cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Haqiqat24.uz

Yangiliklar, tanqidiy-tahliliy maqolalar, jurnalistik surishtiruvlar 📥 Reklama: @Abbos Haqiqat24.uz — Adolat ochiqlikdan boshlanadi! • https://t.me/haqiqat24instagram.com/haqiqat24.uzfacebook.com/haqiqat24

Show more
Advertising posts
82 694
Subscribers
-40424 hours
-3 0787 days
-15 21930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Qirg‘izistonda IIV xodimlarini tasvirga olish qonunan taqiqlanishi mumkin Qirg‘izistonda politsiya xodimlarini videoga olishni taqiqlash taklifi ilgari surilmoqda. Loyihaning maqsadi jamoat tartibini muhofaza qilish bo‘yicha vazifalarni bajarayotgan IIO xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishdan iborat. Ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatini obro‘sizlantirish uchun internet tarmog‘ida materiallarni keyinchalik tarqatish maqsadida foto va videoga olish 5 ming qirg‘iz so‘mi (taxminan 60 dollar) miqdorida jarima solishga yoki besh sutkadan yetti sutkagacha qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. @haqiqat24 - tezkor va saralangan xabarlar!
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Politico: Ursula fon der Lyayen YI hokimiyatini qo‘lga oldi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa ittifoqi siyosati ustidan cheksiz nazoratga ega bo‘ladi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi. Nashr qayd etganidek, fon der Lyayen jamoasida birorta ham skeptik qolmagan. Yevrokomissiya rahbari o‘z jamoasi tuzilganini e’lon qilganida, u Yevroparlament va sheriklariga kimni qanday lavozimga tayinlayotganini aytishdan bosh tortgan. Buning o‘rniga, u parlament rahbarlari bilan uchrashuvni tark etgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri matbuot anjumaniga borgan, u yerda tafsilotlarni ochiqlagan. Politico’ga ko‘ra, qonunchilar uni parlamentga hurmatsizlikda ayblagan. @haqiqat24 - tezkor va saralangan xabarlar!
Show all...
👍 2😢 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiya maktablariga migrant bolalar qabulini cheklash topshirildi
“Ushbu choralar talabalar o‘rtasida tajovuzkor etnik guruhlarning paydo bo‘lishining oldini oladi”, deydi rossiyalik deputat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sinfdagi xorijlik bolalar soni 10 foizdan yoki ruslar sonidan oshib ketishi o‘quvchilar o‘z etnik guruhi ichida muloqot qilishiga olib keladi, bu esa ta’lim jarayoniga ham, maktabdagi ijtimoiy vaziyatga ham ta’sir qiladi. @haqiqat24 - tezkor va saralangan xabarlar!
Show all...
🤯 1😢 1🥴 1
Saida Mirziyoyeva Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv oʻtkazdi Muloqot davomida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, taʼlim, madaniyat va kinematografiya sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. @haqiqat24 - tezkor va saralangan xabarlar!
Show all...
👍 44🔥 1🤔 1🎉 1🗿 1
Photo unavailableShow in Telegram
AQSH 6-avlod strategik bombardimonchi samolyotlarining sinov parvozlarini boshladi Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, B-21 Raider bombardimon samolyoti avvalgi avlod samolyotlariga qaraganda ko‘proq yukni ko‘tara oladi. Shuningdek, uni radarlarda aniqlash qiyin bo‘ladi. B-21 Raider oddiy o'q-dorilarni ham, termoyadro qurollarini ham olib yurishga qodir bo'ladi. B-21 Raiderni ishlab chiqarish dasturi doirasida AQSH Harbiy-havo kuchlari 2030-yillar boshiga qadar ushbu samolyotlardan kamida 40 tasiga ega bo‘ladi. Northrop Grumman korporatsiyasi allaqachon ushbu turdagi kamida o'nta samolyotni tayyor qilib bo‘lgan. @haqiqat24 - tezkor va saralangan xabarlar!
Show all...
