cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Savol-javoblar | Oila

Oila, farzand tarbiyasi, kitoblar mavzusidagi savollaringizga G'iyosiddin Yusuf javob beradi. Savol uchun: @Yechimhubbunabot Konsultatsiya: @Hubbunaadmin

Show more
Advertising posts
1 696
Subscribers
-124 hours
-27 days
+630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum. Men 17 yoshdaman. Yigitim bilan gaplashayotganimizga hali 3 oy ham bo‘lmadi, ammo 4 kun bo‘ldi urishib qoldik. U meni blok qilib tashladi. Shunga nima qilishim kerak, maslahat bera olasizmi? G'iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Nikohsiz gaplashib yurish to'g'ri emas, singlim. Qayta gaplashmang, bunday munosabatlarga kirishmang. #Muammo
Show all...
😁 80🤯 19💯 11👍 7🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alekum va rahmatu Alloh va borakatuh savolim shundan iboratki uylanmoqci bolgan qizim toydan keyin birkunham ota onam bn emas adenli yashash tarafdori men lekin malum vaqt ota onam bn hizmatlarini qilib turaylik barbir katta farzandman adenli ciqamiz desam kelisholmayabdi lekin uni juda yaxwi koraman vosxam kecholmayman oqil bir qaror chiqazib bersagiz oldindan raxmat G'iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Voz keching undan! #Oia_qurish
Show all...
👍 39😁 26💯 13🤯 4🔥 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
Assalamu alaykum. Qiz bolani o'zi xoxlamagan insonga uzatib yuborishga otaning haqqi bormi? Qiz 25 yoshda, ilm bilan mashg'ul. Yoshi o'tib qoldi deb berib yubormoqchi bo'lishsa. Kuyov bo'lmish boy, yaxshi va ovro'li xonadondan, ammo qizga ma'qul emas. Qizlar bilan gaplashib yuradi degan gumoni ham bor. Qiz taqvodor yigit bo'lishini xoxlaydi, ammo kattalar endi kutmaymiz tavakkal qilamiz deb turib olsa, nima qilish kerak? G'iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Qiz o'ziga biroz bo'lsa ham ma'qul bo'lgan biriga tezroq turmushga chiqsin. #Oia_qurish
Show all...
👍 28🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum. Turmush o'rtog'imni tushunishga biroz qiynalyapman. Ya'ni ularga qanday muomala qilishda juda qo'rqaman. Meni xatti-harakatlarim va gaplarim yoqmasligidan doim cho'chib yuraman. Buning oqibatida o'z shaxsiy talablarimni o'zim cheklab qo'yayapman. Hatto meni qayerga ketishimni ham so'ramaysan, senga qiziqmasmi, deb qoldi bir safar. Men bunday so'roq va savollarni rashk qilishga yo'yib, ayollarning erlarini rashk  qilishligi unchalik yaxshi emas, deb hisoblardim. Mening bunday harakatlarimni turmush o'rtog'im e'tiborsizlikka yo'ymoqdalar. Qanday yo'l tutay? G'iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Samimiy, mo'tadil bo'ling. Me'yorida rashk ham kerak. #Muammo
Show all...
👍 36🔥 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum ustoz Qiz bolaga o'zi istagandek dindor oiladan sovchi kelmayotgan bo'lsa, ota-onasi yoshi o'tyapti deb qo'lidan bir ish kelmaydigan, ilmsiz, kamiga ta'magir insonlar bilan uchrashib ko'rishga majburlasa ularga qanday yo'l bilan tushuntirsa bo'ladi? Nega kattalar faqat o'zinikini to'g'ri hisoblaydi? G'iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Ularni siz yaxshiroq bilasiz, qanday tushunishi, nimani qabul qilishi, dunyoqarashi, tamoyillaridan kelib chiqib tushuntirish kerak. Siz rozi bo'lmasangiz, uzatib yubora olmaydilar axir. Qat'iy turing. #Oia_qurish l
Show all...
👍 29🤯 7🔥 2😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum. Men turmush qurish arafasida bo'lsam ham, sovchilar kelmayotganiga onamning oldida bazan xijolat bo'laman. Albatta, hamma narsa Allohning izni bilan o'z vaqtida kechikmasdan keladi. Lekin shunday holat bo'lib turadimi yo faqat menda bo'lyaptimi bu? G'iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Bo'lib turadi, ko'proq duo qiling. Alloh baxtingizni bersin! #Oila_qurish
Show all...
👍 31🥰 7🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum. Yoshim 21 da. Onam turmush qurishimni istaydi, onam istagan yigitni men istamayman! Onam sharoit, boyligiga, ish oʻqish joyiga qarab kuyov tanlaydi, men esa ilm yoʻlidagi ilm olishga sharoit yaratib beradigan, tushunadigan oilam boʻlishini xohlayman. Hozir Qur'onni órganayotganim, yaqinda Hijoblanganim sabab, oddiy kitob oʻqib, dars qilib uxlab qolsam ham yoki choy qaynab ketsa ham sen vahobiysan, oʻlib ket, haromi...bundan yomon soʻzlar bilan qalbimni og'ritishgani mayli. Men shunday qargʻab turar ekanman, sen hech narsa boʻlolmaysan deydilar. Qanday yoʻl tutay?! G'iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Onangizga Allohdan hidoyat, o'zingizga munosib umr yo'ldosh so'rang. O'zingizga o'xshagan yigitga turmushga chiqing. Onangizning ozorlariga sabr qiling. #Muammo
Show all...
