cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Madaniyat.uz I Rasmiy kanal

📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi 📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b 🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat 📞 Telefon: (55) 502 33 75 📨 Email: [email protected] 📲 instagram.com/madaniyatvazirligi 📲 facebook.com/madaniyatvazir

Show more
Advertising posts
9 865
Subscribers
-624 hours
-637 days
-9330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

01:16
Video unavailableShow in Telegram
#Kino_xabarlari ⚡️ 21–25-sentyabr kunlari Xitoyning Sian shahrida Ipak yo‘li xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbek kinosi kunlarida quyidagi filmlar bilan ishtirok etadi: ✅ "O'zbek qizi" b/f; ✅ "101-reys" b/f; ✅ "Bahodir Yalangto'sh" b/f; ✅ "House" b/f; ✅ "Osmondagi bolalar-3" b/f; ✅ "Yakshanba" b/f; ✅ "Puankare" b/f; ✅ "Kim deyay seni?" b/f. Ma'lumot o'rnida, ushbu festival doirasida filmlar tanloviga Akbar Bekturdiyevning “Oʻzbek qizi” badiiy filmi qabul qilindi. Festival rasmiy saytida keltirilishicha, 136 davlatdan 2 065 ta kino konkurs uchun taqdim etilgan bo'lib, ular orasidan 24 ta film tanlab olinishi koʻzda tutilgan. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Show all...
IMG_7068.MP426.38 MB
👍 2
01:16
Video unavailableShow in Telegram
#Kino_xabarlari ⚡️ 21–25-sentyabr kunlari Xitoyning Sian shahrida Ipak yo‘li xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbek kinosi kunlarida quyidagi filmlar bilan ishtirok etadi: ✅ "O'zbek qizi" b/f; ✅ "101-reys" b/f; ✅ "Bahodir Yalangto'sh" b/f; ✅ "House" b/f; ✅ "Osmondagi bolalar-3" b/f; ✅ "Yakshanba" b/f; ✅ "Puankare" b/f; ✅ "Kim deyay seni?" b/f. Ma'lumot o'rnida, ushbu festival doirasida filmlar tanloviga Akbar Bekturdiyevning “Oʻzbek qizi” badiiy filmi qabul qilindi. Festival rasmiy saytida keltirilishicha, 136 davlatdan 2 065 ta kino konkurs uchun taqdim etilgan bo'lib, ular orasidan 24 ta film tanlab olinishi koʻzda tutilgan. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Show all...
IMG_7068.MP426.38 MB
#Suhbat ⚡️ Bugun, 20-sentyabr kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda vazirlikning tegishli markaziy apparati vakillari ishtirokida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi davlat teatrlari, madaniyat bo‘limi mudirlari hamda ta'lim muassasalaridagi vakant lavozimlariga onlayn tarzda suhbat tashkil etildi. ✅ Suhbat davomida ularning istiqboldagi rejalari va sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflari eshitildi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Show all...
👍 1
⚡️ Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Farg'onada bo'lib o'tayotgan tanlov jarayonlarini kuzatmoqda Bugun, 20-sentyabr kuni “Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanloviga start berildi. Avvalroq joriy yilning 20-21-sentyabr kunlari Farg‘onada ko‘rik-tanlovning o'tkazilishi haqida xabar berilgan edi. Tanlov 2 ta yo‘nalishda: "Askiyachilik san’ati" yo‘nalishida jamoaviy hamda “Qiziqchilik san’ati” yo‘nalishida yakka tartibdagi ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Ma'lumot o'rnida, ushbu tanlovning birinchi (hududiy) bosqichi joriy yil mart oyining birinchi o‘n kunligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida o’tkazilgan bo'lib, hududiy bosqichda jami 200 dan ziyod ijodkorlar ishtirok etdi. Ikkinchi (respublika) bosqichiga esa bugun 20-sentyabr kuni start berilib, unda saralangan jami 50 dan ziyod yosh ijodkorlar ishtirok etishmoqda. Tanlov Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi, Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda “Madaniyat va ma’rifat” telekanali bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda. Bizni kuzating... G'oliblikni kim qo'lga kiritar ekan? Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Show all...
