cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

IHMA Farg‘ona viloyati

Advertising posts
2 044
Subscribers
No data24 hours
-227 days
-7030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:48
Video unavailableShow in Telegram
#pullik_xizmatlar #hamrohlik_xizmati Anchadan beri “ostonadan xatlamagan” Muazzamxon aya “Eco city”ni aylanishga chiqdi 🧮 Muazzamxon aya, o‘zining aytishicha, anchadan beri ostona xatlab ko‘chaga chiqmas, uyda diqqinafas bo‘lib o‘tirardi. Mudom bel va oyoq og‘rig‘idan qiynalgan ayaning yaxshi bir hamrohga ehtiyoji bor edi. 😊 Farg‘ona shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi Muazzamxon ayaga shartnoma asosida hamrohlik xizmatini taklif qildi.
Ma'lumot uchun, “O'zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-sonli qaroriga asosan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarida shartnoma asosida pullik xizmat ko'rsatish tartibi joriy etilishi belgilangan.
📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Show all...
IMG_5875.MP417.43 MB
🔥 3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi Qonunga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi Xabaringiz bor, joriy yilning iyun oyida, Oliy Majlis Senatining 53-yalpi majlisida ushbu qonun loyihasi senatorlar tomonidan muhokama etilib, ma'qullangan edi. Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-955-son) bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarga quyidagi huquq va erkinliklar berilmoqda: ✅  Davlat nogironligi bo'lgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi, shu jumladan sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi bo'lgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta'minlashga qaratilgan choralarni ko'radi. ✅ Nogironligi bo'lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki o'z vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi ta'minlanadi. ✅  Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi bo'lgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, ko'rish bo'yicha nogironligi bo'lgan, o'rindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta'minlaydi. 👥 Bundan tashqari, Qonun nogironligi bo'lgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi bo'lgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan to'ldirilmoqda.
Show all...
01:35
Video unavailableShow in Telegram
🟦🟦 🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Farg'ona viloyati Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazida ko'rgazmali seminar o'tkazildi. 🎬 Bu haqdagi axborot lavhasi "Farg‘ona" telekanalining "Farg‘ona 24" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.
Show all...
Ijtimoiy qo'llab quvvatlash 18.09.2024.mp442.68 MB
👍 1
Ayni damda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda "Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar" mavzusida tadbir bo'lib o'tmoqda
Tadbir maqsadi — nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini oshirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, raqamli ta‘limdagi imkoniyatlar, ish topishga yordam beruvchi foydali platformalar haqida ma‘lumot berishdan iborat.
🎥Tadbirni jonli efirda kuzatib boring: 🌐 Facebook ▶️ YouTube 🌐 Facebook
Show all...
👍 2
#hududlardan_xabarlar Insonga xizmat – eng oliy maqsad ☺️ Qo‘shtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ma’sullari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan tumanda mavjud 51 ta mahallada 99 turdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. 👫 Jumladan, mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan tumandagi 774 nafar bolalikdan nogironligi bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarni psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyasiga yo‘naltirish va ta’lim olishga layoqatli bo‘lgan bolalarni ta’limga jalb etish bo‘yicha xatlov olib borilmoqda.
Show all...
👍 4
00:37
Video unavailableShow in Telegram
#Ijtimoiy_nafaqa #bolalar_puli 👫 Kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi tayinlashda oilaning nomida bo’lmagan mol-mulki qanday aniqlanadi? ☺️ Nafaqa pulini olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiling yoki onlayn tarzda my.gov.uz sayti orqali ariza qoldiring. 📝 telegram   💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Show all...
IMG_5872.MP412.32 MB
👍 1
Repost from N/a
🫥 Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti hamda UNICEF hamkorligida “O‘zbekistondagi nogironligi bo‘lgan bolalarning inklyuzivligini ta’minlash uchun zarur tovar va xizmatlarning xarajatlarini aniqlash” tadqiqoti Maslahat kengashining dastlabki natijalar bo‘yicha muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 💻 Maslahat kengashida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, “Quyoshli olam” nodavlat notijorat tashkiloti va UNICEF vakillari tomonidan tadqiqotning muhim jihatlari muhokama qilindi, izoh va takliflar bildirildi. IHRI ekspertlari tomonidan tadqiqotning keyingi bosqichida Toshkent shahri, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari bilan birgalikda fokus guruh muhokamalarini o‘tkazish reja qilingan. 📝 Telegram 📝 Facebook 😄 Linkedin 🐧 X
Show all...