🤯 46👍 13 8🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum. Ustoz manga to'g'ri maslahat bering, ajrashganman, boshqa millat vakili bilan yaqinda tanishdim, yaxshi tanimayman, u menga uylanish taklifini beryapdi, u uylanmagan. Men oʻtmishimdagi qo'rquvlarim halaqit beryapdi, ikkilanyapman. Ammo 3 yildan beri men kutgan insondan sovchi kelmaydi. Bu yigit ham men idealimdagidek emas ammo umid qilsa bo'ladi. Faqat aybi hozir musulmon davlatda yashab, Arab davlatida 5 vaqt namoz o'qimaydi(3 vaqt o'qirkan). To'ydan keyin oʻqiyman deyapdi. Menimcha hozir qilmagan keyin qilishi qiyin deb oʻylayapman. Kitob o'qimaydi, bular men u insonni rad qilishimga sabab bo'ladi deb hisoblaysizmi, ustoz iltimos javob bering. Qalbimda faqat qoʻrquv bor qayta turmush qurishga. G'iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Bunga turmushga chiqmang! #Oila_qurish
Show all...
👍 32🤔 3💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum ustoz yaxshimisiz meni yoshim hozir 24 da men 8 oy ilgari kollejda birga o'qigan o'zimni kursdoshim bilan unashtirilgandik uning ham yoshi 24 da munosabatlarimiz juda yaxshi edi lekin biz ko'p ham gaplashmasdik to'yimiz sanasi ham belgilangan edi oktabrda bo'lishi kerak edi Afsuski 2 hafta oldin kelin qaytilish qildi sababini so'rasam faqat ko'nglim yoq, qalbimda yoq degan tuyg'u paydo bo'ldi deb turib oldi. Uni ota onasi hamma bu fikridan qaytishni so'radi lekin foydasi bo'lmadi. Qaytilish bo'ldi. Yaxshi ish bo'lmadi. Meni ota onam ham uni kelin qilishga rosa umidlar qilgandi. Ko'ngillari qolishdi menimcha. Lekin qizni baribir mendan ayrilishni, aslida qaytilish qilishni xohlamaganligini nima uchun bunday qilganligini hecham tushuna olmasligini aytti va agar ortga qaytish vaziyati paydo bo'lsa menga uylanarmidiz degan gap ham qildi. Jumboqli vaziyat bo'ldi. Men esa uni chindan ham yaxshi ko'raman unga uylanishni va baxtli qilishni xohlayman. Bundan keyin nima qilishni bilmay turibman maslahat bering. Fikrimda oxirgacha turaymi yoki g'ururimga yon bosib bu fikrdan qaytaymi? G'iyosiddin Yusuf: — Va alaykum assalom. Sizga yana turmushga chiqishga rozi bo'lsa, qaytarish qilganining sababini biling va istixora qilgan holda harakat qiling. #Oila_qurish
Show all...
👍 28 3🤔 3
Photo unavailableShow in Telegram
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Oilada oʻrtancha farzandman, bir ukam bor. Hozir 14 yoshda. Oʻzi oddiy telefon ishlatadi, lekin 3-4 kun oldin, oyimni telefonlariga telegram ochganini koʻrdim. Bir koʻri db soʻrasam, bermasdan, telegramini kodlab qoʻydi. Keyin oʻzimnikiga ulab oldim, qarasam oʻrtolari bn yaxshi gaplashmayapti, soʻkinib gaplashisharkan, uyda odatda unaqa gapla gapirmid, lekin oʻrtolari bn gaplashishini eshtib hayron qoldim. Oʻrtoqlari bn ochilgan telegram guruhini  koʻrdim yomon(behayo) gif videola joʻnatgan ekan baʼzi oʻrtoqlari. Oʻrtoqlarini yaxshi bolla db oʻylamayabman. Bu mavzuda oʻziga biron nima dimadim hali. Opa sifatida unga bu haqda gapirishim toʻgʻrimi va toʻgʻri boʻlsa, nima diyishim mumkin? Bundan tashqari bir qizni yaxshi koʻrishini, tugʻilgan kuniga nima padarka olishni oʻrtoqlari bn maslahat qivotganini bilib qoldim. Bu vaziyatda nima qilishim kk? Oyim bn adamga hich nima etmadim bu haqda (biroz jaxllari tez). Oʻzi telegram ochganini oyimga etganim uchun mandan jaxli chiqib yuribdi, bu haqda etsam muammo kottalashishidan choʻchidim. Bu borada nima maslahat berasiz? Hubbuna hay'ati: — Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Bu vaziyatda ota-onani xabardor qilib, qattiqroq turaverish kerak. #tarbiya
Show all...
👍 31😁 5
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.