👍 9🔥 2👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Kino 🇨🇳O'zbek kinoijodkorlaridan iborat delegatsiya Xitoydagi kinofestivalda ishtirok etadi ⚡️ 21–25-sentyabr kunlari Xitoyning Sian shahrida Ipak yo‘li xalqaro kinofestival bo‘lib o‘tadi. Bu “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining madaniy miqyosdagi muhim ko‘rinishi hisoblanadi. Festival 2014-yil sentyabr oyida hukumat ruxsati bilan tashkil etilgan bo'lib, har yili Sian va Fuchjou shaharlaridan birida o'tkaziladi. Uning dasturiga ochilish-yopilish, taqdirlash marosimi, filmlar namoyishi, kinoforumlar, mahorat darslari kabi tadbirlar kiradi. Ipak yo‘li xalqaro kinofestivali Sian shahrida besh marta muvaffaqiyatli o‘tkazilib, unga 50 dan ortiq mamlakatdan ko‘plab taniqli shaxslar va 6000 dan ortiq kino sanoati mutaxassislari jalb etilgan. Mashhur mehmonlar orasida Asqar Farhodi, Jeki Chan, Sofi Marso, Renni Xarlin, Monika Belluchchi, Jiang Ven, Diao Yinan, Gordon Chan Ka-Xsiung, Ning Xao, Xu Zheng, Vu Jing, Sun Jia, Xao Ley, Lu Chuan, Liu Ye bor. Festival kino san'atidan Ipak yo'li mamlakatlar va mintaqalarni bog'laydigan madaniy ko'prik yaratish, madaniy almashinuv va hamkorlikni rag'batlantirish, aloqalarni mustahkamlash hamda "Bir kamar va yo'l" tashabbusi doirasidagi hamkorlikka hissa qo'shish uchun foydalanadi. O‘zbekiston ham bu yilgi festivalga mehmon sifatida chaqirildi va uning doirasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbek kinosi kunlarida quyidagi filmlar bilan ishtirok etadi: ✅ "O'zbek qizi" b/f; ✅ "101-reys" b/f; ✅ "Bahodir Yalangto'sh" b/f; ✅ "House" b/f; ✅ "Osmondagi bolalar-3" b/f; ✅ "Yakshanba" b/f; ✅ "Puankare" b/f; ✅ "Kim deyay seni?" b/f. Tadbir doirasida “Farhod va Shirin”, “Meni kut” qoʻshma loyihalarini yaratish boʻyicha hamkorlik uchrashuvlari ham oʻtkaziladi. Qolaversa, hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolanishi kutilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Show all...
👍 6
27:38
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" tashkil etildi! O‘quv soati davomida: ✅ O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti ✅ Videolavha namoyishi: Davlat fuqarolik xizmati qadriyatlari ✅ “Mahalladan gapiramiz” rukni ✅ “Mutolaa vaqti” rukni ❗️Eslatib o‘tamiz, o‘quvni ilm.argos.uz platformasi hamda YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Show all...
IMG_0349.MP486.14 MB
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#Teatr 🎭 Yurtimizdagi teatrlarning 20-sentyabr, juma kungi repertuari bilan tanishing 👉 Batafsil Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Show all...
👍 6👌 1
#Xizmat_safari #Buxoro ⚡️ 18 - 19-sentyabr kunlari madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo'ldi. ✅ Bugun, 19-sentyabr kuni xizmat safari davomida Buxoro shahridagi 1-son bolalar musiqa va san'at maktabi binosida sayyor qabul o'tkazdi. Unda madaniyat va san'at sohasi xodimlari bilan bir qatorda jismoniy shaxslarning murojaatlari ham tinglandi. ✅ Avazxon Tadjixanov har bir murojaatni nazoratga olib, ularning ijrosi bo'yicha mas'ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi. Hukumat darajasida hal qilinadigan masalalar mutasaddi idoralar bilan birgalikda ko'rib chiqilishi bildirildi. ✅ So'ng, Romitan tumanidagi 34-sonli "Navbahor" madaniyat markazining ochilish marosimida ishtirok etib, madaniyat markazida yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdi. ✅ Prezident raisligida 2023-yilning 22-dekabr kuni o’tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida har bir tumanda kinozali, kutubxonasi va to‘garak xonalari mavjud bo‘lgan madaniyat markazini barpo etish, hududlarda madaniy tadbirlar o‘tkazish va yoshlarni san’atga jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. ✅ Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Buxoroda ham keng ko‘lamli amaliy ishlar davom etmoqda. ✅ Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mazkur madaniyat maskani hudud aholisi, jumladan, yoshlar o‘rtasida madaniyat va san’atni keng targ‘ib etish, iste’dodli yigit-qizlarni tarbiyalashga xizmat qilishini ta’kidlashdi. ✅ Eslatib o'tamiz, kecha 18-sentyabr kuni ham Buxoroning “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 37-sonli “Yangi diyor” madaniyat markazi foydalanishga topshirilgan edi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Show all...