👍 1
01:07
Video unavailableShow in Telegram
#keys_menejment #bolalar_himoyada Nihoyat! Anvarxon ayaning nabiralari maktabga borishyapti 😮 Oxiri boʻlmadi - qizning turmushi buzildi, 3 nafar voyaga yetmagan farzandini ota-onasiga qoldirdi-yu oʻzi ishlash uchun Rossiyaga ketdi. 🔮 Yozgi ta’til kunlari begʻalva-betashvish oʻtayotgandi. Qaysi bir kun eng kichkina nabirasi maktab haqida gap ochib qoldi va Anvarxon ayani ogʻir oʻy bosdi: ota-ona qaramog‘isiz qolgan bu bolalarni maktabga qanday joylasa ekan... 🖋 Qarangki, mahalladagi ijtimoiy xodim bu muammoni osongina hal qildi-qoʻydi. Tez orada bolalarga vasiylik belgilandi va ular tengqurlari kabi jonajon maktabga qatnay boshladilar. 🟢 IHMA Farg‘ona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Show all...
IMG_2231.MOV24.04 MB
👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
🔘 Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar 🧠 💼O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Raqamli texnologiyalar "Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar" mavzusidagi inklyuziya masalalariga bag‘ishlangan muhim tadbirga taklif etadi. 🤝Tadbir maqsadi — nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini oshirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, raqamli ta‘limdagi imkoniyatlar, ish topishga yordam beruvchi foydali platformalar haqida ma‘lumot berishdan iborat. 📍Tadbir o‘tkaziladigan joy: "CAEx" (Central Asian Expo Uzbekistan), Milliy bog' ko‘chasi, 1, Toshkent, O‘zbekiston 2-forumlar zali 📆 O‘tkazish vaqti: 20-sentyabr, soat 10:00 Avtobuslar jo‘naydigan manzillar: 1. IT Park UZBEKISTAN (Ibrohim Muminov ko‘chasi, 4) 2. "O‘zbekiston" mehmonxonasi 3. "Do'stlik" metro bekati 4. "Buyuk ipak yo'li" metro bekati (Muhammad Yusuf kochasi, sobiq Dagestanskiy ko'cha) 5. Shimoliy vokzal bekati 📝Avtobuslar soat 9:00 dan boshlab har soatda 18:00 ga qadar qatnaydi. Bog'lanish uchun: @NASP_press 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Show all...
👍 1
Beshariqlik yoshlar yangi kvartirali boʻlishdi ↗️ Yaqinda navqiron 20 yoshini qarshilagan beshariqlik Nodirbek Egamberdiyev oʻz uyiga ega boʻldi: Prеzidеntning 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan unga yangi kvartira topshirildi. 👮‍♂️ Ijtimoiy himoya milliy agеntligi viloyat boshqarmasi boshligʻi (v.b.) Abdunazar Salimov, mahalliy hokimlik va jamoatchilik vakillari yangi xonadonning ilk mehmonlari bo‘lishdi hamda davlatimiz tomonidan yеtim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga alohida eʼtibor qaratilayotgani mamlakatimizda “Inson qadri uchun” dеgan ezgu tamoyilning amaliy ifodasi ekanini taʼkidlashdi.
- Shunchaki uy bеrib qoʻyish bilangina chеklanmaymiz, - dеdi A.Salimov. – Ularning oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishlari va bandligini taʼminlashda koʻmaklashish ham doimiy eʼtiborimizda boʻladi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali bunday toifadagi bolalarni aniqlab roʻyxatga olish va manzilli koʻmak koʻrsatish ishlari davom etadi.
😮 Tumanning “Yuqori zarqaynar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Asrorbek Samiyev ham oʻzi uchun xarid qilingan kvartira kalitini bugun qabul qilib oldi. Uning yaqinlari koʻrsatilgan otalarcha gʻamxoʻrlik uchun muhtaram Prеzidеntimizga minnatdorlik izhor qilishdi. ✅ Taʼkidlash lozim, viloyatda joriy yil yakuniga qadar yеtim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 69 nafar bolani uy-joy bilan taʼminlash koʻzda tutilgan. 🟢 IHMA Farg‘ona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Show all...
👍 10
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.