👍 3👎 1👏 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 1 pog‘ona ko‘tarilib, 60-o‘ringa chiqdi FIFA 19-sentyabr kuni terma jamoalar reytingini yangiladi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1 pog‘onaga yuqorilab, 1403,06 ochko bilan 60-o‘rinda qayd etildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingidagi eng yuqori natijasi 45-o‘rin bo‘lgan. U bu o‘rinda 2006-yil 22-noyabrdan to 2007-yilning 14-fevralgacha bo‘lgan. Eng past natijasi esa 1996-yil noyabr oyida qayd etilgan — 119-o‘rin. @haqiqat24 - tezkor va saralangan xabarlar!
Show all...
👍 5🎉 2🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
Inbazar MCHJ ixtiyoriy tugatiladi Inbazar MCHJ tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida. Taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko‘ra, ushbu tadbirkorlik subyektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan ta’minlangan. Soliq organlari tomonidan 2024-yilning o‘tgan davrida “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” tizimi orqali xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida, mazkur tadbirkorlik subyektlarida 17 marotaba sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha jarimalar qo‘llangan. Inbazar MCHJ tadbirkorlik subyekti sifati 2020-yil 7-fevral kuni ro‘yxatdan o‘tgan. 2024-yil 1-sentyabr kuni holatiga ushbu MCHJning faollik holati “faoliyat ko‘rsatayotgan” bo‘lgan. “Stat.uz”ning 19-sentyabr kungi ma’lumotiga ko‘ra, MCHJning holati “faoliyat ko‘rsatmayotgan” holatga o‘zgartirilgan. Shuningdek, bir qator ochiq manbalarda 18-sentyabr kuni Inbazar MCHJning holatiga o‘zgartirish kiritilib, “tugatilish jarayonida” ekanligi qayd etilgan. @haqiqat24 - tezkor va saralangan xabarlar!
Show all...
👍 11👎 1👏 1😢 1🤣 1
AQShda kimyoviy zavoddagi portlashdan so'ng yuzaga kelgan yong‘inni 4 kundan beri o‘chira olishmayapti 16-sentyabr kuni AQShning Texas shtatidagi La Port shahrida gaz quvuri portlashi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Hozirgacha mazkur yong‘inni o'chirishning iloji bo'lmayapti. Maxsus ishchilar hududni izolyatsiya qilish ustida ishlamoqda. Yong‘in yo‘ltanlamas avtomobil gaz taqsimlash punktiga kelib urilganidan keyin sodir bo‘lgan. Hodisa tufayli yaqin atrofdagi 1000 dan ortiq uy aholisi evakuatsiya qilindi. Quvur ustidan elektr tarmog‘i o‘tgani sababli yuzlab iste’molchilar elektrsiz qolgan. @haqiqat24 - tezkor va saralangan xabarlar!
Show all...
video_2024-09-16_19-46-12.mp47.16 MB
video_2024-09-19_10-44-28.mp410.51 MB
👍 4😢 2👎 1🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda 13 nafar sudya sudyalik qasamyodini buzgani uchun vakolatidan mahrum bo‘lgan 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida 32 nafar sudyaning vakolati muddatidan avval tugatilgan bo‘lib, ularning 13 nafari sudyalik qasamiyodini buzgan. Bu haqda ayni paytda AOKAda Sudyalar olish Kengashi mas’ullarining sudyalar korpusini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari, xalqaro hamkorlik va milliy tajribalarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. @haqiqat24 - tezkor va saralangan xabarlar!
Show all...
👍 1🔥 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇳O‘zbekiston Isroil qo‘shinlarini Falastindan olib chiqishini talab qiluvchi BMT rezolyutsiyasini yoqladi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi chorshanba kuni Isroildan o‘z kuchlarini Falastin hududlaridan olib chiqishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Rezolyutsiyani 124 ta davlat delegatsiyasi qo‘llab-quvvlatlagan, 43 davlat betaraf qolgan va 14 davlat qarshi chiqqan. Hujjatda talabni “mazkur rezolyutsiya qabul qilinganidan keyin 12 oydan kechikmay” bajarish ko‘rsatilgan.
Show all...
👍 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.