
Show all...
YASIN STUDIO

Boost this channel to help it unlock additional features.

Ulanib oling juda ham manfaatli❤️
Show all...
3
Show all...
YASIN STUDIO

Qur’on oshiqlariga…

3
Arab tilidagi sakina so‘zi sakana fe’lidan olingan bo‘lib, tinchlik, osoyishtalik, xotirjamlik, sokinlik ma’nolarini bildiradi. Istilohdagi ma’nosi esa iymoni komil bandaga Alloh taoloning marhamati o‘laroq beriladigan qalb xotirjamligidir. Buning natijasida banda o‘z e’tiqodini mustahkamlashga intiladi.
Show all...
1
Photo unavailable
Alloh taolo Qur’oni karimda: u iymon keltirganlar uchun hidoyat va shifodir deya marhamat qilgan (Fussilat surasi, 44-oyat). Qur’on musulmonlarga Allohning rahmati sifatida nozil bo‘lgan. Uni qiroat qiluvchi banda Allohga yanada yaqinlashib, itoatida ruhining osoyishtaligini topadi, ko‘ngli yumshaydi, iymoni mustahkamlanadi. Toki banda Allohga tavakkulda ekan, oyatlarini o‘qib, ularga amal qilishga intilar ekan, unga na tashvish va na xafagarchiliklar yaqinlasha olmas. Islom ulamolari Qur’onda sakina haqidagi bir necha oyatlarni keltirib, ularni doimiy o‘qib yurish bandaning umri hamda ko‘ngil xotirjamligini ta’minlaydi, deydilar. 1. Nabiylari ularga: Albatta, uning podshohligining belgisi sizlarga Robbingizdan sandiq kelmog‘idir, unda xotirjamlik va Muso hamda Xorun ahlidan qolgan qoldiq bo‘lib, farishtalar ko‘tarib kelur. Agar mo‘min bo‘lsalaringiz, albatta, bu narsada sizlarga belgi bor , dedi (Baqara surasi, 248-oyat). 2. So‘ngra Alloh sokinligini Payg‘ambariga va mo‘minlarga tushirdi hamda siz ko‘rmaydigan lashkarlarni tushirdi va kufr keltirganlarni azobladi. Ana o‘sha, kofirlarning jazosidir (Tavba surasi, 26-oyat). 3. Agar siz unga yordam bermasangiz, batahqiq, Alloh unga, kufr keltirganlar uni ikki kishining biri bo‘lgan holida chiqarganlarida, nusrat berdi. Ular ikkovlon g‘orda turganlarida, u sherigiga: Xafa bo‘lma, Alloh, albatta, biz bilan , dedi. Bas, Alloh uning ustidan O‘z sokinligini nozil qildi va siz ko‘rmagan lashkarlar bilan qo‘lladi. Kufr keltirganlar kalimasini past qildi. Allohning kalimasi esa o‘zi yuqori. Alloh g‘olib va hikmatli Zotdir (Tavba surasi, 40-oyat). 4. U iymonlariga iymon ziyoda bo‘lishi uchun mo‘minlar qalbiga sokinlikni nozil etgan Zotdir. Va osmonlaru yerning lashkari Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir (Fath surasi, 4-oyat). 5. Batahqiq, Alloh mo‘minlardan daraxt ostida senga bay’at qilayotganlarida rozi bo‘ldi. Bas, ularning qalblaridagini bildi, ularga sokinlikni tushirdi va yaqin fath ila mukofotladi (Fath, surasi 18-oyat). 6. Esla! Kufr keltirganlar qalblarida hamiyyat ni, johiliyat hamiyyati ni joylaganlarida, Alloh o‘z sokinligini Payg‘ambariga va mo‘minlarga tushirdi va ularga taqvo kalimasini lozim ko‘rdi, ular ushbuga haqli va ahl edilar. Va Alloh har bir narsani biluvchidir (Fath surasi, 26-oyat).
Show all...
1
sticker.webp0.10 KB
Qalb xotirjamligisiz baxt-saodatga erishish mushkul. Toki kishi g‘am-qayg‘u, tashvish va vahimada yurar ekan, notinch qalbi osoyishtalikni istaydi. Jadallashib borayotgan bugungi hayotimizda ko‘plab muammoyu kechinmalarga duch kelamiz. Butun fikru xayolimiz tashvishlarga ko‘milgani sabab, xuddi toza havo singari tinchlik-xotirjamlikka ehtiyoj sezamiz. Arab tilidagi sakina so‘zi sakana fe’lidan olingan bo‘lib, tinchlik, osoyishtalik, xotirjamlik, sokinlik ma’nolarini bildiradi. Istilohdagi ma’nosi esa iymoni komil bandaga Alloh taoloning marhamati o‘laroq beriladigan qalb xotirjamligidir. Buning natijasida banda o‘z e’tiqodini mustahkamlashga intiladi. Har kimning qalb sokinligi har xil holatga ko‘radir. Kimdir moddiy jihatdan mustaqil bo‘lganida, yana kimdir muayyan ijtimoiy mavqega ega bo‘lganida. Ammo xotirjamlik ichki ruhiy holatdir. Kimdir ozrog‘i bilan baxtiyor bo‘lsa, kimgadir esa qancha bo‘lsa, shuncha kam. Chin ko‘ngil osoyishtaligiga esa faqat Alloh taologa yuzlanish bilan yetishiladi. Shariat ko‘rsatmalariga amal qilgan holda hayot kechirib, xotirjamlikka erishish mumkin. Allohning marhamati shunchalar kengki, odamzotni ham ruhiy, ham jismoniy foyda bo‘lgan narsalarga targ‘ib qildi. Qalbingizdagi kechinmalarning barchasini, hattoki eng maxfiy sirlarni ham yagona Allohgina bilguvchidir. Ko‘ngilning nimadan xastaligiyu, davosi nimada ekani ham yolg‘iz O‘zigagina ayon. Axir shu qalbning yaratguvchisi U bo‘lgach, yana kimga iltijo qilamiz? Alloh taolo Qur’onda: Iymon keltirganlar va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi? deb marhamat qilgan (Ra’d surasi, 28-oyat). Ko‘ngil xotirjamligi Allohning zikri ila boshlanadi. Chunki Allohning zikri ikki dunyo saodatiga eltuvchi vositadir. Qalbning davosi muqaddas Qur’oni karimdir. Qur’on qiroatida bardavom bo‘lguvchi kishining ruhi va tanasi shifo topadi.
Show all...
1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.