👍 6
⚡️ Farg‘onada bo'lib o'tgan “Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov” nomidagi yosh ijrochilar respublika tanlovi g'oliblari aniqlandi. Farg‘ona viloyati Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyida 70 dan ziyod professional hamda havaskor xonanda va sozandalar ishtirok etgan respublika tanlovi yakunlanib, g'oliblar e'lon qilindi. Unda, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, Farg'ona viloyati hokimining o'rinbosari Xurshid Ahmedov, O'zbek milliy maqom san'ati markazi Avaz Shomurodov va O'zbekiston hamda Qoraqalpog'iston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov ishtirok etib g'oliblarni taqdirlashdi. Unga ko'ra: 🥇 1-o‘rin - Mardonov Sherzod Toshpo'lat o'g'li - O'zbek milliy maqom san'ati markazi Navoiy viloyati hududiy bo'limi ansambli xodimi; 🥈 2-o‘rin - Vahobov Nodir Haydar o'g'li - O'zbek milliy maqom san'ati markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo'limi ansambli xodimi; 🥈 2-o‘rin - Saynazarova Laylohon Odiljon qizi - Farg'ona viloyati O'zbek milliy maqom markazi Marg'ilon shahar maqom teatri xonandasi; 🥉 3-o‘rin - Jo‘rayeva Mubinaxon Sobirxon qizi - Farg'ona davlat universiteti talabasi; 🥉 3-o‘rin - Abdufattoyev Salohiddin Fayzullo o‘g‘li - O'zbek milliy maqom san'ati markazi Navoiy viloyati hududiy bo'limi ansambli xodimi; 🥉 3-o‘rin - Isoqov Otabek Zoxidjon o‘g‘li - Namangan ixtisoslashtirilgan san'at maktabi an'anaviy xonandalik bo'limi o'qituvchisi g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Respublika tanlovi g‘oliblarini e’lon qilgandan so‘ng, O‘zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov boshchiligida Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli tomonidan konsert dasturi taqdim etildi. Konsert davomida an’anaviy maqom kuy va qo‘shiqlari mahorat bilan ijro etilib, tadbir ishtirokchilariga ma’naviy yuksaklik baxsh etdi. Tomoshabinlar ansambl ijrosidagi har bir kuy va taronani olqishlar bilan qarshi olib, musiqaning nozik ohanglari orqali xalqimizning boy merosi bilan yaqinroq tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Tantanali kayfiyatda yakunlangan konsert dasturi ishtirokchilar va tomoshabinlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi. Mazkur konsert dasturi musiqiy merosimizning yosh avlodga yetkazilishida alohida o‘rin tutib, milliy san’atimizni targ‘ib etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Show all...
👍 7 1 1
⚡️ Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Ijodiy va ilmiy ziyolilarining XVII forumi bo'lib o'tmoqda. Ushbu forum doirasida quyidagi panel sessiyalariga boʻlingan holda, alohida muloqot maydonlari boʻlib o'tdi: Unda, ✅ Hamdo'stlik mamlakatlari ijodiy innovatsiyalari va milliy madaniy an'analari; ✅ MDHda raqamli transformatsiya davrida fan va ta’lim; ✅ Volontyorlik ijtimoiy rivojlanish manbai sifatida: avlodlar o'rtasidagi aloqa; ✅ Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligi; ✅ Hamdo'stlik mamlakatlari ijodiy universitetlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik; ✅ Hamdo'stlik hududida kino; ✅ Hamdo'stlik davlatlarining inklyuziv san'ati: hamkorlik shakllari mavzularida nutq so'zlandi. Yuqoridagi panel sessiyalarida mamlakatimiz delegatsiyasi a'zolaridan - Oʻzbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori, professor Nodir Sayfullayev, O'zbekiston davlat yoshlar teatri direktori Farhod Jo'rayev, O'zbekiston davlat san'at galereyasi direktori, akademik Kamola Akilova, O'zbekiston davlat konservatoriyasi prorektori, professor Sayyora Gafurova, Surxondaryo viloyat ko'zi ojizlar kutubxonasi direktori Husan Islomkulov va boshqalar ishtirok etib, ma’ruza qilishdi. Ma'lumot o'rnida, 17-sentyabrda o'z ishini boshlagan forum 19-sentyabr kuni yakunlanadi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Show all...
👍 8👏 2
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.